October 10, 2022

Kontent uchun idea.

SMM nima?

  • Social Media Marketing – bu ingliz tilida ijtimoiy media marketingi bo’lib, Internet marketingning bir turi deb hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi – ijtimoiy tarmoqlardan mijozlarni mahsulot va xizmatlaringizga jalb etish.
  • O’ylaymanki, ijtimoiy media qanchalik katta ekanligini muhokama qilishimiz shart emas. Ushbu tarmoq Internetning o’zidan ham tezroq rivojlandi. Siz ham bir kuni ertalab uyg’onganda Telegram yoki Instagram sahifalarini varaqlamaganingizni tasavvur qila olasizmi?
  • SMM nima deb so’ralganda – bu o’z brendingizni tanitish, sotuv hajmini ko’paytirish va veb-sayt trafikini oshirish maqsadlari ham tushuniladi. SMM haqida ma’lumot berayotganda sizning tarmoqdagi profilingizda kontent yaratish, obunachilaringiz bilan muloqot qilish va ularni jalb etish va ijtimoiy media (Instagram, Telegramda) reklama berishlarlarni o’z ichiga oladi.
  • SMM marketing nima uchun rivojlanib borayotganining asosiy sababi bu foydalanuvchilar soni kundan kunga o’sib borayotgani. Marketing Sherpa statistik ma’lumotlariga ko’ra, 18 yoshdan 34 yoshgacha bo’lgan odamlarning 95%-iga mahsulot brendini kuzatish va u bilan aloqa qilishda SMM media usuli eng qulayi deb hisoblashdi. SMM mutaxassis lavozimiga katta talab borligining sababi ham shu: deyarli har bir kompaniya SMM xizmatini ishlatadi. Hattoki ko’pgina brendlar uchun bu online savdoda yagona reklama usuli ham deb hisoblanadi.
  • SMM haqida yana bir narsani ta’kidlash joizki, uning tarkibiy qismlaridan biri bu ijtimoiy tarmoqlarni optimallashtirish (SMO-Social Media Optimization). SEO xizmati kabi, SMO ham veb-saytga yangi va noyob tashrif buyuruvchilarni jalb qilish strategiyasidir.

Smm mutaxasisi biznes uchun nimalar qiladi?

SMM mutaxassis – kompaniya ijtimoiy tarmoqlarda sahifasini rivojlantirish bilan shug’ullanadi.

Uning ish tartibiga quyidagi vazifalar kiradi:

✅Taqdim etish uchun postlarni tanlaydi, bir hafta / oy / yil uchun kontent rejasini tuzadi.

✅Kontent yaratish jarayonini boshqaradi: reklama matnlarini yozish, videokontent tayyorlash, testlar tuzish. Ba’zan o’zi bajarishi ham mumkin.

✅Obunachilarning savollariga kompaniya nomidan javob beradi, postlar ostidagi sharhlarini (kommentlar) tekshirib turadi.

✅Turli xil ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarni pullik targ’ibotini o’rnatadi (SMM targeting)

✅jtimoiy tarmoqlarning samaradorligini kuzatib boradi: abonentlar bazasi qanday o’sib bormoqda, kompaniyaga yangi mijozlar keladimi, ular buyurtma berishadimi, qancha pul olib kelishadi.

SMM ning o’rni biznesda qanchalik katta?

Smm

1.Biznesni rivojlantirish

2. Brendni ommaga tanitish

3.Odamlarda ishonchini uyg’otish

4.Mijozlar bilan aloqa o’rnatish

5.Bozorda o’z o’rnini topishga yordam beradi.

Smmdagi eng muhim 3ta narsa.

  1. Marketing
  2. Kontent
  3. Reklama

Marketing.

Assalomu alaykum do'stlar bugun sizlar bilan Marketing haqida gaplashamiz.

Ko'p odamlar marketingni reklama deb o'ylashadi.Yo'q marketing reklama emas reklama bu marketingni bir inusturmenti hisoblanadi.

  • Marketingni asosi nimada? Marketingni jumbog'i shundaki, u insoniyatning eng qadimiy faoliyatlaridan biri bo'lishiga qaramasdan, eng yosh biznes-fan hisoblanadi.

Marketing o'zi nima.?

  1. Marketingni hozirgi kunda bir qancha tariflari bo'lib, deyarli har bir marketing haqidagi kitob mualliflari martketingga o'zlarini ta'riflarini berishadi.
  2. Marketing - sotuvchi va haridor o'rtasidagi tovar, mahsulot yoki xizmatlar almashinuvi natijasida kompaniyaning qiymati oshish jarayoniga aytiladi.
  3. Foydali almashinuv natijasida sotib oluvchi biron mahsulot, tovar yoki xizmatga ehtiyojini qondiradi, sotuvchi esa o'zining foyda ko'radi.
  4. Marketingning maqsadi - yangi mijozlarni mahsulot, tovar yoki xizmat uchun jalb qilish, ularga yuqori iste'mol sifatini taklif qilib, eski mijozlarni saqlab qolgan holda, ularning tinimsiz o'zgarib turuvchi ehtiyojlarini qondirishdan iborat.
  5. Marketingning asosiy vazifasi - har bir bozorni ehtiyojlari va zaruratlarini aniqlash, ular orasidan o'z kompaniyalari boshqa raqobatchilardan ko'ra yuqori darajali xizmat ko'rsata oladiganlarini tanlashdan iborat. Bu kompaniyaga yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish va shuning natijasida iste'molchilarning ehtiyojlarini qondirish bilan kompaniyaning umumiy foydasini oshirishdir.

Marketing haqida batafsil ma'lumot olish uchun obuna bo'lishni unutmang.

Internet marketing va ananaviy marketing.

1.Internet marketing nima?

2.An'anaviy marketing nima?

3.Internet marketingni ananaviy marketingdan ajratib turuvchi 3ta farqi.

1-farqi.

  • To’g’ridan to’g’ri mijozlar bilan aloqa qilish imkoniyati. Shu paytning o’zida gaplashish,ularni xaridorga aylantirish.

2-farqi

  • Target maqsadli reklama. Ya’ni o’zingiz xohlagan auditoriyaga reklamani ko’rsatish imkoniyati.

3-farqi

  • Reklama analitikasini ko’rish.

Target.

Assalomu alaykum aziz do'stlar ! 21-asr texnalogiyalar asri - barcha sohalar kundan kunga rivojlanib , o'sib bormoqda . Har bir kasbning o'z mutaxassislari mavjud ! Target Reklama ham shular jumlasidan ! Hozirda yer yuzidagi ko'plab insonlar erta-yu kech ofisda o'tirishdan zerikadiganlar "online" ishga o'tishmoqda..... SMM mutaxassislari ham shunaqa (ya'ni -hohlagan vaqtda , hohlagan joyda ) ishlashadi...

Target-maqsadi , maqsadli auditoriya .....Siz reklamani TV da aylantrmoqchisiz , reklama aylanadi va bu reklamani "1"yoshli boladan "90" yoshli qariyalar ham ko'radi ! -"Target" reklamada esa huddi shu biznes , tovar ,xizmatga qiziqadigan auditoriya jalb qilinadi , yoshi tanlanadi , qiziqishlari , qayerdan mijoz kerak barcha barchasi nastroyka qilinadi !

-Target reklamani hamma yoqa oladi deysizmi ? yo'q ! Taeget reklamani faqat Targetologlar yoqa olishadi !

Targetolog - target reklamani sozlaydigan shaxs !

Ular kompaniya , brend , firma , xizmatlar , tovarlarni yuqori natijalarga olib chiqishadi va sizga avalgiga nisbatan daromadizni oshirishga yordam beradi !

Target reklama - Facebook ijtimoiy tarmog'i orqali sozlanadi......

Targetolog kim? Targeting nima?

✅ Targeting ijtimoiy tarmoqlarda maqsadli audiyotoriyaga reklama berish va reklama orqali mijozlarni jalb qilishdir.

Bu soha vakillari targetologlar deyiladi.

✅ Targetologlar - ijtimoiy tarmoqlarda pulli reklamalarni yoqib, obunachilar, layk va kommentariyalar, eng asosiysi, murojatlar sonini oshirishi lozim.

💡Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib turganingizda sizga koʻrsatiladigan reklamalar shu soha vakillari tomonidan joylashtiriladi. Ular reklamani qachon, qancha miqdordagi, necha yoshdagi, qaysi joylashuvdagi kishilarga qancha vaqt mobaynida koʻrsatishni tahlil qilib ijtimoiy tarmoqlarda reklamalarni yoqadi.

🤩 Hozirda Oʻzbekistonda bu soha vakillariga talab yuqori.