BEGONA
Taehyung: balki americanodagi shakar vaqtinchalik shirani ta'minlar, lekin ayni dam bizning hayotimizga hatto shu ham yetishmayapdi. Buni men to'ldira olaman, Sohi!
Ko'zlarimga ham quloqlarimga ham ishonmay mo'ltillagancha unga termulib turardim. U nimanidir o'zgartirishga shunchalik harakat qilardi-ki, unga ishonishni istar edim. Yuragimdagi qaysidir ovoz unga yon bosishim va uni qo'llab quvvatlashim kerakligini uqtirishdan charchamayapdi. Lekin endi uni qabul qila olamanmi yo'qmi bilmayman. Buniny iloji yo'qdek men uchun. Ikki o't o'rtasida yonib kul bo'la boshlamasimdan ilgari uning ko'zlaridan ko'zimni olib qochib qahvaga tikdim.
Sohi: qaynoq haroratdan erib ketganingda yana o'zingni qanday tiklay olasan?
Taehyung: erib ketmaslikka va'da beraman!
Sohi: senga ishonmayman! - yana ko'zlariga boqdim, bu safar ishonch va qahr bilan unga termulib turardim.
Taehyung: ishonishga majbursan, chunki senga kerak bo'lgan deyarli ko'p narsalar men bilan bog'liq!
Sohi: singlim bilan tahdid qilishni bir daqiqaga bo'lsa-da bas qila olasanmi?
Taehyung: singling bilan tahdid qilmadim hali! Bunday niyatim ham yo'q. U o'z xastaligi sabab davolanayotgan bir go'dak xolos!
Sohi: shuni bilarkansan hech bo'lmasa!
Boshimni boshqa tomonga burib yig'lab yuborishdan o'zimni zo'rg'a tiydim. Kutilmaganda iyagimdan mayin tutib boshimni o'ziga qaratgan yigitning ko'zlariga savolli nigohlarimni qadadim.
Taehyung: vaziyatni chigallashtirishning nima keragi bor? Men o'nglamoqchi bo'lgan holatni teskari o'girib tashlayapsan. Balki menga imkon berarsan?!
Sohi: imkonga arziydigan ish qildim, deb o'ylaysanmi?
Taehyung: har kim ham bonusga loyiq!
Sohi: sen men berishim mumkin bo'lgan bonuslarni majburan tortib olding! Meni tinch qo'y, iltimos!
Bee'tiborlarcha iyagimdagi barmog'i nari surib tashladim. Bir muddat menga shu holicha tikilib turgan yigitning ko'zlari umidsiz tusga kira boshladi. Nima deyishni, nima qilishni bilmay jimgina qaddini rostlab xonadan chiqib ketdi. Qarshimda yotoqda yonginamda qoldirgan qahvasiga ko'z tashlab jim tikilar ekanman keyinchalik yuzimga tabassum yugurib buni qanday qiyinchilik bilan tayyorlaganini tasavvur qilib kulib yubordim. U men uchun nimanidir o'z qo'li bilan tayyorlagani e'tiborimni tortib o'zimni qo'yarga joy topa olmay qoldim. Qahvani qo'limga olib uning ustidagi beo'xshov yurakcha shakliga qaraganimda batar kulgim kelardi. Sekin undan ho'plab ko'rganimda esa hayotim qahvasiga shakar bo'lmoqchi bo'lgan inson qahvaga shakar solishni unutganini payqadim. Bu qahva voqeasi butun umrim davomida yodimdan chiqmasa kerak.
Kundan-kunga xazonga aylanib borayotgan hayotimga chetdan nazar solsam qo'rqib ketyapman. Xonaga kirishim bilan barmog'imga taqilgan uzukni yechib tumbaga qo'yganimdan beri yotoq ustida qilt etmay o'tirardim. Jilmayib yashashga ham o'rin qolmayapdi. Yig'idan beri bo'lib lablarimni tishlab o'tirar ekanman eshikning noxos taqillab qolgani xayolimni o'sha tomonga ko'chirdi. Jungkook meni uyda qoldirib o'zi allaqayerga g'oyib bo'lgan bo'lsa yana kim meni bezovta qilishi mumkin?
Tabassum bilan eshikni qiya ochgan qiz xayollarimni bo'lib yubordi. Bu uyga kelganidan beri har ko'rganimda kimligi qiziqtirayotgandi. Bugun esa xonamga keldi. Qiziq, uning Jungkook bilan aloqalari qanchalik yaxshi?
Jiwon: bilaman, hozir tushkun ahvoldasan!
Gapni uzoqdan boshlab kelayotgan qiz miyamdagi mujmal savollarni ikki barobar oshirdi. Sekin kelib yotog'im ustiga, mening yonimga o'tirdi-da menga o'girilib oldi.
Jiwon: dardingni tushunaman deya olmayman. Lekin senga achinaman!
Kayla: qanday? Meni qanday tushunishingiz va achinishingiz mumkin?
Gapirayotgan gaplari jonimdan o'tib yuragimni uvishtirardi. Qanday qilib u meni tushunishi mumkin? Meni tushunishi mumkin bo'lgan qizlar o'zga yigitlar tomonidan zo'rlanib nomusini yo'qotib qo'ygan qizlar-ku! Nega menga raxmi keladi uning? Menga nega achinish ko'zi bilan qaraydi?
Jiwon: shunchaki, men ham ayolman!
Kayla: ... men bilan bo'layotgan hodisalar mingdan bir qizda uchraydi. Meni qanday tushunishingiz mumkin?
Kalavani chigallashtirib Jiwonni tahlikaga sola boshlagan Kayla qizni qo'rqita boshladi. Shuncha yil davomida yashirib kelingan haqiqatlar oshkor bo'lishidan cho'chir ekan nima qilish haqida o'ylagancha vaqt yo'qotdi. Aytishi mumkin bo'lgan har qanday yolg'onlarni miyasida bir-bir tahlil qila boshladi.
Kayla: kimsiz? Kimsiz Jeon Jiwon?...
Gapni uzil-kesil bo'lgan qiz ko'zlariga to'plana boshlagan ko'zyoshlardan beri bo'lib chuqur yutindi. Hozir uning ko'ziga Jiwon Jungkookning kelinoyisi bo'lib emas, bu xonadonning barcha kirdikorlari va Jungkookning iflos o'yinlaridan voqif ayoldek ko'rinayotgandi.
Jiwon: J.jungkookning kelinoyisi, amakisining x.xotinim.man...
Qiz uning gaplariga ishonishni istamasdi. Go'yo Jiwon yolg'on gapirayotgandek, Jungkookning qabihliklarini undan yashirayotgandek edi uni nazarida.
Kayla: bilasiz! Siz bilasiz to'g'rimi? Jungkook qanday odam? U mendan nima istaydi? U.uning avvalgi sevgilisi... u.. kim bo'lgan? Ayting iltimos! U mendan o'sha qizning alamini olmoqchi! Iltimos.s qilaman.. yordam bering menga... men.. m.men ch.hiday ol.mayma.n... m.men bunday yashay olmayman iltimoss!
Kaylaning gaplaridan butkul muzlagan qiz uni deb aqldan ozayothan sobiq sevgilisini ko'z oldiga keltirdi. Demak hali ham sevadi. Jungkook uni unutmagan. Shu o'ylarning o'zidayoq g'alaba quchgan Jiwon Kaylaga soxta achinish bilan termulib davom etdi.
Jiwon: Jungkook shunday dedimi?
Kayla: h.ha... xoh.lasa... har.. ko'yga solishi mumkinligini aytib.. meni qo'rqitdi.
Jiwon: ... u senga biror nima qildimi?
Jiwonning kutilmagan savolidan yig'idan qisilib ketgan ko'zlari kattalashib og'ir yutindi-da o'rnidan turdi. Shoshgancha pala-partish egnidagi kiyimlarini yechib yubkasini biroz pastroqqa tushirdi-da orti*dagi ko'karib qolgan tish izini ko'rsatdi. Maxluq changalidan qutilgan odamning tanasidagi yaraga qaragandek qo'rqib ketgan Jiwonning ko'zlari kattalashib ketdi. Buni bir paytlar uni sevib ardoqlagan yigit qilganiga ishonib bo'lmasdi.
Jiwon: shuni Jungkook qildimi?
Kayla: b.bu..nga.... h.ham... ishonib bo'lmaydimi?
G'alaba uchqunlari ko'zlaridan olov kabi sachrayotgan qiz Kaylaga go'yo mehribon yaqinidek tikilardi. Qo'lidan tutib sekin qizni bag'riga tortgancha inlisona tabassum qilar ekan sobiq sevgilisining o'zidan o'zgasiga qalbini ochmayotganidan mamnun edi.
Jiwon: bo'ldi go'zalim, bo'ldi! Jungkook bilan gaplashaman. Avvalgi sevgilisini unutishi kerakligini unga uqtiraman.
Kayla: yo'q unutmasin - yulqinib bag'ridan chiqdi - meni qo'yib yuborsin! Meni tark etsin. Men u bilan yashashni, umrimni davom ettirishni xohlamayman.
Jiwon: afsuski, buning iloji yo'q! Nikoh ikki tomonning roziligi bilan bo'lgan ekan hali 1 oy bo'lmay turib ajrashib ketishingizga hech kim qo'yib bera olmaydi!
Kayla: sizningcha men shu zolimning qo'lida yashay olamanmi? Sizningcha u meni qabul qila oladimi? Kechirasiz Jiwon, ammo men u bilan bir daqiqaga ham birga bo'la olmayman.
Kaylaning ikkala yelkasidan tutgancha diqqatini o'ziga jalb qildi Jiwon.
Jiwon: Jungkook avvalgi sevgan qizini butun borlig'i bilan sevgan! Tushunyapsanmi? Ularning sevgisi aqlga sig'mas darajada ideal bo'lgan. Bir qancha bo'salar, rohatli aloqa*lar, bunga guvoh bo'lgan har soatlar qadar bir-birlarini kuchli sevardilar!
Jiwon: ha Kayla, ularning sevgisi kinolardagidek sevgi edi. Ammo bir kuni... bir kuni qiz onasining jigar serozi ( Gepatit C - jigar hujayralarining yemirilishi ) ga chalinganini va tezda jigar transplantatsiyasi amalga oshirilmasa u halok bo'lishi mumkinligini bilib qoldi.
Jiwon aytib berayotgan ishq hikoyasidagi tub burilish Jiwonning o'zini ham ta'sirlantirgandi. Ko'zida qalqiy boshlagan ko'zyoshlar 3 yil ilgari o'zi bilan bo'lib o'tgan voqealarning yodiga tushishiga sabab bo'ldi.
Jiwon: qiz Jungkookdan soviy boshladi, unga pul kerak bo'lganida Jungkook qizga ishlashi uchun ruxsat bermadi, o'zida esa bunday katta mablag' yo'q edi. Jungkookning kasodga uchragan paytlari bo'lgandi o'shanda. Keyin qiz nima qildi? Undan voz kechdi. Har xil vajlar, tuxmatlar va fisqi - fasodlar bilan qiz orani buzdi. Unga pul va onasi kerak edi, tushunyapsanmi Kayla?
Jiwon: ... keyinmi? Keyin qiz bir badavlat erkakni uchratdi. Erkakni! Puldor, mansabdor, obro'li erkakni uchratdi. Erkak orqali bu pullarni topganida esa allaqachon kech bo'lgandi. Juda juda kech...
Mavzuga juda yaqin qolgan, o'zlarini fosh qilish uchun atigi bir qadamlik manzil qolganida to'xtagan Jiwon es-hushini yig'ib ko'zidagi yoshlarni artib tashladi. Ta'sirli hayotiy hikoyadan yuragi ezilib yig'lagan Kayla ham Jiwonning tinchib qolganidan keyin tilga kirdi.
Kayla: h.hozir... o'sha qiz.. qayerda?
Kutilmaganda berilgan savol Jiwonning aqlini shoshirib qo'ydi. Ular bunga ozgina qolishgandi. Kaylaning bilishiga va hammasi oshkor bo'lishiga bir qadam qolgandi.
Jiwon: o'sha... unga.. pul bergan erkak bilan.. birga deb eshitgandim.
Kayla: bu uyga kelganingizga 3 yarim oy bo'lgan deb eshitgandim. Bularni qayerdan bilasiz?
Jiwon: amakisi... Jungkookning amakisi aytib bergan.
Qaltis vaziyatni o'nglay olgan qiz Kaylaning ishonganiga ishonch hosil qilib chuqur nafas chiqardi. Qarshisida aslida kim turganini bilmagan Kayla bo'lsa unsiz yig'ini davom ettirdi.
— Janubiy Koreyadan Shimoliy Koreyaga o'tish hududidan boshlab to Fransiyagacha yerosti tuneli qazib borilgan. Shu sababdan izlar osonlikcha bartaraf bo'lgan!
Jungkook: xizmat itlari jasadlarning qonlarini hididan topishi mumkin edi. Menimcha biroz adashdingiz, bu yerda boshqa gap bor!
Taehyung: tashqaridan qaralganda juda oddiy reja emasmi bu janob Ferd?
Suhbatning boshidan oxirigacha fransuz tilida olib borilayotgani ikki tomon uchun ham cheksiz hurmat namunasi edi. Faqat peshindan to kechgacha bo'layotgan muzokara kuchli bosh og'riqqa sabab bo'lib suhbat oxiriga yetib qolgandi.
— qonning hidini yo'qotishi mumkin bo'lgan biz bilmaydigan juda ko'p mayda-chuydalar bor janob Montague Floy! Siz bu haqida bosh qotirib qimmatli vaqtingizni yo'qotishni istamassiz to'g'rim?
Taehyung: kerak bo'lsa ketkazish mumkin!
Jungkook: bu yaxshi qaror bo'lmaydi.
Taehyung: nima yaxshi-yu nima yomon ekanligini mendan ham yaxshiroq biladigan bo'lib qolibsanmi?
Jungkook: buni sendan avval ham bilganman!
Taehyung: ishdan ta'tilga chiqmoqchimisan?
Jungkook: balki sening biroz dam olging kelayotgandir?!
Taehyung: boravering janob Ferd! Bugunga yetarli!
Ko'zini yordamchisidan uzmagan holatda uchinchi odamga buyruq bergan Taehyung ko'zlari orqali Jungkookka nimalarnidir uqtirmoqchi bo'lardi. Jungkook ham undan aslo qolishmas, aynan nigohlar bilan raqibiga javob qaytarardi. Xonada ikki erkak yolg'iz qolishgach maslahatchisining bo'g'zidan olgan Taehyung aynan shuni kutib turgan Jungkookdan munosib javob olgancha organ*ini ushlab bukchayib qoldi.
Taehyung: condamner* ( la'nati )
Jungkook: qani kel Montague Floy!
Keskin harakat bilan Jungkookka yopishgan Taehyung avval beliga keyin mushagiga zarba berdi. Bir pasda xonani ko'rimsiz ahvolga keltirgan ikki yigitning yuziga tushgan zarbalar labi va burnida qon hosil qilgachgina to'xtashdi. Nega mushtlashishdi, nimani talashishdi, hech birining ahamiyati yo'q holatda qonga belangan tishini ko'rsatib iljayishar ekan go'yo shu orqali chiniqib olishgandi. Xonada paydo bo'lgan to'z-to'polonni eshitib yugurib kelgan kotibalar vaziyatning aslida qandayligidan bexabar xolatda o'zlariga biriktirilgan boshliqlaridan xavotirda edilar. Yerdan sudralib qaddini ko'targancha xunuk iljaygan Jungkook va belini tutib organ*idagi og'riqqa zo'rg'a bardosh berayotgan Taehyung ko'rinish berishi bilan qizlar buni har doimgi holat kabi qabul qilishdi. Tushunishdi-ki, bu yigitlarning doimki hazili.
To'porilik qilganimizda hamisha avval belimga keyin yuzimga soladigan do'stim mana bugun ham yuzimni momataloq qildi. Yaxshiyam-ki, Kayla menga deyarli qiziqish bildirmaydi. Yo'qsa unga ham bu haqida tushuntirib o'tirishimga to'g'ri kelgan bo'lardi. O'z-o'zidan boshlanib ketgan jangimizni xayol qilib kulganimda belimda sanchuvchan og'riq sezib yuzim burishdi. Hatto shunda ham yuz sohamdan olgan jarohatim achishib og'riq beradi-ya!
Telbalarday tabassum qilgancha oyog'imni zo'rg'a bosib uyga kirdim. Doimkidek hamma uxlaganda yana oshxona chirog'i yongan. Demak sobiq sevgilim hali uyg'oq. Ko'ramiz, avvalgi mehri menga nisbatan qolganmikan! Ilgari biror yerimni shikastlab kelsam qaysi raqibim necha gradus burchak ostida urganigacha bilmay qo'ymasdi. Shundog'am yomon ahvolimni batar abgor ko'rsatish uchun sudralayotgan oyog'imni yana-da erkin qo'ydim. O'qdan yaralangan odamdek arang oshxonaga kirdim. Ahvolim shunchalik tangligiga hatto o'zimning ham ishongim kelardi. Xuddi o'ylaganimdek oshxonada ko'rinish bergan sobiq sevgilim muzlatgichni ochgancha bir nimalar izlash bilan ovora. Menimcha barcha ayollarda kuzatiladigan taksikoz holati boshlangan unda ham. Polda qadamlarim ovozi eshitilishi bilan muzlatgichdan uzoqlashib ortiga burilgan qiz meni ko'rib ensasi qotdi. Shu harakatidanoq menga befarq emasligini bildim. Aksi bo'lganida hech qanday reaksiya bildirmagan bo'lardi.
Jungkook: muzlatgich kovlashtirib qolibsan, jiyanimga biror nima olib kelib beraymi azizam?
Jiwon: uni tilinga olma! Sen unga hech kimsan!
Jungkook: be'mani gaplarni qo'y, amakimning yonida yuvosh tortib qolasan-ku, xo'sh men hech kimmanmi senga?
Jiwon: sen ham erimning qarshisida menga shilqimlik qila olmaysan Jungkook! Haddingni bil!
Jungkook: haddimni menga sen eslatasanmi hali?
Jiwon: kerak bo'lsa o'rningni ham ko'rsata olaman!
Jungkook: 3 yil ilgari o'zimni bilmadim-ku lekin kichkintoyim*ning o'rni sening bir juft klitor*ing ichida edi azizam!
Juda past ovozda qilingan javob va Jungkookdan uzoqlashgan qiz maqsadiga yeta olmadi. Oshxonadan chiqib ketishga shaylanganida bilaklaridan tutib ortga tortilgan qo'llar natijasida devorga yopishdi-yu o'zga tana orqali mixlanib chorasiz qoldi. Qizning nozik tanasiga bosim bilan urilganligi sabab Taehyungdan qolgan belidagi asoratda og'riq sezib yuzini burishtirdi Jungkook. Shunday bo'lishini, shu 15 kun ichida hech bo'lmaganda bir marta bo'lsa ham shu darajadagi yaqinlikni kutgan Jiwon ko'zlarini chuqur yumib zina tomonga o'g'rincha qarab qo'ydi.
Jungkook: hozir seni har nedan ko'ra ko'proq xohlayotganimni bilganingda ham shunday qaysarlik qilgan bo'larmiding?
Jiwon: ... uzoqroq tur, atiring ko'nglimni aynityapdi!
Tobora bo'yniga egilib borayotgan yigitni o'zidan nari qilishga urinayotgan Jiwon ilojsiz holatda biror bahona topishga urinardi.
Jungkook: 3 yarim yil o'tdi, nahotki sog'inmading meni?
Jiwon: bas qil dedim Jungkook! Endi bir-birimizga begonamiz. Shunga ko'n, ikkimiz ham baxtli bo'laylik!
Jungkook: aljirama, amakim senga sen xohlaganingni bera olmaydi. Axir u naqd 21 yosh katta sendan!
Jiwon: xo'sh menga nima kerak ekan? Menga nima kerakligini sen bilasanmi?
Qizning savolidan keyin g'alati jilmayish bilan unga yaqinlashgan Jungkookka Jiwon ham ortiq qarshilik qilmadi. 3 yarim yil avvalgi holatidan ancha ozib ketgan ochiq bo'yniga lablarini bosgancha tunggi ko'ylakning etagini g'ijimlab yuqori ko'tarar ekan ikkinchi bo'sh qo'li bilan chiroqni o'chirdi. Derazadan tushib turgan tashqi yorug'lik ta'sirida juftlik g'ira-shira bir-biriga ko'rinar ekan qizning terisida o'rmalay boshlagan barmoqlar bilinar-bilinmas titroq paydo bo'lishiga sabab bo'ldi.
Jungkook: senga nima emas, kim kerak?! Muammo ham aynan shunda!
Pichirlash aralash chiqqan qaynoq ohang qizning bo'yin terisini kuydirib yubordi. Pastki labini tishlab ko'zini sekin yumar ekan 3 yarim oldingi barcha sho'xliklar ko'z oldida gavdalana boshladi. O'sha qaynoqlik, o'sha jo'shqinlik, o'sha joziba. Hech nima o'zgarmagan holatda Jungkook qizning tanasiga bosim bilan ta'sir qila boshlaganida to'satdan jiringlagan telefon ikkisining ham chalg'ishiga olib keldi. Bu Jiwonning telefoni ekanligi aniq. Jungkook toqatsizlanib harir tunggi libosni qo'yib yuborar ekan Jiwonning telefoni ekranda "Oppa" ( Jungkookning amakisini Jiwon shunday saqlab qo'ygan ) ko'rinish berishi bilan Jungkook qizga umidsiz nigohlarini qadadi-yu so'ngra boshini egdi.
Jungkook: javob ber! Amakim kutishni yoqtirmaydi!
Chuqur mung bilan chiqqan so'zlar Jiwonning ham g'azabini qo'zitar, ham alamini oshirardi. Vaziyatdan aniq ravshan-ki, ularning hayotida ortiq go'zal lahzalar hukmron bo'lmaydi. Baxtni o'zga tarafdan izlasalargina nimagadir erisha olishlari tayin...
Erkakning qancha joni bo'lsa hammasi bir yerda, deganlari shu bo'lsa kerak. Uyga yetib kelganiga 15 daqiqadan oshgan bo'lsa-da mashina ichida biroz bo'lsa-da o'ziga kelishga harakat qilgan Taehyung ancha pasaygan og'riq sabab mashinadan mana endi qo'zg'aldi. Haydovchiga mashinani topshirib uyga kirar ekan doimkidek unga peshvoz chiqqan xizmatkor bu safar faqat kostyumni olish uchun emas Taehyungga qo'lidagini berish uchun ham kelayotgandi. Qizning qo'lidagi bir finjon americanoga ko'zi tushgan Taehyungning chimirilgan qoshlari yoyildi.
— janob, buni xonim chamasi yarim soatlar avval tayyorlagandilar. Kelganingizda berib qo'yishimizni aytib xonalariga chiqib ketdilar!
Taehyung: Sohimi? Buni menga tayyorlabdimi?
Xizmatkorning "ha" degan ma'noda tez-tez bosh silkishidan keyin barcha shubha-gumonlari tarqab qahva yolg'iz u uchun ekanligiga ishondi. Kostyumini ham yechib o'tirmasdan qahvani ohista undan oldi-da ustidagi doimiy bir xil bo'lgan rasmga sinchkovlik bilan qarab uni tezda su'ratga oldi. Telefonni qayta cho'ntagiga solib xizmatkor qizdan uzoqlashganida yosh qizning qayta chaqiruvidan o'sha tomonga o'girildi.
Yechish yodidan ko'tarilgan egnidagi kostyumiga ko'z tashlab "men o'zim" degan ishorada ko'z qisgancha zinalardan yuqoriga ko'tarildi. Xonaga yetguncha ham qo'lidagi americanodan ho'plab borar ekan tanasiga yugurgan qahvaning har zarra tomchisida ilgarigi paytlarni eslab yurak urishi tezlashgandek bo'lar edi. Sohi Taehyungni oddiy qahvaxo'r sifatida tanigani, Taehyung esa har kuni uning furgonidan borib qahva sotib olishga majbur bo'lgan paytlarini yodga olib kulib qo'ydi.
Chirog'i o'chgan yotoqxona eshigini sekin ochib ichkariga mo'ralagan Taehyung yotoqdagi qiz bola jussasini ko'rishi bilan beixtiyor tabassum qildi. Yana o'sha ohistalik bilan eshikni yopib finjonni javon ustiga qo'ydi-da egilib ko'zlari yumuq qizga sinchiklab qaradi. Sezilar-sezilmas pirpirayotgan kipriklar ochilmaganidan keyin yotoq yoniga o'tirgan yigit sevgilisi tomonidan sinalayotgan sabrini boshqarishga urinardi
Taehyung: uxlagan bo'lishing mumkin emas. Aru yarim soat avval qahva tayyorlaganingni aytdi.
Tixirlik bilan ko'rpa ichiga qo'l suqqan Taehyung qizni uyg'otishning uddasidan chiqdi. Ko'rpadan Taehyungning qo'lini chiqarib tashlab boshigacha yopib olar ekan qizning yosh bolalarcha beg'ubor harakatidan yana bir bor tabassum qildi Taehyung.
Sohi: bugun men bilan uxlashingiz kerak emas!
ko'rpa ichidan bo'g'iq ovozda, ammo hurmat yuzasidan chiqqan so'zlarni eshitgan yigit quloqlariga ham, ko'zlariga ham ishonmadi. Bu qiz Sohi ekanligiga ham shubhasi bordek edi go'yo. Sekinlik bilan ko'rpani ochishga muvoffaq bo'lgan Taehyung qizga o'sha chiroyli tabassumi bilan qarab ohu ko'zlariga nigohini qadadi.
Taehyung: nega endi? Aynan bugun birga tong ottirishimizni rejalashtirgandim!
Taehyung: qayering og'riyapti?
Taehyungga imkon berishning iloji yo'q. Hatto bu aqlga ham sig'maydi. Ammo uning ertalabgi qilgan ishidan keyin tinch yo'l bilan ham nimalar bo'lganini aniqlashning iloji bor deb o'yladim. Qaysarligimdan biror nima chiqmasligini o'ylab u bilan biroz yumshoq bo'lishga ahd qildim. Anglashilmovchilik bo'lgandir deb o'ylab qoldim. Lekin men yegan azoblar-chi? Kamarlardan qolgan og'riqlarim-chi?! Ular shunchaki bo'lib qolmasligi uchun ham hammasini aniqlashim zarur edi. Lekin hammasi yaxshi ketayotgan bir paytda kechga yaqin boshlangan qorin bo'shlig'imdagi og'riq hammasini barbod qilishiga oz qoldi. 30 daqiqa ilgari qahvani ham zo'rg'a tayyorlab yana qaytib kelib o'ranib yotgan edim. Ishqilib bu hayz*dan darak bo'lmasin-da! Men hozir hayz* ko'ra olmayman. Bunga himoya vositalar ham xarid qilmaganman.
Taehyung: nega ayta olmaysan? Xohlasang shifokor borishimiz ham mumkin! Istaysanmi uyga chaqirtiraman?
Ikki og'iz gapimdan o'zini qo'yarga joy topa olmay qolgan Taehyung men uchun qanchalik harakat qilayotganini ko'rib xotiramdagi u bilan bog'liq yomon xayollarni butkul o'chirib tashlagim kelardi. Erkak kishi harakatni boshladimi, demak aniq nimadir qiladi!
Sohi: yo'q, yo'q.. shunchaki dam olmoqchiman!
Taehyung: og'riq sohasini menga ko'rsata olasanmi?
Yana yonimga egilgan Taehyung bilan qulayroq gaplashish uchun ko'rpani ko'ksimga o'ragancha yotoq boshiga suyanib oldim. Egnimda tunggi kiyim, qolganlarini yuvishni qizlar yodidan chiqargani uchun ham ochiq tunggi kiyimni kiyishga majbur bo'lgandim. Endi esa uyalgancha ko'rpaga burkanib o'tiribman.
Sohi: m.men... bunday qila olmayman.
Sohi: chunki juda ochiq tunggi kiyimdaman. Bu ahvolimni ko'rmasligingiz kerak!
Menga ahmoqqa qaragandek tikilib so'ngra kulib yuborgan yigit yotoq ustiga o'tirib oldi.
Taehyung: yaxshi... xo'sh unda o'zing ayt-chi, tanangda men ko'rmagan qayering qoldi?
Jinniga o'xshab unga termulib turar ekanman Taehyung pastki labini tishlagancha ko'zini ko'zlarimdan tanamga ko'chirdi. Meni gipnoz qilgandek sekin ko'rpaga qo'l solganida uni batar o'zimga tortdim
Taehyung: shshhhh~ hurkak ohu!
Ehtirosli muloyim shivirlash bilan menga yaqinlashib ko'rpani ochdi. Ko'zlarimni undan olib qochib boshqa tomonga yuzimni burgancha labimni tishladim. Ayni dam unga yo'l berish ahmoqlik, lekin tanamni tark etmagan kamar izlarini ko'rib qanchalik katta xato qilganini har santimetr ko'karish dog'larida his qilsin deyman. Zora shu yo'l bilan uni kechira olarman!
Taehyung: qayering og'riq berayotganidan xabarim bor! Agar tixirlik qilmasang, uni bartaraf qilishga va'da beraman!
Ko'zlarim chaqchayib olmos ko'zlariga tikilgancha kipriklarimni pirpiratdim. Tushunmadim, u qayerdan biladi buni? Mendan bir og'iz ham rozi rizolik so'ramay sekinlik bilan yotoqqa qayta yotqizgan Taehyungga tushunarsizlik bilan qarab qoldim. Nimalar qilmoqchi bo'lyapsan Kim Taehyung?!
To'satdan bo'lgan holat va uzoq kuttirish un uzur so'rayman go'zallarim. Sizlardan iltimos qilardim-ki aktiv bo'ling, buni uddalashizga ishonaman!❤️