𝗧𝗪𝗜𝗦𝗧𝗘𝗗 𝗚𝗔𝗠𝗘𝗦
Ikki kundan soʻng, Rhys va'da qilganidek, biz Costa Rica’ga qoʻndik va aeroportdan Tinch okeani sohilidagi kichik bir shaharchaga ikki soat yurdik.
Hamma narsa shunchalik tez sodir boʻlganidan boshim aylanib, derazadan mamlakatning yam-yashil mantiqasiga tikilib qoldim. Xavfsizlik va tartib-intizomning aynan oʻzi boʻlgan Rhys’ning shaxsan oʻzi bunday soʻnggi daqiqalardagi sayohatni taklif qilganiga ishonolmasdim, lekin e'tiroz ham bildirmasdim. Ilgari Costa Rica’da boʻlmagan edim va tropik jannatdagi toʻrt kun rostdan ham jannatdek tuyulardi.
Biz shahar uyidagi kiyim-kechaklarni yigʻishtirib boʻlgandik va oʻsha kuni ertalab kalitlarimni topshirgan edim. Qolgan barcha qiladigan ishlarimni onlayn bajarishim mumkin edi. Men, barcha ma'nolarda, New York’ga qaytgunimizcha erkin edim.
— Mana yetib keldik. — Rhys ikki qavatli dabdabali villa qarshisida toʻxtadi. — Orzular roʻyxatidagi birinchi raqam.
Hech kim meni kimligimni bilmaydigan va bu bilan ishi ham boʻlmaydigan biror yerga borish.
Bu yerda aynan shunday edi. Uy tepaliklarning baland joyida joylashgan boʻlib, atrofdagi yagona turar joy edi. Rhys bu yerni qanday qilib topgan ekan-a?
Ijaraga olingan mashinaning orqasidan chamadonlarimizni olib, kirish eshigi tomonga yurganimizda koʻksimda hayajon toʻlqini koʻtarildi. — Hammasini qanday qilib bunchalik tez hal qilding?
Rhys tegishli xavfsizlik choralarini koʻrmay turib, meni hech qaerga yubormasdi, lekin unga roʻyxatim haqida aytganimga bor-yoʻgʻi qirq sekkiz soat boʻlgandi, xolos. U shaharchani oʻrganishi, shaxsiy samolyot va villani band qilishi hamda qirolicha oilasiga xos sayohat bilan bogʻliq millionlab tafsilotlarni shunday qisqa vaqt ichida hal qilishi...
— Biroz ayyorlik qildim, — deb tan oldi u old eshikni ochar ekan. — Bir necha yil oldin Harbiy-dengiz flotidagi eski ogʻaynim bu yerga koʻchib kelgan va u ushbu uyning egasi. U hozir ta'tilda va bu joyni bir necha kunga menga berib turdi. Men har yili bu yerga kelaman, shuning uchun shahar va odamlarni yaxshi bilaman. Xavfsiz. Tinch. Hech kimning nazariga tushmaydigan joy.
— Aynan menga kerakli narsa, — deb shivirladim. Koʻksimdagi hayajon yanada kuchaydi.
Rhys villani menga aylantirib koʻrsatdi. Devorlarning hammasi shishadan yasalgan boʻlib, atrofdagi tepaliklar va olisdagi Tinch okeanining ajoyib uch yuz oltmish darajali manzarasini namoyon etardi. Hamma narsa ochiq, havodor va tabiiy tosh hamda yogʻochdan ishlangan, uyning loyihasi u atrofdagi tabiatni bosib turish oʻrniga, unga singib ketgandek koʻrinardi. Biroq menga eng yoqqan joyi — ikkinchi qavatdagi terrasada joylashgan cheksiz suzish havzasi (infinity pool) boʻldi. Muayyan burchakdan qaraganda, u toʻgʻridan-toʻgʻri okeanga quyilayotgandek tuyulardi.
Rhys, oʻzining odatiga koʻra, xavfsizlik tizimi haqida ham tushuntirib oʻtdi. Atrofni oʻrab turgan qorongʻilashtirilgan, oʻq oʻtmas shishalar, eng zamonaviy harakat datchiklari va bir yillik oziq-ovqat zaxirasi bilan ta'minlangan er ostidagi xavfsiz xona. Xayolim boshqa yoqqa ketishidan oldin anglagan narsalarim shular boʻldi.
Xavfsizlik choralarini qadrlar edim, lekin xavfsizlik kameralarining rusumi va modeli haqida batafsil ma'lumot olish menga shart emasdi. Men shunchaki ovqatlanishni va suzishni xohlardim.
— Doʻstingga mendan katta rahmat deb qoʻyishni unutma, — dedim men. — Bu joy shunchaki daxshat.
— U bu yerni boshqalarga yashashga berib, koʻz-koʻz qilishni yaxshi koʻradi, — dedi Rhys quruqqina qilib. — Lekin unga aytib qoʻyaman.
Soat allaqachon ikkiga yaqinlashib qolgan edi, shuning uchun uyni aylnib boʻlgach, birinchi qilgan ish kiyimimizni almashtirib, tushlik qilish uchun shaharchaga yoʻl olish boʻldi. Shaharcha villadan yigirma minutlik masofada joylashgan va Rhys’ning aytishicha, u yerda mingdan kam odam yashardi. Ularning birontasi ham mening kimligimni bilmas va bu bilan ishi ham yoʻq edi.
Orzular roʻyxatidagi birinchi raqam.
Biz Luciana ismli toʻpori yuzli, yoshi kattaroq ayolga tegishli kichik, oilaviy restoranda ovqatlandik, u Rhys’ni koʻrishi bilan yuzi yorishib ketdi. U Rhys’ni oʻpichlarga koʻmib tashladi, keyin meni ham quchoqlab oldi.
— Ay, que bonita! — deb hayqirdi u menga razm solarkan. — Rhys, es tu novia? Qanday goʻzal! Rhys, u sening sevgan qizingmi?
— Yoʻq, — dedik Rhys ikkimiz bir vaqtda. U aniqlik kiritishidan oldin bir-birimizga qarab oldik, — Sólo somos amigos. Biz shunchaki doʻstlarmiz.
— O. — Luciana hafsalasi pir boʻlgandek koʻrindi. — Kun kelib, biror qizni olib kelarsan, — dedi u ingliz tilida. — Balki bu sen boʻlarsan. — U bizni stolga taklif qilishdan oldin menga koʻz qisib qoʻydi.
Menyudan ovqat tanlash oʻrniga, Rhys Luciana’ning tanloviga ishonishimni aytdi va yigirma daqiqadan soʻng ovqat kelganida, aynan shunday qilganimizdan xursand boʻldim. Olla de carne, arroz con pollo, platanos maduros… hammasi shunchalik mazali ediki, agar tuxum qovurish va kofe damlashdan tashqari boshqa oshxona mahoratim boʻlganida, Luciana’dan retseptlarini yolvorib soʻragan boʻlardim.
— Bu shunchaki daxshat, — dedim bir ogʻiz tovuq va guruchni yutganimdan keyin.
— Luci shaharchadagi eng mazali ovqatlarni tayyorlaydi.
— Ha, lekin men buni nazarda tutmagandim. Men buni nazarda tutgandim. — Atrofimga ishora qildim. — Sayohatni. Hammasini. Buni qilishing shart emasdi.
Ayniqsa, Rhys hammasini oʻz yonidan toʻlayotganini hisobga olsak. Doʻsti villani tekinga bergan deb taxmin qildim, lekin parvoz, mashina ijarsi... hammasi katta pul turardi. Men unga xarajatlarni toʻlab berishni taklif qilgandim, lekin u shunday qorongʻi va gʻazabli qarash bilan javob berdiki, bu haqda boshqa gap ochmadim.
— Buni xayrlashuv sovgʻam deb bil, — dedi Rhys tarelkasidan koʻz uzmay. — Ikki yil. Sayohat qilishga arziydi deb oʻyladim.
Bir soniya oldin shunchalik mazali boʻlib turgann tovuq ogʻzimda kulga aylandi.
Toʻgʻri. Deyarli unutay debman. Rhys’ning mening soqchim sifatidagi vazifasiga bor-yoʻgʻi ikki hafta qolgan edi.
Ishtaham yoʻqolib, ovqatga pichoq urdim. — Yangi mijozing tayyor boʻldimi? — deb soʻradim oʻzimni beparvo koʻrsatib.
U kim boʻlishidan qat'i nazar, Rhys bilan intihoga emas, ibtidoga ega boʻlayotgani uchun undan nafratlanib boʻlgandim.
Rhys boʻynining orqa qismini silab qoʻydi. — Biroz tanaffus olaman. Balki Costa Rica’ga qaytarman yoki biroz vaqtga Janubiy Afrikaga borarman.
— O. — Tovuqqa qattiqroq pichoq urdim. — Ajoyib eshitiladi.
Zoʻr. Men saroyda qirolicha darslarida oʻtirganimda, u dunyo boʻylab sayohat qilib yuradi. Balki u biror goʻzal Costa Rica’lik yoki Janubiy Afrika’lik qizni uchratar va ular kunlarini syorfing uchib va jinsiy aloqa qilib oʻtkazishar—
— Oʻzing-chi? — soʻradi Rhys, uning ohangi ham beparvo edi. — Yangi soqching kim boʻlishini bilasanmi?
Boshimni chayqadim. — Men Booth’ni soʻragandim, lekin u allaqachon boshqa birovga biriktirilgan ekan.
— Qiziq. Valiahd malika ekanligingni hisobga olsak, ular koʻproq yon berishadi deb oʻylagandim. — Rhys tovuqni kerakligidan biroz ortiqroq kuch bilan kesdi.
— Men hali valiahd malika emasman. Nima boʻlganda ham, kel, boshqa narsa haqida gaplashaylik. — Suhbatimiz dlimni xira qilayotgandi. — Bu yerda koʻngilochar nimalar bor?
Javob shuki, unchalik koʻp emasdi. Tushlikdan keyin Rhys ikkimiz shahar boʻylab sayr qildik, u yerda doʻstlarim uchun ba'zi esdalik sovgʻalarini oldim. Mahalliy rassomlarning asarlari qoʻyilgan san'at galereyasini koʻrdik, kafelarda tanaffus qildik, u yerda men hayotimda tatib koʻrgan eng mazali kofeni ichdim va fermerlar bozoridan oziq-ovqat xarid qildik.
Bu oddiy, har kungi yumushlar bilan toʻla va unchalik hayajonli boʻlmagan sodda kun edi.
Villaga qaytib kelganimizda, men hushimdan ketgudek charchagan edim, lekin uxlashga yotishimdan oldin Rhys meni toʻxtatib qoldi. — Agar yana biroz uyqulingni buzib tura olsang, koʻrishing kerak boʻlgan bir narsa bor.
Qiziqish charchoq ustidan gʻolib chiqdi.
— Umid qilamanki, bu biror arzirli narsadir, — men uning orqasidan terrasaga chiqdim va hovuz yonidagi toʻqima kursilardan biriga choʻkib, ogʻzimni yopgancha esnadim. — Uyqumga qonmasam, injiq boʻlib qolaman.
— Menga qoʻyib ber, buni yaxshi bilaman. — Rhys tirjaydi. — Tan olganing yaxshi boʻlibdi lekin.
U barcha chiroqlarni, jumladan, tashqaridagi projektorlarni ham oʻchirib qoʻyayotganini kuzatdim.
— Nima qilyapsan? — U uxlashga yotishdan oldin barcha chiroqlarni hech qachon oʻchirmasdi.
U yonimga oʻtirdi va men qorongʻida uning tishlari miltillab ketganini payqadim, keyin u jagʻini yuqoriga koʻtardi.
Men yuqoriga qaradim. Va nafasim ichimga tushib ketdi.
Tepalamizdagi osmonda ming-minglab yulduzlar sochilib yotardi, ular shunchalik koʻp va tirband ediki, haqiqiy hayotdan koʻra koʻproq surattga oʻxshardi.
Sut Yoʻli — barcha bepayon, charogʻon salobati bilan roʻparamizda turardi.
Bu yerda uni bunchalik aniq koʻrishimiz mumkinligi xayolimga ham kelmagandi, lekin bu mantiqli edi. Biz tepaliklarning baland joyida, eng yaqin katta shahardan chaqirimlarcha uzoqda edik. Bizdan, osmondan va tundan boshqa hech kim va hech narsa yoʻq edi.
— Senga yoqadi deb oʻylagandim, — dedi Rhys. — Bu New York’da yoki Athenberg’da koʻradigan narsang emas.
— Ha. Unday emas. — Koʻksimni hayajon chulgʻab aldi. — Va sen haq eding. Menga juda yoqdi. Uyqu vaqtimdan oʻtib ketishga va injiqlik qilishga arziydi.
Uning past ovozdagi kulgisi qornimda oʻrnashib, meni ichimdan isitdi.
Biz yana bir soat tashqarida qoldik, shunchaki osmonga tikilib, goʻzallikdan bahramand boʻldik.
Ota-onam u yerda, meni kuzatib turishibdi deb oʻylashni xush koʻrardim.
Ular umid qilgandek inson boʻlib yetishdimmi-yoʻqmi, ular men bilan Faxrlanishadimi-yoʻqmi deb oʻylanardim. Nikolai’ning taxtdan voz kechishiga ular nima degan boʻlardi va onam oʻsha kuni kasalxonada u emas, men oʻlishim kerak boʻlganini bilarmikan?
Men emas, u qirolicha boʻlishi kerak edi.
Hech boʻlmaganda u va otam birga edilar. Ular kelishilgan nikohdan boshlab, oxiri bir-biriga oshiq boʻlib qolgan omadli juftliklardan biri edi. Onamning oʻlimidan keyin otam hech qachon avvalgidek boʻlmagandi, har holda menga shunday deyishardi. Men oradagi farqni bilish uchun juda yosh edim.
Ba'zida, u bilan tezroq topishish uchun mashinasi boshqaruvini qasddan yoʻqotganmikin deb oʻylab qolardim.
Boshimni burib, Rhys’ga qaradim. Koʻzlarim qorongʻilikka shunchalik koʻnikib qolgan ediki, uning burnidagi mitti doʻnglikni va lablarining qat'iy egri chizigʻini ajrata olardik.
— Ilgari biror kishiga oshiq boʻlganmisan? — deb soʻradim, qisman buni rostdan ham bilmoqchi boʻlganim uchun, qisman esa xayollarimni oʻsha gʻamgin yoʻldan burmoqchi boʻlganim uchun.
— Yoʻq, — dedi Rhys yana. U qoshini koʻtarib qoʻydi. — Ajablandingmi?
— Biroz. Yoshin bir joyga borib qolgan. Hozirgacha kamida uch marta oshiq boʻlishing kerak edi. — U mendan oʻn yosh katta edi, bu unchalik katta yosh emasdi, lekin imkonim boʻlganda uni mazax qilishni yaxshi koʻrardim.
Havoni chuqur, mayin bir ovoz qopladi va men Rhys’ning kulayotganini koʻrib, daxshatli darajada hayratda qoldim. Uning mendan chiqara olgan eng chuqur, eng baland va eng haqiqiy kulgisi shu edi.
— Har oʻn yilga bir sevgi, — dedi Rhys uning zavqi bosilgach. — Bu hisob-kitob boʻyicha, sen hozirgacha ikki marta oshiq boʻlishing kerak edi. — Uning tikilgan nigohining shiddati qorongʻilikni yorib oʻtdi. — Qani, ayt-chi, malika. Biror marta oshiq boʻlganmisan?
— Yoʻq. — Men e'tiborimni yana yulduzlarga qaratdim. — Lekin bir kun kelib oshiq boʻlishga umid qilaman.