September 17, 2025

BEGONA

My stranger!

#Ep_12 | 18+🔞

Jungkook: ... bu muammo emas. Ammo siz-chi? Aytmoqchiman-ki, xohlasangiz xohlasangiz Koreyaning o'zidan ikkingizga uy rasmiylashtirib bera olaman.

Dong Jun: yo'q jiyan, sen meni noto'g'ri tushunding.

Stulidan biroz qo'zg'alib Jungkookka yaqinroq o'tirgan erkak tomoq qirib so'zida davom etdi.

Dong Jun: Fransiya patron'lari yana qo'zg'aldi. Perrain lar qo'l ostidagi consigliere lar tashkil qilayotgan ichki hukumat davlatga ta'sir ko'rsatyapdi. Men va menga o'xshagan frontal perrain lar yana tizimni avvalgi holatga qaytarishga urinyapmiz. Shuning uchun ham borishim kerak. Yana bir reysga chipta olib qo'yganman, birozdan keyin uchib ketaman.

Vatanidagi katta qo'zg'alishdan yuragi uvushib ketgan Jungkook chuqur o'ksindi-yu ammo buni amakisiga bildirmadi. Hozir Fransiya katta xavf ostida ekanligi aniq. Demak, u yerga hozir bora olmaydi. Kaylani ham u yerga olib ketish xavf tug'diradi. Tartibga kelgan rejasida hosil bo'lgan katta burilishlarni ko'rib hafsalasi pir bo'lgan Jungkook bir muddat sukut qildi.

Jungkook: Taehyung va men bir muddat ta'tilni uzaytirishimiz kerak ekan-da, shundaymi?

Dong Jun: afsuski shunday! Ichki hokimiyatlar o'z o'rniga tushgach yana Floy ikkingiz ilgarigidek Fransiyada yashayverasizlar! Sevgilingni bu haqida ogohlantirdingmi?

Jungkook: ha, u hammasidan xabardor. Nikohdan keyin uni Fransiyaga olib ketishim haqida aytgan edim. O'sha yerda to'y qilmoqchi bo'lib yurgandim

Dong Jun: La mafia ne fait pas de mariages Conrad Schramm! ( mafia to'y qilmaydi Conrad Shramm! )

Sof fransuz tilining moslashgan aksentida o'ta ravon va buzishlarsiz talaffuz qilingan gaplardan qoshlari uyilib ketgan yigitcha amakisiga ko'z tashladi. Erkak mutlaqo jiddiy, unga ilgari bu haqida hech kim gapirmagani aniq.

Jungkook: unda... nima qilishim mumkin?

Dong Jun: nikoh yarim soatlik bo'ladi va bu to'yni ham o'z ichiga oladi. Nikoh shartnomasini senga hech qanday yugur-yugurlarsiz rasmiylashtirib berishadi. To'yingni hech kim ko'rmaydi! Mana shu mafianing to'yi bo'ladi, jiyan!

Jungkook: juda sodda emasmi?

Dong Jun: murakkablik sening uslubing ekanini bilaman. Lekin ba'zida barchasini boshqacha qilaman deb aksincha chigallashtirib qo'yishing ham hech gap emas. Unutma buni!

Otalarcha maslahatidan keyin og'izga yana bir luqma go'sht solib emin-erkin chaynagan erkak e'tiborini taomga qaratdi. Uning gaplarida qaysidir ma'noda jon bor. Har doim ham u xohlaydigan tuqori pog'onalar to'laligicha va ixtiyordagicha zavq bermasligi mumkin. Lekin bu degani Jungkook bu fe'lidan shundoqqina kechib ketadi degani emas. Obdon bosh qotirib salatga qo'l cho'zayotgan amakisiga qadalgancha labini tishlab jim qoldi. Xo'sh, u bu soddalikning uddasidan chiqa oladimi?

~

Diydirab yotoq ustidan sudralgancha orqaga harakatlanayotgan qiz yigitning harakatlariga qancha urinsa ham tushuna olmasdi. U nima qilmoqchi, nima xohlaydi, yana zo'rlaydimi? Bular mutlaqo noaniq. Qiz biladigan yagona haqiqat bu Taehyungga nisbatan kuchayib borayotgan nafratining yana-da ortayotgani.

Qizdan uzoqlashib patnisdagilarni birma-bir tumba ustiga qo'yayotgan yigit bir xil ko'rinishda qotib qolgan qizga nigoh tashlab qo'ygancha patnisni bo'shatdi. Sohining biror nima qilish niyati yo'q.

Taehyung: bir marta aytish kammi sen uchun? Kiyimingni yech dedim!

Qo'llarini cho'ntagiga solgancha buyruq qildi yigit yana.

Sohi: ... tegmang! Yo'qsa... yo'qsa o'zimga bir nima qilib qo'yaman. Bularga chidolmayman Taehyung tegmang menga bo'ldi qiling!

So'nggisida yig'lab yuborgan qiz yotoqqa mushtlab zorlandi. Tumbaga omonat suyanib o'tirgan Taehyung esa tobora jazavaga tushib borayotgan qizning ahvoli batar bo'lmasligi uchun jim bo'lib lablarini qimtib yerga qaradi. Bir muddat tin olgach tumba ustiga qo'yilgan surtma malhamni qo'liga olib siqimlagancha o'zi Sohiga yaqinlashdi. Qizning titrab turgan bilagidan tutib o'ziga tortdi-da uni butunligicha ostiga olib ko'ylak yelkalariga yopishdi.

Taehyung: senga xizmatkor emassan deganimda gapilarimga qarshi chiqasan. Meni aqldan ozdirishni sevasan. Shundan rohatlanasan. Gapimga keskir javob qilib yana mendan yordam talab qilasan. Kiyimingni yech desam qo'rqyapman deysan, lekin ikki qadam uzoqlashganimda menga o'shqira boshlaysan!

Sohi: TEGMANG ILTIMOS QILAMAN!

Taehyung uning biror gapiga javob qilmay qarshiliklariga qarab o'tirmay kiyimlarini tanasidan yulib olarkan Sohi gavdali yigitning oyoqlari orasida ichki kiyimlarda qoldi. Qo'pollik bilan qizni qayta o'rnidan turg'azgan Taehyung esa kuch bilan uni orqa o'girib bo'ynidan kaftini noziklik bilan o'radi. Bo'g'ib qo'ymaslik uchun kuch ishlatmadi. Surtma og'zini uzun barmoqlari bilan amallab bir qo'lda ochdi-da qizning kamar zarbidan momataloq bo'lib ketgan tanasidagi izlar ustiga sura boshladi. Biroz achishish va sovuqlikdan eti jumbushga kelib dirillagan Sohi yig'ini davom ettirgancha undan tegmaslikni so'rardi.

Taehyung: hammasiga o'zing aybdorsan! Har bir izga sen aybdorsam Sohi. Bo'ynimgdagi barcha imkoniyatlarni o'zing o'z qo'llaring bilan yechib tashlaysan doim!

Sohi: Men aybdor emasman! MEN BORMADIM U YERGA! O'Z XOHISHIM BILAN BORMADIM!

Taehyung: unda kim olib bordi seni? Gapir, inson hech bo'lmaganda elas-elas eslashi mumkin Sohi! Butkul unutish yoki eslolmaslik aqlga sig'maydi.

Sohi: eslay olganimda aytgan bo'lardim. Ularni yashirishdan menga nima foyda, tegmang dedim tinch qo'ying meni!

Tanasini siltanib ortidagi yigitdan tortib olishga uringan har bir harakati natijasiz qolar ekan Taehyung qizning ortidagi ko'karishlarga malham surishni yakunlab avvalgi qo'pollik bilan uni o'ziga qaratdi. Titroq qo'llarini ko'ksiga yopib jovrayotgan qizning ko'zlariga g'azabdan daxshatli tus olgan ko'zlarini tikib turgan yigit rahm nimaligini bilmaydiganga o'xshardi. Sohining qorachiqlari ko'p yig'laganidan so'lib qolgan. Ko'z atrofi shishib qizara boshlagan. Qizdagi o'zgarishlar yigitni bo'shashtirib biroz bo'lsa-da hovuridan tushirdi. Nigohlar insonni tinchlantirish uchun ulkan kuchlar ekanligi mana yana bir marta isbot topdi. Yigit qizning nigohlaridan haqiqatni, qiz esa qarshisidagi qorachiqlardan shafqat izlardi. Ikkisining ham keskin harakatlari vazminlashib qoldi. Taehyung nigohlarini qizning ko'zlaridan uzmagan holatda ko'ksini yopgan bilaklarni pastga tushirishga harakat qilar ekan buni uddalay olmayotgani uni asabiylashtirdi.

Taehyung: o'jarlik qilma! Senga yaxshi bo'lsin deyapman!

Amallab kaftlar ikkiga ajratildi. Qizni ikkala qo'llaridan tutib yostiqqa bosgan Taehyung bilaklarni birlashtirib bir qo'lida tutgancha malhamni qo'liga oldi.

Sohi: tegmang dedim! Tegmang menga!

PovSohi.

Men bunday harakatlarga arzimayman. Bularga arziydigan ish qilmadim. Unga ahvolimni har qancha tushintirmay baribir u qo'polligini qo'ymayapdi. Unga bo'lgan hislarim o'lib o'rnini nafrat egallamoqda. Taehyung o'ziga bo'lgan hurmatimni bir pul qilyapdi. Uning gaplarini o'ylab ko'rmoqchi edim. Uning hislarini qabul qilmoqchi edim. Lekin u barchasini yo'qqa chiqardi. O'zi osmonlarga ko'tardi-yu yana o'zi yer bilan bitta qildi. Tipirchilab barmoqlari orasidan chiqib ketishga harchand urinsam-da unga kuchim yetmasdi.

Sohi: jonimga tegib ketdi Xudo haqqi jonimga tegdingiz, TORTING QO'LINGIZNI!

Bor ovozda baqirib chinqirishim bilan pastki ichki kiyimim kuch bilan yirtib tashlanganini sezib jimib qoldim. Chuqur-chuqur nafas olayotganim sababli tushib chiqayotgan ko'ksim bilan hamohang tarzda kislorod yutar edim. Taehyung ichki kiyimim bo'laklarini uloqtirib ko'zlarimga qaradi. Bu tulki nigohlarga qarashga juda ham uyalyapman. Aslida men emas u uyalishi kerak. Menda vijdon bor-da shuning uchun ham uyalaman jin ursin!

Taehyung: oyog'ing orasini och!

Kutilmaganda berilgan savoldan qotib qoldim. Hammasini chilparchin qilib endi davo bo'lmoqchimi?

Sohi: istamayman! Sizni istamayman deb necha marta aytishim kerak, tushunmayapsizmi meni...

Gaplarim og'zimda qolib ketdi. Oxirigacha yetkaza olmadim. Labimga kuch bilan bosilgan o'zga lablar ta'siriga tushib ko'zlarim kattalashib ketdi. U meni tinchlantirish uchun olayotgan bo'salari meni harakatdan cheklab qo'ydi. Musht qilgan qo'llarim yoyilib o'z-o'zidan vazminlashdim. Men xohlamayman. Uning ta'sirida tinchlanishni xohlamayman. U menga og'riq keltiradigan harakatlar tufayli asira bo'lishni istamayman. Afsuski men bunday kuch oldida istamagan holatda ojiz edim. Bundan qutulishning yagona yo'li ham yo'q edi.

Hammasi chigallashdi. Bo'salar, tegishlar, silashlar. Ammo har biri faqat yigitda amalga oshayotgani bois bular ta'sirli emas, og'riqli edi. Taehyung asiridagi lablarni qiynoqqa solib qizni chalg'itish barobarida malham surilgan qo'lini pastga tushirardi. Qizning bandi qo'llari va tanasida sezilar sezilmas titroqni his qilib bu ehtirosdan ekanligiga amin bo'lgan holda ishida davom etardi. Lablar mohirlik bilan egallanayotgan bir paytda malhamdan silliqlashgan barmoq klitor* lablarini avaylab siladi. Ostidagi ishqalanishni sezgan qiz lablarini siltanib yigitdan uzmoqchi bo'ldi, tipirchiladi, xalaqit qiluvchi harakatlarni amalga oshirdi. Lekin ostidagi barmoqlardan xalos bo'la olmadi. Oyog'ini yopishga harchand urinmasin harakatlari zoye ketib faqat yigitning bilagini sonlari orasida qisardi xolos. Malhamni surishni amallab eplayotgan yigit nihoyat qizni tinchlantira oldi. Hammasiga tan berib bo'shashib ketgan qiz halqumiga yig'gan havosini chuqur ingranish bilan Taehyungning lablari orasiga qo'yib yubordi. Dimog'iga kirgan qo'shimcha haroratdan ta'sirlangan yigit esa bir surish bilan barmoqlarini qin* ichiga olib kirdi. Sekin astalik bilan barmog'ini harakatga keltirib malhamning qolgan yuqini qin ichidagi jarohatlarga surdi. Birinchi aloqa* juda qo'pol tarzda kechgani sababli Sohining yurishga qiynalayotgani Taehyung ko'zdan qochirmagandi. Shuni davolashni o'z bo'yniga olgan yigit mana endi uning o'jarliklariga ham qarab o'tirmay barcha malhamlarni o'zi surmoqda. So'nggi marta qarshi dudoqlarni shimib tortgancha undan uzilgan Taehyung ko'zlariga qaradi. Bo'saning ta'sirida hech nima qila olmay qolgan qiz ko'zlarini qattiq yumgancha jimib qolgandi. Faqat onda-sonda qimirlab yigitning changalidan ozod bo'lish haqida o'ylar edi.

Taehyung: men qilayotgan ishimga shaxvat va ehtirosni aralashtirishni yoqtirmayman. Lekin ishim sen bo'lganingda... buni rad etish shunchaki ahmoqlik bo'ladi!

Bilaklarni ozod qilgan barmoqlari bilan titrab o'zini tutishga, osti*dagi barmoqlardan ta'sirlanmaslikka harakat qilayotgan qizning sochlarini ohista siladi.

Taehyung: meni tushunishingni istayman. Hirsim tufayli meni ayblama sevgilim! Hirsimni va aqlimni shu ko'yga solgan o'zingsan!

Sohi: meni aybdor qilish qilganlaringa tovon to'lashdan ancha osonroq, shundaymi Kim Taehyung?

Ko'zlari yumuq holatda jizzakilik bilan aytilgan gaplardan qotib qolgan Taehyung nima qilishni va nima deyishni bilmay qoldi. Qizdan o'ziga nisbatan olgan hurmatsizlikni sira kutmagandi. Albatta bu tabiiy.

Taehyung: nima deding hozir?

Sohi: aytadiganimni aytdim! - ko'zini ochib asabiylik bilan o'rnidan turib ketdi.

Taehyung: tushunmadim senga Sohi!

Sohi: nima deb o'ylaganding? Tazyiq o'tkazsam, xo'rlasam, azoblasam bariga chidab yana menga qaytadi deb o'ylaganmiding? Yo'q Taehyung! Sen zolim qotilsan. Senga bo'lgan hislarimni paydo bo'lmasidan ilgari yo'qqa chiqarding. Bir tekisda ketayotgan hayotimni jahannamga aylantirding. O'z hashamating ichiga qamal qilib yuragim, men va tanam bilan o'yin qilding. Bir kun singlim bilan tahdid qilishdan ham toymaysan!

Taehyung: behurmatlik qilyapsan Sohi!

Tishini tishiga bosib g'azabini zo'rg'a boshqara olgan Taehyung Sohiga zimdan qarab turardi.

Sohi: jin ursin sening hurmatingni ham o'zingni ham! Jonimga tegding, qiliqlaring hiqildog'imga keldi. Senga nisbatan hech nimani his qilmayman Xudoning balosi! Ha men o'z oyoqlarim bilan borganman clubga tushunarlimi? Club xo'jayini tanishim bo'ladi. Xo'sh yetib bordimi Kim Taehyung. SENI KO'RGANI KO'ZIM YO'Q. SENI KO'RISHNI HAM OVOZINGNI ESHITISHNI HAM ISTAMAYMAN! TUSHUNYAPSANMI? XOHLAMAYMAN SENI! Xohlamayman... x.xohlamayman.n.. x.xohlama...

Ovozi borgan sari yo'qolib ko'z qorachiqlari yuqoriga ko'tarilib ketgan qiz soniyalar ichida titroq tanasi bilan yerga quladi. Yotoqdan qanday qilib sakrab tushganini bilmay qolgan Taehyung zumda qizga yaqinlashdi. Kuchli asabiylashish ta'sirida hushini yo'qotayotgan Sohining boshidan tutib yuziga shapatilay boshladi.

Taehyung: S.sohi.. Sohi ko'zingni och.. Sohi!

~

Mudhish hodisaning xabarini telefon orqali eshitib xabardor bo'lgan Jungkook kunning qolgan yarmida Taehyungning ishlarini to'liq bitirish payida bo'ldi. U rejalashtirgan uchrashuvlardan tortib kompaniya masalalarining barchasini hal qildi. Amakisini kuzatib qo'yish uchun uncha ko'p vaqt sarflamay qolgan ishlarini vaqtida bitirib olgan Jungkook ayni damda biroz kech bo'lishiga qaramay uning virusli kasalligini doimiy nazoratga olgan shifokorning ko'rigida navbat kutish bilan band edi. Undan oldin kirib ketgan ayolni tekshirishga ko'p vaqt ketmadi shekilli chiqishi bilan Jungkook o'rnidan turdi. Hamshiraning chorlovi bilan ichkariga kirgan yigit eshikni yopib shifokor bilan ko'rishdi. Ayol taklif qilgan joyga o'tirib ertalab topshirib ketgan qon tahlillarini tekshirayotgan shifokorga sinchkovlik bilan qarab turdi.

— o'zgarish yetarlicha janob Jeon. Sog'ligingizdagi ijobiy natijalar bilan tabriklay olaman sizni.

Jungkook: sizning yordamingiz beqiyos bo'ldi!

— xursandman. Virusning pasaygan miqdori uning blok bo'lib borayotganini qisman tasdiqlaydi. Immun tizimingizni meyorlashtiruvchi yana bir ikkita preparatlar yozib beraman. Hammasini qabul qilishingiz lozim! Bu virusning blok bo'lishga ketadigan davrni kamaytirishga yordam beradi.

Jungkook: yaxshi! Haligi... doktor! Bir narsa so'rasam degandim!

— eshitaman!

Jungkook: siz virusning so'lakdan yuqishi mumkinligini aytgandingiz. Bu bo'sa davomida bo'lishi mumkinmi?

Yigitning dab-durustdan berilgan savoli tufayli kulgusi qisatagan ayol undagi erkaklik garmonlarining aloqa*ga qanchalik muhtojligini anglab turgandi.

— janob Jeon! Bu qanchalik jirkanch bo'lishi siz va menga ma'lum lekin aytishim mumkin-ki, 5l ( litr ) so'lak yuttirganingizdagina siz kontaktga kirishgan insonga OITS kasalligi ORV shaklida yuqishi mumkin. Buning iloji bor deb o'ylaysizmi?

Eshitgan gapidan dong qotib qolgan Jungkook kun davomida eshitgan eng yaxshi xabari tufayli xafa bo'lishni ham xursand bo'lishni ham bilmas edi. Endi u Jiwondan qasos olish uchun ham uning ko'z oldida Kayladan foydalana oladi. Hozirdanoq tanasida balqib borayotgan kuchli xohish o'ziga qarshi chiqib iblisona tabassum lablarini egalladi. U aniq biladi, endi g'alaba aynan Jungkookning ortidan izma-iz yuguradi. Bunga amin bo'lmaslikning iloji yo'q..

~

Yana bir natijasiz kunning charchoqlari bilan yelka suyaklarini qirsillatgancha uyga kirishi bilan to'g'ri oshxonaga o'tdi. Kun ancha kech bo'lganini hisobga olganda barcha xizmatkorlar o'z xonalarida dam olardilar. Oshxonaning bo'shligiga ishonch hosil qilib grafindan stakanga suv quygancha muzlatkich yoniga borib undan biror yegulik topish maqsadida eshigini ochganida oshxona chirog'i yondi. Hayron bo'lib harakatdan to'xtagan yigit sekin ortiga burilganida bishqa stakanga suv to'ldirayotgan Jiwonni ko'rib ensasi qotdi-yu muzlatkich eshigini yopdi.

Jungkook: mendan keyin kam ko'stsiz yashayotganinga aminman!

Jiwon: afsus sen haqingda bunday deya olmayman.

Jungkook: nima demoqchisan?

Jiwon: mendan keyin - quygan suvini juda vazminlik bilan ichdi-da qolganini chaqatgancha Jungkookka qaradi - kelib-kelib shu qizni topdingmi?

Jungkook: uning nimasi senga yoqmadi?

Jiwon: aytaylik, 18 yoshli balog'atga zo'rg'a yetayotgan qiz... umid qilaman-ki, u men bergan narsani senga yetkazib bera oladi.

Jungkook qizning nimaga sha'ma qilayotganini fahmlab ko'zlarini g'azab va taslimlikdan qisdi. Labi chetidagi sovuq temir bo'lagini tili bilan asabiy o'ynab uning keyingi gapini ham sukut bilan tingladi.

Jiwon: muvvafaqiyatsizliklarimg orasidagi yana bir xato bilan tabriklayman erimning jiyani Jeon Jungkook!

Jungkook: men xatolar qilishni sevaman, Jeon xonim! Ayniqsa qizlar bobida.

Jiwon: sening eng katta xatoying meni boy berganing edi buni unutma!

Jungkook: amakimning tuganmas boyliklari ko'zingni shamg'alat qilmaganida hozir qorningdagi embrion mendan bo'lgan bo'lardi.

Jiwon: aslida hammasi qanday ekanini bilmay turib farzandimga til tekkizma. U senday landovur bo'lmaydi.

Jungkook: ishonaman-ki u onasiga o'xshagan qizni sev8b qolmaydi.

Jiwon: onasi sevishga va kurashishga arzir edi!

Keskin Jungkookka yaqinlashgan Jiwon deyarli o'shqirib yubordi. Ancha yillardan so'ng qizni yana shunday yaqindan ko'rayotgani uning uchun baxtdek tuyila boshladi.

Jungkook: ko'zlaring munglashib qolibdi. Amakim qondira olmayapdi shekilli?!

Jiwon: farzandim otasiga til tekkizma!

Jungkook: nega menga nisbatan ham shunday vafoli bo'la olmading, Jiwon? Birga qilgan orzularimiz uchun yashayotgandim axir. Sen ketding-u tirik murdaga aylandim qoldim .

Yigit tomonidan keskin burilgan mavzu Jiwonning biroz bo'lsa-da vazminlashishiga sabab bo'ldi. Jungkookdan bir ikki qadam uzoqlashib ko'zlariga uzilishsiz boqib turar ekan zinalarda eshitilgan ovoz tufayli ikki ham o'sha tomonga qaradi.

Kayla: k.kechirasiz, suv ichmoqchi edim!

Zina tutqichini omonatgina tutgancha oshxonadagi juftlikka qo'rquv bilan qarab turgan qiz bu yerda nimalar bo'layotganini tushunmay bur Jungkookka bir Jiwonga qarab qo'yardi. Vaziyatdan foydalanib Kayla tomonga qadam tashlagan Jungkook yuragidagi achishish bilan qizga yaqinlashdi. Bu hozirning o'zida eng to'g'ri qaror edi. Kaylaning ro'parasiga kelib to'xtagan Jungkook tushunarsizlik bilan o'ziga tikilib turgan soddagina qizchaning belidan tutgancha o'ziga tortib lablariga labini bosdi. Begona dudoqlar taftni his qilar ekan ancha yillardan buyon qo'zg'algan ehtiros o'z egasiga taqdim qilinayotgan edi...

.

.

.

12 qism tugadi
.

.