September 4, 2025

"Shadows of Fate" Ep_5

17-bob – Yurakning sekin ochilishi

Mira portlashdan keyin hali ham shifoxona xonasida edi. Yara izlari, uzun operatsiya va kuchsiz tana unga og‘irlik qilardi. Ammo shunday bo‘lsa ham, u yolg‘iz emas edi — Jungkook har kuni yonida edi.

U tongda ham, kechqurun ham, hatto tunda ham ketmasdi. Ba’zan kresloda uxlab qolardi, ba’zan esa hushyor turib, Miraning tinch nafas olayotganini kuzatardi. Hamma narsadan ko‘ra, bu ayolning qayta oyoqqa turishi unga muhim edi.


Han mafiyasi haqidagi suhbat

Bir kuni, oynadan tushayotgan quyosh nuri palatani yoritib turgan payt, Mira ovozini pastlatib so‘radi:
— "Jungkook… sen menga rostini ayt. Han mafiyasi… yo‘q qilindimi?"

Jungkook bir lahza jim qoldi. Uning ko‘zlari biroz muzdek tortdi, ammo nigohida charchoq ham, yengillik ham bor edi.
— "Ha, Mira. Biz ularni to‘liq yo‘q qildik. Endi ular qayta tiklana olmaydi."

Mira chuqur nafas oldi, ammo ko‘zlarini unga tikib turar ekan, uning so‘zlarining og‘irligini his qildi.
— "To‘liq… deganing qanchalik to‘liq? Men bilmoqchiman, ularning birortasi tirik qolmadi, shundaymi?"

Jungkook asta bosh irg‘adi.
— "Hech kim. Biz hammasini yakunladik. Bu faqat biz uchun emas, balki biz sevgan hamma insonlar uchun zarur edi."

Mira nigohini yumdi. Ko‘nglida yengillik paydo bo‘lsa-da, bu yengillik bilan birga chuqur iztirob ham kirib keldi — chunki u bilardi, bunday yo‘lga faqat qon va og‘riq orqali erishiladi.


Yuraklar yaqinlashishi

Shu suhbatdan so‘ng Jungkook unga bir piyola iliq choy uzatdi. Barmoqlari tasodifan tegib ketdi. Shu lahzada, Mira ichida bir narsani his qildi — bu endi faqat jangdagi hamkoriga bo‘lgan ishonch emas edi.

Jungkook ham o‘zini o‘zgartirib bo‘lgandi. Har safar Mira ko‘zlariga qaraganda, u o‘zini yengilmas jangchi emas, balki yuragi sekin-sekin egilayotgan oddiy insondek his qilardi.

Bir kuni kechqurun, xonada faqat devor soatining ovozi eshitilayotgan paytda, Jungkook ohista dedi:
— "Men seni himoya qilishni istayman, Mira… faqat janglarda emas, hayotingning qolgan qismini ham."

Mira bir zumda so‘z topa olmadi. Ammo yuragi tez ura boshladi.

18-bob – Yaqinlik va G‘amxo‘rlik

Mira nihoyat shifoxonadan chiqishga tayyor edi. Bir oy davomida palata devorlari uning uchun ham qamoqdek, ham xavfsizlik joyi bo‘lib xizmat qilgandi. Ammo endi… tashqariga chiqish vaqti kelgandi.

Jungkook eshik oldida turgancha, qo‘llarini cho‘ntagiga tiqib, unga qarab jilmaydi:
— "Xo‘sh, qamoqxonangdan chiqishga tayyormisan, Mira-xonim?"

Mira qoshini ko‘tarib qo‘ydi.
— "Bu qamoqxona emas edi, bu… dam olish lageri. Sening asablaringni asrash uchun meni shu yerda ushlab turishdi."

Jungkook kulib yubordi.
— "Ha, shifoxonadagi ‘dam olish lageri’… hamma joyi dori hidi, qulog‘ingda doimiy ‘beep-beep’. O‘zingga ishonmasang, men yana seni shu joyga qaytarib kelishim mumkin."

— "Yo‘q, rahmat," — dedi Mira, ammo labidagi kulguni yashira olmadi.

Shifoxonadan chiqgach Jungkook taklif bildirdi:
— "Hozir ota-onalarimiz Germaniyada, Jimin bilan Soohye ham u yerda. Seninga ham qaraydigan odam yoʻq hizmatchilar eplay olmaydi. Men esa senga qaray olaman… Shu hafta men senga qarayman."

Mira boshida qarshi chiqmoqchi bo‘ldi.
— "Men mustaqilman, o‘zim—"

— "O‘zing hech narsani qila olmaysan, Mira. Hali yura olishing ham mo‘jiza.

Men seni ovqatlantiraman, sochingni yuvaman, hatto xohlasang, ertalab sen uchun kofe tayyorlayman."

— "Sochimni yuvish…?" — Mira ko‘zlarini kattalashtirdi. — "Sen qaysi asrda yashaysan? Bu shaxsiy hududga bostirib kirish."

Jungkook yelkasini qisdi.
— "Qaniydi, bu hududni butunlay egallab olish imkonim bo‘lsa."

Mira unga bir qaradi, keyin yuzini boshqa tomonga burdi.
— "Shunchaki taksini chaqir."

— "Yo‘q, seni o‘zim olib boraman."

Jungkookning uyi — katta, zamonaviy va o‘ziga xos qulayliklarga to‘la edi. Mira ostonadan qadam qo‘yishi bilanoq hushini yo‘qotguday bo‘ldi: keng zal, baland shiftlar, oynali devorlar va to‘liq jihozlangan oshxona.

— "Sen bu yerda yolg‘iz yashaysanmi?" — dedi u hayrat bilan.

— "Ha, yolg‘iz… endi esa yolg‘iz emasman," — dedi Jungkook, paltosini yechib.

Mira paltosini yechayotganda u qo‘lini uzatdi, ammo Mira o‘zini tutib dedi:
— "Men o‘zim qila olaman. Sen menga xizmatkor bo‘lish uchun yollanmagansan."

Jungkook jilmaydi:
— "To‘g‘ri, men xizmatkor emasman. Men shaxsiy ‘g‘amxo‘rlik bo‘limi’man."

Ertalablari Jungkook unga issiq nonushta tayyorlardi. Bir kuni tuxum qovurayotib, yog‘ni biroz ko‘p quyib yubordi. Yog‘ pishqirib, uning futbolkasiga sachradi.

— "Ayy!" — dedi u, ko‘ylagiga qarab.

Mira jilmaydi:
— "Bu yog‘ sening jasorat medalings bo‘lsin."

— "Hazil qilaver, lekin sening uchun bu yog‘li tuxumni baribir men pishiryapman," — deb javob qaytardi u.

Soch yuvish masalasiga kelganda, Mira oxiri rozi bo‘ldi. Jungkook ehtiyotkorlik bilan, sochini asta silab, iliq suvda yuvdi. Bu jarayonda ularning ko‘zlari bir necha marta to‘qnashdi va ikkalasi ham gapirmay, jim qoldi.

Kechalari esa ular film ko‘rishar, lekin odatda film tugashidan oldin Mira uxlab qolardi. Jungkook esa uni yengil ko‘tarib, yotoqqa olib borar va ustiga adyol yopardi.

Bir kuni Jungkook oshxonada meva tozalayotgan edi, Mira esa unga qarab o‘tirardi. U birdan dedi:
— "Sen bilasanmi, agar men butunlay sog‘ayib ketsam, bu haftadagi xizmatlaring uchun haq tolayman."

— "Ha, nima bilan to‘laysan? Han mafiyasidan qolgan qarz varaqalari bilanmi?" — dedi Jungkook kulib.

Mira jilmayib qoydi:
-balki

19-bob – Yangi ittifoq va sevgi izhorlari

Han mafiyasi yo‘q qilinganidan keyin kunlar asta-sekin tinchlikka yuz tutdi. Endi uchta katta kuch — Jeon, Park va Yoon mafialari — o‘zaro birlashishga qaror qilgandi. Ular bilishardi: agar kelajakda yana biron xavf chiqsa, yagona kuch sifatida harakat qilish kerak bo‘ladi.

Shu orada Germaniyada vaqtincha yashab turgan ota-onalar ham yurtga qaytib kelishdi. Park oilasi, Yoon oilasi va Jeon oilasi farzandlarini sog‘ingan, ularning jasoratidan faxrlanib, bag‘riga olish uchun shoshilishardi.

O‘sha kuni aeroportda shodiyona hukm surardi. Mira ota-onasini ko‘rib, ularning bag‘riga o‘zini tashladi. Ular ko‘z yoshlarini tiyolmay, qizlarini mahkam quchoqlab turishdi.
— "Sen omon qolganingga shukur, qizim," — dedi onasi titroq ovozda.
— "Men faqat sizlar uchun yashadim," — dedi Mira.

Jungkook esa bir chetda turib, bu manzaraga jilmayib qarardi. Shunda Miraning onasi uni ko‘rib qoldi va minnatdorona qarash bilan dedi:
— "Rahmat, Jungkook. Biz bilamiz, sen bo‘lmaganda qizimiz tirik qolmasdi."

Miraning otasi ham Jungkookga jilmayib:unga gʻamhorliging uchun rahmat

Jungkook boshini egib qo‘ydi. Uning qalbida esa boshqa hislar bor edi — u Miraga mehr qo‘yganini endi ochiq tan olardi.

Bir necha kundan keyin uch oilaning ota-onalari va farzandlari Yoon mafiyasi qarorgohida yig‘ilish o‘tkazishdi. Bu yig‘ilish nafaqat ishbilarmonlik uchun, balki dushmanlik o‘rniga do‘stlik sulhini mustahkamlash uchun ham edi.

Yoon Mafiasi 🖤

Zalda katta stol atrofida barcha jam bo‘ldi. Yoshi ulug‘lar o‘zaro kelajak haqida gaplashar, mafiyalarni ittifoq shaklida birlashtirish haqida qaror chiqarishardi. Farzandlar esa o‘z joyida yonma-yon turar, bir-birlariga jilmayishar edi.

— "Biz endi dushman emasmiz. Endi faqat bir oilamiz," — dedi Yoon mafiyasining boshlig‘i, Mira otasi. — "Farzandlarimiz bu yo‘lda jonini tikishdi. Endi biz ularning baxtini ham qo‘llab-quvvatlashimiz kerak."

Shu payt, hamma jim bo‘lib qolganda, Jungkook birdan o‘rnidan turdi. U qo‘lidagi qutichani sekin ochib, Miraga qarab tiz cho‘kdi.

Zal hushsiz bo‘lib qolgandek jim bo‘ldi. Faqat Jungkookning ovozi eshitildi:
— "Mira… sen mening eng katta sinovim, eng katta quvonchim bo‘lding. Men seni nafaqat himoya qilishni, balki butun umr yoningda bo‘lishni xohlayman. Men seni sevaman. Men bilan turmush qurasanmi?"

Miraning ko‘zlari yoshga to‘ldi. U o‘zini jilmayib, boshini qimirlatib:
— "Ha, Jungkook… men ham seni sevaman," — dedi.

Shu payt zal qarsaklardan jaranglab ketdi.

Ammo hamma hayratda turgan paytda Jimin ham birdan o‘rnidan turib, Soohyega qaradi. U ham tiz cho‘kib, jilmaydi:
— "Men seni avval ham sevganman, Soohye. Lekin men seni qaytadan tanidim. Men hayotimni sensiz tasavvur qila olmayman. Menga yana bir imkon berasanmi?"

Soohye ham ko‘z yoshlarini artib jilmaydi:
— "Sen allaqachon meniki eding, Jimin," — dedi u.

Zal yana bir bor qarsaklarga to‘ldi. Ota-onalar xursand bo‘lib, ikki juftlikni ham quvonch bilan qutlashdi.

Ota-onalar bir-birlariga qarashib, bitta qarorga kelishdi:
— "Bu ikki juftlikning to‘yini birgalikda o‘tkazamiz. Bu nafaqat ularning baxti, balki uch mafiyaning ham yangi hayotga qadami bo‘ladi."

Shu payt musiqa qo‘yildi va barcha valsga tushishdi. Jungkook Mirani bag‘riga bosib, unga mehr bilan qarardi. Jimin esa Soohyeni quchog‘ida aylantirar edi.

Bir vaqtning o‘zida Jungkook va Jimin yonma-yon turib, sevgilari bilan raqsga tushishar ekan, bir-biriga qarashib jilmayishdi. Endi ular nafaqat dushman emas, balki qadrdon do‘st, bir-birining baxtiga sherik edi.

Zalda yorug‘liklar yonib turardi. Ikki juftlik yonma-yon raqsga tushmoqda, ota-onalar esa faxr va quvonch bilan ularni kuzatmoqda. Uch mafiyaning yillar davom etgan dushmanligi ortda qolib, endi ular bitta katta oilaga aylangan edi.

Va hamma bitta gapni his qilardi:
Bu safar nafaqat sulh, balki sevgi ham g‘alaba qildi.

20-bob – To‘y va yangi imperiya

Mafiyalar o‘rtasidagi dushmanlik tarixga aylandi. Endi Jeon, Park va Yoon mafialari birlashib, yangi, kuchli imperiyaga asos soldi. Bu ittifoq nafaqat kuchli, balki mustahkam do‘stlik va ishonch ustiga qurilgandi.

Ammo eng katta voqea — Jungkook va Mira, Jimin va Soohyening to‘y marosimi edi. Bu ikki juftlikning muhabbati mafiyalarni birlashtirgan asosiy kuchga aylandi.

To‘yga tayyorgarlik

Yoon qarorgohida katta tantanaga tayyorgarlik ketardi. Mira va Soohye yonma-yon turib, oq liboslarini kiyishar, bir-birlariga ko‘zguda jilmayishar edi.

— "Bugun bizning kunimiz," — dedi Mira qo‘llarini titratib.
— "Ha, bugun hammasi yangi boshlanadi," — dedi Soohye jilmayib.

Ularning yonida onalari va yaqin dugonalari liboslarini to‘g‘rilashar, sochlariga bezaklar qo‘yishar edi.

Park qarorgohida esa Jimin va Jungkook birga tayyorlanardi. Ular qora kostyumlarda, shohona ko‘rinishda edilar. Jimin o‘zining bo‘ynidagi galstukni to‘g‘rilarkan, kulib dedi:
— "Ko‘ryapsanmi, do‘st? Endi ikkovimiz ham bir kunda turmushga chiqyapmiz."
Jungkook jilmayib unga qaradi:
— "Avval dushman edik, endi esa eng katta kuni birga qarshi olyapmiz. Bu taqdirning hazili."
— "Yo‘q, bu taqdirning adolati," — dedi Jimin va ikkovlari kulib qo‘yishdi.

Katta zal yulduzdek chiroqlar bilan bezatilgan edi. Uch mafiyaning barcha a’zolari, ittifoqchilar, hatto chetdan ham ko‘plab mehmonlar yig‘ilgan edi. Zalda shovqin-suronsiz hayajon hukm surardi.

Orqa eshik ochildi va oq libosdagi Mira hamda Soohye zal bo‘ylab yurib keldi. Ularning nigohlari bevosita Jungkook va Jiminni qidirardi. Oq libosda ular go‘yo malika kabi porlab turardi.

Jungkook va Jimin esa ularga tikilib qotib qolishdi. Ikki yigit yuragi bir paytda tez ura boshladi. Ular birdaniga ko‘z yoshlarini yashirish uchun jilmayishdi.

Qadamlar birlashdi, qo‘llar tutashdi.

— "Sizlar bir-biringizga sodiq bo‘lishga, yaxshi-yomon kunlarda yonma-yon turishga qasam ichasizmi?" — dedi ruhoniy.

Bir ovozda to‘rtalasi ham javob berishdi:
— "Ha, qasam ichamiz!"

Zalda qarsaklar, tabriklar yangradi. Ular uzuk almashishdi va nihoyat rasmiy ravishda er-xotin bo‘lishdi.

To‘ydan so‘ng uch mafiyaning boshliqlari sahnaga chiqishdi. Yoon boshliq baland ovozda dedi:
— "Bugun nafaqat ikki juftlikning sevgisi, balki uch mafiyaning yagona kuchga aylanish kuni. Endi biz bir imperiyamiz!"

Shovqin, qarsaklar, hayqiriqlar zalni to‘ldirdi. Endi hech kim ularni yenga olmasdi.

Song juftliklar birga valsga tusha boshlashdi

Marosimdan keyin hamma ulkan ziyofatda davrada o‘tirardi. Lekin marosim tugashi bilan ikkita juftlik o‘z qarorgohlariga qaytdi.

Jungkook va Mira Jeon qarorgohiga borishdi. O‘sha yerda yangi hayotlarini boshlash uchun hammasi tayyor edi. Jungkook Miraga jilmayib qaradi:
— "Endi bu uy seniki ham, sevgilim."
Mira esa uni quchoqlab:
— "Men uchun bu uy sen bilan bo‘lganim uchun uy," — dedi.

Jeon qarorgohi

Jimin va Soohye esa Park qarorgohiga qaytishdi. Ular yo‘lda kulib, bir-birlariga hazillar qilishardi. Soohye Jiminni yengilgina turtib qo‘yib dedi:
— "Endi sen mening rasman erimsan, Jimin-ssi."
Jimin esa kulib:
— "Ha, endi sendan qochib qutula olmayman," — deb uni quchoqlab oldi.

Park qarorgohi

Uchta qarorgohda ham shodlik hukm surardi. Uch mafiyaning farzandlari baxtli, ota-onalari xotirjam edi.

Mira Jungkook bag‘rida, Soohye Jimin bag‘rida edi. Ularning muhabbati nafaqat oilalarni, balki butun mafiyalarni birlashtirgan edi.

Endi yangi imperiya tug‘ilgandi. Va bu imperiyaning asosida nafaqat kuch, balki sevgi bor edi.

Mana ffni ham tugatib oldik