Ethereum bu shunchaki kod emas, bu sinovlar tarixi!
1️⃣ 2016 — DAO hack
Ethereum ilk bor jiddiy hujum ostida qoldi. O'sha paytda ko‘pchilik "tamom, Ether pishdi" deyishdi. Lekin jamoa parokanda bo‘lmadi. Tarixdagi eng bahsli qarorlardan biri — hard fork orqali tizimni tiklash — qabul qilindi. Bu Ethereum Classic (ETC)ning ham tug‘ilishi edi. Shunday bo‘lsa-da, asosiy Ethereum o‘z yo‘lidan hech ham to‘xtamadi.
2️⃣ 2017-2018 — CryptoKitties bo‘roni
Birgina o‘yin butun tarmoqni to‘ldirib yubordi, tarmoq tiqilib qoldi. Ethereum “shkalalanmaydi” degan gaplar ana o‘shanda avjiga chiqdi (huddi hozirgidek). Ammo bu aynan Ethereum’da sodir bo‘ldi, chunki faqat Ethereum foydalanuvchilar uchun real imkoniyatlar ochib bergan edi. Boshqalar kabi quruq qog'ozdagi va'dalar bermagan edi.
3️⃣ 2020 — DeFi inqilobi
Compound, Uniswap, Aave — hammasi Ethereum’da. O‘sha yili L1’lar, "Ethereum killlerlar" portladi: BSC, Avalanche, Solana. Hamma-hammasi Ethereum’ni “yengamiz” dedi. Ammo Ethereum eskirib qolgani uchun emas, balki erkin, ochiq, tom ma'noda markazlashmagan bo‘lgani uchun ko‘proq sinovlarga duch kelgan edi.
3️⃣ 2022 — Merge
“PoS ishlamaydi”, “markazlashuv kuchayadi”, deyishdi. Lekin tarmoq muammosiz PoW’dan PoS’ga o‘tdi, buning o'zi juda katta muvaffaqiyat edi, juda katta. Bu tarixdagi birinchi yirik ommaviy blockchain migratsiyasi bo‘ldi. Bugun esa shunga o‘xshash tranzitsiyani boshqa L1’lar tasavvur ham qilolmaydi. Buni token migratsiyasida qatnashganlar juda yaxshi tushunishadi.
⚡️ Shu tarixni bilgan odam uchun, bugungi FUD’lar:
“Ethereum eskiribdi”, “L2’larsiz hech kim emas”, “Solana undan ancha karra tezroq-ku!” — bular yangilik emas, balki e’tibor belgilari bo'lib ko'rinadi. Chunki faqat katta o‘yinchilarga qarshi bu darajada ko‘p gapiriladi.
💡 Va eng asosiy haqiqat: Eng muhimi — Ethereum ishlayapti. Har kuni. Haqiqiy ilovalar bilan, eng yirik ekotizimni yuritib turibdi. Va'dalari, rejalari qog'ozda qolmayapti.
💎 Haqiqiy markazlashmagan tarmoq bo‘lish — bu tanlov, bu fidokorlik. Va bu tanlovning o‘ziga yarasha narxi bor.
Chunki markazlashmaganlik bu:
1️⃣ Tarmoqda imkon qadar ko‘proq validatorlar ishtirok etishi.
2️⃣ Har kim o‘z tugunini ishga tushirishi va tarmoqni mustaqil tekshirishi mumkin bo‘lishi.
3️⃣ Hech qanday markaziy boshqaruv bo‘lmasligi, hamma birdek mas’ul, birdek vakolatli bo’lishi.
Ammo bu mukammal erkinlik tezlik va o‘lchov (shkalalanish) bilan chiqishishi o’ta qiyin. Nega? Chunki markazlashmaganlik oshgani sayin, ya’ni tugunlar soni ko‘paygani, qatnashish shartlari yengillashgani sayin — hamma har bir tranzaksiyani tekshirishi kerak bo‘ladi. Hamma bir xil blokni ko‘rishi, tekshirishi, rozilik berishi kerak bo’ladi.
Bu esa o’z o’rnida:
1️⃣ Tizim sekinlashishiga sabab bo’ladi. Chunki hamma teng qatnashsa, hammani kutish kerak bo’ladi.
2️⃣ Resurslar ko‘p ketadi. Chunki oson ishtirok uchun maksimal yengillik kerak, lekin bu yengillikni saqlash qiyin.
3️⃣ Yagona, tez bajariladigan ijro (execution) modeli yo‘qoladi. Ya’ni, Solana’dagidek «hamma joyda biryo‘la bajarish» emas, balki Ethereum’dagidek ehtiyotkor, ehtimol sekinroq, lekin xavfsizroq bajarish modeli vujudga keladi.
✅ Shu sababli Ethereum faqat L1 (asosiy tarmoq)ni tezlashtirishga urinmayapti — balki L2’larni (Layer 2) yaratib, tranzaksiyalarni tashqarida qayta ishlab, asosiy tarmoqqa faqat xavfsizlikni saqlash uchun olib kirishni maqsad qilgan va to’g'ri ham qilyapti.
Boshqacha qilib aytganda:
1️⃣ Ethereum yadroda xavfsizlikni saqlab qoladi.
2️⃣ L2’lar tezlik va arzonlikni ta’minlaydi.
3️⃣ Natijada: markazlashmaganlik, xavfsizlik va tezlikni birga olib boradigan arxitektura hosil bo‘ladi — har biri o‘z joyida, o‘z mas’uliyatida.
Bu ko’ringanidek oson emas. Lekin bu haqiqiy tom ma’nodagi blokcheyn bo‘lish degani. Solana, Sui yoki boshqa L1’lar tez ishlashi mumkin — lekin bu ko‘p hollarda markazlashuv va murakkabliklar hisobiga erishiladi.
✅ Ethereum esa halolroq yo‘lni tanlagan:
Sekinroq yurayapti, lekin poydevor chuqur va mustahkam. Har bir qadam og‘ir, lekin ishonchli. Odamlarni «shunchaki ishlaydi» degan illyuziya bilan emas, balki murakkab, lekin ochiq, ishonchli tizim bilan jalb qilayapti.
✅ Shuning uchun Ethereumni bemalol istalgan payitda to’xtatib, «yangidan ishga tushirib» bo‘lmaydi.
✅ Shuning uchun undan foydalanuvchilar (dasturchilar, loyihalar) ketib qolmaydi, zerikmaydi, balki ustiga tizimlar qurilishadi.
✅ Bugun StarkNet, zkSync, Arbitrum, Optimism — hammasi Ethereum ekotizimida.
Ethereum eskirmadi, u ishlarni delegatsiya qilyapti. Qiyin masalalarni bosqichma-bosqich hal qilayapti.
Zero, “shoshqaloq blockchain”larni ko‘p ko‘rdik, lekin sabrli va tirik qolganlari esa sanoqli.
🔥 Men bu tarmoqni nega yoqtiraman?
Chunki u va’da beravermaydi. U sinaydi. Yutqazadi. O‘rganadi. Tuzatadi. Yana yo‘lga chiqadi. Shunaqangi tarmoqlargina uzoq umr ko‘ra oladi.
Bugun narx tushgan. FUD ko‘paygan. Bu meni qo‘rqitmaydi. Chunki bu — oldin ham bo'lgan. Ethereum bunday voqealarni ko‘p marta ko‘rgan. Va har safar yana o'zini ko'rsatgan.
Xullas, men hali ham ishonaman. Ethereum — narx emas. Ethereum — sinovdan o‘tgan tizim. Ethereum — ochiqlik, erkinlik, moslashuvchanlik va tiriklik belgisi.
Shuning uchun ETH haqidagi fikrimni zarracha o'zgartirmadim.
❗️ Bir narsani unutmaylik: vaqt — eng qattiq sinov.
Har qanday blockchain, dastlab eng tezkor, eng arzon, eng zamonaviy ko‘rinishi mumkin. Lekin vaqt o‘tadi, foydalanuvchilar ko‘payadi, hajm ortadi, bosim kuchayadi — shunda kim kimligi ko‘rinadi.
🦾 Ethereum bu sinovlardan allaqachon o‘tib bo'lgan, o'tib kelyapti ham. 2016-yildagi DAO hodisasi, Shanghai DOS hujumi, 2020-yildagi “Ethereum killer” L1’lar to‘lqini, DeFi Summer, NFT bumu, Merge (ya’ni Proof of Stake’ga o‘tish), va albatta har bir ayiq va buqa bozorlari.
Shularning har birida ko‘pchilik “Ethereum tamom bo‘ldi, tugadi” dedi. Ammo har safar u yanada kuchliroq, yanada aniqroq yo‘nalishda qaytib keldi.
Endi esa “Ethereum eskirdi, chunki hozir bir nechta yangi, tezroq, arzonroq, zamonaviyroq tarmoqlar bor" deyishmoqda. Ha, hozir ular tez ishlayapti, chunki hali bosim yo‘q.
O'sha blockchainlar Ethereum o‘rnini egallay olsa, o‘sha darajadagi foydalanuvchilar soni, dApp, DeFi, L2, NFT, CEX, DEX, stablecoinlar hajmi oshsa, hali bugun tez bo‘lgan tarmoqlar qanday ahvolda bo'lar ekan?
Node soni ko‘payganda, validatorlar desentralizatsiya talablariga javob bera boshlaganda, har bir tugun barcha ma’lumotni ko‘rishi, tekshirishi, tasdiqlashi kerak bo‘lganda — bugungi tezlik qanchalik saqlanib qolar ekan?
Bu yerda gap faqat texnik quvvatda emas — arxitektura tanlovida.
Ethereum — “avval xavfsizlik va markazlashmaganlik, keyin tezlik” yo‘lini tanladi. Boshqalar esa “avval tezlik va qulaylik, keyin decentralizatsiyani o'ylab ko‘ramiz” deyapti.
Bu ikki yo‘lning oxiri boshqacha. Ethereum sekinroq harakatlanayapti, lekin poydevori chuqur. Uni ko‘p gap bilan emas, ko‘p sinov bilan tekshirib bo‘lganmiz. Hozirgacha bardosh berdi. Endi esa L2’lar orqali o‘sishni, tezlashish va arzonlashishni tanlayapti.
🟢 Va nihoyat, so'zim so'ngida hozirgi haddan tashqari ko'payib ketgan FUD’larga keladigan bo'lsak...
Haqiqat shuki: Ethereum bugun arzon. Qimmatroq bo‘lganida hamma maqtagan edi — endi esa tushganda shubha sochayotganlar ko‘paydi.
Bu shunchaki tasodif bo‘lishi mumkinmi? Yoki bu — o‘ylangan ssenariymi? Narx tushganda ommani qo‘rquv bilan siqib chiqarib arzon narxlardan to‘plash uchun sahnalashtirilgan teatr bo'lsachi?
Ethereum hanuz ishlayapti. Har yili chuqurlashib, mustahkamlanib, kengayib boryapti.
☑️ Aslida, shovqinlardan emas, vaqt sinovlaridan o‘tgan haqiqatdan saboq olishimiz, shunga ko'ra harakat qilishimiz kerak emasmikan?