Too late for regrets
Go‘zal, hashamatli xona.
Xona ham zodagonlarga mos edi. Xona chiroyli bo‘lmasin, ammo xonadagi havo g‘alati edi.
Ines: — Ko‘rishmaganimizga ham ancha bo‘ldi.
Ines qarshisidagi “eri” Ryanga qarab.
Va yana o‘sha g‘alati sukunat. Birozdan keyin Ryan javob berdi.
Ryan: — Aslida sen bilan gaplashishni bir hafta oldin so‘ragan edim.
Qoshlarini chimirdi.
Ines: — Ahvolim yaxshi emas edi... — Ines yerga qarab sekin gapirdi. Ammo...
Ryan: — Yana shu bahonami?
Ines POV
Yana o‘sha sovuq ko‘zlar bilan qarayapti. Ammo men uni anchadan beri ko‘rmagan edim.
Uning qat’iyatli, ammo nafis yuz tuzilishi, orqaga tartibli taralgan qora sochlari va o‘tkir qizil ko‘zlari…
O‘sha qizil ko‘zlar nima bo‘lmasin hech qachon titramasdek edi.
Bir vaqtlar men aynan shu ko‘zlarga ishonib tayanaman deb o‘ylagan edim.
6 yil oldin. Men bu mamlakatga sotilganimda bizning nigohimiz mukammaldek edi.
Men Zener mamlakatining malikasi va u Lezan mamlakatining buyuk gertsogi edi.
Bizning turmushimiz ikki mamlakat orasidagi aloqalarni yaxshilash uchun edi xolos.
Ammo aslida, bizning nigohimiz boshidan chirib bo‘lgan edi.
Men nigohsiz tug‘ilgan bola edim. Zener mamlakatining ikkinchi malikasining xatosidan tug‘ilgan bola.
Men Zenerga uyat edim. Qirollik oilasi sha’nini toptagan farzand edim.
Eleanor gertsogligining boshlig‘i Lezar mamlakatidagi eng kuchli shaxslardan biri nigohsiz tug‘ilgan qizga uylandi. Bu uning g‘ururiga tekkan bo‘lishi mumkin.
Balki shuning uchun u har doim menga va o‘zining o‘g‘li Cesar’ga sovuqqon edi. Cesardagi otasiga o‘xshaydigan bitta narsa uning qizil ko‘zlari edi.
Ines: — Oliy hazratlari, Cesar sizni sog‘ingan.
Ryan: — Yana shumi? — beparvo ovozda gapirdi.
Ines POV
Yo‘q, men buni yana shunday bo‘lishiga qo‘yib bera olmayman. Hech bo‘lmasa bugun.
Ines: — Uni ko‘rganingizga bir hafta bo‘ldi. — qo‘llarini siqdi.
Ryan: — Shunchalik uzoq vaqt o‘tdimi?
Ines: — Ha... Iltimos, borib u bilan ko‘rishing.
Ines POV
Balki u bugun ham bormas...
Ines sekin choyga qo‘l cho‘zdi. Choydagi tanish hid sezildi.
I.P.: Yana o‘sha hid... choy bugun ham zaharlangan.
Nima bo‘lganda ham, men uzoq yashamayman.
Haqiqatni bilmaydigan odamlar meni qiynayverishadi...
Ammo men bilaman...
Men ular uchun tikanman...
Va meni olib tashlash vaqti kelgan edi. Ammo Cesar...
Ines tez-tez nafas olayotgan edi. Ammo u bunga o‘rganib ketgan.
Ines: — Oliy hazratlari, men sizdan bir narsa so‘ramoqchiman. Iltimos, Cesarga g‘amxo‘rlik qiling. Yaxshi uxlashiga, yaxshi ovqatlanishiga e’tibor bering va...
Iltimos, unga yaxshi ota bo‘ling.
Ines POV
Men bilishni xohlaydigan yagona narsa shuki: Cesar yaxshi ulg‘ayishi.
10 yil yoki 20 yildan keyin ham, u voyaga yetguncha...
Cesar onasini eslay olmaydi...
Ryan: — Sen ayon narsani aytyapsan. Eleanor qoniga ega bola hurmatga loyiqdir.
Ines POV
Ammo sen bilmaysan... bu oiladagilar men va Cesarga qanday munosabatda bo‘lishini va...
Seni ham ulardan farqing yo‘q.
Sen shunchaki jim turibsan, chunki meni qo‘yib yubora olmaysan. Ammo har doim men yo‘q bo‘lib qolishimni xohlagansan.
Ines: — Oliy hazratlari, iltimos, bugun nima deganingizni unutmang.
Ryan: — Bu suhbatni tugataylik, men seni—
Ines: — Oliy hazratlari...
Ines POV
O‘sha soxta javob. Menimcha u buni unutadi. Ammo men uning buni unutmasligiga ishonch hosil qilaman.
Ines: — Men sizdan nafratlanaman.
Ryan birdan eshitgan so‘zidan hayratda qoldi.
Ryan: — Nima?
Ines: — Men sizdan rostan ham nafratlanaman. Nega o‘sha kuni menga qo‘lingizni uzatdingiz...
Ines POV
Nega meni bag‘ringizga oldingiz?
Nega meni o‘zingizga oshiq qildingiz?
Nega menga yaqinlashib, meni chetga uloqtirib, nega hanuz ketishimga qo‘yib bermaysiz?
Nega menga bunday qildingiz?
Meni shunchalik yomon ko‘rganmidingiz?
Ines: — Men juda ham afsuslanaman, sizni o‘sha kuni tanlaganimga. O‘zimni la’natlayman sizni sevganimga. — Ines yig‘lardi...
Ich-ichidan ko‘z yoshlar oqib toshardi.
Ryan: — Huh... Sen o‘zingni la’natlaysan? Meningchalikmi?
Ryan o‘rnidan turdi-da, Inesning yoniga bordi, uning jag‘idan ushlab o‘ziga qaratdi.
Ryan: — Ines, hali ham mendan xafamisan?
Ryan shunday deya Inesni quchoqladi.
Ines POV
Uning bu gaplari va quchoqlashlari avvallari men bu mehribonlikni sevgi deb o‘ylardim.
Ryan: — Endi nolishni bas qil. Bilasan, meni jahlimni chiqarsang yaxshi ish bo‘lmaydi.
Ines POV
Nolish... qanchalik qo‘pol va takabbur erkak.
Agar hozir shu yerda o‘lib qolsam, nima qilgan bo‘larding?
Ines: — Ryan...
Qo‘lidagi choy barini bittada ichdi. Choyni yutib bo‘lgach, birdan qo‘lidan choy chashkasi tushib ketdi, og‘zidan qon tuplay boshladi. Buni ko‘rgan Ryan:
Ryan: — Ines!!!
Ines bor kuchini to‘plab:
— Agar ikkinchi hayot bo‘lsa, kel ikkinchi hayotimizda ko‘rishmaylik...
Ines shundan keyin ko‘zlari yumila boshladi.
Ines POV
O‘limimdan oldin ko‘rgan oxirgi narsa uning o‘tkir qizil ko‘zlari, xavotir ila qarayotgani edi.
Ryan: — INEEESSS!!!