Nocteloria✨
Aeris orqasiga qaradi va yuragi orqasiga tortilgandek bo‘ldi. Qarshisida — og‘zidan suvi oqayotgan, ko‘zlari qonqora, vahimali yovvoyi bo‘ri turardi. Ko‘z ochib yumguncha ularning biri Aeris tomon sakradi. Tirnog‘i bilan yelkasini yirtib yubordi. Og‘riq shu darajada kuchli ediki, Aeris o‘kirib yubordi, tumori esa bo‘yinidan uzilib, yerga tushdi.
U yerga yiqilgan holatda qiyinchilik bilan yonidagi o‘qni qo‘liga oldi va bo‘rining har bir joyiga birin-ketin tiqa boshladi. Bo‘rining chinqirig‘i jarangladi — u oxirgi nafasini chiqarib, og‘ir yiqildi. Ammo Aeris nafas olishga ulgurmay, qarshisidan yana ikki bo‘ri chiqib keldi. Nafasi bo‘g‘ilib, yuragi tez ura boshladi. Shunga qaramay, qo‘liga yana bir o‘qni oldi, nafrat va jasorat bilan jangga tayyorlandi.
~ Jungkook o‘zining qora otidan sakrab tushdi va Alerning yoniga bordi. Shunda birdan uzoqdan ayol kishining qichqirig‘i eshitildi.
Jungkook POV
Yuragim tub-tubidan nimadir g‘ashlik uyg‘otdi. Miyamda faqat bitta so‘z takrorlanmoqda: “U xavf ostida. Uni qutqar.”
Qandaydir ichki kuch meni tortmoqda. Uning ovozi... uning nafasini ham his qilyapman. Bu — taqdir. U mening taqdirim!
Men ovoz tomonga yugurdim. Nafaqat men — ortimdan Aler va boshqa jonzodlar ham yugurib kelishardi.
Aeris POV
Buncha ko‘p?! Men jangni bilaman, lekin bu son meni ham cho‘chitmoqda. Lekin… Elnaria qani? Unga nima bo‘ldi?
Tumorim... Tumorim yo‘q! Bu yomon alomat. Nimadir... noto‘g‘ri. Ichimda g‘alati tuyg‘u bor.
Qo‘limda ikki o‘q bilan o‘zimga tashlangan ikki bo‘riga qarshi jang boshladim. O‘qlarni mohirlik bilan ularning yurak tomoniga sanchdim. Ammo bir lahza hayol surib qolganimda, boshqa bir bo‘ri ortimdan sakrab tushdi.
Aeris
“Yo‘q! Yo‘q, bu safar ulgurmadim!” — Ko‘zimni chirt yumdim. O‘limga tayyor edim. Ammo... yosh edim, o‘lishga hali tayyor emasdim.
Shunda atrofda og‘ir jussaning yerga qulagan tovushi eshitildi. Ketidan — shamolda g‘izillagan QANOT ovozi. Sezdim — bu oddiy inson emas.
Ko‘zimni ochdim... Va ko‘rdim.
U... u shunchaki to‘nka emasdi. U — yovvoyi go‘zallik edi. Qora qanotlari, ko‘ksini quchib turgan sovuq libosi, qahrli ko‘zlar… hayratomuz edi.
“Eyyy! Axmoq Aeris, bu paytda nimani o‘ylayapsan?! U — to‘nka-ku!” — o‘zimga baqirdim.
Jungkook POV
Yetib kelganimda — u yerda u, ko‘zlarini yumgancha, yerda o‘tirgan edi. Qonli kiyimlari, yirtilgan yelkasi… va yonida bo‘rining hurishi.
Vaqtni boy bermay, bo‘rini bir zarb bilan yerga qulatdim. Nafas oldim. Atrofga qaradim. Endi ikkitasi — ikkita qiz. Qaysi biri u?
Qaysi biri mening... taqdirim?
Elnaria POV
Endi rejam boshlanadi. Ha, Elnaria! Aktrisaligingni namoyish qil!
Qo‘lim va oyog‘imni ushlab, qiyinchilik bilan o‘zimni yerga tashladim. Yuzimda og‘riq, ammo ichimda quvonch.
Elnaria:
“Ayhh... oyog‘im...”
Jungkook va Aler darrov menga qaradi.
Aler:
“Xonim, yaxshimisiz?” — dedi, yonimga kelib.
Men “tumorim...” deb shitirladim. Atrofga qarab, g‘amgin, izlagandek qildim. O‘tlar orasidan uni topib oldim.
Elnaria:
“Seni... topdim... Tumorim...” — Tumorni sekin ko‘ksimga bosdim. Ko‘zim esa Jungkookka tushdi.
Bu faqat boshlanishi...
Aeris POV
Elnaria tomon qaradim. Uning ahvoli menikidan ham yomonroq ko‘rinyapti. Yuzida og‘riq, ko‘zlari xiralashgan. Bechora dugonam... lekin... bir zumda yuragimni g‘ash qilgan narsa ko‘zimga tashlandi.
U... u tumorimni qidiryapti. To‘xta! Bu axir mening tumorim-ku!
Nega u o‘ziniki deb da’vo qilyapti?!
Aeris (past ovozda, ammo g‘am bilan):
“Elnaria... Bu... tumor... Mening tumorimni topdingmi?”
Qo‘limni cho‘zdim. Bilardim, yetmaydi. Ammo agar u otib bersa, tutib olardim. Yig‘lamaslik uchun kuch topdim.
Elnaria mening gapimni eshitgan zahoti yuzida anglash qiyin, g‘alati bir ifoda paydo bo‘ldi — aralash tuyg‘ular: cho‘chish, aybdorlik, va... yolg‘onning soyasi.
Elnaria (tovushi shirin, ammo bir oz qalqigan):
“Aeris... Sen yaxshimisan? Menimcha... sen adashyapsan. Axir sen tumor taqa olmaysan-ku...”
Bu so‘z yuragimni yirtdi. Nahotki u menga ishonmayapti? Yo‘q, bu — tumorni egallashga urinish.
Ko‘zimni Jk tomonga burdim. U... u esa butun e’tiborini tumorga qaratgan edi. Meni emas. Tumorni.
Ichimda nimadir titradi. Men yana kuchimni yig‘dim, ammo... og‘riq.
“Ahshhh! Jin ursin!” — deb o‘zimga baqirdim. Hamma yerim qattiq og‘riyapti.
Birdan g‘alati issiqlik tuydim. Oyog‘im... kuyayotgandek edi. Tezda pastga qaradim. Yo‘q... bu oddiy issiqlik emas.
Men... temir ustida turibman. Bu tasodif emas. Tumor... temir...Elnaria
Jungkook POV
Ikkita qiz — bittasi malla sochli, yuzida nozik mimikalar, yirtilgan ko‘ylak. Ba’zilarini urush yirtgani, ba’zilarini o‘zi. Qilganini sezib turibman
Ikkinchisi — qora sochli tikanak, yurishida ham oriyat bor. ichki og‘riq uni qiynayapti. Ammo... birdan burilib, yuzida g‘azab va tushunmovchilik paydo bo‘ldi.
Men unga qaradim. Nigohim oyog‘i ostiga tushdi.
Yo‘q!
U... u temirni bosib turibdi!
Author POV
Jungkook bu haqiqatni anglashi bilan — hech ikkilanmasdan harakatga tushdi.
Aerisning boshi aylanib, qoqilib yiqilmoqchi edi. Ammo u yiqilishdan oldin...
Jungkook uni quchog‘iga oldi.
Uni yengil, ohangdor bir harakat bilan quchdi. So‘ng ko‘zlarida jiddiylik bilan unga qaradi. Qiz esa na so‘zlay oldi, na qarshilik ko‘rsatdi.
U Aerisni kelinlik uslubida ko‘tarib, ohangdor qadamlar bilan otiga qarab yurdi.
Aeris Pov
Ko'zimni arang ochdim . negadir tanamda qattiq og'riq bor . *Barcha narsani esladi*To'xta men yiqilganimda meni kimdir ko'tardi . M.men qayerdaman
Tezda o'rnimdan turdim .Bu yer mening uyim emas . Bu xona o'zgacha chiroyli ammo xamma yer qora rangda .Nahotki meni......
.
Bilaman bu fanfic hech kimga qiziq emas .va hech kim o'qimayapti . Ammo ishonamanki biror kun kelib biror kim o'qir.Kam yozganimni ,ma'nosizligini hamda g'alatiligini bilaman . Ammo bu ff men uchun ideal . Shuning uchun inshaalloh seshanba kuni tashay va sizdan reak ham fikr ham kutmayman .
Bilaman umuman yozmaysiz va
Hato kamchiliklari bo'lsa uzur