"Shadows of Fate" Ep_4
13-bob – Haqiqat soyadan chiqadi
Yaponiyadan qaytgan Jimin aeroportdan chiqishi bilan telefonini ochib, to‘g‘ri Miraga qo‘ng‘iroq qildi.
— "Men keldim. Muhim gap bor."
Mira javobida faqat:
— "Kutilmagan narsalar kutyapman," — dedi.
Ular Miraning uyida uchrashishdi. Jimin hech qanday kirish so‘zlarsiz gap boshladi:
— "U tirik."
— "Kim tirik?" — Mira hayron qaradi.
— "Soohye. Men uni ko‘rdim… Tokioda. Ikki yil deganda… u mening ko‘z o‘ngimda edi."
Mira unga uzoq qarab turdi.
— "Demak, shuning uchun sen qaytding?"
— "Ha. Men uni qaytarib olaman. Qanday bo‘lishidan qat’i nazar."
Jimin so‘zlarini tugatib, chiqib ketdi. Mira esa chuqur nafas olib, boshqa bir uchrashuvga tayyorlana boshladi.
…
Shaharning chekkasidagi yirik omborxonada qora SUV to‘xtadi. Mirani ko‘rib JKning ko‘zlarida g‘azab uchqunlari paydo bo‘ldi.
— "Sen bu yerga kelishing ham xato," — dedi u sovuq ohangda.
— "Men ham shunday o‘ylardim, lekin aytishim kerak bo‘lgan narsa bor," — dedi Mira qat’iy.
Ular qarama-qarshi o‘tirishdi. Havo tarang edi.
— "Siz Jeonlarga hujum qildingiz," — JKning ovozi keskin yangradi.
— "Yo‘q," — Mira ham shunchalik qat’iy gapirdi. — "Bizga esa sizlar hujum qildi, deyishdi."
Bir lahza sukut cho‘kdi.
— "Demak, sen ham o‘sha kuni yo‘lda hujumga uchragansan?" — dedi JK shubha bilan.
— "Ha. Va keyinroq tushundim — bu ikkalamizni bir-birimizga dushman qilish uchun qilingan."
JKning ko‘zlari torayib, yuzida g‘azab aralash tushuncha paydo bo‘ldi.
— "Hanlar…"
— "To‘g‘ri. Han mafiasi. Ular bizga ham, sizlarga ham hujum qildi. Keyin yolg‘on xabar bilan ikkalamizni urishtirdi."
JK qo‘llarini musht qildi.
— "Ular bizni maydonga chiqarib, tomosha qilgan bo‘lishadi."
— "Va agar bu yerda to‘xtasak, ular g‘alaba qozonadi," — dedi Mira. — "Bizga ikki hafta kerak. Rejani tuzamiz — Hanlar yo‘q bo‘ladi."
JK sekin bosh irg‘adi.
— "Xo‘p. Lekin bu sir bo‘lib qoladi. Hozircha hech kim bilmasin."
Uch kunlik tayyorgarlik — uch hayotning eng uzun uch kuni bo‘ldi. JK, Jimin va Mira Han mafiasini butunlay yo‘q qilish rejasini so‘zma-so‘z yodlab chiqishdi.
Bazadagi eski xaritalar, qurol-yarog‘lar, hatto chiqish yo‘llarigacha birma-bir o‘rganildi. Har bir burchak, har bir zinaning soniyalab o‘lchangan vaqti bor edi.
— "Hammasi reja bo‘yicha bo‘lishi kerak," — dedi JK, sovuq ovoz bilan.
Mira esa sukut saqladi. U ichida faqat bitta niyat bor edi — Han Minwo va uning butun la’nati uyasini yer bilan yakson qilish.
Tungi soat 2:00. Shahar chetidagi Han mafiyasining qarorgohi qora tunda yovuzlik qal’asidek turardi. Ular uchalasi ham niqob kiyib, soya singari ichkariga sirg‘alib kirishdi.
Tashqi qo‘riqchilar jimjit yo‘q qilindi — biron o‘q behuda ketmadi. Birinchi qavatdagi jangchilar ham tezda taslim bo‘ldi.
Ammo uchinchi qavatga chiqishganda, reja birinchi marta qoqildi. Ichkaridan qo‘shimcha qurollangan odamlar chiqib, otishma boshladi. JK va Jimin ularni to‘sib qolishga majbur bo‘ldi, shu payt esa Mira yolg‘iz oldinga o‘tib ketdi.
Koridorda burchakni burilganda, u Han Minwo bilan yuzlashdi. Erkakning ko‘zlari qizil, yuzida qahr.
— "Meni qidiryapsanmi?" — dedi u past, yirtqich ohangda.
Javob bermasdan, Mira o‘q uzdi. Minwo yiqildi, lekin tirik edi. U uch marta Mirani itarib, qurolini tortib olishga urindi. Qattiq olishuv boshlandi — oyoqlar, qo‘llar, stol va devorga urilishlar… nihoyat, Mira pichoqni uning yuragiga sanchdi. Minwo og‘ir yiqildi.
Ammo bu olishuvda vaqt yo‘qolgan edi. Qizil signal yondi. Portlovchi qurilmaning signali binoni larzaga keltirdi.
Mira yugurib chiqishga shoshildi, lekin portlash markazi allaqachon faollashgan edi. Devorlar silkinar, shiftning temir karkaslari chiyillab yirtilardi.
Tashqarida esa JK va Jimin qolgan jangchilar bilan otishib, so‘ng chiqish yo‘lini topib, binodan uzoqlashishardi.
— "Mira!" — deb qichqirdi jungkook, ammo uning ovozini portlashning gumburlashi bosib yubordi.
Bir lahzada yorug‘ chaqnash, keyin esa chang-to‘zon hamma narsani yutib yubordi.
Mira qayerda qolganini faqat o‘sha portlash bilardi…
15-bob – O‘lim soyasidan qaytish
Portlashning kuchli zarbasi butun binoni titratdi. Beton bo‘laklari, shisha siniqlari havoda uchib, issiq alangalar hamma narsani yutib yuborayotgandi.
Jimin quloqlari shang‘illagancha, chang ichida nafas olishga urinar, ammo ko‘zi faqat binoga qadalgan edi.
— "Mira…" — uning lablari titrardi.
Ammo JK jim turdi. Bir lahza ham ikkilanmadi — orqaga, ichkariga qaytdi.
Ichkarida jahannamdek manzara. Shift yarmidan yiqilib, yo‘llarni to‘sib qo‘ygandi. JK chang va tutun orasida past ovoz bilan qichqirdi:
— "Mira! Qayerdasan?!"
Uzoqdan bo‘g‘iq ovoz eshitildi:
— "Bu yerdaman…"
JK zinaning yarmini yanchib tashlagan qoldiqlar orasida Mirani ko‘rdi. Uning oyog‘i temir konstruksiyaga qisilib qolgan edi. Qizning yuzi qon ichida, ammo ko‘zlari tirik.
— "Qo‘lingni ber!" — dedi JK, temirni kuch bilan sindirishga urinib.
Bir necha zarbadan so‘ng temir bo‘shashdi. JK Mirani yelkasiga ko‘tarib, tutun va alangalar ichida yugurdi. Portlovchi qurilmalardan qolgan kichik detonatsiyalar binoning qolgan qismlarini ham yiqitardi.
Oxirgi eshikdan chiqishlari bilan orqada yana bir kuchli portlash yuz berdi. Issiq to‘lqin orqalaridan urildi.
Jimin yugurib kelib, Mirani JKning yelkasidan tushirdi.
— "Mira! Mira, ko‘zingni och!" — deya qichqirdi u.
Mira nafas olayotgandi, ammo kuchsiz edi.
— "Men… tirikman…" — dedi u past ovozda, va hushidan ketdi.
JK chuqur nafas oldi, ko‘zlarida g‘azab va yengillik aralash edi.
— "Keyingi safar, bunday xatoga yo‘l qo‘ymaymiz," — dedi u sovuq ohangda.
16-bob – Bir oy sukunat va uyg‘onish
Shifoxona devorlari oppoq, ammo ichida taralgan havo sovuq edi. Oppoq choyshab ostida yotgan Mira, bir oy davomida xuddi sokin dengizdek jim edi. Ko‘kragi faqat apparatlar yordamida ko‘tarilib-tushar, bu ovoz esa Jungkook uchun hayot belgisi edi.
Jungkook operatsiya zalidan chiqib kelgan onini hali ham unutolmasdi. Jarrohlarning “U yashaydi, ammo hushiga kelishi uchun vaqt kerak” degan so‘zlari qulog‘ida jaranglab turardi. O‘sha kundan beri u Miraning yonidan bir daqiqa ham ketmadi.
Har tong JK stulga suyanib o‘tirar, qo‘lini Miraning bilagidan uzmasdi.
— “Men seni kutaman, Mira. Qachon uyg‘onsang ham…” — derdi u past ovozda.
Oradan kunlar o‘tdi. Har bir o‘tgan kun JKning qalbidagi bir narsani oydinlashtirar edi: bu faqat do‘stlik emasdi. U sevib qolganini asta-sekin tushunib bormoqda edi. Har safar Miraning yuzi tomonga qaraganda, yuragi bir oz tezroq urar, ko‘zlarida esa bir kun kelib bu nigohlar javob topishiga umid porlardi.
Soohye va Jimin Koreyaga qaytmasdan, vaqtlarini birga o‘tkazishardi. Jimin endi uni yo‘qotishdan qo‘rqardi. Soohye esa Jiminning samimiyligini his etar, asta-sekin yuragidagi eski yaralar bitib borardi.
Jungkook esa Mirasiz hammasi to‘liq emasligini tushunib, hatto mafiyalar orasidagi muammolarni vaqtincha bir chetga surdi. U uch oilaning ham birlashishiga intilar, chunki endi o‘zining oilasi degani — bu ham Miraning tirikligi, ham u bilan birga bo‘lish imkoniyati edi.
Bir oy o‘tib, kunlarning birida Mira qo‘lini ozgina qimirlatdi. JK buni sezib, darhol boshini ko‘tardi.
— “Mira?..” — ovozi titradi.
Miraning kipriklari asta ochildi. Yorug‘likka ko‘nikolmay, u past ovozda:
— “Sen… shu yerda edingmi?” dedi.
JK jilmaydi, ammo ko‘zlari namlandi.
— “Men sendan ketmasligimni aytganman-ku.”
O‘sha lahzada JK uchun hammasi tushunarli bo‘ldi. Bu qiz — uning hayoti.