October 8

𝗛𝗔𝗨𝗡𝗧𝗜𝗡𝗚 𝗔𝗗𝗘𝗟𝗜𝗡𝗘

8 — BOB

Manipulyator

Daya Lukeni uyiga olib boradi, men esa Archni manorga qaytaraman. U meni o‘z uyiga taklif qilgandi, lekin men o‘z uyimda o‘zimni ko‘proq xavfsizlikda his qildim. Ko‘proq vaziyatni nazorat qilayotgandek edim.

O‘ylab qarasam, uni o‘rmonlar bilan o‘ralgan, sivilizatsiyadan bir necha mil uzoqlikda va tik qoya ustida joylashgan uyga olib kelmasligim kerak edi. Eng yomoni, atrofimda o‘ralashib yuradigan va uyga buzib kirishni xush ko‘radigan ta’qibchim bo‘la turib-a.

Xudoyim, bu juda ahmoqona ish bo‘ldi.

Uyim hech qaysi jihatdan xavfsizroq emas, lekin uning uyiga borishga o‘zimda kuch topolmadim. Men notanish joylarda begona odamlar bilan bo‘lishni yoqtirmayman. Xuddi hech qachon qaytib chiqolmaydigan uyga kirib borayotgandek tuyulaveradi. Bu meni juda ojiz his qilishimga sabab bo‘ladi, garchi hozirning o‘zida ham bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng ojiz holatda bo‘lsam ham.

— Uying juda go‘zal ekan, — deydi Arch mehmonxona va oshxonani ko‘zdan kechirib, maqtov aytarkan. Men gulqog‘ozni zamonaviyroq qora peysli naqshligiga almashtirgandim, dahshatli oltinrang pardalarni tashlab yuborib, o‘rniga qizillarini tutgandim va divanlarni qizil charmga yangilagandim.

Lekin uning ko‘zlari qora yog‘och zinalarga qayta-qayta qadalardi, xuddi u zinalar yotoqxonamga olib borishini biladigandek.

Lekin mening rejam boshqacha edi.

— Bu hali eng zo‘r joyi emas, — deb uni qiziqtiraman va qo‘lidan ushlab, Parson Manor’dagi eng yoqtirgan xonamga — yo‘lak bo‘ylab yetaklayman.

Shisha xona.

Men bu yerga tez-tez kelavermayman. Bu buvim ikkimiz birga eng ko‘p vaqt o‘tkazgan joyimiz edi. Xonada hali ham uning nafasi ufurib turganda bu yerga kirish og‘riqli.

Chuqur nafas olib, qo‘shaloq eshiklarni ochaman va ichkariga qadam qo‘yaman.

Bu xona shaffof quti kabi. Shift, devorlar, atrofimizdagi barcha narsa bir ulkan derazadan iborat. Shuningdek, bu eng go‘zal maysazor va ko‘rinishga ega joy. U qoya chetiga qaragan, suvlar oy yog‘dusida mavjlanadi.

Lekin eng e’tiborga molik qismi to‘g‘ri tepamizda edi. Yulduzlar shunday go‘zalki, nafasni qaytaradi. Bu yerda sun’iy chiroqlar xalal bermaydi. Tungi osmon qora fonda jaranglab, porlab turgan olmos sharchalardek yorishib turibdi.

Arch qarshisidagi manzarani tomosha qilarkan, boshi sekin buriladi. Keyin esa og‘zi ochilgancha tepaga, osmonga tikilib, boshini orqaga tashlaydi.

Meningcha, bu ushbu erkak xunuk ko‘ringan kamyob daqiqalardan biri bo‘lsa kerak. Lekin men uchun bu uning butun tun davomidagi eng jozibali holati edi.

U yuz ifodasi va harakatlarini nazorat qilish haqida o‘ylamayapti, ssenariy bo‘yicha harakat qilmayapti. U shunchaki atrofdagi go‘zallikdan hayratga tushgan bir erkak.

— Jin ursin, — deydi u nihoyat, ovozida chuqur hayrat bilan. U menga qayta buriladi, ko‘zlarining chetlari zavqdan chaqnab turardi.

Ko‘zlaridagi ko‘k oylar men tushunolmaydigan bir tuyg‘u bilan porlardi. Toki o‘sha niqob yana yuziga qaytgunicha, men uning g‘amgin ko‘ringanini payqamadim. Ma'yus edi.

Men buning sababini bilmoqchi edim, lekin uning ko‘zlari gaz plitasining gorelkasidek qizib borayotganini ko‘rib, bu imkoniyat boy berilganini angladim.

— Senda bu yerda alohida bir ajoyibot bor ekan, — deydi u sekin, menga tomon sekin yaqinlashib. Yulduzlar allaqachon uning e’tiboridan qochgandi, endi u ko‘z uzolmayotgan yagona narsa bu men edim.

— Shunday, — deyman pichirlab, hansiragancha uning yaqinlashishini kuzatib.

Boshimning orqasida kichik bir turtki paydo bo‘ladi — bu ichki his bo‘lib, shisha qutida ekanligimni va tashqarida soya poylab turgan bo‘lishi mumkinligini eslatardi. U yerda sodir bo‘layotgan hamma narsa kaftdagidek ko‘rinib turardi.

Uning tashqarida bo‘lishi mening bir chetimga ham tegmasdi. Men o‘zini menga egalik qilaman deb o‘ylaydigan o‘sha aqli raso bo‘lmagan kimsaga nimadir isbotlamoqchi edim. Unga menga egalik qila olmasligini ko‘rsatib qo‘ymoqchiman.

Mening tanamga faqat men ruxsat bergan odamgina egalik qiladi. Men Archning qo‘llari menga tegishiga yo‘l qo‘yaman. Terimning har bir dyuymini silaydigan va ortidan lablari ergashadigan qo‘llar. U meni tamoman qondirmaguncha va ismimni ham unutib qo‘ygunimcha menga egalik qilishiga izn beraman.

Unga buni qilishi mumkinligini aytganim uchun ruxsat beraman.

Arch ustimda qaddini rostlab, gavdasini tanamga jipslashtiradi va ko‘kragimni o‘z ko‘kragiga bosadi. Uning issiqligi meni qamrab olgach, nafasim to‘xtab qoladi, u belimdan mahkam quchib, o‘ziga tortadi.

Uning menga jipslashib turgani yoqadi. Tanamning yumshoqligi uning baquvvat tanasiga moslashadi. Bu... yoqimli. Yaxshi.

Arch bir zum ko‘zlarimga chuqur tikiladi. Keyin esa boshini egib, lablarimni o‘z lablari orasiga ohista oladi.

Men xo‘rsinib qo‘yaman, uning yumshoq lablari xuddi qoya etagidagi to‘lqinlar toshlarga urilgandek, bir maromda harakat qilardi.

Men uning og‘ziga inqillab, ko‘proq narsani tusab, o‘pich hissini chuqurlashtiraman va dilimdagini o‘rtaga tashlab, tilimni ichkariga kirgizish uchun lablarini ochaman.

U irillab qo‘yadi, u o‘zini tutib tura olmadi. Boshqa qo‘li sochlarim orasiga kirib, boshimni qulayroq egadi va tilini og‘zimga tiqib, kam nazorat bilan, mahorat ila ichkarini zabt eta boshlaydi.

Men oyoqlarim uchiga ko‘tarilib, unga yanada qattiqroq yopishaman. Uning qattiq olati* qornimga botayotganini his qilib qaltirayman, uning kattaligi istagimni yanada alanga oldiradi.

U kichkina emas. Va bu kecha menga aynan shunday narsa kerak edi. Meni rohatdan ko‘r qiladigan va nafasimni kesib, qondiradigan narsa.

Uning tili mening tilim bilan olishardi, tishlari lablarimni tishlab-tishlab olardi. Yana bir inqillash otilib chiqdi va u ham o‘zining ingrash joyi bilan javob bergunicha uning og‘zida aks-sado berdi.

Sochimdagi qo‘li mahkamlanib, og‘zimni tortib oladi va lablariga jag‘im bo‘ylab bo‘ynim va yelkam tutashgan joyga tushishga erkinlik beradi.

Tishlari terimga botganini his qilganimda, u tishlashdan oldin kichik bir ogohlantirish berganida nafasim bo‘g‘ildi. O‘tkir rohat ko‘zlarimni tepaga olib ketdi va uzun inqillash otilib chiqdi.

— Jin ursin, — deb so‘kindi u, vahshiyona ingrash bilan bo‘ynimni yalarkan. — O‘sha shahvoniy ovozing.

Uning tili va tishlari tortib olayotgan rohatga taslim bo‘lar ekanman, ko‘zlarim yumilib-ochilardi.

Uning qo‘llari jinsimning mahkam tortilganini his qilgunimcha pastga sirg‘aladi. Bir sekunddan keyin tugma uzilib ketdi, ortidan zamogimning past shovqini eshitildi.

— Osting men uchun ho‘l bo‘ldimi, Addie? — deb so‘raydi Arch past irillash bilan, bo‘ynimni biroz shafqatsizlarcha tishlab. Bu og‘ritdi va men og‘riqdan burishmay ilojim qolmadi. Uning tili tishlagan joyini silab, og‘riqni bosdi.

— Ha, — deb pichirlayman, rohat og‘riqni bosib ketgani sari.

Uning qo‘li shimim va stringimning old tarafidan pastga sirg‘aladi, barmoqlari pastroqqa tushadi, to o‘rta barmog‘ining uchi ichimga kirgunicha. U qanchalik rost gapirganimni his qilganida, past va chuqur irillash eshitildi.

— Jin ursin, jonim, ana shunday. Endi sening kuylashingni eshitay.

Keyin esa ikkita barmoq ichimga kirib, o‘sha nuqtaga tegish uchun bukiladi. Ko‘zlarim dindir va birgina rohat faryodi mening yagona javobim bo‘ldi. Men faqat shunga qodir edim.

Intuitiv ravishda durbalarimni qimirlatib, uning qo‘liga ishqalanaman. U barmoqlarini uchigacha tortib oladi va yana ichimga tiqadi. Va yana, u meni barmoqlari bilan sikayotganida va men faqat ushlab turishga qodir bo‘lganimda, tirnoqlarim uning kostyumiga botadi.

Buzg‘unchi, xipillagan inqillashlar tomog‘imdan otilib chiqib, u so‘raganidek uning uchun kuylardi.

— Juda chiroyli kuylaysan, — deb pichirlaydi u qulog‘imga. Uning so‘zlaridan so‘ng o‘tkir tishlash ergashdi.

Uning kaftining pastki qismi klitorimga qattiq bosiladi. Uning mohir barmoqlari meni yuqoriroq ko‘taradi, orgazm qornimning pastida tugunlanadi. Lekin u shunday to‘g‘ri ishqalaydiki, rohatdan tizzalarim qaltirab ketadi.

— Oh, — deb ingrayman, nafasim tartibsiz va hansiragan holda.

— Bo‘shanayotganingda ham chiroyli kuylaysanmi, Addie? — deb so‘raydi u qorong‘i pichirlashda.

Bosh irg‘atdim shekilli, lekin aniq bilmayman, chunki bir necha sekund ichida bo‘shanishim keskin nuqtaga yetib, boshim orqaga tashlanadi.

— Menga buni eshitishga imkon ber, — deydi u undab. Barmoqlari chiqib ketadi va qayta kirganida, uchinchi barmoq ham qo‘shiladi. Ko‘zlarim olayib, men jarlikdan pastga qulayman.

Men baqirib yubordim, ovozim chuqur ildiz otgan rohat meni ich-ichimdan kemirganida uzilib ketdi. Ualashmasdan, uning qo‘liga ishqalanib, cheksiz to‘lqinlarni minaman.

— Shunday chiroyli qushcha, — deb pichirlaydi u, qoniqish uning ovozini taranglashtiradi.

Nafasim qisilgan, lekin qandaydir tarzda yanada ochroq holda, men oyoq barmoqlarimda ko‘tarilib, og‘zimni uning og‘ziga bosaman. U ma’qullab g‘ulduraydi va tili bilan lablarimni ayirib tashlaydi. Keyin uning qo‘li yuqoriga sirg‘alib, pastki labimdan barmog‘ini o‘tkazib, suyuqligimni surtib, o‘pishishni uzadi.

— Barmog‘imda ifloslik qoldirding, Eddi. Buni tozalamaslik odabsizlik bo‘ladi.

Men ko‘z muloqotini ushlab turaman, tilim otilib chiqadi, uchi uning barmog‘i bo‘ylab sirg‘aladi. U yovuzlarcha jilmayib, og‘zimni kattaroq ochishimga undaydi.

Aynan uning barmog‘i kirmoqchi bo‘lganida, meni muzdek tuyg‘u qamrab oladi. Bu xuddi men suzib yurgan to‘lqinlar g‘azablanib, tanamni shafqatsiz qoyaga urayotgandek his qildiradi.

Og‘zim to‘xtaydi va ko‘zlarim uning yelkasi oshosha qaraydi. Bu yerda oy yog‘dusi va yorug‘ osmondan tashqari qorong‘i, lekin o‘zimni stadion chiroqlari bilan to‘la xonadagidek his qilaman.

To‘g‘ridagi harakat yuragimni ag‘dar-to‘ntar qilib, oshqozonim tubiga otib yuboradi.

U tashqarida.

Men uni ko‘ra olmayman, hattoki uning sharpasini ham ajrata olmayman. Lekin uning u yerda ekanligini bilaman. Uni his qilyapman.

O‘zgarishni payqab, Arch mendan uzoqlashadi, og‘ir nafas oladi va menga xuddi yaxshiligimni so‘rashni xohlayotganini yoki baribir davom etishini hal qila olmayotgandek qaraydi.

— Nima bo‘ldi? — deb so‘raydi u, e’tiborimni tortish uchun bisepslarimdan ushlab.

— Hech narsa, — deyman uni o‘zimga yaqinroq tortib. — Yaxshisi yuqoriga, xonamga chiqaylik.

Endi men tentak bir odamning qarshisida erkak kishi bilan sikishadigan darajada dimog‘dor emasman. Bo‘shanishimdan kelgan kayfiyat ishonchimni tamoman yo‘qqa chiqardi.

Lekin to‘xtash uchun juda o‘jarman. Men Archni xohlayman. Faqat uni olayotganimda hech qanday voyeristlar bo‘lishini xohlamayman.

— Yulduzlar ostida osting*ni yalatishni xohlamaysanmi? — deb so‘raydi u hayron bo‘lib, menga xuddi ikkinchi boshim chiqib qolgendek qarab.

— Xohlayman, lekin men... — Boshqa bir harakat e’tiborimni chalg‘itganida gapim uzilib qoladi.

Arch oldinga qadam tashlab, menga bosiladi va e’tiborimni yana o‘ziga tortadi. Uni durustroq ko‘rish uchun bo‘ynimni egishim kerak va bu manzara men hech qachon unutmaydigan manzara edi.

— Menimcha, kiyimlaringni yechib, menga o‘sha shahvoniy kichkina tanangni ko‘rsatishing kerak. Keyin esa yotishingni, oyoqlaringni kerishingni va qilgan iflosligingni tozalashimga izn berishingni xohlayman.

Tamoman uyatli bir g‘o‘ng‘illash otilib chiqdi. Bu tovush darhol uning yuzida istehzoli tabassum paydo qildi va yonoqlarimga qon yugurdi, u jinni esa bir zumga unutildi.

Juda silliq chiqdi, ahmoq.

Men bir qadam orqaga chekinaman, tanam bo‘ylab issiqlik sirg‘aladi va qo‘llarimni yon tomonlarimdan tushirib, ikkala bosh barmog‘imni shimimga ilaman.

Ularni oyoqlarim bo‘ylab pastga sirg‘atmoqchi bo‘lganimda, baland gursillagan ovoz tarang sukunatni buzadi va yuragimni tomog‘imga keltirib qo‘yadi. Men cho‘chib tushaman, g‘azabli taqillashdan shimimga qochirib qo‘yishimga sal qoladi.

Archning boshi o‘sha tovush tomonga buriladi, u ham xuddi shunday cho‘chigan edi.

— Mehmon kutyapsanmi? — deb so‘raydi Arch, ovozi biroz biroz hansirab.

O‘zimning tartibsiz nafas olishim ham bir maromda emasdi: — Yo‘q.

Bu xuddi deja vu kabi va bu safar buni kutgan bo‘lsam ham, yosh boladek oyog‘imni tirashga juda yaqinman. Greyson bilan bo‘lgandan farqli o‘laroq, men haqiqatan ham rohatlanayotgan edim.

U yo‘lak bo‘ylab va kirish eshigi tomonga yuguradi, men esa uning izidan chopaman. Ketayotib shimimning tugmasini va zamogini taqaman, bu tun allaqachon tugaganini his qilyapman.

Yo‘lak to‘g‘ri vestibyulga, zinalarning o‘ng tarafidagi kirish joyiga olib boradi. Kirish joyidan oldin to‘xtab, u menga o‘giriladi va ushlab oladi.

— Yo‘lakda qol. Kim bo‘lishidan qat’i nazar, seni ko‘rishlarini xohlamayman.

U ikkilanadi, yuzida g‘alati bir ifda paydo bo‘ladi. Men buni tushunishga gururim yetmay turib, u yana gapiradi, ovozi tarang. — Agar ish rasvo bo‘lsa, militsiya chaqir.

Menda mantiqli jumla tuzish imkoniyati yo‘q edi, sarasima hushimni o‘g‘irlagandi.

Unga ta’qibchim borligini va shisha xonada bo‘lganimizda nimadir ko‘rgandek bo‘lganimni aytishim kerak edi, lekin hammasi juda tez sodir bo‘ldi va endi u faol ravishda o‘zini xavf-xatarga qo‘ymoqda.

Vaziyat meni qo‘rqitgani chalik ehtiroslantiradi ham. Agar bu tundan eson-oman chiqsam, ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotishim kerak.

Chunki mening soyam g‘azabda. Xuddi Greyson shu yerda bo‘lganidagi kabi va men bu yigitning qanchalik xavfli ekanligini bilmayman, lekin u ikkalamizni ham o‘ldirish uchun kelgan bo‘lishi mumkin.

Ayniqsa, u boshqa bir erkak mening pochtamga kesib solib qo‘yish bilan tahdid qilgan o‘sha qo‘li bilan meni bo‘shashtirganini tomosha qilganidan keyin.

Boshimni qo‘llarim orasiga olaman, afsuslanish tanamni ko‘ldagi sharsharaday to‘ldiradi. Men bundan portlab ketayotman, chunki agar ta’qibchi u aytganidek tentak bo‘lsa, men bir erkakning o‘limiga sabab bo‘lishim mumkin. Yoki hech bo‘lmaganda shafqatsizcha majruh bo‘lishiga.

Eshikning g‘ijirlab ochilganini eshitaman. Boshim darhol ko‘tariladi.

— Chiq buyoqqa, bitch. U yerda ekanlingni bilaman, — deb baland ovozda tahdid qiladi Arch.

Burchakdan mo‘ralab, Archning tashqariga chiqqanini kuzataman. Lekin u qurolini sug‘urib olganidan keyin emas. Ko‘zlarim olayib, og‘zim ochilib qoladi va uyimga kimni kirgizganimga hayron bo‘laman. U eshikni ortidan yopadi, eshikning qarsillab yopilishi miyamda aks-sado beradi.

Xato qilganim va men uchun o‘ldirishga tayyor odamni topganim ko‘rinadi. Sikishish masalasi hali so‘roq ostida, lekin uning erkalashlari biror ko‘rsatkich bo‘lsa, menimcha u bu sohada ham yaxshi natija ko‘rsatgan bo‘lardi. Endi har qachongidan ham ko‘proq bu haromida o‘zim o‘ldirgim kelyapti.

Nihoyat meni qondira oladigan erkakni topdim-u, bu ahmoq hammasini rasvo qilyapti.

Xudoyim? Hayotiy tanlovlarim borasida har doim ham bir fikrda emasligimizni bilaman, lekin iltimos, bu sho‘rlik erkak mening kasofatimdan o‘lib ketmasin. Men ichishni tashlayman. Bu safar chin dildan aytyapman.

Va shuningdek, Archning nishonga aniq urishini so‘rab ibodat qilaman. Agar tashqariga chiqib, g‘alati kimsaning miyasiga o‘q yeyib yotganini ko‘rsam, uning o‘limiga aza tutmayman.

Keyingi bir necha daqiqa davomida men hech narsa eshitmayman. Yuragim quloqlarim ostida gursillab urayotganda nimadir eshitish qiyin, lekin o‘q uzilganini adashtirib bo‘lmasdi.

Jin ursin, bu hayajonga chiday olmayman. Boshqa kutishga sabrim yetmay, eshik yonidagi derazaga yuguraman va tashqariga mo‘ralayman.

Arch’ning mashinasi hali ham yo‘limda turibdi, lekin boshqa hech narsani ko‘rmayapman. Murdalar yo‘q. Hech narsa yo‘q.

Ayni damda eng yoqtirmaydigan odamimga tezda duo yo‘llab, eshikni sekin ochaman, biror xavf-xatar yoki urush-janjal tovushini eshitishga harakat qilaman.

Chigirtkalarning chirillashidan boshqa hech narsa eshitilmagach, eshikni kengroq ochib, tashqariga qadam qo‘yaman.

Oyog‘im ostida nimaningdir qarsillagan tovushi tanamni qotirib qo‘yadi.

Ko‘zlarimni yumaman, tilimda yana bir duo. Agar men biror tana qismiga bosgan bo‘lsam... oh Xudoyim — men hozir jinniga aylanaman.

Bir qancha qisqa nafas olib, oyog‘imni chetga suraman va pastga qarayman.

Atirgul, barmoqlarim bilan ezilgan barglari.

— Oh, jin ursin, — deb g‘uldurayman, atirgulni olish uchun pastga egilib. Tikanlari qirqilgan, bu meni kesib olishining oldini oladi, lekin baribir — bu atirgul kimningdir og‘rig‘idan mosuvo bo‘lmagan.

Barglaridan sizib, etigimga tushayotgan narsa — bu yangi qon. Arch yo‘qolgan va undan qolgan yagona narsa — qonli atirgul.

Qo‘llarim qaltiragancha, telefonimni orqa chuntagimdan yulib olaman va militsiya chaqirish uchun blokdan chiqaraman. Telefon yorishadi va o‘sha paytda men boshqa bir xabarni ko‘raman — klubda kelgan va men qunt bilan e’tiborsiz qoldirgan xabarni.

NOMA'LUM: O‘zingni aybdor his qilma, jonim. Men behuda tahdid qilmayman, shuning uchun buni saboq deb bil.

Qizil va ko‘k chiroqlar qarshimdagi dunyoni yoritadi va miltillovchi ranglar ko‘nglimni aynitadi. Militsiya xodimlari va itlar atrofdagi hududni tintuv qilayotganda, qornimning tubida vahima to‘planadi.

Ofitser atirgulni musodara qildi, ammo qon qo‘llarimga dog‘ bo‘lib tushgan — jismonan va majoziy ma’noda. Barmoqlarimni bir-biriga ishqalayman, quritilgan qon terimdan ko‘chib tushishini kuzataman.

Ko‘z yoshim oqib tushadi, lekin uni tezda artib tashlayman.

Men bir odamni o‘ldirdim.

Xavfli bir kimsaning poylab yurganini bila turib, uni bu yerga olib keldim va baribir shunday qildim.

Endi esa u yo‘q.

— Xonim? Sizga bir nechta savol berishim kerak, — deydi sherif Uolters, men hozir o‘tirgan ayvon zinalari tomon yurib kelarkan.

Men uni bolaligimdan beri bilaman. U onam bilan birga o‘qigan va ular yaxshi do‘st bo‘lishgan. Vaqti-vaqti bilan onam uni kechki ovqatga taklif qilib turardi. U har doim mehribon bo‘lgan. Kamgap va xushmuomala, u har doim gapirishdan ko‘ra tinglashga ko‘proq qiziqayotganga o‘xshardi.

U baland bo‘yli, baquvvat odam, kamida olti-yetti fut keladi. Menimcha, uning oilasi gigantlardan kelib chiqqan, chunki otasi va akalari ham shunchalik daxshatli darajada yirik. Otasi sherif bo‘lgan, undan oldingisi ham. Ishonchim komilki, uning bir nechta akalari ham militsiya xodimlari.

Naxang militsionerlarning bir katta oilasi. Dunyoga aynan shu kerak edi-a.

Sherif Uoltersning yanoqlariga soqol o‘sgan, jigarrang ko‘zlari esa horg‘in va ehtiyotkor.

Men kelgan xodimga allaqachon hamma narsani aytib berdim, lekin bir odam yo‘qolganini va menga qonli atirgul sovg‘a qilinganini aytganimda, u qidiruv guruhini tashkil qilish haqida ko‘proq qayg‘urdi.

Meni qalin o‘rmon o‘rab olganini hisobga olsak, o‘sha kimsaning Archni qayerdadir mashinaga o‘tqazib, haydab ketguncha piyoda olib ketgan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.

Men burnimni tortaman, burnimdagi quyuq suyuqlikni arfaman va boshimni irg‘itaman.

— Ha, albatta.

— Bugun kechqurun siz bilan birga bo‘lgan odamning ismini ayta olasizmi?

— Archibald Talaverra, — deb javob beraman robotdek. Aftidan, Archning manmanlik qilib, menga to‘liq ismini bergani o‘z samarasini berdi. Deyarli jilmayib qo‘yaman, lekin bu umuman kulgili emas edi.

Sherif darhol gapirmaydi. Men unga qarayman va uning qalin qora qoshlari peshonasida baland ko‘tarilganini payqayman.

— Talaverra, a? Bu odam sizga yaxshilik qilgan bo‘lishi mumkin, — deydi u, oxirgi qismini pichirlab.

— Nima? — deb tovush chiqaraman, ko‘zlarimning chetlari yumaloqlashib.

Sherif xo‘rsinadi va qalin, qora sochlarini qo‘li bilan silaydi. Yoshligida u jozibali bo‘lganiga ishonchim komil. Lekin hozir sochi va ko‘zlari hamda og‘zining chetlariga ajinlar tushgan. U qarigan va horg‘in ko‘rinadi va yillar o‘tib, uning ko‘zlari xiralashgani va charchaganini kuzatganman.

— Talaverralar taniqli jinoyatchilardir, — deydi u menga.

Ko‘zlarim olayib ketadi va o‘sha daqiqada onam meni tarbiyalashda dabdala ish qilganini anglayman. Mening hayotiy tanlovlarim so‘nggi paytlarda juda shubhali.

Tepadagi Shaitan-Xotin bilan uzoq va qattiq gaplashishim kerak bo‘ladi. U meni o‘ldirishga harakat qilmoqda, shekilli. Men shunchaki unga izn berishim kerakmi degan o‘yga borib qolamayapman.

— Qanday jinoyatchilar?

Sherif Uolters quruq lablarini bir tomonga buradi, nimani aytmoqchi ekanligini o‘ylab ko‘rayotganga o‘xshaydi.

— Hech narsa isbotlanmagan. Hech qachon yetarli dalil bo‘lmagan. Lekin ular asosan kokain bilan shug‘ullanishadi. Ehtimol, — deb qo‘shimcha qiladi u oxirida, menga yon ko‘z bilan qarab. — Men shuni aytishim mumkinki, Archibald sobiq xotini tomonidan bir necha bor oilaviy zoravonlikda ayblangan. U, albatta, ayblovlardan eson-oman chiqib ketgan. Lekin u juda shafqatsiz odam sifatida tanilgan.

Yuzimni burib, yuzimni qo‘llarim bilan berkitaman.

Sherif Uolters meni yig‘layapti deb o‘ylab, noqulay tarzda yelkamga urib qo‘yadi. Lekin ko‘zlarim Saxara cho‘lidek quruq edi. Yig‘lash uchun juda g‘azabdaman. Shunday ahmoq bo‘lganim va tasodifiy bir erkakni uyga olib kelganim uchun o‘zimdan g‘azabdaman.

O‘sha erkakning o‘limiga sabab bo‘lganim uchun g‘azabdaman. Xavfli oilaga aloqador bo‘lgan erkak.

— Unining oilasi mening ortimdan tushadimi?

— Yo‘q, — deb javob beradi u keskin. — U oilaning bir mil uzunlikdagi dushmanlar ro‘yxati bor. Ular tasodifiy bir qiz bilan shug‘ullanishmaydi. Ular sizni surishtirishlari mumkin, lekin hech narsa topishmagach, kimni g‘azablantirgan bo‘lishsa, o‘shani qidirishga tushishadi.

Boshimni irg‘itaman, bundan biroz xotirjam bo‘laman.

— Agar ular atirgul haqida bilib olishmasa, albatta.

Yuragim quduqqa tushgan toshdek cho‘kib ketadi. Boshimni ko‘tarib, unga qarayman, uning ma’nosini tushunaman.

— O‘sha atirgul shaxsiy edi, Adeline. Bu nimani anglatishini bilasizmi?

— Menda... ta’qibchim bor. Men oxirgi paytlarda uyimga buzib kirilgani va qayerga borsam atirgullar paydo bo‘layotgani haqida bir necha bor ariza berganman.

Sherifning qoshlari chimiriladi.

— Men sizning papkangizni ko‘rib chiqdim. Ta’qibchi haqida hech qanday ariza berilmagan.

Mening umurtqam to‘g‘rilanib, men bo‘ylab shok to‘lqini o‘tadi.

— Nima demoqchisiz? — deb so‘rayman, ovozim chinqirgan va g‘azabli. — Men bir nechta ariza berganman!

— Tinchlaning, — deydi sherif Uolters, so‘zlariga mos ravishda qo‘llarini yoyib. — Bo‘limga qaytganimda chuqurroq ko‘rib chiqaman. Hozir nima bo‘layotganini aytib bera olasizmi?

Yuragimni sekinlashishga majbur qilib, sodir bo‘layotgan hamma narsani aytib beraman. Men uyda yolg‘iz bo‘lganimda ichilgan alkogol stakanlari haqida. Atirgullar haqida. Va me’yoriy bo‘lmagan tahdidli xat haqida.

Sherif Uolters diqqat bilan tinglaydi, bloknotini chiqarib, men gapirayotganimda qaydlar qiladi. Tugatganimda, o‘zimni oldingidagidan ham ko‘proq horg‘in his qilaman.

— Men buni ko‘rib chiqaman. Lekin Adeline? Agar Talaverralar sizning ta’qibchingiz borligini bilib olishsa, ular aybni sizga qo‘yishlari mumkinligini tushunasizmi?

Men ortimga tisarilaman, militsioner meni jinoyatchi oila ortimdan tushishi mumkinligidan ogohlantirayotganidan tamoman hayratdaman. Lekin u hech qachon haqiqatni yashirmagan yoki pardalamagan. Bir necha bor dadam muayyan narsalar haqida tafsilotlarni so‘ragan va sherif unga ruxsat berilgan har qanday narsani oshkor qilgan.

Onam kechki ovqat stolida — bola qarshisida dahshatli suhbatlar uchun ikki erkakka baqirishga majbur bo‘lgan bir necha holatlar bo‘lgan. Sherif Uolters kechirim so‘rardi, lekin u hech qachon afsuslangandek ko‘rinmasdi.

— Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun qo‘limdan kelgan hamma narsani qilaman, — deya ishontiradi u. Qandaydir tarzda, bu meni zarracha ham xotirjam qilmaydi.

Xo‘rsinib, o‘girilaman va qalin daraxtlarga tikilaman, qizil va ko‘k chiroqlar miltillab, raqs tushayotgan soyalar ziyofatini yaratmoqda.

Boshimni irg‘itaman, uning yordamini qanday bo‘lsa shunday qabul qilaman. Bu odam jinoyatchining bo‘sag‘amga kelishini to‘xtatish uchun hech narsa qila olmaydi.

Bu jinoyatchi oila bo‘ladimi yoki ahmoq ta’qibchimi, baribir.

Author: H.D.Carlton
Translator: Kristina Agata