"Shadows of Fate" Ep_3
9-BOB – “Yuragim hali u yerda”
Tokioning beg‘ubor tonglari, sokin ko‘chalari va do‘konlar orasidan esayotgan xushbo‘y havo Soohyening yuragini biroz tinchlantirardi. Ammo bu tinchlik faqat tashqi edi. Ichkarida esa hali ham qon oqardi… jimjit, ammo og‘riqli.
U endi Jeon Soohyeko emas edi — hujjatdagi yangi ism, yangi uy, yangi hayot. Lekin yurak – o‘sha eski. Qalbi hali ham ikki yil avvalgi dengiz bo‘yidagi soxta tabassumlar, uzuk, va… Jin…
Uning kunlari endi oddiy edi. U kichik kafeda ishlardi. Har kuni ertalab issiq kofe damlab, mijozlarga jilmayardi. Va har kuni u kimgadir Jiminni eslatadigan ko‘zlarni qidirardi.
O‘sha kuni kafe eshigidan baland bo‘yli, o‘ziga xos tabassumli yigit kirib keldi. U Koreyadan kelgan talaba bo‘lib, ismi Minoru edi. Minoru har kuni shu kafega kelar, Soohye bilan suhbatlashar, hazil qilardi. U mehribon edi, sabrli, gohida esa hayot haqida chuqur so‘zlar aytar, Soohyeni kuldirishga harakat qilardi.
Ular do‘stlashdi. Hattoki Minoru bir kuni uni parkda sayrga taklif qildi.
— "Soohyeko-san, hayotingizda shunchalik iztirob bo‘lishi mumkinmi?" — dedi u bir kuni, o‘ziga xos muloyimlik bilan.
Soohye jilmaydi.
— "Ba’zida odam yuragini butunlay bir joyda qoldiradi. Shunda yangi yurak qilishni o‘rganishi kerak bo‘ladi..."
Minoru jim qoldi. So‘ng, asta qo‘lini uning ustiga qo‘ydi.
— "Men kutaman... Faqat do‘st sifatida emas."
Ammo Soohye jim turdi. Yuragi unga tegishli emas edi. U hali ham Jimin degan bir o‘tmishda qolgan edi. Sevmay qo‘ygani yo‘q, shunchaki unutishga urinar edi.
Toki tong otguncha Soohye deraza yonida o‘tirib, ichki ohlarini yutardi. U o‘z hayotini boshqa sahifadan boshlagan edi… lekin yuragi hanuz yopilmagan kitob edi.
10-BOB – “Ko‘rmagan yillar, yurak tanigan ko‘zlar”
Tokioning bahor tonglari... Shamol sokin, lekin yuraklar g‘imirlardi.
Jimin ish yuzasidan Yaponiyaga kelgandi. So‘nggi yillarda u mafiyaning eng sovuq, jim va yuraksiz qahramoniga aylangandi. Ko‘zlarida hayot yo‘qday edi, yuragi esa har kuni Soohyening so‘nggi marta jilmaygan qiyofasini eslardi.
— "Bu shahar meni nafas olgandek bezovta qiladi..." — deb pichirladi u taksidan tushayotgan payt.
U mehmonxonaga joylashgach, shahar markazidagi kichik, lekin taniqli kafega yo‘l oldi. Bu joyda uchrashuvi bor edi.
Shu ondayoq yuragi urib ketdi.
Oldida — oppoq fartukda, jingalak sochlari orqaga tortilgan holatda, kofe quyayotgan bir qiz turardi. Qadam tovushini eshitib orqasiga o‘girildi. Ko‘z-ko‘zga tegdi.
Jiminning yuragi to‘xtab qolayotgandek bo‘ldi. Nafasi qisildi. Unga ishonmadi. Bu ko‘zlar, bu nigoh… bu u edi.
Soohye esa bir soniyaga to‘xtadi. Nafasini ichiga yutdi. Og‘zidagi so‘z muz bo‘lib qotdi.
— "park..... Jimin?" — degandek qaradi, ammo og‘zidan chiqarmadi.
Birdan u ortga burilib, orqa eshikdan chiqib ketdi.
— "To‘xta!" — deya qichqirdi Jimin, ammo u ko‘rinmay qoldi.
Jimin ortidan yugurdi. Lekin Soohye allaqachon shahar izdihomiga singib ketgandi.
Yuraklari urar, lekin har ikkalasi ham ichida faqat bir narsani aytar edi:
11-BOB – “Bir tun... kechirim va yurakning qaytishi”
Jimin Soohyeni topdi. Nihoyat. Oradan ikki yil, ikki azobli tun, ikki yaroqsiz hayot o‘tgan bo‘lsa-da, yuragi uni ko‘rgan ondayoq qarsillatib sevgi nomini yana aytdi.
Soohye avvaliga undan qochdi. Bir necha kun unga javob bermadi. Yuragi hali ham og‘rirdi. Ammo Jimin bir kun, bir kecha, bir imkon so‘radi. Va Soohye rozi bo‘ldi.
– “Faqat bir kun. Undan keyin yana yo‘qolishing mumkin,” dedi Soohye sovuq nigoh bilan.
Jimin bosh irg‘adi.
– “Lekin shu bir kunda men sening yuragingga bor yo‘qimni quyaman.”
O‘sha kun ular shahar bo‘ylab sayr qilishdi. Ko‘zlar kuldi, yuraklar qattiq urdi. Uzoqlardan chiroqlar yondi, Tokioning kuzgi yaproqlari ostida qadam bosishardi. Ular jim yurishdi, lekin ko‘zlar tilsiz izhor bo‘ldi.
Tunda esa birga bir xona oldilar.
Jimin asta yaqinlashdi. Soohye ham yuragini to‘xtatolmadi. Ko‘zlar yumuq, ammo lablar yaqin. Nafaslar aralash. Yuraklar birdam. Jimin qo‘lini uning yuziga olib bordi va shivirladi:
– “Soxta sevgi edi... boshida. Ammo yuragim yolg‘on aytmaydi. Men seni rostdan ham sevib qolgan edim.”
Soohye titrardi. Qalbida chigallik, ammo Jiminning ovozi muzday qorli yurakni ham eritardi.
– “Sen o‘shanda menga tazim bilan sevgi izhor qilganingda... men osmonni ko‘rgan edim,” dedi Soohye. – “Ammo orqasida nima borligini eshitib... o‘zimni yo‘qotdim.”
Jimin tiz cho‘kdi. Ko‘z yoshini yashirmadi.
– “Kechir meni, Soohye. Men seni o‘ldirganimni har kecha yuragimda sezdim.”
Ular bir-biriga yaqinlashdi. Birinchi bo‘sa lablar orasida sukutda to‘kilgan yillarni yutdi. Keyin yana bir bo‘sa... so‘ng yana. Kecha jim bo‘ldi. Faqat yuraklarning urushi eshitildi. Nafaslar aralashdi, hislar uyg‘ondi.
Tun davomida ular bir-birini faqat sevgining ohangida eshitdi. Soohye jim bo‘ldi, ammo yuragi: “Men seni kechirdim” deb baqirardi.
Ertalab, quyosh nurlari yuzlariga urilgan paytda Jimin Soohyening boshini ko‘ksiga olib pichirladi:
– “Men seni endi hech qachon yo‘qotmayman...”
Ammo ularning orqasidan yashirin soyalar kuzatayotgandi. Park va Yoon mafiyasi yana harakatga tayyor edi. Sevgi birdam bo‘ldi. Ammo urush endi boshlanayotgandi...
12-BOB – “Do‘stlik va sulh yo‘llari”
Jimin samolyotga chiqqanida yuragi og‘riq bilan to‘lgan edi. Soohye undan uzoqda, va bu og‘riq hech qachon ketmaydi, bilardi. Lekin boshqa iloj yo‘q edi — u Koreyaga qaytishi, vaziyatni o‘zgartirishi kerak edi.
Koreyada unga eng yaqin inson — Mira edi. Ular bolalikdan do‘st bo‘lib ulg‘ayishgandi, hech qachon sevgi haqida gapirmas, faqat tushunishar, bir-birlarining og‘irini yengillatishardi. Ularning munosabati sevgi emas, balki haqiqiy do‘stlik edi — egzaklar kabi, biri boricha boshqasi uchun hamma narsani berishga tayyor.
Jimin Miraga barcha narsani aytdi: Soohyening vaziyati, uning yo‘qolishi, yuragidagi og‘riq. Mira uni diqqat bilan tingladi, ko‘zlarida chuqur hamdardlik bor edi.
– “Jungkook bilan gaplashaman,” dedi Mira qat’iyat bilan.
Jimin bosh irg‘adi: – “Faqat sen borishing mumkin, menga ruhsat bermaydi.”
Mira unga tabassum qilib dedi:
– “Senda men boraman. Sen yolg‘iz emassan.”
Ular Jungkookning huzuriga bordilar. Jungkook jiddiy yuz bilan Miraga qaradi, keyin Jiminga. Shulardan so‘ng ular o‘rtasida sulh haqida muzokaralar boshlandi.
Jimin o‘z yengilishini his qildi — u bu ikki inson oldida mag‘lub edi: Soohye — yuragining egasi, va Mira — haqiqiy do‘sti.