"Shadows of Fate" Ep_2
5-BOB — “Uzuk ortidagi yolg‘on”
Quyosh nurlari Sohil bo‘yidagi to‘lqinlarda yaltirab, go‘yo bugungi kunni ilitayotgandek edi. Osmonda biror bulut ham yo‘q, havo shunchalar sokin ediki, har bir nafas soflik va yangi umid olib kelayotgandek tuyulardi.
Soohye oq, engil libosda Jimin tomon asta yurdi. Uning yuragi xuddi yengil to‘lqinlar kabi tebranardi — shubhasiz, bu uchrashuv boshqalardan farqli edi.
Jimin esa allaqachon kelgan, dengiz fonida turgan holda chuqur o‘yga botgan edi. U Soohyeni ko‘rganida yuragidagi bosim va yolg‘onlar g‘amgin tabassumga aylanishdi.
— "Keldingmi," — dedi u sokin, yumshoq ohangda.
Birdan Jimin cho‘ntagidan kichik qora qutichani olib chiqdi. U tizzasini yerga qo‘ydi.
— "Men... bilmayman bu to‘g‘rimi, noto‘g‘rimi. Lekin bilaman: seni ilk marta ko‘rgan kundan beri, yuragim jim turmayapti."
Soohyening ko‘zlari keng ochildi.
— "Men seni yaxshi ko‘rib qoldim, Soohye. Men bilan bo‘lishni xohlaysanmi?" — deb, Jimin unga uzukni cho‘zdi.
Soohyening yuragi tez ura boshladi. U ko‘zlariga yosh to‘lib, jim turdi. Keyin esa, go‘yoki hayotining eng yorqin oniga duch kelgandek, asta bosh irg‘adi.
Ular uzoq yurishdi, qo‘llarini ushlagancha. Jimin uni bag‘riga olib, peshonasidan o‘pdi.
— "Bu dunyoda faqat ikkimiz bo‘lsak edi…" — deya pichirladi Soohye.
Keyin birga nonushta qilish uchun yengil bir kafega kirishdi. Yozgi derazalari ochiq, ichkari tiniq musiqa va so‘lim havoga to‘la edi.
Soohye hojatxonaga ketganida, Jimin telefonini oldi va unga kimdir qo‘ng‘iroq qilganini ko‘rib, bir chetga chiqdi. Hozirgi holatda u o‘zini aniqroq tutishi kerak edi.
— "Ha, men unga izhor qildim. Ha, uzuk berdim. U ishonmoqda. Reja ishlamoqda… Hozir yuragim chalkash, lekin oxirigacha yetaman. Yoonlar buni bilishi kerak."
Ammo orqa tarafdagi ochiq deraza ortida... Soohye jim turardi. Uning rangi oqarib ketgan, ko‘zlari katta ochilgan. Yuragi gup-gup urardi, lekin endi sevgidan emas — xiyonat og‘rig‘idan.
U hech narsa demadi. Faqat orqaga burildi, va asta kafedan chiqib ketdi.
Jimin esa uning borligidan bexabar edi. U hali ham telefon orqali «ijro» qilardi.
6-BOB — “Tinchlikdan oldingi sukunat”
Jeon mafiyasining qarorgohi — uzoqdagi tog‘li hududda joylashgan ulkan, muzdek devorlarga ega saroy. Derazalari katta, ammo qop-qora pardalar tortilgan. Shu yerda, o‘zining bolaligidan beri o‘sgan joyida, Jeon Soohye yana o‘zi bilan yolg‘iz edi.
U jim. Faqat yuragi gapiradi. Yuragidagi og‘riq esa har nafasda o‘zini eslatmoqda.
So‘nggi uch kun davomida hech kim bilan gaplashmadi. Ovqat yemadi. O‘zini xonaga qamab qo‘ydi. Faqat deraza orqali toqqa tikilib o‘tiradi.
So‘nggi bor Jiminni ko‘rgan kuni... sevgiga ishongan kuni... va uning og‘zidan reja haqida eshitgan kuni — butun olami qulagan edi.
O‘sha kundan so‘ng biror odamga ishonish — hatto nafas olish ham unga og‘riq bo‘lib tuyulardi.
Bugun esa — jimjit tong. U deraza yonida, oppoq ipak libosida turibdi. Sochlari taralgan, yuzi esa haddan tashqari sokin. U go‘yoki hech qanday og‘riq yo‘qdek ko‘rinadi. Ammo yuragida — shunday to‘fon borki, u hatto jim bo‘lib o‘lishni afzal ko‘rdi.
Stol ustida bitta xat yotardi. Unda hech qanday sabab yo‘q. Faqat bitta so‘z:
"Kechirasiz."
U asta sekin stol tortmasini ochdi. Ichida — kichik, lekin o‘tkir pichoq. Qora mato bilan o‘ralgan. Bu oddiy pichoq emas, bu — Jeon mafiyasida har bir a’zoga beriladigan sharaf pichog‘i. Oila uchun qurbon bo‘lish timsoli.
Soohye uni olib, tizzasini bukdi. Shabnamga o‘xshash ko‘z yoshlari yuzidan asta oqardi. U pichoqni yuragiga yaqin joyga qo‘ydi. Nafas oldi. So‘ng ko‘zlarini yumdi.
To‘satdan mahobatli saroy ichini chuqur sukunat egalladi. Soohye yiqilganida atrofdagi qushlar bir lahzalik jimlikka to‘ldi. Uning oq libosiga qon sekin, lekin uzluksiz singa boshladi.
Yonginasida, toqqa qaragan deraza ochiq edi. Sovuq shamol ichkariga kirar, qog‘ozni silkitardi.
Bu so‘z — uning oxirgi hayqirig‘i edi. Biroq uni hech kim eshitmadi.
Jeon mafiyasidagi hech kim nima bo‘lganini bilmasdi. Hech kim sababni anglamadi. Faqat soatlab so‘ng, xizmatkorlar xona eshigini ochganlarida — Jeon Soohye jim yotardi, qon kechkanda...
Jeon mafiyasining markaziy shifoxonasida oq devorlar oralig‘ida mutlaq sukunat hukmron edi. Sun’iy nafas oldirish apparati ohangsiz, lekin muntazam ishlardi. To‘shakda yotgan Soohyening rangi oqargan, ko‘zlari esa hanuz yumilgan edi.
Yonida ikki inson — otasi Jeon Keyongso va akasi Jeon Jungkook — sokin, lekin iztirobli nigoh bilan turardi. Faqat yurak monitorining “bi-bi” tovushi bu sukunatga baralla urg‘u berar, tiriklik borligini eslatardi.
— “Uni... qanday qilib?” — deb shivirladi Jungkook.
Keyongso esa sukutda. Uning nigohi qizining yuzidan ko‘chmasdi. U otalik vazifasini bajara olmagani, qizining ichki iztirobini sezmaganidan o‘zini ayblardi.
Oradan ikki kun o‘tdi. Nihoyat Soohye ko‘zlarini ochdi. Oppoq shiftga qarab uzoq termildi.
Hech qanday savol, hech qanday so‘z.
Faqat bitta gap:
— “Men tirikmanmi?”
Jungkook boshini qimirlatdi.
— “Ha, Soohye… sen omon qolding.”
Ammo Soohye hech narsa demadi. U jim. Ko‘zlarida iztirob, ammo lablari sokin. Ichki alamni so‘zga aylantirish — juda og‘ir.
Otasi esa asta yoniga cho‘kdi.
— “Biz seni bu yerdan olib ketamiz, Soohye. Bu yer senga xavfli. Biz seni Yaponiyaga yuboramiz. Faqat dam ol... tinchlan... biz sen bilanmiz.”
Soohye yana bosh irg‘adi.
U hech kimga nima uchun bunday qilganini aytmadi.
Na otasiga.
Na akasiga.
Na o‘ziga.
Boshqa ertalab, Yaponiyaga ketar tongda, u samolyot oynasidan quyosh chiqishini tomosha qilardi. Yuragida hamon og‘riq, ammo endi u bu og‘riqni o‘zi bilan olib ketdi — abadiy.
Soohye tirik edi. Ammo bu sir faqat otasi Jeon Keyongso va akasi Jeon Jungkookning og‘ir yuraklarida saqlanar edi. Ularning so‘nggi qarori shunday bo‘lgandi — Soohye vafot etdi, degan xabar hamma uchun sir edi. Do‘stlari uchun esa u endi faqat xotira bo‘lib qoldi.
Jimin uchun esa butun dunyo uyg‘onardi. U Soohyening o‘lganini eshitib, ichida o‘chmas olov yondi — kechirim, aybdorlik, sevgi… Bular barchasi bir-biriga aralashib, yuragiga og‘ir to‘daga aylandi.
Mira ham so‘zsiz edi. U Jiminning og‘rig‘ini ko‘rib, unga yordam berishga harakat qildi, lekin ichki og‘riqlar ularni asta-sekin ajratib qo‘yardi.
Bir kuni Jimin Soohyening dugonasidan bu xabarni qayta yana eshitdi. Dugdona esa Soohye haqidagi sirni yashirib, unga faqat vafot etgani haqida gapirdi.
Bu gaplar Jiminning yuragiga yana bir marta og‘ir zarba bo‘ldi — sevgi va umid orasidagi murakkab kechishni boshidan kechirdi. U endi Soohye uchun nafaqat sevgisi, balki aybdorlikni ham his qildi.
Mira esa bu haqda Jiminga gapirib berdi, uni tushunishga harakat qilib, uni yupatdi. Jimin o‘zini mag‘lub his qilardi, o‘zidan nafratlanib, yashashga bo‘lgan ishtahasi so‘nardi.
Mana 2epni ham tugatdim maza qilib oqiyla