May 8

His qilishni hohlovchi tuygʻu

Ep6

Erta tong ko‘zimni ochganimda, ochiq turgan derazadan kirayotgan namxush va nimjon shabada yalang‘och yelkamga urilib, tanamni biroz junjitdi.Tashqarida barglarning quruq shitirlashi eshitiladi, havo esa allaqachon sarg‘ayishga ulgurgan tabiatning hidini xonaga olib kirardi. Yonimdagi yotog'ga qarar ekanman u yer bo'shligini his qildim. Yostiqqa biroz suyanib, kiyinish xonasidan kelayotgan mayin tovushlarga quloq tutdim. Ilmoqlarning bir-biriga urilishi, kiyimlarining shitirlashi va y/nning o'ziga xos shoshqaloqlik bilan qilayotgan harakatlari jimgina xonamizga taralardi.

— Jonim? — deb chaqirdim, ovozim uyqudan hali biroz bo‘g‘iq chiqardi.

~labay azizm _ degan mayin javob keldi.

Choyshabni chetga surib, sekin o‘rnimdan turdim. Oyoqlarim sovuq polga tekkanida butunlay o‘zimga keldim. Eshik tomon yurib, kiyinish xonasining yarmigacha ochiq eshigi yoniga bordim. U oyna qarshisida sochlarini tartibga solar, shu bilan birga kiyimlarini ham ko‘zdan kechirardi.

— Erta uyg‘onibsanmi? _ dedim past ovozda, uning shoshilinch harakatlarini to‘xtatishga urinib.

~a haligi... 👀

Men eshikka suyanib turganimni ko‘rib, u menga tikilib qoldi va biroz jilmaydi. Men sababini allaqachon fahimladim chunki faqat yengil uy shimida turgandim. Y/n ozgina yutinib, ko‘zlarini tanamning ochiq qismlaridan uzishga harakat qildi-yu, lekin uddalay olmadi.

~erta tongdan meni aqildan ozdirishga harakat qilyabsanmi!?

Nigohi yelkalarimdan tortib, qaddi-qomatimning har bir chizig‘ida uzoqroq ushlanib qolardi. Bu shunchaki hayrat emas, balki o‘z juftini yangidan kashf etayotgan qalbning qiziqishi edi.

- shunday deb o'ylaysanmi?😈 _ dedim men ham uning bu holatidan zavqlanib. U go‘yo sehrlanganidek, shoshqaloqligini ham bir chetga surib, men tomon bir qadam bosdi. Uning bu holatida ham uyat, ham ayollik latofati barq urib turardi.

~menimcha menga bugun yangi ko'zlar kerak bo'ladi_ 🙃🫦 Birdaniga pastki labini ohista tishlab qo‘ydi. Bu holatdan lablari yanada qizargan va bo‘rtib chiqqan edi. Hayolimga birinchi kelgan narsa ertalabki bo'saning ayni vaqti degan ovoz bo'ldi.

Men unga yaqinlashib, endigina lablaridan bo‘sa olmoqchi bo‘lganimda, u chaqqonlik bilan qo‘llarini ko‘ksimga qo‘ydi va meni ohista ortga surdi. Ko‘zlarida hamon o‘sha olov yonib turgan bo‘lsa-da, labida aybdorona, ammo qat’iy tabassum paydo bo‘ldi.

~To‘xtang, azizim... _ dedi u pichirlab, nafasini rostlar ekan. ~ Pastda oyijonim va dadajonim uyg‘onib bo‘lishgan bo‘lsa-ya? Kechagina mehmonga kelishgan bo‘lsa, biz hali ham xonadan chiqmasak... juda noqulay bo‘ladi.

Uning bu gapi meni bir zumda xayollar olamidan real hayotga qaytardi. To‘g‘ri, to‘yimizdan keyin ota-onam bizni ko‘rgani birinchi marta kelishgan edi va yangi kelin sifatida Y/n tong sahardan shuning uchun ham bunchalik shoshilayotgan edi.

— To‘g‘ri aytasan, azizam _ dedim biroz hafsalam pir bo‘lsa-da, uning ehtiyotkorligiga tan berib.

- Men yuvinib chiqay, keyin birga tushamiz.

Men vannaxonaga yo‘l olishdan avval ortimga o‘girildim va kiyinish xonasining ochiq eshigi yonida qotib qoldim. Y/n oyoq kiyimlar turadigan joyga egilib, uyda kiyiladigan yumshoq shippaklarini qo‘liga olgandi. Ammo u ularni kiyishga shoshilmasdi. U shippakni qo‘lida ushlagancha, nigohini bir nuqtaga qadab, chuqur xayolga botib qolgandi.

Sekin borib, uning ortidan quchdim. Qo'limni asta uning yuziga olib bordim, barmoqlarim bilan yumshoq yuzini, sochlarining chetini ohista siladim. Bu harakatimdan u biroz hushyor tortdi, lekin nigohini bir nuqtadan uzmadi.

-Bu nigohlar ortida nima bor? - deb so'radim pichirlab, yuzini o'zimga burib.

-Nimalarni o'ylayapsan, aytib ber...

U menga qarab biroz jilmaydi, lekin ko'zlarida yosh qalqigandek bo'ldi.

~Ikki xil hayolni o'ylayapman, — dedi u ovozi titrab.

~Birinchisi, bolaligimdagi buvimning niyat qil degan so'zlar. Oilamizda poyabzal ehtiyojga qarab, yiliga bir ikki bor olinardi. Qarindoshlardan kelgan poyabzal ham bo'lardi bazan ularni yig‘ib, 'menda ham ko‘p ekan-ku' deb quvonganimda, buvim chiroyli niyat qilishni kerakligini aytgan edi. 'Niyat qil, jufting senga bundanda ko'pini olib beraa olsin, u seni hech narsaga muhtoj qilmasin, seni eng baxtli ayol qilsin' degadi. Hozir bu niyatlar ro'yobi qarshimda turibdi. Sendan minnatdorman, chunki sen bilan eng yaxshi narsalarga egaman va sen menga bundanda ko'prog'ini berishga tayyorsan.

-albatta hayotim agar hohlasang men senga osmondagi oyni olib beraman a-a-a😁_ kayfiyatini ko'tarish uchun uni ozgina qitiqladim

~hoy tata🤣 hoy sekinroq uydagilar eshtadi.

-o ha jin ursin tushsh 🤫 sekinlashamiz bu mahfiy 😁 _ U bag'rimda ekan men uning ikkinch hikoyasini eshitisha shaylanar edim

-ho'sh ho'sh y/n xonim unda ikkinchi hikoyangiz qanday

~Ikkinchisimi mmm ostonadagi poyabzallar. Ilgari uyga kirsam, poyabzallardan uyda kim borligini bilardim. Asosan ikki inson buvimning kavushlari va onamning tuflilari menga xotirjamlik berardi. Keyin hammasi oʻzgardi: buvim vafot etdi, onam esa o'zga oilaga ketdi... O'sha ostona men uchun bo'shab qolgandek edi _ biz birgaligda ozgina tebrandik, bir birimizning taftimizni his qilar edik. Y/n ko'zlarini yumdida hotirjam holdagi nafasini chiqardi.

~ Lekin hozir bu yerda, sen bilan yangi hayot boshladim va endi bizning farzandlarimiz kelajakda ostonadan bizning oyoq kiymlarni izlashi mukun.😁

- farzandlarmi? ha aytmoqchi bu haqiyqat bizni ko'p (cho'ziq o'qilish) farzadlarimiz bo'ladi.

~internetda aytganing dek beshtami? 🖐️Y/n qo'li bilan raqamni ko'rsatdi.

-beshta menimcha sen uchun bu kam sevgim oshib ketsa undan ham ko'paytirvorishim mumkun😁😈

~nima 😲 men senga bola tog'ib beradigan aparatmanmi balkiy butun boshliy fudbo'l jamosi tuzmoqchudirsan.

-mmm bo'lish mumkun 🤔😆

~😠 Voy, hali shunaqami? _ chizilib turgan qoshlari yanada chimirildi. ~Janob murabbiy, jamoa tuzish niyatida bo'lsangiz, adashibsiz! Men sizga o'yinchi yetkazib beradigan akademiya emasman

Men o'zimni bosib, lekin ko'zlarimda o'sha sho'xlik bilan uga bir qadam yaqinlashdim:

- Ey, nega darrov jahl qilasan? Men shunchaki "zaxira o'yinchilari" bilan birga o'n bitta bo'lsa yomon bo'lmasdi demoqchi edim, xolos. Tasavvur qila, hamma yoqda bizning kichkina nusxalarimiz yugurib yuribdi...

~O'n bitta?! _ 😱 ovozi bir parda ko'tarildi. - Bo'ldi, bugundan boshlab o'zingizga alohida xona qidiravering. Futbol jamoangizni tushingizda ko'rasiz!

Men y/nda ancha uzoqlashgan edim chunkiy u baribir nimadir qilishini bilar edim. Birdan Y/n qovog‘ini uyib, menga o'rindiqdagi yostiq bilan endigina otishga chog‘lanib turganida, birdan eshik shiddat bilan taqillab qoldi. Ikkalamiz ham taqqa to'xtadik.

~ashsh oyijon bo'lsa kerak _ u nolish va hijolat bilan pichirladi

-Akajon! _ eshik ortidan singlimning sho‘x ovozi eshitildi.

-ha nima bo'ldi?

V/s: Y/n uyg'ondimi oyim chaqiryaptilar.

~😬 hozir ketyabman opa _ u menga qaradida ~men sizga aytgandim ertaroq yuvinishga kiring deb_ pichirlash ohangida gapirdi.

-yaxshi yaxshi ketyabman _ bu kun uzoq bo'lishini bizning masofa va ehtirozslar oz bo'lsada oylam sabab tiyilishini bilganim uchun men baribir uni shartta yaxshlab quchdim.

-Baribir shunday ketishimga yo'l qo'ymaysan, shundaymi? - dedim pichirlab, iyagimni uning yelkasiga qo'ygancha.

~ Azizim, pastda... _ u yana e'tiroz bildirmoqchi bo'ldi-yu, lekin ovozi sezilarli darajada yumshab qolgandi.

-Bilaman, ular pastda, _ dedim uning bo'ynidan taralayotgan mayin hidni ichimga tortib

- Lekin ular o'g'illarining baxtli ekanini ko'rishsa, faqat xursa bo'lishadi. Atigi bittagina... va'da beraman, keyin darrov yuvinishga kiraman.

U menga yarim o'girilib, go'yo "siz bilan nima qilsa bo'ladi?" degandek qarab qo'ydi. Men fursatdan foydalanib, uning yuzini qo'llarim orasiga oldim.

- mana shunday qilsa bo'ladi_ deya tezgina qisqa o'pich qoydim. Bu safar u qochmadi, aksincha, ko'zlarini yumib, o'sha uzoq kutilgan lahzaga ixtiyor berdi. Keyin men yana uning lablaridan juda mayin, ammo bor ehtirosimni jamlab o'pdim💋 . Bu haqiqatan ham "yetarli" edi - qisqa, shirin va butun kun uchun yetadigan quvvat beradigan tonggi bo'sa.

-mmm bo'ldi, endi boraman, - dedim jilmayib, uni sekin qo'yib yuborarkanman.

Men vannaxonaga kirib ketayotib, oxirgi marta unga ko'z qisib qo'ydim. Eshik ortimdan yopilgan bo'lsa-da, tashqarida qolgan Y/n shoshgancha shippaklarini kiyishni boshladi, biroq labidagi o'sha bo'sa ta'mini tuyib, shirin xayollar ichida xonadan chib ketganini his qilib turardim.

Tahmiman yarim soatdan keyi, vannadan chiqib, kiyinish xonasiga kirdim. Y/n allaqachon pastga tushib ketgan edi. Javonni ochib, nigohim u tanlagan ranglarga tushdi — u bugun och qaymoqrang (cream) issiq svitshon va keng shim kiyibdi. Labimda beixtiyor tabassum paydo bo‘ldi. Men ham aynan o‘sha rangdagi, biroz kengroq bo‘lgan kashmir jemperni tanladim. Bizning "juftlik kiyimi" (couple look) haqidagi kelishuvimiz yo‘q edi, lekin qalbimiz bir xil narsani his qilayotgandek tuyuldi. Pastga tusharkanman, uyning har bir burchagidan hayot nafasi ufurardi. Mehmonxonada dadam kresloda o‘tirgancha, ko‘zoynagini burnining uchiga qo‘yib, diqqat bilan qandaydir qadimiy kitobni mutolaa qilardi. Uning yonida esa ukam yerga o‘tirib olgancha, o‘zining sevimli kamerasini qismlarga ajratib, linzalarini artib o‘tirardi. U shunchalik berilib ketgandiki, hatto yonidan o‘tganimni ham sezmadi. Oshxona ostonasiga yetib kelganimda, qadamlarimni sekinlatdim va eshikka suyanib, ichkarini kuzata boshladim. Bu manzara men uchun dunyodagi eng go‘zal rasmi edi. Oyim va singlim chuchvara tugish bilan band, Y/n bo‘lsa ularga yordam berib, xamir yoyardi. Uning sochlari biroz to‘zg‘igan, yuziga bilmasdan un tekkan, lekin u shunday baxtli jilmayib gapirardiki... Men uni kuzatarkanman, xayolimda faqat bir fikr aylanardi: "Qanday qilib shunday mo‘jizani uchratdim? U mening oilamning bir bo‘lagiga aylandi, go‘yo u doim biz bilan bo‘lgandek..." Uning har bir harakati, o‘zini tutishi, hatto oyim bilan kulishib gaplashishi menga haqiqiy xotirjamlik berardi. U mening dunyomdagi eng yorqin rang edi. Shu payt kimdir yelkamga turtganini sezdim. O‘girilib qarasam, ukam qo‘lida kamerasi bilan turibdi. U goh menga, goh oshxonadagi Y/n-ga qarab, og‘zi qulog‘iga yetib jilmaydi.

— Oho, akajon! _dedi u ovozini atayin balandlatib. — Bugun "Sut va asal" kuni ekan-da? Kiyimlar bir xil, ranglar bir xil... Hatto turishlaringiz ham bir-biriga o‘xshab qolibdi.

Oshxonadagilar baravariga eshik tomonga qarashdi. Y/n kiyimlarimizdagi o‘xshashlikni ko‘rib, qo‘lidagi o‘qlovni ham unutib, yuzlari lovullab qizarib ketdi.

— Voy, rostdan-a! — deb yubordi singlim kulib. — Hali kelishib olganmidingiz? Y/n, akam sizga qarab kiyinganmi yoki siz unga?

Oyim esa menga ma’noli qarab, ko‘z qisib qo‘ydi: — Bir-biriga talpingan ko‘ngillar ranglarni ham adashtirmay topib oladi-da...

Y/n yerga qarab, mahkam xamirga yopishdi, men esa ukamning bo‘ynidan hazillashib qisib, uni nariga yetakladim. Ich-ichimdan esa bu "fosh bo‘lishdan" mamnun edim.

Nonushta vaqti hazil-huzul va shirin suhbatlar bilan go‘yo bir zumda o‘tib ketdi. Dasturxon atrofidagi fayz hamma narsadan ustun edi. So'ngra men stulimga suyanganicha Y/n va oyimga yuzlandim.

- Xo‘sh, xonimlar, — dedim tabassum bilan. — Bugungi rejalaringiz qanday? Bugun nima bilan shug‘ullanasizlar?

Oyim va Y/n bir-birlariga qarab sirli jilmayishdi. Oyim Y/n-ning qo‘lidan tutib, menga ma’noli qaradi:

- Bugun biz ayollar kuni qilmoqchimiz. Y/n bilan shahardagi eng yaxshi zargarlik do‘konlariga tushmoqchimiz. Oilaviy an’anamizni bilasan-ku, o‘g‘lim... Kelinimizga atalgan maxsus sovg‘aning vaqti keldi. Unga munosib taqinchoq tanlashimiz kerak.

Buni eshitgan singlim darrov qo‘llarini bir-biriga ishqalab, gapga aralashdi:

- Men ham boraman! Y/nga qaysi rangdagi toshlar yarashishini men yaxshi bilaman. Qolaversa, mening ham "kichkina" ro‘yxatim bor...

Men ukamga qarab ko‘z qisib qo‘ydim va biroz xavotirli, biroz hazilomuz ohangda kuldim:

- Oho, demak, bugun erkaklarning hamyoni quriydigan kun ekan-da? Ukajon, kamerasiz chiqma, bugun kartalardagi pullarning "vidolashuv" lahzalarini rasmga olib turasan.

Hamma baravariga kulib yubordi. Y/n esa: "Yo‘q, shart emas, ovora bo‘lmanglar", deb xijolat bo‘la boshlagandi, oyim uning gapini kesdi: "Bu muhokama qilinmaydi, bolam".

-yaxshi unda hamma tayorlansin shaxar aylanamiz

Nonushta yakunlanib, hamma o‘z xonalariga tarqaldi. Men va Y/n ham yuqoriga, o‘zimizning sokin dunyoyimizga ko‘tarildik.

Xonaga kirishimiz bilan men eshikni sekin yopdim. Y/n deraza yoniga borib, tashqaridagi quyoshli havoga qarab turardi..

~menimcha bugun quyoshli havo bo'ladi kel yengilroq narsa kiyamiz

Y/n ko‘zguga qarab, sochlarini biroz tartibga keltirdi. Men esa javonni ochib, u tayyorlab qo‘ygan kiyimlarga qaradim. - Qaysibirini kiyamiz?

~mmm🤔 anavinisiga nima deysan?

U menga huddi hozirki kimimizga o'xshab ketadigan kiymlarni tanladi

-Chindan ham shu ranglarni tanladingmi? _ deb so‘radim jilmayib. U menga bosh irg'ab qo'ydi.

Birozdan so'ng xonamizda ohirgi marta ko‘zguga qaradik. Y/n o‘zining baland belli, keng jigarrang yubkasini to‘g‘irlab, ustidagi mayin oq kofitasining yenglarini biroz tortib qo‘ydi. Uning bo‘ynidagi ingichka zanjir esa bu nafislikni yanada oshirib turardi. Men uning yonida turib, o‘zimning och qaymoqrang ko‘ylagimning yenglarini shimimning rangiga moslab biroz qayirdim.

- Bugun juda go‘zalsan, _ deb pichirladim qulog‘iga.

Y/n menga o‘girilib, qo‘llarini bo‘ynimga tashladi. Uning ko‘zlari mehr bilan boqardi.

~Sen ham... Bu kiyimlar bizni chindan ham bir butundek ko‘rsatyapti, _dedi u jilmayib.

Uning lablaridagi shirin tabassumga chiday olmay, peshonasidan ohista o‘pdim. Bir necha soniya davom etgan bu sokinlikda bizga so‘zlarning keragi yo‘q edi. Men uni mahkamroq bag‘rimga bosdim. Bilardimki, pastga tushib, ko‘chaga chiqqanimizdan so‘ng bu tinchlik o‘rnini shovqin-suron egallaydi. Mashhurlikning o‘z bahosi bor

- ko‘chada odamlar bizni tanib qolishi, telefonlari kamerasini biz tomonga burishi aniq. Ayniqsa, bugun, "juftlik kiyimi"da bo‘lganimizda.

~ va men haqimda, kimligim haqida qidrishlari tabiy

-Tayyormisan? _deb so‘radim sekin.

- Tashqarida bizni kameralar va nigohlar kutmoqda.

Y/n qo‘limni mahkam qisib qo‘ydi: ~ Sen yonimda bo‘lsang, hech narsadan cho‘chimayman.

~uhh bo‘ldi ketdik _dedi u biroz hayajonlanib. - Oyimlar pastda kutib qolishdi.

Biz pastga tushganimizda, oyim va singlim allaqachon tayyor bo‘lib, zalda kutib turishardi. Singlim o‘zining nafis sumkachasini qo‘liga olarkan, bizga qarab:

- Ketdikmi, yulduzli juftlik? — dedi vazmin jilmayib.

Bu o'sha yulduzli juftlikning ko'rinishi👇

Biz ko‘chaga chiqdik va shahardagi markaziy zargarlik majmuasiga yetib keldik. Mashhur shaxs bo‘lganim uchun doimiy hamrohim. Oq niqobimni taqib oldim, lekin baribir odamlarning diqqat markazida ekanimizni sezish qiyin emasdi. Mashinadan tushib, zargarlik do‘koniga tomon yurar ekanmiz, atrofdagilar to‘xtab, bizning bu uyg‘unligimizga havas bilan qaray boshlashdi. Y/n-ning uzun yubkasi har qadam tashlaganida mayin hilpirar, mening klassik uslubdagi kiyimlarim esa uning nafisligiga erkakona bosiqlik qo‘shib turardi. Kimdir chekkada turib bizni videoga olarkan, men Y/n-ning qo‘lidan mahkam tutib, uni bu ortiqcha e’tibordan himoya qilgandek do‘kon ichkarisiga boshladim.

Do‘kon ichi yaltiroq chiroqlar va qimmatbaho toshlarning jilosidan ko‘zni qamashtirardi. Bu do‘konga asosan nufuzli insonlar va ularning oila a’zolari kira oladi. Oyim va singlim peshtaxtalar orasida xuddi o‘z dunyosiga tushib qolgandek sayr qilishar, Y/n esa ehtiyotkorlik bilan ularga ergashardi.

Bir payt oyim juda nafis, ustiga mayda zumrad toshlar terilgan tilla uzuk va zanjirni ko‘rsatib qoldi.

— Mana buni ko‘ringlar-chi! Y/n, sening ko‘zlaringdek yashnab turibdi, _ dedi oyim uni ayolimning qo‘liga tutqazib. Men esa chekkada turib, ularning bu quvonchini kuzatarkanman, ukamga pichirladim:

— Bo‘ldi, uka, bugun bankrot bo‘lishimiz aniq. Lekin ularning mana shu tabassumi uchun hamma narsadan kechishga arziydi, to‘g‘rimi?

Y/n o‘sha nafis zanjirni bo‘yniga taqib, ko‘zguga qaraganida, uning ko‘zlaridagi hayrat va baxtni ko‘rib, haqiqatan ham dunyodagi eng boy odam ekanligimni his qildim. Singlim V/s chekkaroqdagi peshtaxta yonida to‘xtadi. U ancha vaqt bir nuqtaga tikilib qoldi, so‘ng sotuvchidan juda nafis, ingichka va ustiga kichik yoqut tosh o‘rnatilgan tilla bilaguzukni ko‘rsatishni so‘radi. U bilaguzukni qo‘liga olib, menga ma’noli qarab qo‘ydi. Nigohida hazil va o‘yinqaroqlik ortiga yashiringan erkalik bor edi.

— Akajon... _ dedi u past ovozda.

— 🤦🏻 Uka, men oyim va Y/n-ni eplayman, sen singlimizga qara, xo‘pmi? _ dedim. Ukamning ham ko‘zlari katta-katta bo‘lib ketdi.

— Ahh, yaxshi, xo‘p, — dedi u va singlimning yoniga yo‘l oldi.

V/b : — Xo‘sh, singiljon, nima olmoqchisan?

V/s : — Voy, sekinroq... Qara, aka, men ularga birorta juftlik bilaguzugini olib bermoqchiman, homiysi sen bo‘lasan, kelishdikmi?

V/b: — Xo‘p, yaxshi. Bunisi nimaga?

V/s: — Bunisi endi... o‘zimga! Yana bir nechtasini tanlayman, xo‘pmi, akajon? 🙃V/b: — Voyey, voyey! O‘zining foydasi bo‘lganda "akajon", boshqa paytda shunchaki "aka"mi? 🤷‍♂️ Mayli, olib beraman.

Ukam va singlimga qarar ekanman, ularning nimanidir qizg‘in muhokama qilayotganini ko‘rdim. Singlim kutilmaganda xursand bo‘lib ketganidan bildimki, u ukamni o‘z so‘ziga ko‘ndira olgan edi — bu uning doimiy odati edi-da.

Hamma xaridlarini tugatib, chiqishga hozirlanayotgan bir paytda, men chekkadagi alohida shisha vitrinaga ko‘zim tushdi. Unda oq tilla va mayda brilliantlardan ishlangan, o‘rtasida oppoq marvarid donasi bo‘lgan juda nozik marjon turardi. U shunchalik begubor va nafis ediki, ko‘z oldimga darhol Y/n keldi.

U boshqa narsalar bilan band bo‘lganida, men sotuvchiga im qoqib, o‘sha marjonni alohida qadoqlatib oldim. Bu kutilmagan sovg‘a bo‘lishini istadim.

Zargarlik do'konidan chiqqanimizda, hammamizning kayfiyatimiz a'lo edi. Lekin bu hali boshlanishi ekanini bilardim. Navbat — kiyim-kechaklar bo'limiga!

- Akajon, qarang! _ singlim bizni zamonaviy butiklardan biriga boshladi.

Do'kon ichida Y/n va singlim xuddi kapalaklardek kiyimlar orasida uchib yurishardi. Men va ukam esa "sabr toshlariga" aylanib, qo'limizdagi paketlar bilan chekkadagi o'rindiqdan joy oldik.

- Aka, _ dedi ukam sekin pichirlab,

- zargarlikda bankrot bo'ldik deganingizda adashgan ekansiz. Haqiqiy "ofat" bu yerda boshlanarkan.

Men kulib, uning yelkasiga qoqib qo'ydim. Y/n bir nechta liboslarni kiyib ko'rdi.

~nima deb o'ylaysiz bu yaxshimi? _ u mening fikrimni bilish uchun menga yuzlandi.

-mmm yo'q bu seni rangingni biroz bo'g'ib qoydi....

V/m: ha bu unchakik yarashmadi. Boshqasini kiyib ko'r qizim _ biz ikkimiz ham onamning bu so'zidan biroz hushyor tortdik

~Ha yana bittasi bor edi. Hozir kiyib chiqaman _ u kiyinish xonasiga yana qaytib kirdi

Menimcha shu vaqt ikkimizning hayolimiz birhil edi va nim tabasum bilan labimiz chetini tishladik. U oxiri o'ziga juda yarashgan, nafis havorang ko'ylakni tanladi.

U oxiri o'ziga juda yarashgan, nafis havorang ko'ylakni tanladi. U kiyinish xonasidan chiqqanida, ko'ylakning ustidagi mayda zarralar xona chiroqlari ostida go'yo osmondagi yulduzlardek porlardi. Orqasidagi nozik bog'ichlari uning qomatiga yanada nafislik berib, xuddi u hozirgina sehrli ballga borishga tayyor malikaga o'xshardi.

Ashsh bu nimasi jin ursin u shu qadar chiroyli ko'rinyabdikiy. U nafaqat mening ayolim, balki qalbimning bir parchasi edi. Shu hayolar bilan turganimda Ukam meni Real haytga qaytardi. Chunkiy ukam ichaytgan suviga tiqlib qolgan edi. U asta sekin qo'li bilan og'zini surtib.

- Aka _ dedi ukam menga qarab pichirlab, - zargarlik do'konidagi tilla taqinchoqlar shunchaki metall ekan. Haqiqiy javohir mana shu bo'lsa kerak. Agar sizdan avval men uchratganimda, uydagilarga darrov "keliningizni topdim" degan bo'lardim.

Bu gapdan Y/n’ning yonoqlari loladek qizarib ketdi. Men esa kutilmagan rashk va g‘urur aralash bir hisni tuydim. Axir u endi shunchaki sevgan qizim emas, mening qonuniy rafiqam edi.

Ukamning yelkasiga biroz qattiqroq urib: -Og‘zingga ehtiyot bo‘l, uka, _ dedim jiddiy ohangda. - Esingdan chiqmasin, u endi sening yangang. Turmush qurganimizga endi bir necha kun bo‘ldi, lekin bu degani men uni qizg‘anishni to‘xtatdim degani emas. Bu "javohir" allaqachon o‘z manzilini topgan, shunday ekan, maqtovlaringni biroz "filtr" qilib gapir.

Keyin Y/n’ga yaqinlashib, uning qo'lidan tutdim va barmog'idagi nikoh uzugiga ishora qilib, ukamga qarab qo'ydim. Bu "u endi butunlay meniki" degan rasmiy ishora edi.

Y/n esa uyalibgina yengimdan tortib qo'ydi: ~ hoy Tata, qo'ying, ukangiz shunchaki hazillashdi-ku, _ deb pichirladi u.

- Hazillashsa ham, me’yorini bilsin, _ deb jilmaydim-da, uning qulog‘iga ohista egildim. - Bu ko‘ylakda shunchalik go‘zalsanki, seni hozirni o'zidayoq uyga olib ketgim kelyapti. Sening bu husningni faqat men ko'rishim kerak.😎

Shu payt kiyinish xonasidan singlimiz otilib chiqdi. U ham o'zi uchun kiyim tanlab bo'lgan edi, lekin Y/n’ni ko'rib to'xtab qoldi: - Voy! Y/n! — deb yubordi u hayratdan. - Bu nima go'zallik? Akajon, sizga qoyilman, shunday farishtani qayerdan topgansiz? Men o'zimga ko'ylak olaman deb chiqqandim, lekin sizni ko'rib, o'zimnikini kiygim ham kelmay qoldi. Xuddi ertaklardagi malikalarning o'zginasi bo'libsiz-ku!

Ukam vaziyatdan foydalanib, singlimizga qo'shildi: - Ana, ko'rdingmi aka? Faqat men emas, hamma hayratda!

Men esa Y/n’ni o'zimga yaqinroq tortib, g'urur bilan jilmaydim. Yangi oilaviy hayotimizning ilk kunlari mana shunday shirin rashk va iliq maqtovlar bilan boshlanayotganidan baxtiyor edim.

Bu ayolarni birgina kiyim yokiy zargarlik bilan aldash qiyin albatta singlim hali bilmasad onam va Y/n oshxona buyumlarini ham bir ko'zdan kechrib chiqishdi.

Nihoyat, xaridlarni tugatib, shaharning eng yuqori qavatida joylashgan, manzarali restoraniga yo'l oldik. Biz do'kondan chiqshdan avval. Dadamga xabar jo'natgan edim. Ular bizni restoranda kutib oldi.

Kechki shahar chiroqlari deraza ortida porlab turar, stolda esa mazali taomlar hidi anqirdi. Ovqatlanish jarayonida hammani charchoq emas, balki shirin bir mamnuniyat qoplagan edi.

- Bugun juda ajoyib kun bo'ldi, o'g'lim, — dedi oyim qo'limni mehribonlik bilan siqib.

Singlim va ukam hamon nimalarnidir tortishar, Y/n esa menga qarab minnatdorlik bilan ko'z qisib qo'yardi. O'sha lahzada tushundim: mashhurlik, boylik yoki odamlarning e'tibori bularning hammasi o'tkinchi. Eng muhimi mana shu stol atrofidagi yaqinlarimning baxtli nigohlari.

Ovqatlanishdan so'ng , mashinaga o‘tirganimizda onam va boshqalar dadamning mashinasiga o'tirdi.

-oyi birga katamiz deb o'ylagan edim

-men dadang bilan ketaman istasangiz kechki shar aylaning va vaqtingizni birga o'tkazing _ gapirmoqchi edim ammo_ - Kel muhokama qilmaymiz men ozgina charchadim _ deb qoldilar. Ular bizdan avval uyga ketshdi. Meni hayolimga hozirgi muhitga mos bir joy keldi. Menimcha unga ham yoqishi aniq. Navigatirni yoqdimda o'sha manzil tomon mashinani hayday boshladim.

~qayarga ketyabmiz _ so'radi tushunmay

-shoshma borganda ko'rasan _ oddiy javob berdim va birnecha daqiyqadan so'ng manzilga yetib keldik. Mashinadan tushishdan avval Y/nni to'xtatdim u menga nima segan savolda yoz ifoda qildi.🤷🏻‍♀️

- shoshma buni avval barishim kerak. Bilaman, oyim va singlim senga ko‘p narsa tanlashdi, lekin bu... bu faqat mendan, _ dedim-da, kichik qutichani unga uzatdim.

Y/n hayron bo‘lib qutini ochdi. Oq marvarid mashina ichidagi chiroq nurida sehrli tarzda jilolanib turardi. Uning ko‘zlari porlab ketdi.

-Bu juda go‘zal... Xuddi mening ismim kabi nafis, _ dedi u pichirlab.

Men unga yordamlashib, marjonni bo‘yniga taqib qo‘ydim. Oq marvarid uning oppoq terisiga shunchalik yarashib tushdiki, go‘yo u aynan Y/n uchun yaratilgandek edi.

-Senga oq rang juda yarashadi, xuddi mening niqobim kabi. Endi biz haqiqatdan ham bir-birimizga mosmiz — dedim hazil aralash uning qo‘lidan o‘pib.

-qani endi mashinadan tushamiz senga ko'rsatmoqchi bo'lgan joyim qarshimizda. Men mashinaning orqa o'rindig'idagi hoodie(hamma tushundi menimcha sovuq qotmaslik uchun kiym) ni ollib unga kiyg'zdim.

-bugungi kunni yakunlash uchun eng yaxshi joy shunday emasmi? Men senga bu yoqsa kerak deb o'yladim ahir didimiz deyarliy birhil ku😉

~huddi tug'ilgan nasnalarmizga o'xshab 03.12.2005-30.12.1995.

-~Va mbti miz ham INFP 😁 biz ohirgi so'zni birgalikda aytgamiz uchun kulib yubordik

Ep6 shu joyida yakunlanadi....

Agar hatov va kamchilik bo'lsa uzur. 🙃