October 11

𝗛𝗔𝗨𝗡𝗧𝗜𝗡𝗚 𝗔𝗗𝗘𝗟𝗜𝗡𝗘

10 — BOB

Manipulyator

“Biror narsa eshitdingmi?” deb so‘radim men, Arch mening o‘sag‘imdan g‘oyib bo‘lganidan beri to‘xtamayotgan xavotirdan telefonim qo‘limda ho'llanib ketayotgandi.

“Hech kim uni topolmayapti,” deb javob berdi Daya telefonda. Kecha tunda nima bo‘lganini aytganimdan beri u Arch’ning yo‘qolishini o‘zi surishtirayotgan edi, u hech qachon biror narsani hal qilishda militsiyaga tayanadiganlar sirasidan emasdi.

Lekin Daya’da ma’lumotlar unchalik ko‘p emasdi. U Arch’ning ma’lum dushmanlari tizimiga — ularning kameralari, telefonlari, noutbuklari va mashinalaridagi GPS’iga buzib kirdi. Biz shubhalangandek, ularning Arch’ning yo‘qolishiga hech qanday aloqasi yo‘q edi — ishqilib biz topa olgan ma’lumotlarga ko‘ra shunday.

Uni mening soyam olib ketgan edi. Uning kimligini umuman bilmay turib, Arch’ni topishning haqiqatan ham hech qanday yo‘li yo‘q edi.

“Bunga ishonolmayman. Men amalda bu odamning o‘limiga sababchi bo‘ldim,” dedim men, ko‘zlarimga yosh kelib.

“Jonim, buni aytishga nafratlanaman, lekin menimcha bu sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng yomon narsa emas. Nazarimda, bu yigit seni rostdan ham juda yomon jarohatlagan bo‘lardi. U sobiq xotiniga qilgan narsalar... bularni tilga olib ham bo‘lmaydi. U yaxshi odam emasdi. U yigitlarning hech biri yaxshi emasdi...” u gapini oxirigacha aytmadi, u Luke haqida o‘ylayotganini tushunishim uchun uning gapirishi shart emasdi.

U birga dahlizli, ajoyib kecha o‘tkazganlarini aytgandi, lekin Arch qanday yigit ekanligini — bo‘lganligini bilishi bilanoq uni bloklab, yo‘qolib qoldi.

U Arch’ga o‘xshagan odam bilan do‘st bo‘lgan har qanday kishining o‘zi ham yaxshi odam emasligini aytgandi.

Bunga e’tiroz ham bildirib bo‘lmaydi.

Men chuqur nafas oldim. “Bilaman, sen haqsan. Shunchaki u men sababli ozor chekgani — balki o‘ldirilgani menga yoqmayapti, xolos. Uning ko‘plab dushmanlaridan biri uni ushlab olganida men uchun juda afzal bo‘lardi.”

“Ha, bu eng yaxshi ssenariy bo‘lardi,” deb maqulladi u.

“Eng yaxshi ssenariy — kelishgan yigit bilan ehtirosli, qaynoq sexga to‘la tun bo‘lardi, unda men bir necha bor rohatga erishgan bo‘lardim va keyin uni xursand qilib yo‘liga kuzatib qo‘yardim,” deb uning gapini bo‘ldim.

U biroz pauza qilib, keyin dedi: “Ha, sen haqsan. Lekin bu sodir bo‘ladigan narsa emasdi. Bu yigitning o‘tmishi bilan-a?! U shafqatsiz.”

“Xo‘sh, ko‘rinishidan, mening stalkerim ham shunaqa.”

“Bilaman, shuning uchun ham men senga xavfsizlik tizimini o‘rnatib beryapman. Sen shunchaki navbatdagi qurbon bo‘lmaysan, hozirgacha bo‘lganingdan ortiq emas. Agar sen o‘lsang, men ham sening otingdan borishim kerak bo‘ladi, men esa o‘z tanamga juda bog‘lanib qolganman. Xudo menga bu hayotda yaxshi tana bergan.”

Uning dramatikligidan ko‘zlarimni suzib qo‘ydim, ayniqsa u dindor ham bo‘lmagani uchun.

“Xo‘p, shunchaki uning hisobini menga yubor,” deb rozi bo‘ldim. Uyimda kameralar bo‘lishi g‘oyasi menga yoqadi. Kimdir men ko‘rolmaydigan joyda poylab yurganida, bu menga biroz bo‘lsa ham xotirjamlik beradi.

“Ularni o‘rnatish uchun keyinroq o‘taman.”

Kameralarni o‘rnatish bir oy ichida menga ozgina bo‘lsa ham xavfsizlik hissini beradigan birinchi voqea bo‘ladi. Bu his qanchalik mo‘rt bo‘lmasin.

🌹🌹🌹

Eshik oldida USPS (pochta) yuk mashinasi to‘xtaganini eshitganimda, men endigina boshqa bir bobni tugatayotgan edim. Pochtachi har doim juda yaxshi odam bo‘lib kelgan. U uzoq ushlanib qolmasdi va vaqtining aksariyat qismini xavotir bilan atrofdagilarga qarashga sarflagan.

Oxirgi marta undan bu haqda so‘raganimda, u bu yerda qandaydir shafqatsiz, me’yorsiz narsa sodir bo‘lganini aytgandi.

Kecha tunda mening bo‘sag‘amdan bir odam yo‘qolib qolganini hisobga olsak, bu yerda bir nechta shafqatsiz hodisa sodir bo‘lgan deb ayta olaman.

U bir nechta quti kitoblarni tushirayotganida men eshikni ochdim. Men bularga qo‘l qo‘yib, o‘quvchilarimga jo‘natishim kerak edi.

Sakkizta katta qutidan keyin pochtachi pishillab qolgan, yuzidan ter oqib tushardi.

“Rahmat, Pedro. Barcha qutilar uchun uzr,” dedim men noqulay tebranib qo‘l silkigancha.

U javob tariqasida qo‘l silkitdi-da, yuk mashinasiga qaytib o‘tirib, tezlik bilan jo‘nab ketdi.

Men qutilarga qo‘rquv va sarimsoq nazari bilan qarab, xo‘rsindim. Bularni ichkariga tashish dahlizli azob bo‘ladi. Men tashqariga qadam qo‘ydim, lekin oyog‘im og‘ir bir narsaning burchagiga tegib ketdi.

Pastga qarab, qopqoqli kichik karton qutiga ko‘zim tushdi. Unda hech qanday yetkazib berish yorlig‘i yo‘q edi, bu Pedroning buni qoldirmaganini anglatardi.

Yuragim shuv etib ketdi, oshqozonimga xavotir to‘lqini urildi.

Nega ekanligini bilmayman, lekin xuddi u yerda kimdir turganini ko‘radigandek, ko‘zlarim o‘rmon tomonga yugurdi. Hech kim yo‘q edi. Albatta, hech kim yo‘q edi.

Chuqur nafas olib, qutini qo‘limga oldim. Va quti turgan joyda qon surkalganini ko‘rib, uni deyarli tushirib yuboray dedim.

“O, say. Say, say, say-e. Xudoyim? Iltimos, bu go‘zal yakshanba ertalabida bunday narsa sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘yma. Iltimos, u yerda men o‘ylayotgan narsam chiqmasin,” deb baland ovozda ibodat qildim, oyoq barmog‘imga bir tomchi qon tomganida ovozim titrab ketdi.

Qo‘llarim titrab, qutini yana pastga qo‘ydim va sarasima ichida qoldim. Oyog‘imning barmog‘ida bir tomchi qon bor edi. Qo‘llarimda qon borligini bilardim, lekin endi oyoq barmog‘imda-ya?! Bunga chiday olmayman.

Nima qilayotganim haqida o‘ylashga gururim yetmay, oyog‘im bilan qutining qopqog‘ini tepib ochdim.

Qollar.

Xuddi men qo‘rqqanimdek, qutining ichida kesilgan qo‘llar bor edi.

“O, say. Bu rasvo narsaga tupurdim.”

Men burilib, uyga yugurib kirdim va Daya’ga qo‘ng‘iroq qilish uchun telefonimni qidirib sarasima bo‘ldim.

U javob bergunicha go‘shak to‘liq ikki soniya jiringladi.

“Men bir necha soatda u yerda bo—”

“Daya.”

“Nima bo‘ldi?” deb so‘radi u keskin.

“Qo‘l. Va yana bir qo‘l. Ikkita. Qutida. Mening ayvonimda.”

U so‘kindi, lekin mening sarasimam ovozni kar qilib qo‘ygandi.

“Hali hech narsa qilma. Men u yerga yetib bormagunimcha kut,” deb buyurdi Daya. “Borib bir-ikki yumshoq stakan aroq ichib, meni kut.”

U meni ko‘rolmasligiga qaramay, bosh irg‘adim. Lekin bu mening yana bosh irg‘ashimga va so‘zsiz go‘shakni qo‘yib qo‘yishimga xalaqit bermadi.

Men aynan u aytganini qildim. Asablarimni tinchlantirish uchun ikki stakan aroq ichdim. Keyin esa urib turgan yuragim tinchlanguncha sekin, chuqur nafas olib, chiqardim.

U haromzoda rostdan ham shunday qilibdi. U menga Arch’ning qoʻllarini yuboribdi. Ichimdagimning bir qismi u yolgʻon gapirmasligini bilsa-da, baribir nimagadir bunga ishonmagandim.

“Jonsiz matoh,” deb guldurladim men, boshimni yelkalarim orasiga quyi solib, butun ogʻirligimni stol chetiga tashlagancha.

Yigirma minutdan keyin Daya yetib keldi, shinalarning gʻizillashidan bilindiki, u mashinasini xovliga shiddat bilan burib kirdi.

Uning mashinasi eshigi qarsillab yopildi. Men eshik oldiga yetib borganimda, u ayvonda hali ham turgan sovgʻamga yaqinlashib borardi, koʻzlari shu mash'um, dahshatli manzaraga qadalib qolgandi.

“Bu nusxa mutlaqo aqldan ozgan, jinni,” dedi Daya, qoʻllarni yaqinroqdan koʻzdan kechirish uchun qutini koʻtararkan, tuflab. “Aniq Arch’ning qoʻllari. Bosh barmogʻida oʻsha ahmoqona yulduz tatuirovkasi bor.”

Men koʻzlarimni pirpiratdim, u buni qayoqdan bilishiga hayron boʻldim, lekin ogʻiz ochib soʻrash uchun ham hali oʻzimga kelolmay, shokda edim.

“Bu yerda xat bor ekan,” deb toʻngʻilladi u, qonga belangan qogʻoz parchasini sugʻurib olarkan. Ehtiyotkorlik bilan uni ochdi. Buni oʻqib chiqish uchun unga ikki soniya kifoya qildi, soʻng xoʻrsinib, uni menga uzatdi.

Ikkilanib, qoʻlimni uzatdim va xatning qon tegmagan burchagidan ushladim.

Har safar militsiyaga qoʻngʻiroq qilganing uchun seni jazolash menga zavq bagʻishlasa-da, kel bu safar buni kechiktirib turaylik. Keyingi safar ularga ozor berishga majbur boʻlishni xohlamasdim, kichkintoy sichqoncha.

Bu nusxa mening ustimdan kulyaptimi? U meni jazolamoqchimi? Kesilgan qoʻllarni yuborganingning oʻzi yetarlicha jazo emasmi, esi past?

“U rostdan ham mentni oʻldirish bilan tahdid qilyaptimi?” deb pishqirdim men.

Daya yutinib qoʻydi, koʻzlari uzilgan qoʻllarga qadaldi.

“Oʻylashimcha, bu safar unga quloq solishing kerak,” dedi u sekin. Men ham xuddi shu xulosaga kelib, unga qaradim. Bu odam xavfli. Juda xavfli.

Polisiya bu ishni hal qilishini qanchalik xohlamayin, ikkita muammo bor edi. Birinchidan, ularning bu odamni tuta olishiga zarracha ishonchim yoʻq edi. Ikkinchidan, men orqali boshqa hech kimning ozor chekishini xohlamasdim.

Bunga bardosh bera olamanmi-yoʻqmi, bilmasdim.

“Nima qilishni bilmayman, Daya,” deb pichirladim, ovozim titrab. Daya qutini pastga qoʻydi-da, tezda yonimga kelib, meni mahkam bagʻriga bosdi.

“Xavfsizlik kameralari va signalizatsiya tizimini oʻrnatishga yordam berish uchun bir tanishim kelyapti. Eshit, odatda men baribir mentlarga qoʻngʻiroq qil degan boʻlardim. Lekin bilmadim, Addie. Politsiya haqida nima fikrda ekanligimni bilasan-ku, lekin ularning sotga yordam bera olishiga zarracha ishonmayman. Menda ba'zi aloqalar bor, balki shaxsiy soqchi yoki shunga oʻxshash biror kimni yollalarmiz.”

U oxirgi gapini tugatmasidanoq men boshimni sarasladim. “U ham oʻlishi uchunmi?”

U menga ma'nosiz qarash qildi. “Bu shunchaki koʻchadagi tasodifiy odam boʻlmaydi, Addie. Qarshingda kim boʻlishidan qat'i nazar, u tayyorgarlik koʻrgan qotildan ham xavfliroq boʻlolmaydi-ku, toʻgʻrimi?”

“Balki,” deb yon berdim men. “Lekin men bularning hech birini hali bilmayman. Ketimdan har qadamda soqchi yurishi men oʻzimni ojiza qizdek his qilishimga sabab boʻladi.”

Uning yuzidagi ifodadan ahmoqlik qilayotganimni oʻylayotganini payqadim. Ya'ni, meni qoʻllarni kesadigan, ehtimoliy qotil ta'qib qilyapti. Lekin keyin-chi? Soyam ushlanmaguncha, ketimdan biror tasodifiy odam ergashib yuradimi va bu qachondir sodir boʻladimi-yoʻqmi, kim biladi.

Gʻazabdan tishlarimni gʻijirlatdim. Hayotimni ortiqcha bir yuk — ortiqcha bir a'zo bilan oʻtkazishni xohlamayman. Har ikkala stsenariyda ham menda bittasi bor. Biri meni ximoya qilish uchun shu yerda, ikkinchisi esa... bilmayman. Menga ozor berish uchunmi? Meni sevish uchunmi? Qanday boʻlmasin, ularning hech birini xohlamayman.

“Arch oʻlgan deb oʻylaysanmi?” deb soʻradim, ovozimdagi titroqni bosolmay.

U lablarini qimtidi. “Bilmayman. Bunga ehtimol bor, albatta. Lekin ogohlantirish sifatida qoʻllarini kesib, qoʻvib yuborgan boʻlishi ham mumkin. Arch paydo boʻlmaguncha... yoki umuman koʻrinmaguncha buni bilolmaymiz.”

Men bosh silkidim. “Soqchi masalasini keyinroq aytaman. Avval signalizatsiya tizimi qanday ishlashini koʻraylik-chi.”

“Xoʻsh, ungacha men bu qoʻllarni yoʻqotib kelaman. Bir soatdan keyin qaytaman, keyin miriqib ichamiz.”

Koʻzlarim katta-katta boʻlib ketdi. “Daya, buni qilishing shart emas. Shundoq ham yetarlicha dahshatli ish, sening bunday qilishingni xohlamayman—”

Uning yuzidagi jiddiylik soʻzlarimni ogʻzimda qoldirdi.

“Men har kuni bundan ham battariga duch kelaman, Addie. Ichkariga kir, men tezda qaytaman.”

Yutinib, bosh silkidim va eshik tomonga burildim. Eng yaqin dugonamning uzoqlashayotgan qaddiga oxirgi marta uzoq tikilib qolarkanman, u har kuni kesilgan tana qismlaridan ham daxshatliroq nimaga duch kelishi mumkinligi haqida oʻylanib qoldim.

🌹🌹🌹

“Ularning hammasi oʻlgan.” Boshimda portlagan bu soʻzlar Law Abiding Citizen filmidagi oʻsha sudyaning holatidek qulogʻim ostida aks sado berdi.

“Nima?”

“Arch’ning butun oilasi oʻlik holda topilibdi. Uning otasi, ikki akasi, togʻasi va ikki xolavachchasi. Tafsilotlarini bilmayman, chunki jinoyat shunchalik silliq va ustalik bilan bajarilganki, na guvoh bor, na dalil. Hech vaqo yoʻq.”

“Xudoyim-ey. Buni oʻsha stalker qilgan deb oʻylaysanmi?”

U xoʻrsindi, telefon orqali gaplashayotgan boʻlsak-da, burnidagi uzukchasini barmogʻi bilan aylantirayotganini aniq his qildim. “Bu juda katta jinoyat, lekin imkonsiz emas. Sen politsiyaga murojaat qilganingdan soʻng Arch yoʻqolib qolganida, Connor ularning raqiblariga qarata jiddiy ayblovlar yogʻdirgani haqida gap-soʻzlar tarqalgandi. Politsiya ham buni oʻshalarning ishi deb oʻylayapti, shekilli, lekin dalillar yetarli boʻlmagani uchun hech kimga rasman ayb qoʻya olishmayapti.”

Chakka sohamda ogʻriq uygʻonib, koʻzlarimni mahkam yumdim. “Demak, ta'qibchi Arch’ni rostdan ham oʻldirgan-da?”

“Katta ehtimol bilan,” deb gapni chala qoldirdi u. “Ehtimol, Arch oilasi qirib tashlanishidan oldin uyiga yetib olganida, uni kim bu ahvolga solganini aytgan boʻlardi va Connor raqiblariga sakramagan boʻlardi. Shuning uchun, oʻylashimcha, Connor’ning ayblovlari tufayli qolganlar ham oʻldirilgan boʻlishi haqiqatga yaqin.”

Kallamda shunchalik koʻp tuygʻular gʻujgʻon oʻynardiki, nimalarni his qilayotganimni umuman tushunolmasdim. Mening soyam kimsani oʻldirganidan daxshatga tushgandim.

Lekin u yovuz odam edi.

Buning ahamiyati boʻlmasligi kerak, shunday emasmi? Toʻgʻrisini aytsam, u Arch’ni uning qilgan jinoyatlari uchun emas, balki menga qoʻl tegazgani uchun oʻldirgan deb oʻylayman.

“Rostini aytsam, Daya, biroz yengil tortdim. Arch’ning oilasi endi ketimdan tushmaydi, lekin buni aytish menga xudbinlikdek tuyulyapti.”

“Unday boʻlsa, ikkalamiz ham xudbin qanjikmiz, chunki men xursandligimdan tepam koʻkka yetguday boʻlib turibman.” Uning joʻshqinligidan kıkırlab kulib yubordim. “Eshit, Talaverra’lar yomon odamlar edi. Tarixi qora boʻlgan birgina Arch emasdi. Connor’ga nisbatan ham nomusga tegish boʻyicha ayblovlar bor edi, ularning otasi esa ayol kishini zorlash va doʻpposlashni oʻz ogʻillariga oʻrgatgan boʻlsa kerak, chunki uning jinoyatlar roʻyxati... bundan ham battar.”

U mening harakatimni koʻrolmasligini unutgancha, bosh silkib qoʻydim.

“Ularning oʻlimi uchun aslo motam tutmayman,” deb gʻulduradim men.

Shundan soʻng ikkalamiz ham ishlarimizni qilishimiz kerakligi uchun goʻshakni qoʻydik, lekin xayolim baribir parishon edi.

Rostdan ham Talaverra’larning qismati haqida eshitib gʻamga batganim yoʻq, lekin soyam ularning jonini olgan boʻlishi mumkinligi haqidagi gʻalati xavotir baribir miyamning bir chetida meni qiynab turardi.

Arch yoʻqolganiga bir hafta boʻldi va soyamdan hamon hech qanday darak yoʻq. Bu u hali ham pinhona poylab yurgani yoʻq degani emas, shunchaki oʻz borligini bildirmayapti.

Dayaning doʻsti yangi signalizatsiya tizimi va kameralarni oʻrnatib ketdi. Oʻshandan beri ularni tez-tez tekshiraverib, qanchalik xarxasha qilayotganimdan oʻzim ham uyalyapman.

Qalbimning sodda bir cheti endi xavfsizlik tizimim borligi uchun u mendan yiroqda yuradi deb umid qilmoqda. Lekin men koʻpincha ahmoqona qarorlar qabul qilsam-da — va bu rostdan ham juda koʻp sodir boʻladi — u tez orada bu yerda paydo boʻlmasligiga ishonadigan darajada ahmoq emasman.

Muskullarim karsillab, kerishib oldim. Oshxonadagi baland stulda oʻtirib yozayotganimda, u orqamga deyarli tirak boʻlolmasdi. Men qullikdan qochgan qiz haqida yangi fentezi romani ustida ishlayotgan edim va oʻzim uchun belgilagan muddat juda tez yaqinlashib kelayotgandi.

Yana yozishni boshlashim bilan, tepadan kelgan gʻichirlagan ovoz diqqatimi tortdi. Bu tovushdan yuragim birdaniga tez urib ketdi. Toʻxtab, boshqa shovqin-suron bormikan deb quloq soldim. Hech qanday xalaqitsiz bir nechta daqiqa oʻtdi. Yagona eshitilayotgan tovush bu pechning gʻuvillashi va derazaga urilayotgan yomgʻirning mayin shivirlashi edi.

Rostdan ham aqldan ozyapman deb oʻylay boshlaganimda, toʻgʻridan-toʻgʻri tepamda yana bir gʻichirlagan tovushni eshitdim.

Nafasimni ichimga yutib, stuldan sekin turdim, uning metal oyoqlari kafelga tegib, gʻijirlab ketdi. Ovozning baland va yoqimsiz chiqishidan yuzimni burishtirdim.

Lekin, qaniydi... yaxshiyamki josus boʻlmagan ekanman. Ish joyimdayoq oʻlib ketgan boʻlardim.

Tezda oshxona anjomlari tortmasiga yaqinlashdim, uni surib ochdim va oshxona pichogʻini oldim. Bu qurolni ushlash kundalik odatga aylanib borayotgan edi va men bundan zerika boshlagandim.

Nima qilayotganim haqida oʻylab ham oʻtirmadim. Zinalar tomonga shoshildim, panjarani aylanib oʻtib, sekin poygʻichlar boʻylab yuqoriga koʻtarildim. Bir zum hayotim asosida suratga olinadigan daxshatli filmning nomini oʻylab koʻrdim.

Yoʻlak boʻylab borarkanman, pichoqni oldimda tutgancha ochiq xonalarga bir-bir moʻralab oʻtdim. Yoʻlak uzun va keng boʻlib, bu qavatda beshta yotoqxona joylashgandi.

Boʻsh xonalarning biridan endigina chiqishim bilan pastgina dupurlagan tovush eshitildi. Ovoz xuddi mening xonamdan kelganga oʻxshadi.

Nafasimni ichimga yutib, butun ogʻirligimni oyoq barmoqlarimga tashlagancha yoʻlak boʻylab poylab bordim.

Balerinalar buni qanday qilishiga umuman aql bovor qilmaydi.

Yotoqxonamning eshigi yopiq edi. Tomirlarimga geroin yuborilgandek, qonimda adrenalin mutassil quyilib borardi.

U ilgari yopiq emasdi.

Eshikning tashqarisida turib, xuddi u yuz chiqarib, ichida nima borligidan meni ogohlantiradigandek unga tikilib qoldim. Hozir bu juda qoʻl kelgan boʻlardi.

Chunki nargi tomonda nimani uchratishimni bilmasligim eng daxshatli qismi edi. Yuragimni koʻksimda vahshiylarcha urishiga va oʻpkamni qisilishiga sabab boʻlayotgan narsa ham shu edi.

Eshikni ochib, tushlarimdagi oʻsha soyamni koʻramanmi? Buyumlarimni titkilayotgan holdami?

Koʻzlarim katta-katta boʻlib ketdi, oʻsha kasalvachcha mening ichki kiyimlarim tortmasini titkilayotgan boʻlishi mumkinligi miyamga urildi. Bu fikrdan gʻazab tosqini meni qamrab oldi va oqibatlari haqida oʻylab ham oʻtirmasdan, eshikni shiddat bilan ochib kirdim.

Ichkarida hech kim yoʻq.

Xona boʻylab yugurib, har bir burchakni tekshirib chiqdim, soʻng balkonga otilib chiqdim. Hech kim yoʻq.

Koʻksim xosillab, orqamga oʻgirildim va bostirib kirgan odam qayerga yashirinishi mumkinligini aniqlash uchun xonani koʻzdan kechirdim. Koʻzlarim garderobda toʻxtadi.

U tomonga qarab yurdim va eshikni shunday kuch bilan surib ochdimki, u izidan chiqib ketishiga sal qoldi. Men bu yerda yoʻq kimsani qidirib, qoʻlim bilan kiyimlar orasini paypaslab chiqdim.

Lekin biror narsani eshitganimni aniq bilardim.

Oʻgirilganimda nafasim boʻgʻzimga tıqildi va koʻzlarim kravatimga tushib, orqaga chekinishga majbur qildi. Toʻgʻridan-toʻgʻri kravatim tagida Gigining kundaligi yerda ochiq holda yotardi.

Dupurlagan ovoz shu boʻlsa kerak, lekin u qanday qilib yerga tushdi? Tungi stolchamga qaraganimda va men oʻqiyotgan kundalik hali ham oʻsha yerda turganini koʻrib, qonim muzlab qoldi.

Men Gigining boshqa ikkita kundaligini navbati kelguncha xavfsiz joyda tursin deb tungi stolchamga qoʻygandim. Unda ulardan biri qanday qilib yerga tushib qoldi?

Xonaga yana bir bor shubha bilan koʻz yugurtirib, kitob yoniga bordim va uni ochiq holicha qoʻlimga oldim. Sahifa boʻylab koʻz yugurtirarkanman, undagi soʻzlarni koʻrib toʻxtab qoldim.

Sanalarga qaraganda, bu u oʻlishidan oldin yozgan oxirgi kitob edi. Uchta kitob ikki yilni qamrab olgan boʻlib, Gigi 1946-yil 20-mayda vafot etgandi.

Kitob Gigi oʻldirilishidan ikki kun oldingi xotira — 18-may sahifasida ochiq turardi. U qoʻrquvini bayon qilgan, lekin kimsadan qoʻrqayotganini aytmagandi. Aniqki, u nimadandir daxshatga tushgan. Uning shoshma-shosharlik bilan yozilgan soʻzlarini oʻqirkanman, yuragim yanada qattiqroq ura boshladi.

U kimdir uning ketidan tushgani, uni qoʻrqitayotgani haqida gapiradi. Lekin kim? Atrofimdagi boshqa barcha narsani unutib, kravat chetiga oʻtirdim va kitobni boshiga oʻgirdim.

Har bir keyingi xotira bilan uning soʻzlari tobora qisqa va qoʻrquvga toʻla boʻlib borardi. Buni anglab yetgunimcha, uning qotili kimligiga biror-bir shama topish ilinjida sahifalarni deyarli yirtib yuborguday tez varoqlayotgan edim.

Lekin eng oxirgi sahifada uning soʻnggi soʻzlari shunday edi: u mening ketimdan keldi. Sahifada lab boʻyogʻi boʻsa izi yoʻq edi. Shunchaki oʻsha toʻrtta daxshatli soʻz. Yana nimadir bormikin deb sahifani oʻgirdim. Aslida, buni juda ham xohlayotgandim.

Boshqa hech qanday yozuv yoʻq edi, lekin bir gʻalati narsaga koʻzim tushdi.

Muqova chokidan yirtilgan qogʻoz parchasi chiqib turardi. Barmogʻimni uning ustidan yurgizdim. Kundalikdan bir sahifa yirtib olingan edi.

U muhim biror narsa yozib qoʻyib, keyin buni kimdir bilishi xavfiga arzimaydi deb qaror qildimikin? Bu uchta kitobning hammasi sharmsiz, xiyonat va jinsiy aloqaga toʻla edi. Hammasidan ham ustunroq, bu kitoblar uni ta'qib qilgan erkakka boʻlgan sevgiga toʻla edi.

Gʻoʻddaygancha yuqoriga qaradim, roʻparamga tikilib turardim-u, lekin hech narsani koʻrmasdim.

Oyim ketganida, u mening uning maslahatiga quloq solib, Parsons Manor’dan koʻchib ketishim umidida ketgandi. Lekin u eshikdan chiqib ketganida, burnimda Chanel atirining koʻngilni aynitadigan hidi qolib ketganida, men koʻchib ketishni xohlamayotganimni angladim.

Buvimning bu koshonaga gʻalati bogʻliqligi bor edimi? Ehtimol. Lekin agar bu uy u uchun shunchalik qadrli boʻlgan boʻlsa, uni birovga berib yuborish toʻgʻri tuyulmasdi. Hatto bu menda ham nosogʻlom bogʻliqlik borligini anglatsa ham.

Endi esa bu qarorim yanada mustahkamlanmoqda. Bu kitobning oʻz-oʻzidan yerga tushib qolishi mumkin emasdi. Lekin u tushdi. Va bu buvimning ishimi yoki Giginingmi, bilmayman, lekin kimdir mening bu xotiralarni oʻqishimni xohlagan.

Ular Gigini oʻldirgan odamni topishimni xohlashyaptimi? Xudoyim-ey, 40-yillarda shunday qoniqarsiz texnologiya bilan qotillikni ochish qanchalik qiyin boʻlganini tasavvur ham qilolmayman. Uning qotili hali ham tirikmikin?

Balki u tirikmi yoki yoʻqmi, buning ahamiyati yoʻqdir. Balki Gigi oʻz oʻlimi uchun adolat qaror topishini hamda uning umriga bevaqt zamin yaratgan, hayotiga zamin boʻlgan oʻsha odamning — tirikmi yoki oʻlikmi — fosh etilishini xohlayotgandir.

Barmogʻim bilan oʻsha toʻrtta daxshatli soʻzni yurgizib, titroq nafas chiqardim.

U men uchun keldi.

🌹🌹🌹

“Nega menga oʻldirilgan buvingning jinoyat joyi fotosuratlarini koʻrish uchun politsiya departamenti ma'lumotlar bazasini buzdirayotganingni tushuntirib bera olasanmi?” deb soʻradi yonimda oʻtirgan Daya, barmogʻi sichqoncha ustida muallaq turarkan.

U oʻsha la'nati tugmani bosishi va nihoyat Gigining hujjatlari ochilishi uchun qoʻlimni uzatib, barmogʻini bosib yuborgim kelardi.

Xoʻrsindim. “Senga aytdim-ku. U oʻldirilgan. Menimcha, buni kim qilganini bilaman, shunchaki... uning ismidan boshqa hech narsani va uni buvimni ta'qib qilganini bilaman, xolos.”

Daya menga bir muddat tikilib turdi-da, oxiri yon berdi. U sichqonchani – nihoyat – bosdi va Gigining jinoyat joyi fotosuratlarini ochdi.

Ular juda daxshatli edi. Gigi oʻz kravatida, tomogʻi kesilgan va bilagida sigaret kuydirgan izi bor holatda topilgandi. Dalillar yetarli boʻlmagani uchun qotilni hech qachon topisha olmagan.

Xabarga yetib kelgan zobitlar jinoyat joyini payhon qilishgani uchun juda koʻp ayblovlar ularga qatagʻon qilingandi. Politsiya kuchi sababli dalillar yoʻqolgan yoki bulgʻangan, barmoqlar ularga koʻrsatilgan, lekin yakunda hech kim buning uchun javobgarlikka tortilmagan.

Daya rasmlarni birin-ketin varaqladi, har biri oldingisidan ham daxshatliroq edi. Uning boʻynidagi jarohatning yaqindan olingan suratlari. Bilagidagi kuydirilgan iz. Gigining oʻlik koʻzlari kameraga tikilib turgan, yuzida qoʻrquv qotib qolgan qiyofasi. Va uning yuziga surkalgan oʻziga xos lab boʻyogʻi.

Yutinib qoʻydim, bu manzara uning seyfini yashirib turgan rasmga mutlaqo qarama-qarshi edi. U yerda uning katta, tirjaygan yuzi hayotga va gʻayratga toʻla edi. Bu yerda esa uning qoʻrquvdan qotib qolgan oʻlik, sovuq tanasi.

Uni kim oʻldirgan boʻlsa ham, juda qattiq qoʻrqitgan. Miyamning bir chetida shubhali tuygʻu qiynardi. Gigining xotiralariga qaraganda, ta'qibchisi uni qoʻrqitmagan. Aksincha, u buni tamoman teskarisini qilganga oʻxshaydi.

Bu fikrni miyamdan haydadim. U Gigi bilan kasallangan edi va oʻlimi yaqinlashgan sayin uning turmushiga boʻlgan rashki sababli oʻzaro chiqisholmay qolishganini koʻrsatuvchi bir nechta yozuvlar bor edi.

Uning bu kasalligi oʻlimga olib keladigan darajada boʻlgan boʻlsa kerak.

Keyin Daya politsiya hisobotlariga oʻtdi. Shunchaki jamoatchilikka e'lon qilinganlariga emas, tergovning maxfiy boʻlgan hujjatlariga.

Nazariy jihatdan tergov hali ham ochiq. Shunchaki muzlatib qoʻyilgan.

Biz hujjatlarni shoshmasdan oʻqib chiqdik, lekin yakunda bilib olgan yagona narsamiz oʻlim vaqti hamda Gigining oxirigacha qattiq qarshilik koʻrsatgani boʻldi.

Katta bobom Jon oʻlim sodir boʻlgan vaqtda oziq-ovqat doʻkonida boʻlganini koʻrgan bir nechta guvohlarning koʻrsatmalari sababli darhol gumondorlar roʻyxatidan chiqarilgandi.

Labimni tishladim, bu fikr aybdorlik tuygʻusini uygʻotgan boʻlsa-da, baribir bu haqida oʻylamayolmasdim.

Agar u sherik boʻlsa-chi?

Bu fikrni miyamdan chiqarib tashladim. Yoʻq. Imkoni yoʻq. Katta bobom, nikohlari darz ketayotganiga qaramay, Gigini sevardi.

Bu aniq uning stalkeri boʻlgan.

Eng mantiqiy tushuntirish shu. Ta'qibchi Gigining ishonchiga kirgan — qandaydir yoʻl bilan — uni shunchalik xotirjam qilganki, Gigi uning yonida oʻzini erkin his qilgan. Keyin esa u Gigini oʻldirgan.

“Yirtib olingan sahifaning biror ahamiyati boʻlishi kerak,” deb pichirladim men, dalillar yoʻqligidan tobora gʻazablanib. Men hech qachon detektiv boʻlolmasdim va har kuni bu la'nati ishni qilolmasdim.

“Balki buni qotil qilgandir,” deb taxmin qildi Daya, rasmlarni ma'nosiz ravishda pastga surarkan.

Lablarimni burishtirdim, boshimni saraslashdan oldin bu haqda oʻylab koʻrdim. “Yoʻq, mantiqqa toʻgʻri kelmaydi. Nega ular barcha kundaliklarni yoʻqotib yubormasdan, faqat bitta sahifani yirtib olishadi? Ularning hammasi ayblovchi dalil-ku. Bu ta'qibchi boʻladimi yoki boshqasimi, Gigi ovlanayotgani haqida gapiradi. Agar bu ta'qibchi boʻlmaganida, ular aybni osongina Ronaldoga agʻdarib, ishni yopib qoʻyishgan boʻlardi. Kim boʻlganda ham, ular bular haqida bilishi mumkin emasdi. Gigi kitoblarni yashirishdan oldin sahifani yirtib olgan boʻlishi kerak.”

Daya bosh silkidi. “Toʻgʻri aytasan. U yoʻqolgan sahifada nima boʻlishidan qat'i nazar muhim, lekin biz faqat unga tayanib qololmaymiz.”

“Biz Ronaldo kimligini aniqlashimiz kerak,” deb xulosa qildim.

Daya bu fikrdan biroz xorigandek bosh silkidi. Men ham charchaganimni inkor etolmayman.

“Bizda tayanadigan hech narsa yoʻq. Uning familiyasi haqida hech narsa deyilmagan. Tashqi koʻrinishi haqida ham deyarli hech qanday ma'lumot yoʻq.”

“Uning qoʻlida teshik izi (chandiq) bor edi,” dedim men Gigining kundaligidagi eslatmalarni eslab. “Va oltin uzuk taqib yurardi.”

“U uning ijtimoiy mavqeyi, ishi haqida gapirganmidi? Uning kim boʻlishi mumkinligiga olib boradigan biror narsa?”

Lablarimni burishtirdim: “Yana bir bor qarashim kerak. Uning xavfli biror narsaga aloqadorligini aytgani esimda, lekin hali hammasini oʻqib chiqishga ulgurmadim.”

U bosh silkidi va ogʻir xoʻrsindi. “Ungacha, Ronaldo yoki oʻsha yoʻqolgan sahifani topmagunimizcha toʻxtab qolamiz shekilli.”

Xoʻrsinib, yelkalarimni tushirdim. “U mutlaqo har qayerda boʻlishi mumkin yoki umuman mavjud boʻlmasligi ham mumkin.”

Daya oʻshanda menga hamdardlik bilan qaradi. “Biz har xil yoʻllarni sinab koʻrishda davom etamiz. Men ham hozir sen kabi bu ishga shoʻngʻib ketganman.”

Jinoyat joyi fotosuratlariga qayta qarashdan oldin unga minnatdorchilik bilan jilmayib qoʻydim.

Bu shubhasiz ehtiros ustida sodir etilgan jinoyat edi va agar biror narsani bilsam, ta'qibchilar oʻz hayollaridagi narsaga nisbatan juda chuqur ehtirosli boʻlishadi.

🌹🌹🌹

Men toʻsatdan oʻrnimdan qalqib turdim, nafasim boʻgʻzimda tiqilib qoldi. Badanimi ter qoplagan, sochlarim yuzimga, boʻynimga va orqamga yopishib qolgandi.

Nima tush koʻrganimni eslayolmayman. Lekin nimadir meni uygʻotib yubordi.

Yuragim qattiq urgancha, uyqusiragan koʻzlarim qorongʻi xona boʻylab yugurdi. Balkon eshiklaridan oyning xira yogʻdusi ichkariga tushib turardi. Mebellar xona boʻylab soyalar tashlab, aslida yoʻq boʻlgan sharpalarni hosil qilgandi. Polimda raqs tushayotgan sharpalar meni tashvishlantirmasdi, lekin meni uygʻotgan narsaning borligi his qilinardi. Uning ruhi bor edi.

Oʻng tomonimdan, yotoqxonam eshigining tashqarisidan pol taxtalarining gʻichirlagan ovozi keldi. Boshim oʻsha tomonga birdan burildi va men chala nafas oldim. Boʻynimdagi tuklar burchakka siqilgan qoʻrqoq itnikidek tikka boʻlib ketdi.

Shovqinni yana eshitib qolmayin deb, nafasimni ichimda tutib turdim. Uy atrofini sukunat qopladi. Juda ham jimjitlik. Yurak urishim tezlashgani sayin barmogʻim tizzamga yopishgan koʻrpani mahkam qisdi.

Eshigim ortida kimdir bor.

Lekin qanday qilib?

U la'nati qanday qilib signalizatsiya tizimidan oʻtib oldi?

Yana bir gʻichirlash va uning ortidan ogʻir qadamlar eshitildi. Belli bir maromdagi odimlar, sekin va maqsadli. Qasddan qoʻyilayotgan qadamlar.

Men kravatdan sekin sirgʻalib tushdim va eshigim ortidagi bostirib kirgan kishi bilan oʻrtamizda masofa hosil qilish uchun orqam sovuq tosh devorga tegunicha oyoq uchida orqaga chekindim.

Barcha urinishlarimga qaramay, titroq nafas chiqardim. Qadamlar yaqinlashgani sayin koʻksim tez-tez va qisqa nafas olishdan koʻtarilib-tushardi.

Qotib qolgandim. Orqam tosh devorga shunchalik qattiq siqilgandiki, xuddi uning bir qismiga aylanib borayotgandek edim va bu harakat qilishimga, yashirinishimga xalaqit berardi.

Qadamlar eshigim ortida toʻxtadi.

Umidvorlik bilan koʻzlarim xona boʻylab najot izladi. Ular kravat etagidagi komod ustida turgan yolgʻiz otvyortkaga tushdi. Pardoz stulimni yigʻgach, uni beparvolik bilan bir chetga otib qoʻygandim, endi esa u oʻsha yerda umid mash'alasidek turardi. Ehtimol, bu bugun tunda meni tirik saqlab qolishi mumkin boʻlgan yagona narsa edi.

Harakat qil, Addie. Jin ursin, HARAKAT QIL!
A'zolarim boʻshashdi va men otvyortka tomonga otilib, terlagan, sirpanchiq qoʻllarim bilan qurolni mahkam ushladim. Koʻzlarim eshik tutqichiga qadalgan, uning burilishini kutardim. Sekin va bildirmay eshik tomonga sirgʻalib borib, oʻzimni devorga yapishtirdim.

Uning ichkariga kirishini kutaman va keyin hujum qilaman. Umid qilamanki, u nima boʻlayotganini anglab yetgunicha otvyortkani uning boʻyniga tiqishga ulguraman.

Shunday qilib, nafasimni ichimga yutib kutdim. Tutqich burilmadi, lekin kimdir tashqarida ekanligini suyak-suyagimcha his qilib turardim. Ular meni kutishyaptimi? Agar men u eshikni ochaman deb oʻylashayotgan boʻlsa, aqldan ozishibdi. Lekin uyimga bostirib kirib, xonam tashqarisida poylab turishganiga qaraganda, rostdan ham aqldan ozishgan boʻlsa kerak.

Hayotimdagi eng uzun daqiqa oʻtdi. Yana bir gʻichirlagan ovoz eshitilguncha soatlar oʻtgandek boʻldi. Keyin esa qadamlarning orqaga chekinayotganini eshitdim. Ular tobora uzoqlashib, pasayib bordi, nihoyat umuman eshitilmay qoldi.

Quloqlarimni din qildim va xuddi gumon qilganimdek, uyimning kirish eshigi yopilganini eshitdim. Bu osohta uyda momaqaldiroqdek eshitilgan yumshoq chertish ovozi edi.

Zudlik bilan eshikni shiddat bilan ochdim va yoʻlak boʻylab yugurib, oynalari mashina yoʻliga qaraydigan yotoqxonaga kirdim. Pasayib egildim-da, pardalar orasidan moʻralab, oʻsha odamning old ayvondan chiqishini kutdim.

Xuddi abadiyat oʻtayotgandek tuyuldi, lekin harakatni koʻrishim uchun bir necha soniya kifoya qildi, xolos. Keskin va baland boʻyli odam zinalardan pastga tushib, mashina yoʻlimga qarab yurganida lablarimdan beixtiyor qichqiriq otilib chiqdi. U qop-qora kiyingan, boshiga chuqur kapushon kiyib olgandi.

U uzun — juda baland boʻyli edi, lekin baquvvat-semiz emasdi. Hatto kiyimlari ostidan ham uning tana tuzilishi halokatli darajada mukammal ekanligini koʻrishim mumkin edi. Xipchin, lekin mushaklarga toʻla. Uning xudisi tanasiga yopishib turardi va keng yelkalari, yoʻgʻon qoʻllari hamda ingichka belini koʻrsatib turardi.

Xudoyim-ey, agar xohlasa u meni bir hamlada ezib tashlashi mumkin edi. Uning kafti butun yuzimni qoplash uchun yetarlicha kattaday koʻrinardi. Yoki boʻynimdan boʻgʻish uchun.

U buni ogʻriq berish uchun qiladimi yoki rohatlanish uchunmi? Mening soyam menga ozor berishni xohlaydimi yoki meni sevishnimi?

U orqasi menga oʻgirilgancha qotib qoldi. Men uning eshigim ortida ekanligini his qilganimdek, u ham uni kuzatayotganimni his qila olardi.

Oʻzimni soyalar bagʻriga yanada chuqurroq tiqib, koʻzdan panagadir qochdim. Yuragim hamon urib turardi, lekin endi mutlaqo boshqa sababga koʻra.

Uning qandaydir xususiyati yuzimni derazaga yapishtirib qarashimni xohlar edi. Men uni koʻrishni istardim. Uyimga sekingina kirib yurgan, menga gullar qoldirgan va menga qoʻl tegishga jur'at etgan har qanday bexabar jonni mayib qilgan oʻsha odamni koʻrgim kelardi.

Uning qoʻli tutqichda, kirishga tayyor turganmidi? Uni nima toʻxtatdi?

Xuddi fikrlarimni eshitgandek, u boshini biroz qiysaytirdi. Men u sekin boshini yon tomonga burganini diqqat bilan kuzatdim. Va u iynasini juda ozgina koʻtardi, oy yogʻdusi uning keng ogʻzi hamda oʻtkir jagʻini koʻrsatib berdi.

Uning koʻzlari menga qadalganini his qilib, devorga yanada chuqurroq siqildim. Uning meni koʻrishi imkonsiz edi. Shunday boʻlsa-da, baribir uning qarashi ich-ichimga sanchilayotganini his qilardim. Xuddi kichik, oʻtkir pichoqlar terimni tirnab, keyin ichimga kirib borayotgandek.

Keyin u jilmaydi, ogʻzi yovuzona tirjayish bilan yoyildi. Nafasim boʻgʻzimda tiqildi, oʻpkam esa olovga toldi.

Iye, bu sen uchun kulgili tuyulyaptimi, esi past?

Nima qilishimni — nimalarni his qilayotganimni anglab yetgunimcha, u oʻgirildi va daraxtlar orasiga singib, uzoqlashib ketdi. Xuddi dunyo parvoyiga kelmagandek, sekin va maqsadli odimlab borardi.

Author: H.D.Carlton
Translator: Kristina Agata