August 25, 2025

BEGONA

My Stranger!

BEGONA | #EP9 | (18+)

Taehyung: Sohi ??

Lablarim orasidan pichirlab chiqqan ism xonaga yoyilmasdan faqat o'zimga eshitildi. Shu kungacha tasavvurimni qahva tayyorlovchi sodda qiz bo'lib to'ldirgan qiz bugun qarshimda aloqa* istayotgan foxisha* bo'lib ko'rinayotgandi. So'kingancha egnimdagi kostyumimni yechib polga uloqtirarkanman navbatida kamarimni ham bo'shatdim.

Yotoqqa yaqinlashib uning sochlarini qo'limga tuggancha qichqirishiga ham qaramay teskari yotishiga majburladim. Ko'rganlarim meni telbaga aylantirishi hech gap emas. Tishlarimni bir-biriga bosishni uddalay olmayapman. G'azabimdan ko'ra ko'proq aldanish hissi miyamni qamrab olgandi. Kamarimni qo'limga 1-2 o'rab kuch bilan Sohining kiyim yopa olmagan badaniga zarba berdim. Kuch bilan qichqirib yig'lagan qiz yana-da g'azabimni kuchaytirardi. U aniq nimadir qabul qilgan. Ammo nega bu yerda? Nega mendan uyalmayapdi?

Bor g'azabini ko'zlarida namoyon qilib yana bir kamar zarbasi bilan qizni chinqiratgan yigit yig'idan ingragan Sohininh ovozidan sochlarini changallab baqirdi.

Taehyung: o'chir, o'chir! JIM BO'L JIM BAQIRMAAA~ OVOZING CHIQMASIN ESHITISHNI ISTAMAYMAAN~

Aqldan oza boshlagandek xonada ovozi boricha o'shqirgan yigit zor titrayotgan qizga keyingi zarbani yo'naltirdi. Yana... yana bittasi... keyingisi.... kamar zarbidan qizarib qontalash bo'la boshlagan tana titrab nafas olayotgan qizning buzilgan husniga loyiqdek ko'rinardi yigit uchun. Ko'zyoshlarim bo'yoqlarni bir-biriga qorishtirib Sohining yuzini shunchalik abgor ahvolga keltirgandi-ki chehrasini siqimlab o'ziga qaratgan Taehyung ham bu yuzdan avvalgi sevgilisi bo'lgan Sohini qidirardi. Avvalgi o'zi bilgan beg'ubor, o'zi bilan sodda, o'zi bilgan yuvosh qizni izlardi.

Taehyung: hali foxishaman degin! Foxishamisan hali? GAPIIIR KIMSAN ASL YUZING QAY BIRI SENI IFLOS? MEN SENGA NIMALAR BERMADIM, NIMALAR QILMADIM SEN UCHUN! SEN NIMA QILDING YUZSIZ??🗣

Qizning sochini mushtiga tugib yuzini o'ziga qaratgancha qattiq ovozi bilan unga baqirar ekan keyingi zarba qizning ortiga kelib tushdi. Dodlab ko'zlari yumila boshlagan qiz keyingi kuchli to'lqinni qabul qila olmay hatto ovozini ham chiqara olmay qoldi. Tanasidagi titroq kuchayib yon tomonga yiqilar ekan sovuqda qolib ketgan odamdek dir-dir qaltirar edi. Sohi Taehyungni tanimas, uni kim bunchalik kaltaklayotganini tushunmasdi. Bilgani faqat tanasidagi azoblar, kuchli achishish va boshqarib bo'lmas qaltirash. G'azabdan bo'g'ziga tiqilgan havo tufayli bilinar-bilinmas hansirash bilan nafas olib chiqarayotgan yigit Sohini bir muddat kuzatib turdi. Yoyilgan sochlari yuziga tushib har nafas olganida titrayotgan tolalar qizning ko'zyoshlardan abgor bo'lgan yuzini ko'rishga omkon bermayotgandi. Kamarini siltalab shimiga qayta joylayotgan yigit so'kinib xonadan kostyumini izlay boshladi.

Taehyung: fuck* u hech nimani bilmayapdi.

Sochlarini siqimlab ortga olgancha yotoqda diydirab yotgan qizga bir muddat qarab turdi-yu kostyumini uning ustiga qo'pol harakatlar bilan yopib yelkasiga ko'targancha xonadan olib chiqib ketdi.

~

Deyarli 10 daqiqadan beri boshim og'rig'i to'xtashini kutib derazadan tashqariga qaragancha bir ahvolda o'tirardim. Qanday qilib vannada, suv ichida uxlab qolganimni haligacha tushunmayapman. Aqldan ozgan odam ham bunday ahvolga tushmasa kerak. Yana mening egnimda kiyim yo'q edi. Jungkook men haqimda nima deb o'ylagan ekan-a? Har xolda uning nima deb o'ylashidan ko'ra uning menga biror nima qilgan yoki qilmagani qiziq. Menga begona bir erkak qarshisida yalang'och holatda yotganim yaxshi bo'lmasdi albatta. Lekin men nima qildim, vannada shu ahvolda uxlab qoldim.

Kayla: ouuff~ Kayla, biram ovsarsan-ki!

Ming'irlab kaftim bilan ko'zlarimni yopgancha ularni qattiq ishqab biroz tin oldim. Kuchli bosim bilan og'riq berayotgan boshim ko'zlarimga ta'sir qilib ybu yerda ham o'tira olmadim. Xonaga qaytganimda xonaning ham havosi bo'g'a boshladi. Odatda boshi berk ko'chada qolib ketsam albatta su'rat chizardim. Bu ketishda ancha payt yura olmasligimni tushundim-u xonamdan chiqdim. Jungkookning ishlaydigan xonasidan biror nima topish umidida o'sha yoqqa yo'l olar ekanman kechki payt bo'lishiga qaramay uyda Jungkook ko'rinmasdi. U ko'chada ham yo'q. Demak, yana qayoqqadir yo'l olgan.

Kayla

Xonaga kirishim bilan tartib bilan joylashtirilgan ish stoli, o'tirish uchun munosib joylashtirilgan yumshoq o'rindiqlar va papkalar hamda aksessuarlarga to'la jihozlangan javon ko'rinish berdi. U faqat yotoqxonasida shunday betartibmi yo u yerga xizmatkorlar kirishmaydimi? O'zimcha o'y xayollar bilan band bo'lgancha xonani aylanib qog'oz va qalam izlay boshladim. Bilaman, bu yerdan mening oliy sifat mo'yqalamlarim kabi ish qurollarini topish ancha mushkul, shunga qaramay baribir harakat qilib ko'rmoqchiman. Noutbooki joylashgan ish stoliga yaqinlashib yonidagi tortmalarni birma-bir ochib ko'ra boshladim. Eng so'nggisiga kelganda hafsalam pir bo'la boshlagandi. Ammo tortmaning sal ichkarirog'ida bir o'ram oq qog'oz borligini ko'rib ko'zlarim yonib ketdi.

Kayla: nihoyat~

Quvonchdan porlab butun boshli o'ramni oldim-u stol ustiga qo'ydim. Ichidan bitta qog'oz olish uchun ham uni ancha muncha titkilashimga to'g'ri keldi. Ichidan qalinrog'ini qidirdim. Lekin jin ursin hammasi bir xil ekan.

Kayla: aqalli bittasi qalin bo'lganida edi! Mayli, hech bo'lmasa topdim-ku!

Xuddi o'sha joydan qalam ham topib darrov xonadan chiqdim. Ish stolini alg'ov-dalg'ov qilganim yetmaganday tortmani ham yopdimmi yo'qmi bu ham esimda yo'q. Hamma narsasi to'kin sochin va yetarli yigitning shunday hayotiga menday bir befarosat kamlik qilayotgan ekan, mana meni ham topdi. Endi menimcha o'lsa armoni yo'q. Ishim o'zim tomonimga bitgani sababli xursand bo'lib yugurib zinalardan tushdim. Hali tun cho'kmagan, lekin osmon qizarib kelayotgandi. Bu payt rasm chizish uchun ancha qulay, ilhombaxsh dam. Jungkook uyda yo'q, men esa inson tanasini chizmoqchiman. Xayolimda allaqachon chizib yakunlangan erkak tanasini qog'ozga tushirish maqsadida ko'chaga chiqdim.

Kayla: bog' rasm chizishim uchun ancha qulay joy menimcha!

Allaqachon ishini tugatgan bog'bonlar tufayli bo'shab qolgan bog'ga ko'z tashlab qanday o'tirsam qulay bo'lishini tasavvur qildim. O'z sevgan ishim bilan mashg'ul bo'layotganimga ishongim kelmasdi. Bog' tomonga yo'nalar ekanman, ilk kelgan kunimda mashina eshigini ochib bergan yigitning qarshisidan o'tib bog'ga kirayotganimda miyamni chertgan fikrdan quvonib ketdim. Hozir Jungkook uyda yo'q. Demak o'z xohishimdagi ishni amalga oshirishim mumkin.

Kayla: sizni bir daqiqaga mumkinmi?

— ...

Mutlaqo sukut saqlab turgan yigit nigohini yerga qadab so'zimga javob qaytarmadi. Hayron bo'lgancha unga yana bir qadam yaqinlashganimda mendan bir qadam uzoqlashdi.

Kayla: yordamingiz kerak, h.haligi... men rasm chizmoqchi edim. - qo'limdagi qog'ozlarga ishora qilib vaziyatni tushuntirishga urindim. - sizni chizsam bo'ladimi?

Yerga qaragan boshini men tomonga asabiy ko'tarib qoshlarini chimirgan yigitning g'azabi xuddi Jungkookniki kabi qo'rqinchli edi. G'alati hadiksirash bilan qo'limdagi qog'ozni quchog'imga yaxshiroq bosib indamay bog'ga kirdim. Mendan 4-5 qadam nariroqda turgan yigitni o'g'rincha kuzatib ish qurollarimni tartiblay boshladim. Tayanch yo'q bo'lgani sabab qog'ozni tizzam ustiga qo'ygancha o'zgarmas qomat bilan qad rostlagan yigitning bo'y-bastini xomaki qolip sifatida qog'ozga tushirdim. Qo'lidagi avtomatini ham unutganim yo'q. Egnidagi charm kurtkani ortiqcha bilib tongda o'zim tasavvur qilgan muskulli tanani shakllantirdim.

Deyarli shunday, futbolka yuq

Kayla: ancha paytdan keyin bu yaxshi natija!

O'zimning yonimni olgandek g'o'ldirab qo'ydim. Osoyishtalikda qog'oz qoralar ekanman ko'zlarimni o'zimga obyekt qilib olgan tansoqchidan uzmay rasm chizar edim. Uning qimirlamay turgani menga ayni damda qo'l kelardi. Xuddi haykalga qarab rasm ishlayotgandekman. Jungkookning uyda yo'qligi san'at doiramni kengaytiryapdi deyolmayman, ammo tongda uning tomirlari bo'lmaganida men aslo bunday tasvir yarata olmagan bo'lardim balki.

~

Yarim soatdan buyon hech so'zsiz tamaki tutatayotgan do'stiga onda-sonda qarab qo'yayotgan Jungkookning sabr kosasi mana endi to'lib o'tirgan o'rnidan qo'zg'aldi.

Jungkook: biror kim o'lib qolgandek motam tutishingni qara.

Taehyung: sen esa yarim soatdan beri tushkun kayfiyatdagi do'stinga baqrayib qarab turishdan boshqa hech narsa qilmayapsan!

Jungkook: nima qilishim kerak? Senga qo'shilib tamaki tutatishimni istaysanmi?

Taehyung: qo'lingdan kelsa ha!

E'tiborsiz bilan yangragan gaplardan keyin ko'zini chuqur yumib boshqa tomonga qaragan yigit tilini og'iz bo'shlig'iga qattiq tiradi.

Taehyung: nima qilishni bilmayapman, Jungkook! U uchun asrab yurgan ishonchimni bir harakat bilan chilparchin qildi. Bundan bu yog'iga uni olib qolishim to'g'rimi yoki yo'q, buni ham bilmayman. Yetmaganiga singlisi Germaniyada. Sohining qilgan ishi g'azabimni qo'zitsa-da yosh qizaloqqa achinaman!

Tugab borayotgan tamakini kuldonga qoqqan yigit yonidagi viskidan simirib yana qoshlarini uydi.

Taehyung: uni mashhur tunggi klubda, vip xonada, ichki kiyimlarda, ochiq-sochiq holatda topdim Jungkook! Mening o'rnimda bo'lganingda, Kayla shunday ish qilganida, bunga o'zing guvoh bo'lganingda, nima qilgan bo'larding?

Jungkook: Je l'aurais massacré. (So'yib tashlagan bo'lar edim.)

Tap tortmay hatto o'ylanib o'tirmay jiddiy yangragan javobdan sukut saqlagan Taehyung ortiq bir so'z demadi. U ham shuni o'ylamaganmidi? Hech nimaga qaramay yotoq ustida uni nafasi qaytguncha aloqa* qilib so'ng chiqitga tashlashni o'ylamaganmidi? Bular haqida u ham boshqotirdi. U ham shular haqida o'yladi. Ammo nima to'sqinlik qildi? Unga bo'lgan sevgi uchquni. Taehyungning qo'l-oyog'ini ipsiz bog'lab tashlagan yagona sabab Sohi haqidagi yaxshi tahminlari bo'ldi.

Taehyung: Shramm, topa olmay yo'qotish nimaligini endi tushuna boshladim. Har gal, har safar sen duch keladigan vaziyatning qanchalik mushkulligini anglayapman. Yagona sevgilimni o'zga bag'rida ko'rmadim. Lekin sen buni boshingdan o'tkazding. O'shanda sening ustingdan kulish uchun bu yaxshi bahona deb o'ylagandim. Lekin...

Jungkook: bas qilasanmi yo'qmi?

Taehyung: eshit!

Jungkook: hayotimni yuzimga solishing uchun kelmadim bu yerga!

Taehyung: unday qilmayapman.

Jungkook: unda nega Jiwonni tiqyapsan bu mavzuga?

Taehyung: ismi chiroyli, shundaymi?

Jungkook: o'chir Taehyung!

Yerga qaragancha mushtini siqqan Jungkook tilidan sirg'alib chiqqan ism tufayli yuragi o'rnidan qalqib ketganini his qildi. Bu o'zgacha tuyg'u bo'lishiga qaramay endi o'tmish Jungkookniki, o'tnishdagi qiz emas!

— janob, xonim o'zlariga keldilar.

Qo'qqisdan eshik ortidan eshitilgan xizmatkorning ovozi tufayli xorg'in nigohi tundlashib ketgan Taehyung yonidagi viskini oxirigacha tugatdi-yu o'rnidan turdi

Uni ko'rib o'rnidan qo'zg'algan Jungkook Taehyungning yelkasiga urib qo'yar ekan faqat shu yo'l bilan uni o'ziga qarata oldi.

Jungkook: qizga ko'p bosim o'tkazma. Avval u bilan menimcha gaplashib ko'rishing kerak! Har xolda uni sevasan!

Taehyung: sevgi qizlarga nisbatan bo'ladi Shramm, foxishalarga emas!

Hozir unga gapirganning harchand urinilmasin foydasi yo'q. Buni bilsa-da vaziyatni bir muncha yaxshilashga urinayotgan Jungkook g'azabdan ko'karib ketgan yigitni hovuridan tushirishga harakat qilardi.

Taehyung: yaxshisi o'rtaga tushma. Uyinga borib to'yib dam ol, ertaga muhim kun sen uchun!

Jungkook: sha'ma qilavermasang-chi!

Taehyung: ko'rishguncha.

Maslahatchisining yonidan o'tib ketar ekan Jungkook chuqur uh tortgancha zalda bir muddat tik oyoqda turaverdi. Taehyung haq. Ularning o'rtasiga tushishdan foyda yo'q. Bu samara bermasligi aniq bo'lgan ish. Balki ikkisi yolg'iz gaplashib olishsa tushunmovchilik hal bo'lar

Zinalardan asabiy yuqorilayotgan yigit o'ljasining qon isini olgan yirtqichga o'xshardi. Sohining jonini olmoqqa tish qayragandek edi u. Aslida nima bo'lib o'tgan, nega Sohi u yerda paydo bo'lib qolgan, birortasiga ahamiyat bermay qizning qismatini hayolida allaqachon belgilagan yigit eshikni sindirib tashlagudek ochib kirdi ichkariga. O'tkir giyohvand moddadan qolgan kuchli bosh og'rig'ini yengishga harakat qilayotgan qiz shovqin bilan ochilgan eshik tufayli yuragi yorilayozdi. Shundog'am diydirab turgan tanasi kuchli titroq ostiga tushib o'zi o'tirgan yotoqqa kirib ketadigandek qaltirardi.

Taehyung: salom, Chxve xonim! Balki unday emasdir, familiyangni to'g'ri aytdimmi? Har xolda o'zim biladigan familiyangda murojaat qildim senga.

Kesatiq ohangida so'zlagan yigit Sohining shundog'am yonayotgan yuragiga moy sepgandek bo'ldi. Asabiy nigohlarini yigitga qadab turgan qiz biror nima deyishdan o'zini tiyar, hozir biror gap gapirish uchun ham o'zini juda ojiz deb bilardi.

Taehyung: balki isming ham boshqachadir a? Clublarga mosroqlaridan.

Sohi: Taehyung!

Taehyung: eshitaman, har doim eshitganman seni shaxsiy qahva tayyorlovchim. Balki bunday atama senga hozirdan boshlab nomunosibdir. Juda charchagandirsan, erkaklarning ko'nglini ovlash oson ish emas, istasang senga charchoqlardan arituvchi issiqqina choy tayyorlab kelaman. Xohlaysanmi?

Sohi: Kim Taehyung! - bu safar ovozi biroz baland chiqqan qiz asabiylashaytganini to'liq namoyon qildi.

Taehyung: ... kimsan aslida? Kimsan Sohi?

Shimidan kamarini sug'urib olish barobarida bergan savoliga unuman e'tibor qilmagan qizning nigohlari ham xayollari ham faqat kamarda edi. Og'riqlardan shu tobgacha ozorlangani yetmagandek Taehyung uni yana kaltaklamoqchimi? Uning buyrug'i bilan qizga hech qanday kiyim berilmagan, ochiq tanasiga oldingidan battarroq azob beradigan kamar bilan yuzlashadimi yana? Ko'ksidagi pastelni siqimlab yana yig'lashga tushgan qiz ortga chekinish davomida tinmay Taehyungni bu ishdan qaytarishga urinardi. Ammo afsuski buning uchun ancha kech!

Sohi: o'tinaman... o'.o'ti.naman m.meni eshiting! Avva.l meni e.eshiting Taehyung! Umuman noto'g'ri o'ylayapsiz.. i.ilti....

Gaplari oxiriga yetib ulgurmay xonada polga qattiq urilgan kamarning ovozi jaranglab chiqar ekan qiz chirillab yana ko'zyoshlarini yangiladi. Hozir unga qarama-qarshi yurib kelayotgan yigitning vajohatidan shunchalik qo'rqardi-ki, joni halqumiga kelgandek tipirchilab undan uzoqlashishga urinardi.

Sohi: YOLV.ORAMAN.. ESHITING MENII... M.MEN SH.HUNCHAKI...🗣

Yolvorishlar ortidan ozorlanib dodlagan qizning ovozi xona tugul butun uyga yoyilgan bo'lsa hech gap emas. Qo'li va yelkasi aralash tekkan kamardan bukilib qolgan Sohi ikkinchi og'riqni kuraklarida his qildi. Taehyung charm kamarni qo'liga qattiqroq o'rab holdan toygan qizni teskari o'girilishga majbur qildi-yu ochiq ichki kiyim* ta'sirida shishib turgan dumba*siga ketma-ket ikki marta urdi. Sezgir ta'na a'zosida o'tkir og'riqni his qilgan qiz sochlarini siqimlab baqirdi-yu uni eshitishini so'rab yolvorishda davom etdi.

Taehyung: yolg'onlaringni borib sen ostida yotadiganlarga aytasan. Men ulardan qanday farq qilaman bilsanami sevgilim? - yotoqqa yaxshiroq o'rnashgan yigit qizning qo'llarini orqaga qayirgancha kamar bilan ikkisini bir qilib bog'ladi.

Sohi: TEGMANG! BAS QILIING! 🗣

Qizning tipirchilab qichqirishiga e'tibor ham bermay sochlarini quloqlari ortiga o'tkazgan Taehyung yuzi yostiqqa bosilgan qizning quloqlariga egildi.

Taehyung: men sen bilan prezervativsiz aloqa qilmayman!

Shovqin bilan pichirlagan Taehyung Sohining yana ko'zyoshlariga sabab bo'ldi. Og'ir og'ir hansirash bilan yutilayotgan havo qaynoqlashib bo'g'zida qotib qolgan to'siq sabab azoblanardi qizaloq. Aytishga sabab bor, eshituvchi quloq yo'q. Zarb bilan qizni belini ko'tarib pastki ichki kiyim*ini yechib olgan Taehyung yotoq ostidagi tortmani kuch bilan ochib u yerdan o'ziga kerakli matohni chiqardi.

anal* plug

Pov Taehyung .

Ikkimizga raxmim kelyapdi. Uni jinsiy aloqa jarayonida ilk ko'rganimda cheksiz hayajondan qo'l oyog'im muzlab qolsa kerak deb o'ylar edim. Ammo hozir uning izlarimdan qizarib ketgan tanasiga faqat achinish va pir bo'lgan hafsala bilan qaray olyapman xolos. Bunday munosabat ikkimiz uchun ham keraksiz edi. Shunday bo'lishi kerak edi ham. Men birga bo'ladigan foxishalar uchun ishlatadigan matohlarni unga nisbatan qo'llashni hayolimga ham keltirmagandim. Chunki bu... bu tasavvurimga sig'maydigan holat bo'lgandi men uchun. Ammo hozir qarshimda go'yo sevgilim emas, bu o'yinchoqlarga haqiqiy munosib odam turgandek nazarimda.

Taehyung kafti bilan qizning tanasini biroz silab yana bir tarsaki tushirgancha plug* ( jinsiy o'yinchoq ) ni qo'liga oldi. Hansirab zo'rg'a nafas olayotgan qiz mutkul esdan og'ishiga bir bahya qolib ortiga qarashga urinardi. Lekin Taehyungning qattiq qo'li bunga yo'l qo'ymasdi. Mushuk dumini eslatuvchi plug*ning uchki qismini qizning ortiga to'g'irlab ichkariga surar ekan Sohining ko'zlari og'riqdan kattalashib dodlab yubordi. Tanasiga berilgan zarbalar, kuchli tarsakilar, xo'rlanishlar va bu og'riq... Barcha tahqirlashlarga jim yuz tutgan Sohi yigitning bu safargi ishidan yig'lashga tushdi. Plug* qizning ortki teshigi*ni to'liq egallab bo'lgach temir bo'lagining tepa qismidan tutgan Taehyung yana og'riq bilan kovlab surdi. Ikkinchi ingroq bilan yana dod solgan qiz bu safar tipirchilab uning changalidan chiqishga urindi. Garchi foydasizligini bilsa-da!

Taehyung: shshhh~ qimirlaganing sari og'riq beradi qizaloq!

Sohi: o.ling... o.olib.. tashlang uni!

Taehyung: o'chir! Agar plug* men kelib olmagunimcha joyidan qo'zg'algan bo'lsa boshinga itning kunini solaman! Tug'ilganinga pushaymon qilaman seni Sohi! Eshitdingmi meni?

So'nggi gaplarini biroz balandroq tonda plugni ichkariroq surgancha aytgan yigit quchog'idagi yana bir tipirchilashni bartaraf qilish maqsadida kuch ishlatdi.

Sohi: Xohlamayman.. XOHLAMAYMAN, ISTAMAYMAN BUNI, KERA....

Taehyung: O'CHIR DEDIM SENGA!

Yana bir qahrli tarsaki ovozi qizning dodlashi bilan baravar xonani to'ldirdi...

~

— xonim, soat 20:34. Iltimos uyga kiring, janob Jeonning jahli chiqishi mumkin!

Deyarli tugatilgan su'ratning chala joylarini yakunlayotgan qiz xizmatkor kelganidagina boshini ko'tarib atrofga qaradi. Uy chiroqlari allaqachon yongan, kech tushib tun hukmronligini o'rnatadigan payti kelgandi. Xizmatkorga nim tabassum qilib o'rnidan turgan Kayla qotib qolgan belining og'rig'iga ham qaramay go'zal san'at asariga mehr bilan tikilardi. Buni chizishga soatlab vaqt sarflagan, har xolda shunga arzigulik rasm jonlangandi qog'ozda. Tabassum bilan xizmatkorning ortidan uyga kirib ketgan qiz rasmni yotoqxonaga olib chiqib ketdi. Ammo uni ko'z tushadigan joyga qo'yish ancha qo'rqinchli qaror. O'tgan safar tansoqchiga faqat choyni olib borib bermoqchi bo'lgan Kaylaga Jungkook qanday munosabatda bo'lgani hali esidan chiqmagandi uning

Kayla: demak, buni kiyimlarim orasiga yashirishim mumkin. Har xolda u o'sha yerni faqat ko'zdan kechirmasligi mumkin!

O'z o'y xayollariga chuvalashib qabul qilgan qarorini to'g'ri deb hisoblagan qiz su'ratni ichki kiyimlari turuvchi tortma ichiga, bir nechta kiyimlar orasiga yashirdi. Xayoli hali hamon o'sha kiyimlar orasidagi rasmda qolavergancha xonaga qaytar ekan, Jungkook kelganini tahmin qilgancha pastga, kechki ovqatni tanovvul qilishga yo'l oldi

10 daqiqalik yo'lni 25 daqiqaga uzaytirgan o'ylovlaridan biroz bo'lsa-da forig' bo'lib uyga yetib kelgan Jungkook haydovchining mashinani chetga olishini kutmay tushdi-da uyga kirdi. Ilk bor o'zidan bilib pastga ovqatlanish uchun tushgan qizning zalda ovqatlanayotganini ko'rib hayronlik bilan tabassum qilarkan xizmatkori qo'lidan kostyumni olganidagina o'ziga kelib oyoqkiyimini yechdi. Uydagi harorat tufayli o'ziga noqulaylik tug'diruvchi ko'ylagining 2-3ta old tugmasini yechgancha katta zalga o'tar ekan yuzidan tabassumi arimayotgan Kaylaga sinchiklab tikildi. Qiz nimadandir xursand holatda ovqatlanar, hozir biror noxushlik uning kayfiyatiga salbiy ta'sir ko'rsata olmaydigandek tuyilardi.

Jungkook: bugun ham qovog'ingdan qor yog'gan holatda seni qarshilayman deb o'ylagandim.

Kayla: bugundan e'tiboran hech biringiz kayfiyatimga nojo'ya ta'sir ko'rsata olmaysiz !

Shirin tabassumini labida paydo qilib javob qilgan Kayla yana ovqatlanishga o'tdi. Stuliga joylashib ovqatlanishga kirishgan yigit qizning javobidan qosh uchirib qo'ydi. Go'yo uning gapi noto'g'ri ekanligini isbotlagisi kelayotgandek, u bolan hozir ham o'chakishishni istayotgandek.

Kayla

Jungkook: bolaligingdan ham uyquchimisan?

Kayla: ha, biror muammo bormi? - yigitga qaramay javob qaytardi.

Jungkook: umuman olganda yo'q, ammo inson uyg'onganiga hali 5 soat ham bo'lmay qaytib uxlab qolishi nima degan gap?

Kayla: men uyquni, uyqu esa meni sevadi. Bu yerga olib keldingizmi, demak, bu tomonlarimga ham ko'nishga majbursiz afsuski!

Jungkook: mm~ bu kundek ravshan!

Bosh silkib qo'ygan qiz yana ovqatlanishni davom ettirdi. U go'yo bu yerga kelganidan buyon ovqatlanmagan qizga o'xshar, Jungkook esa uning o'zgarib qolgan kayfiyatiga qanchalik qiziqayotgan bo'lmasin o'zini Kaylaning qarshisida oshkor qilishni istamasdi.

Jungkook: ertaga uyga bir-ikkita kishilar keladi. Sendan hech narsa talab qilmayman, faqat sevgan qizim ekanligingni va inding oila qurishimizni tasdiqlasang bo'lgani!

Bir muddat ovqat chaynashdan to'xtab ovqat idishiga qarab turgan qiz bir necha soniyadan keyin yana tabassum qilgancha Jungkookning gapiga roziligini yaqqol ko'rsatdi.

Jungkook: nikohdan o'tkanimizdan keyin o'sha kuniyoq Fransiyaga ketamiz!

Kaylaning yuzidagi kulguni so'ndira oladimi yo'qmi, bilish uchun qilingan keyingi harakat qizga qarshi yo'naltirildi.

Kayla: roziman! Fransiya juda chiroyli mamlakat, deb eshitgandim!

Yana bir sokin berilgan javob Jungkookni butunlay shock holatiga tushirdi. Kayla hech qachon bunchalik xushchaqchaq ko'rinmagan. Qiz yana nimani boshlaganini tahmin qila olmagan Jungkook o'zini stulga tashlagancha so'nggi imkoniyatini ham sinab ko'rdi.

Jungkook: bugun sen bilan bo'lish*ni istayman!

Kayla

Kayla: nima?

.

.

.

9 - qism tugadi .

.

Keyingi qismda

.

.

Jungkook: buni menga tushuntirib bera olasanmi?

.

.

Taehyung: u qachondan beri bu clubda?

.

.