October 11

𝗧𝗪𝗜𝗦𝗧𝗘𝗗 𝗚𝗔𝗠𝗘𝗦

— 16 —

BRIDGET

Sharmandalikdan oʻlib qolish mumkinmi?

Qirq sekkiz soat oldin men yoʻq degan boʻlardim, lekin Rhys bilan roʻpara oʻtirib nonushta qilarkanman, oʻzimni qat'iy ravishda "ha" deydiganlar safida koʻrdim. Yuzim qanchalik qizarib ketganidan yoki portlab ketardim, yoki uyatdan bir koʻlmak boʻlib erib tushardim — qaysi biri birinchi sodir boʻlishiga qarab.

— Yana bir oz bekon yaysanmi? — U likopchani men tomonga surdi.

Koʻzlariga qaray olmay, boshimni chayqadim.

Oʻsha ertalab boshim qattiq ogʻrib, oyoqlarim orasida issiq zonqillab, kechasi qilgan — va aytgan — narsalarimning daxshatli darajada aniq xotirasi bilan uygʻondim.

Meni hozirgina va'da qilganingdek zoʻrla.

Toʻrtinchisi, oʻzim berolmagan orgazmni his qilish. Bunga ham ancha boʻldi.

Tostimga tiqilib qolib, qattiq yoʻtala boshladim.

Rhys’ning qoshlari koʻtarildi. — Yaxshimisan? — U ertalabdan beri xuddi hech narsa boʻlmagandek sovuqqon va xotirjam edi, men esa bundan yengil tortganimni yoki xafa boʻlganimni bilmasdim.

— Ha, — deb pishilladim. Suvimni olib, yoʻtal bosilgunicha yarmini sipqordim.

— Koʻproq uglevod yeyishing kerak, — dedi u bosiqlik bilan. — Bosh ogʻrigʻiga yordam berishi mumkin.

— Boshim ogʻriyotganini qayerdan bilasan? — deb soʻradim.

— Kecha besh ryumka ichding, hammasi har xil spirtli ichimliklar edi. Buni taxmin qilish qiyin emas.

Uning kechagining har qanday qismi sodir boʻlganini tan olishi xijolatimni yanada oshirdi. Borgia’dan keyingi barcha voqealarni ikkalamizning ham miyamizdan oʻchirib tashlay olsam qaniydi, deb orzu qildim.

Ilojim boʻlmagani uchun, buni hazilga burib, nima boʻlganini eslay olmayotgandek koʻrsatishga vasvasa tushdi, lekin men barchasini eslardim va agar bu haqda gapirmasam, u meni umrbod ta'qib qilardi.

— Eshit. Kechagi ish boʻyicha... — Oʻzimni Rhys’ga qarashga majbur qildim. — Men mast edim va aniq oʻylay olmayotgandim va aytmasligim kerak boʻlgan gaplarni aytdim. Agar bu seni noqulay ahvolga solgan boʻlsa, kechirasan.

Rhys’ning yuzida afsusga oʻxshash bir narsa miltillab oʻtdi-da, gʻoyib boʻldi. — Men ham, — dedi u. — Tenglashdik deb hisoblaymiz.

Men seni oʻpishni yoki sen bilan sevishishni xohlamayman. Men seni sikishni xohlayman. Meni mensimay gapirganing va boshqa bir erkakning senga qoʻl tegizishiga yoʻl qoʻyganing uchun seni jazolashni xohlayman. Anavi mitti tushmagur koʻylagingni yuqoriga koʻtarib, ichingga shunday qattiq urishni xohlaymanki, kunlab yurolmay qolasan.

Peshonamda bir tomchi ter paydo boʻldi. Klitorimdagi zonqillashni bosishga urinib, stulda surildim, lekin bu ahvolni battar qildi, xolos.

Aytgan gaplarimni aytmasligim kerak edi, lekin bu ularni koʻnglimdan chiqarmagan edim degani emas. Rhys meni tualet stoli ustiga egiltirib, qoʻtogʻini menga taqab turganida...

Terimda yonayotgan issiqni bosish uchun qolgan suvni ham yutib yubordim.

— Bunday holda, eng yaxshi yoʻl — kechagi ish boʻlmagandek koʻrsatish va bu haqda boshqa hech qachon gapirmaslik.

Menga rostdan ham koʻproq suv kerak edi. Va konditsioner. Va ehtimol, muzli vanna.

— Menga ma'qul. — Rhys bir qoʻlida krujkadan kofe sipqorib, ikkinchi qoʻlini peshtaxtaga tiraganicha unga suyanib turardi. Bu shunchalik issiq tuyulishi kerak boʻlmagan oddiy, har kungi harakat edi. — Faqat bir narsadan tashqari.

O, xudoyim. — Va bu nima ekan...?

— Sening orzular roʻyxating. — Oʻsha qurol rangidagi koʻzlar menga qadala boshladi. — Eldorra’ga qaytishdan oldin rostdan ham shu narsalarning hammasini qilmoqchimisan?

Uning aytishini kutgan narsam bu emasdi.

Orzular roʻyxatidagi toʻrtinchi raqamni eslab, yana qayta qizarib ketishdan oldin yengil xoʻrsindim. — Ha, lekin ularning aksariyati amalga oshishi qiyin.

Bu orzular roʻyxatidan koʻra koʻproq fantaziya roʻyxati edi. Bularni oʻylab topganimda bilardim, lekin qiz bola umid qilishi mumkin-ku.

— Agar senga bularning barchasi ilojli desam-chi? — Rhys unga qayta qarashimdan oldin krujkasini rakovinaga qoʻydi.

— Meni aldayapsan degan boʻlardim.

Uning ogʻzi kichkina tabassum bilan burishib ketdi va terimda titroq yugurdi. Rhys tez-tez kulmasdi, lekin kulganida bu vayronkor boʻlardi.

— Sening soʻkinganingni eshitish doim yoqimli, malika.

Meni hozirgina va'da qilganingdek zoʻrla.

Xotira u bilan bir vaqtda mening ham miyamdan oʻtgan boʻlsa kerak, chunki u tabassumini yoʻqotdi va koʻzlari yonib ketdi, men esa stulimda biroz pastroqqa choʻkdim.

— Yoʻq, men seni aldamayapman, — dedi u, ovozi bir soniya oldingidagiga qaraganda qoʻpolroq chiqdi. — Agar xohlasang, orzular roʻyxatingni amalga oshirib bera olaman.

Kunning yorugʻida undan bu toʻrtinchi raqamni ham oʻz ichiga oladimi-yoʻqmi deb soʻrashga yetarlicha jasoratli emasdim.

— Nega bunday qilasan?

— Bu mening yil davomidagi ezgu amalim.

Rhys’dan odatiy, aniq boʻlmagan javob, lekin qiziqishim gʻashim kelganini siqib chiqardi.

— Xoʻsh, xoʻp deylik, — dedim men. — Miyangda nima bor?

— Nima emas, qayerda. — Rhys ajablanganimga qarab yana tabassum qildi. — Biz Costa Rica’ga ketyapmiz.

Author : Ana Huang
Translator : Kristina Agata