Last Empress
Tong hali yorilmagan. Osmon hali qorong‘i, lekin yuragimda chiroq yonmoqda. Ichimda ikki jon... yuragimda esa ikki umid. Shahzoda Hyunjin va Shahzoda Seokjin tug‘ilganidan keyin, bizning qirolligimiz yangi ittifoqlarga tayyor edi. Lekin men bunday muqaddas damlarda siyosat haqida o‘ylay olmayman. Hozir men faqat onaman.
– bu safar ham egizak bo‘lsa kerak, – deya kuldi mo‘ysafid oshpaz xonaga kirar chog‘ida.
Qonga botgan ro‘mol, qiynalgan nafaslar, va nihoyat... yig‘i ovozi. Biri... ikki... Ikkalasi ham yig‘layapti!
– Egizaklar! – deb baqirdi doya. – Egizak malikalar!
Men o‘z chaqaloqlarimga qaradim: biri moviy ko‘zli, oppoq yuzli – unga Yuki ismini qo'yamiz Ikkinchisi... sochi uzun, to‘q qizil, ko‘zlari esa qon rangida porlaydi. Doya qo‘rqinch bilan yelkasiga o‘girildi.
– Bu... bu... bu odatiy emas...bu jinlardan shekilli-qo'rqib
Mina-og'zinga qarab gapir u mening qizim U malika
Men u chaqaloqni ilk bor ko‘rganimda, yuragimni o‘zgacha tuyg‘u qamradi. Uning ko‘zlari – nafratmi, g‘ururmi, yoki boshqacha bir kuch... Men bunday bolani bu yovuz saroyda o‘stirishga rozi bo‘la olmadim. Tun... xonalar jim. Men bolani quchog‘imga olib, qochdim. Lekin bu oddiy qochish emasdi – u menga taqdir yuklagan yuk edi.
Zuki 18 yoshda. U go‘zal, jasur va qaysar. Yuzida iftixor, yuragida g‘urur. U bir qishloqchada Su-a xonim bilan birga yashayotgan edi . Sua Zukini hammadan yashirdi chunki uning ko'zlari rangi ....... . Odamlar uni jodugar deb o'ylashlarini bilardi .
Shuning uchun ham har doim
Ertalab shahar uyg'onishidan oldin ko'chaga chiqib tezda suv olib kelardi . Ammo bir kun bir lahzada butun qishloq vayronaga aylandi . Bu kichik qishloqchaga boshqa bir mamlakat askarlari bosqinchilik uyushtirishdi . Erkaklarni qullikga olishdi ayollarni xizmatkorlikka ..... Yosh qizlarni esa kanizaklikka . Kanizaklarni saroyga olib ketishayotgan edi . Va ular orasida Zuki ham bor edi ...
Men jang qilmoqchi edim. Lekin bu erkaklarning ko‘zida rahm yo‘q edi. Ular meni saroyga olib kelishdi. Bu yer esa menga tanish tuyuldi xuddiki avvallari bu yerga kelgandekman
Meni aysh-ishrat hovlisiga olib kelishdi. Yuzlab go‘zallar orasida men oddiy kanizak edim. Lekin bir kuni... Bir yigit o'tdi u juda go'zal edi .Aytishlaricha u Sulton ekan . Ko‘zlarimiz uchrashdi. U jilmaydi. Faqat men tomonga. Bu boshqa kanizaklarga yoqmadi.
– Sen kim bo‘lasan o‘zingni undan yuqori ko‘rsatayotgan? – deb baqirdi biri va yuzimga musht tushirdi.
Hamma meni urdi. Qon. Og‘riq. Ammo men o‘zimni ushladim. Yig'lamaslikka harakat qildim kuchli bo'lishim kerak edi
Men ketayotganimda bir kanizak yotardi . U yangi kanizaklardan shekilli .Yuzi tirnalib ketibdi . Menimcha U hushidan ketgan . Men soqchilarni chaqirib uni tabib yoniga olib bordim . Uni yuzini davoladik va qarasm bu Sulton Seokjin bizga aytgan joriyasi ekan . Bu bilib tabibga uni yanada yaxshiroq tuzatishini va bu haqida hech kimga aytmasligini tayinladim . Ozgina vaqtdan keyin u ko'zini ochdi
– Menga... Qilganlaringiz uchun sizlarni afsuslantiraman .....
~~
Zuki kuchli bo'lish kerakligini tushundi va bu uchun U sevimli joriyalar safiga kirishi kerak . Uni baxtiga bugun bo'ladigan bazmda joriyalar raqsiga u ham qatnashar ekan . Buni eshiyib Zuki Sultonni o'ziga qaratish uchun reja tuzdi
Yangi kanizaklar Seokjin (Sulton ) oldida raqsga tushdi. Zuki ham ularning orasida edi. G
5 ta kanizak raqs qilishdi. Oxiri raqs tugab hamma joriyalar yerda o'tirar edi . Ammo zuki turdi va musiqachilarga ishora qildi . Ular ham tushunib boshqa musiqani chalishni boshlashdi .Zuki o‘zining yuzini qizil to'r bilan berkitib, yakka chiqdi. Qo‘llari, harakati, ko‘zlarining jozibasi bilan u barcha ko‘zlarni o‘ziga qaratdi. U arab raqsini ijro etdi – yuraklardan oh urdi.
Seokjin asta o‘rnidan turdi... Nigohi chuqur. So‘ng, jimjitlikni yorib, oq romolchasini Zuki tomon tashladi
Zuki romolni yerga tushirmay tutdi.
Kanizaklar orasida shovqin. Hizmatchilar pichirladi. Bazm titradi. U – tanlandi.
Men uni ko‘rganimda, yuragimda allaqanday chaqnash yuz berdi. Uning ko‘zlari... g‘ururli, bo‘ysunmaydigan qiz . Bu qiz boshqacha. Va endi... u mening mulkim!....
Sulton romolchani bergach hamma hayron qoldi meni urganlar hasad qilishdi bazm tugashidan oldin xizmatchilar meni hamomga olib ketti va meni cho'milishimni aytosh undan keyin meni bezatdilar bir-biridan go'zal taqinchoqlar qip-qizil juda ochiq ko'ylak kiydirishdi vameni alliqanday yo'l bilan olib ketishdi . Va biz Sulton xonasiga keldik.
Xonaga kirish arafasidaman. U yerda – Seokjin Sulton . Va men... oxirigacha borishga tayyorman.
Men eshikni asta ochdim. Yuragim tez urmoqda. Bu tun – men kuchli bo'lishimni ochib beradi , qasdlarimni olaman meni xo'rlaganlarni va yangi taqdirim boshlanishi bo‘ladi......