𝗧𝗪𝗜𝗦𝗧𝗘𝗗 𝗚𝗔𝗠𝗘𝗦
Bridget’ning o‘sha aristokratik, odobli ovozida fuck degan so‘zini eshitib…
Aytgan gapimni qilmaslik uchun, u mendan so‘ragan narsani qilmaslik uchun butun irodamni yig‘ishimga to‘g‘ri keldi.
Ehtiyotkorlikni bir chetga surib, barchasiga so‘kib, ikkalamiz ham qattiq xohlayotgan narsani berishni har qanchalik istamayin, baribir unday qilmadim. Bridget hali ham mast edi. Yarim soat oldingichalik bo‘lmasa-da, baribir qaror qabul qilish qobiliyatini yo‘qotadigan darajada mast edi.
Bu uning o‘z xohishimi yoki spirtli ichimlikning ta’sirimi — umuman tushunmasdim. Axir u Vincent Hauz bilan uyiga ketishga ham tayyor edi-ku, vaholanki undan nafratlanardi.
“Bu va’da emasdi, malika.” Barmog‘im uning terisiga botdi.
“Menga xuddi va’dadek tuyuldi.”
Xudoyim-ey. Vasvasa shunchalik yaqin ediki, uning mazasini deyarli tuyayotgandim. Shunchaki qo‘l uzatib…
Nimalarni o‘ylayapsan o‘zi, Larsen? — deb baqirdi ichki vijdonim. U seni mijozing, ustiga-akasi, lanatiga malika! Hozirgi qilayotganingdan ham battarroq afsuslanadigan ish qilib qo‘ymaslingdan oldin undan daf bo‘l.
Uning yana ikki hafta mijozim bo‘lib turishi hech narsani o‘zgartirmasdi. U baribir mijozim edi va biz bu tunda barcha kasbiy chegaralardan o‘tib bo‘lgandik.
“Men mana shuni nazarda tutgandim,” dedim tishlarim orqasidan, kimmizdan ko‘proq jahlim chiqayotganini bilmay — undanmi yoki o‘zimdanmi. “O‘zingni boshqa odamday tutyapsan. Men bilgan Bridget tansoqchisidan u bilan yotishni so‘ramagan bo‘lardi. Senga nima bo‘lyapti o‘zi?”
Uning yuzi qasirga aylandi. “Men dilrozlik uchun kelganim yo‘q, janob Larsen. Yo men bilan yot, yo buni qiladigan boshqa birini topaman.”
Uni kiyim javoniga shunday egdimki, gavdasi to‘qson darajali burchak hosil qildi, yuzi esa yog‘ochga tegib turardi; u kichik bir qichqiriq chiqarib yubordi.
Unga shunchalik yaqin egildimki, har bir yuzaki, pashshaday tez nafas olishini eshitib turardim. “Shunday qilib ko‘r-chi,” dedim. “Unda bir erkakning sekin va qonli o‘limiga sababchi bo‘lasan. Shuni xohlaysanmi, malika?”
Bridget’ning qo‘llari musht bo‘lib tugildi. “Menga tegmaysan ham, boshqalarning tegishiga yo‘l ham qo‘tmaysan. Unda ayt-chi, o‘zi nima xohlaysan, janob Larsen?”
Har bir narsadan, butun lanatiga hayotimdan bo‘lgan alamim eng yuqori nuqtasiga yetdi. “Katta ayoldek emas, o‘spirin qizday tutayotganing sababini bilishni xohlayman!”
Bridget men bilgan eng bosiq inson edi. Har holda, fe’l-atvori o‘zgarishidan oldin shunday edi.
“Chunki bu mening oxirgi imkoniyatim!” deb baqirdi u. Men u bilan ishlagan ikki yil davomida uning ovozini balandlatganini biror marta eshitmagandim. Bu beni shunchalik hayratda qoldirdiki, ushlab turganimni bo‘shatib, orqaga chekindim. Bridget changalimdan chiqib, menga qarash uchun to‘g‘rilandi, ko‘kragi hayajondan ko‘tarilib-tushardi. “Menda bir hafta qoldi. Bir haftadan keyin…”
Tog‘dan tushganday to‘satdan sovuq vahima meni qamrab oldi. “Nimadan keyin?” deb so‘radim, tomog‘imga achchiq o‘t kelib. “Kasalmisan?”
“Yo‘q.” Bridget ko‘zini olib qochdi. “Kasal emasman. Men shunchaki aksariyat odamlar orzu qiladigan narsaga erishyapman.”
Mening bir lahzalik yengil tortishim o‘rnini chalg‘ish egalladi.
“Valiahd malika unvoni,” deb oydinlashtirdi u. U yuzi horg‘in holda javonga suyandi. “Aytishingdan oldin bilaman. Birinchi dunyo muammolari va hokazo. Odamlar ochlikdan o‘lyapti, men esa taxtni meros qilib olayotganimdan shikoyat qilyapman.”
Mening tushunmovchiligim ikki baravar ortdi. “Lekin shahzoda Nikolai…”
“…Taxtdan voz kechyapti. Sevgi uchun.” Bridget alamli jilmaydi. “U oddiy qizni sevib qolishga jur’at etdi va shu sababli tug‘ilishdan berilgan huquqidan voz kechishi kerak. Chunki qonun Eldorra monarxiga asilzoda bo‘lmagan odamga uylanishni taqiqlaydi.”
Lanati. Bu nima, o‘nyettinchi asrmi? “Bu safsata-ku.”
“Ha, lekin bu biz amal qilishimiz kerak bo‘lgan safsata. Shu jumladan men ham, chunki endi taxt vorisi manman.”
Uning boshqa erkakka turmushga chiqishi haqidagi fikrdan og‘zimda nafratli tirjayish paydo bo‘ldi. Bu mantiqsiz edi, lekin unga kelganda mening reaksiyalarimda mantiqdan asar ham qolmasdi. Bridget mening barcha mantiqiy va odobli fikrlarimni yuvib yuborishi mumkin edi.
U mening ichki to‘polonimdan bexabar holda davom etdi. “Saroy kelasi hafta rasmiy e’lon qiladi. Men o‘sha paytgacha hech kimga aytmasligim kerak, shuning uchun hech narsa demaganman.” U yutinib qo‘ydi. “E’londan keyin men rasman taxt vorisi bo‘laman va hayotim endi o‘zimniki bo‘lmaydi. Har bir qilgan ishim va aytgan gapim tojgacha ta’sir qiladi va men oilamni yoki mamlakatimni uyatga qo‘ya olmayman.” U chuqur nafas oldi. “Shuning uchun oxirgi paytlarda biroz… jinni bo‘lib qoldim. Oxirgi marta oddiy odam bo‘lish zavqini surmoqchiman. Nisbatan aytganda.”
Uning kutilmagan xabarini hazm qilar ekanman, jim qoldim.
Bridget — Eldorra’ning bo‘lajak qirolichasi. Haqiqiy shok.
U haq edi, aksariyat ayollar u bilan o‘rin almashish uchun har qanday narsaga tayyor bo‘lardi. Lekin Bridget bir paytlar momaqaldiroq paytida yugurib chiqib, yomg‘ir ostida raqs tushgan qiz edi. Bo‘sh vaqtini hayvonlar boshpanasida ko‘ngilli bo‘lib o‘tkazadigan va dabdabali ziyofatga borishdan ko‘ra uyda muzqaymoq yeb, televizor tomosha qilishni afzal ko‘radigan qiz edi.
U uchun qirolicha bo‘lish orzu emas, balki eng daxshatli tush edi.
“Bu hech qachon men bo‘lishim kerak emasdi. Men zaxiradagisi edim.” Bridget ko‘zlarida yosh bilan miltilladi. Buni ko‘rib ko‘ksim qisilib ketdi. “Bu hech qachon men bo‘lishim kerak emasdi,” deb takrorladi u.
Men uning jag‘idan ushlab, menga qaratguncha ko‘tardim. “Sen ko‘p narsasan, malika. Qaysarsan, g‘ashni keltirasan, yarim vaqtingda boshimga og‘riqsan. Lekin senga va’da beraman, sen zaxiradagi hech narsa emassan.”
U nimjon kulib qo‘ydi. “Bu menga aytgan eng yoqimli gaping bo‘lsa kerak.”
Yana bir kichik kulgu, tezda yo‘qolgan kulgu. “Men nima qilaman?” deb shivirladi Bridget. “Men tayyor emasman. Hech qachon tayyor bo‘lmayman deb o‘ylayman.”
“Sen Bridget von Ascheberg’san,” dedim men. “Tayyor bo‘lasan.”
Bridget qilayotgan har bir ishida a’lochi edi va qirolicha bo‘lish ham bundan mustasno emasdi.
“Unga qadar esa…” Aytmoqchi bo‘lgan narsamdan afsuslanmaslikni umid qildim. “O‘zing xohlaganday yashaysan. Modomiki bu lanati Vincent Hauz bilan bog‘liq bo‘lmasa.”
Agar o‘sha marazni yana ko‘rsam, shunchaki unga teggani va uning xayolini band qilgani uchun ham har bir suyagini sindirardim. U uning tirnog‘iga ham arzimaydi.
Bridget biroz yorishdi. “Bu men bilan yotishingni anglatadimi?”
Ayni damda umuman pasaymagan tarangligimni his qilib, inqillab qo‘ydim. “Yo‘q, malika. Bu yaxshi fikr emas.”
U peshonasini tirishtirdi. “Lekin bu mening rejamda bor edi-ku.”
O, Xudoyim. So‘rashga ham qo‘rqardim, lekin… “Sening bajarilishi kerak bo‘lgan ishlar ro‘yxating bormi?”
Bridget bosh silkidi. “Eldorra’ga qaytishimdan oldingi.” U barmoqlari bilan sanay boshladi. “Birinchisi, beni hech kim bilmaydigan va parvo qilmaydigan joyga borish. Ikkinchisi, keyinroq biror tadbir haqida qayg‘urmasdan yoki ertasiga vaqtli turmasdan kun bo‘yi yeyish, o‘qish va toboshlash. Uchinchisi, bobom menga baqiradigan darajadagi xavfli, masalan banji-jampingga o‘xshash ishni qilish. Va to‘rtinchisi, o‘zim bermagan orgazmni his qilish.” U yelkasini qisib qo‘ydi. “Bunga ham ancha bo‘ldi.”
Lanat. Endi Bridget’ning o‘ziga orgazm berishi haqidagi xayol abadiy xotiramga muhrlanib qoladi.
Yuzimni qo‘lim bilan artdim. Qanday qilib bu vaziyatga tushib qoldim o‘zi? Tun shunchalik izdan chiqib ketgandiki, yo‘lni umuman ko‘ra olmay qolgandim.
“Birinchisi ehtimol amalga oshmas,” dedi Bridget. “Lekin to‘rtinchisida menga yordam bera olasan.”
U onam ham, harbiylar ham qila olmagan narsani qilmoqchi edi. U meni o‘ldirmoqchi edi.
“Yotib uxla,” dedim zo‘riqqan ovozda. “Yolg‘iz o‘zing. Mastsa va vaqt kech bo‘ldi.”
Bridget shimimni bo‘rttirib turgan joyimga tikildi. “Lekin—”
“Yo‘q.” Bur yerdan ketishim kerak edi. Tezda. “Hech qanday lekin-pekin yo‘q. Ertalab menga rahmat aytasan.”
U e’tiroz bildirishidan oldin, men chiqib ketdim va to‘g‘ri hamomga yo‘l oldim, u yerda dunyodagi eng uzun va eng sovuq dushni qabul qildim. Bu ehtirosimning issig‘ini umuman bosmadi. Qoniqarsiz orgazmga yetgunimcha qo‘lim bilan o‘zimni qoniqtirganim ham yordam bermadi.
Alamimni faqat bir narsa bosishi mumkin edi va men uni ahmoqona ravishda rad etgandim.
Jo‘mrakni o‘chirdim va o‘zimni artdim, uyqusiz tunga rozi bo‘ldim.
Shu bilan birga, Bridget menga ro‘yxati haqida aytganidan beri miyamda pishib yetilayotgan yomon fikr yo‘qolmasdi. Aksincha, u tobora yaxshi fikrga o‘xshab tuyulardi.
Bu jinniylik va ehtimol xavfli edi. Tayyorlanishga vaqtim yo‘q edi va bu barcha tayyorgarligim hamda himoya instinktlarimga zid edi.
Lekin Bridget’ning g‘amgin ko‘zlarini yoki gaplarini miyamdan chiqarib tashlay olmasdim.
Oxirgi marta oddiy odam bo‘lish zavqini surmoqchiman.
“Shundan afsuslanaman,” deb g‘udurladim hamomdan chiqib, noutbukimni ochar ekanman.
Chunki Bridget’ning xavfsiz bo‘lishini qanchalik xohlasam, uning baxtli bo‘lishini undan ham ko‘proq xohlardim.