September 8, 2025

BEGONA

My stranger!

#Ep 11

Jungkook: salom, Jeon Jiwon kelinoyi!

Yer osti bilan o'zidan baland bo'yli yigitga iymanib ko'z tashlagan qiz ko'zyoshlarini zo'rg'a tutib turganga o'xshardi. Erini shubhalantirmaslik uchun soxta tabassum qilib o'ziga uzatilgan qo'lni mayin siqimladi.

Jiwon: sizni qayta ko'rib turganimdan xursandman, adashmasam oxirgi marta 3 yarim oy ilgari to'yimizda ko'rishgandik!

Ilmoqli gaplar paymonasini to'ldirayotgan Jungkook labini majburan yoyib kuldi-yu buni tasdiqladi.

Dong Jun: iye, bu yana qanaqa mulozamat? Ikkingizning yoshingiz deyarli teng. Menimcha ortiqcha rasmiyatchilikka hojat yo'q, to'g'rimi?

Yoshi Jungkookdan sezilarli katta bo'lgan erkak yigitchaning yelkasiga qoqib qo'yar ekan navbatida xotiniga ham jilmayib qo'yishni unutmadi. Javoban Jiwondan qisqa tabassum olgach undan mamnun bo'ldi.

Dong Jun: ha, sen uchun yana bir yangilik bor Jungkook! - erkak qisqa tomoq qirish bilan so'zini davom ettirdi - jiyanli bo'lishga hozirlik ko'raver!

Pov Jungkook

Undan umid qilish vakolati bugundan bo'ynimdan olib tashlandi. Xohishimga qarshi bo'lgan har qanday hislarimga chek qo'yildi. Hammasi tugadi. 3 yarim oydan keyin uni bu kutilmagan yangilik bilan qarshilashim yetti uxlab tushimga ham kirmagandi hatto. Endi u kimningdir onasi bo'ladi-yu ammo o'sha bolaning otasi men bo'lmayman. Uning vujudidagi tirik jonga haqqim bo'lmaydi. U meni "dada" deb chaqirmaydi. Buni tasavvur qilishdan ham qo'rqinchlirog'i yo'q bo'lsa kerak hayotimda. 3 yil davomida uni unuta olmagan yuragim mana endi taslim bo'lmoqda. Atigi 3 yarim oylik muddat bu 3 yildan shunchaki ustun bo'ldi, qoldi. Menda xohish yo'q, qaror bor! Imkoniyat yo'q, talab bor! Meni dada deb chaqirgan tillarni u emas Kayla ozilantirganda men Jiwonni mag'lub qilgan bo'laman! Lablarim Kaylaning dudoqlari orasida Jiwonning labidagi boliga xiyonat qilganida u tamoman taslim bo'lgan bo'ladi. Mag'lubiyatga bir qadam qoldi. Bularning barchasi uchun Kayladan foydalanaman. Ko'ramiz Jeon Jiwon, Jeon sulolasini men munosib davom ettiramanmi yoki sen? Buni vaqt ko'rsatadi!

Jungkook: tabriklayman amaki - nim tabassum bilan davom etdi - sizdagi quvvat hali ham saqlanib qolibdi-da?!

Dong Jun: yaramas bola, hali amaking ko'p farzandning otasi bo'la oladi. Albatta Jiwon ikkimiz buning uchun nima kerak bo'lsa qilamiz, shundaymi azizam?

Erkakning qo'llari yosh xotinining belidan o'ralar ekan vaziyat chigallashmaslik uchun Jiwon ham unga javob qaytardi.

Jungkook: ostonada turib qoldingiz, yuklaringizni olib kirishadi. Marhamat ichkariga kiramiz!

Dong Jun: juda iltifotlisan-da, Jungkook!

Yigitchaning ko'rsatmasi bilan ichkariga kirgan juftlik baxtdan sarmastligini hammaga isbotlamoqchidek bir-biriga shirin tabassumlar hadya qilishardi.

~

Kecha qilgan janjalimdan keyingina berilgan kiyimlarni kiyib oyog'imni quchoqlagancha yotoq ustida derazaga termulib o'tirar ekanman 2 kundan beri tinimsiz meni azoblab kelayotgan Xudoning balosi kecha nomusimdan ayirib xonadan chiqib ketganicha qaytib ko'rinish bergani yo'q. Ko'zlarini chuqur yumgancha o'zimni tinchlantirishga uringanim foyda bermay yana yig'lagim kelyapdi. Tuz totmaganim sababli oyoq - qo'limda uvishish va kuchli ochlikdan sillab qurib borayotgandi. Taehyunga qilgan jahlim o'zimni ado qilmasa edi deb qo'rqaman. Hushim o'zimga qaytganidan beri surunkali bosh og'riq bilan kurashib kelyapman. Menga nima berishdi, nima bilan bunchalik o'zimni yo'qotdim bilmayman lekin o'sha kungi narsani yana iste'mol qilmasam aniq tamom bo'laman. Ikki chakkamni qattiq siqib kuchli og'riqni yengishga urindim. Ish bermayapdi. Hech nima menga foyda bermayapdi. Endi tinchlana boshlaganimda eshikning vazmin ochilishi cho'chib tushishimga sabab bo'ldi. Birdan o'sha tomonga qarar ekan o'zim tushunmaydigan qo'rquv tanamni egallab oldi. Kichik titroq vujudimga yoyilishi bilan barmoqlarim asabiylik bilan qimirlab o'zimni tuta olmadim.

Sohi: y.yana n.nima istaysiz m.mendan.?...

Qarshimdagi yigit indamay qanday qosh chimirib kelgan bo'lsa xuddi shunday harakatlanishda davom etdi. Qo'lida ko'tarib olgan patnisi ustidagi suv va qandaydir ovqat idishini ko'rib qoshlarim chimirildi. Shuncha kaltaklab, nomusimni toptab, besabab tuxmat qilib endi raxmi kelyapdimi? Asabiylikdan boshimda yana og'riq turar ekan e'tibor bermay Taehyungning harakatlarini kuzatishdan cheklandim. Unga e'tibor berishni xohlamayman.

Taehyung: yo'qligimda xizmatkorlarning hamma ovqatini rad etibsan. Yaxshi emas bu!

Vazmin gaplari miyamni chertib o'tar ekan batar asabiylasha boshladim. Tishimni tishimga qo'yib uni ko'rishni istamasligimni e'tiborsizligim bilan yaqqon bildirib qo'ygim kelayotgandi. Unga nisbatan ortiq qiziqishim qolmaganini bilishini istayman. Boshqa menga yaqinlashmasligi xohishim!

Sohi

Taehyung: ... sen bilan o'sha kuni gaplashib oldik va meni tushunding deb o'ylagandim! ( ilk marta bo'sa olgan kunini nazarda tutdi )

Sohi: men hech nima qilmadim!

Taehyung: sen umuman aybsizsan! Shunchaki seni aldashgan to'g'rimi?

Kinoya bilan aytilgan gaplardan keyingina o'sha tomonga qaradim. Hozir ko'nglimga hech nima sig'mayotgan bir paytda uning bunday so'zlariga sira ham toqat qila olmayman. Boshimdan nimalarni kechirganimni bilmay, ko'rmay turib hamma aybni menga yuklay olmaydi.

Sohi: xudbin, noshud odamsiz. Bilasizmi shuni? Shundan xabaringiz bormi? Faqat o'zini o'ylaydigan pastkash insonsiz! Sizni inson deb atash ham noo'rin. Hatto hasharotlar ham eshitish qobiliyatiga ega. Siz esa nima qildingiz? Meni bir og'iz ham eshitmay turib kaltakladingiz, nomusimni tortib oldingiz. Men bularning birortasiga arzirli ish qilmagandim.

Taehyung: mana seni eshitish uchun keldim! Men bilgan haqiqatlarning qanchalik rost yoki yolg'onligini sendan so'rab bilish uchun keldim!

Sohi: kulgimni qistatmang! USTIMDAN KULISHGA ZARRACHA URINMANG KIM TAEHYUNG! MENI BADNOM QILIB ENDI USTIMDAN KULMANG!

Taehyung: kechagi qilganlarim bokira*ligingni tekshirib ko'rish uchun edi.

Ko'zlarini asabiylikdan yumgan yigit tinchib qilgan qizga yana nigohlarini qadar ekan Sohi asabiylikdan katta-katta ochilgan ko'z kosalarini Taehyungga qadab nima deyishni bilmay qolgandi. Yotoqqa sekin yaqinlashgan Taehyung Sohining qotib qolganidan foydalanib qo'llaridan tutdi. Qo'llarida sovuq taftni his qilgan Sohi bo'lsa titrab undan barmoqlarini tortib olmoqchi bo'lganida buni yana uddalay olmadi.

Taehyung: club egasidan o'sha kuni tunda seni clubga katta pul evaziga pullashganini bildim. Menga ayt-chi Sohi, senga shu ishni qilganlarni eslaysanmi?

Asabiylashayotgani siqilib borayotgan barmoqlaridan ham sezilgan yigit hozir qanchalik g'azabda bo'lmasin alamini qizdan olishi kerak emas. Shu sababdan iloji boricha yumshoq bo'lishga urinayotgandi.

Sohi: m.men..b.bilmayman...ular.. u.ular qandaydir matoni burnimga yopishdi va... v.va ... u yog'ini eslay olmayapman..

Taehyung: urinib ko'r! Bu senga nima qilishgan bo'lsa hammasini ortig'i bilan undirib olishim uchun ham kerak! Eslashga harakat qil iltimos!

Sohi: men.. bilmayman. Rostan eslolmayman!

Bir muddat umidsiz ko'zlarga tikilgan Taehyung undan hozir bir nima chiqmasligini tahmin qilib chuqur xo'rsingancha kaftlari orasidagi barmoqlarni hafsala bilan qo'yib yubordi. Indamay o'rnidan turdi-yu yotoqdan tushish chog'ida buyruq qildi.

Taehyung: kiyimlaringni yech.

Sohi: n.nima? Yana nima xohlayapsiz men haqiqatdan eslolmayman!

Taehyung: jim bo'l va men zo'rlik bilan yechib olmasimdan avval o'zing yech!

~

Mayin shaboda ta'sirida hilpirayotgan pardalarga teskari holatda yotgan qizning tanasida suzib yurgan barmoqlar egasi uni shuncha harakat qilsa ham uyg'ota olmaganidan taajjublandi. Jungkook o'rta barmog'ini ham qo'shib ikkala barmog'ini qizning ko'rinib qolgan lifchigi orasiga biroz tiqib yana tortib olganda ham u uyg'onishni xayoliga ham keltirmadi.

Jungkook: uyg'on kichkintoy!

Sekin pichirlagan yigit tabassum bilan shivirladi. Hozir unga qarshilik qilayotgan barcha omillarni chetga surib tashlab uni yutib yuborishga ham tayyor edi. Lablarini sekin qizning ochiq bo'yniga yaqinlashtirgan Jungkook u yerda kichik o'pich va mitti zasos qoldirar ekan tomog'ida g'alati issiqlikni sezib g'ingshidi. Tanasiga yoyilgan g'alatilikdan bezovtalangancha kerishgan Kayla qo'llarini keng yoydi. Unga tegib ketmaslik uchun biroz nari surilgan Jungkook nihoyat qizaloqni uyg'otganidan xotirjam bo'ldi.

Qiz ko'zlarini erinib ochib xona bo'ylab aylantirganida yonida unga termulib turgan yigitga ko'zi tushib keskin o'rnidan turib ketdi. Noqulaylik bilan o'rnidan siljib undan uzoqlasha boshlagan qiz iloji boricha Jungkookdan nariroq ketishga harakat qilardi.

Jungkook: xayrli tong qizaloq!

Kayla: b.bu.. yerda nima qilyapsiz?

Jungkook: yotoqxonamizdami?

Kayla: qanaqa yotoqxonamiz? Bu mening xonam, siz esa unga yuzsizlarcha joylashib oldingiz!

Jungkook: bu uydagi hamma xona ham o'zimga tegishli deb o'ylagandim!

Kayla: men bu yerdan ketgunimga qadar unday emas!

Jungkook: bekorlarni aytibsan! Qayerda qandayligini men aytaman azizam!

Kayla: meni bunday atamang!

Jungkook: buni ham o'zim hal qilaman!

Kayla: hech nimani mening o'rnimga hal qilmaysiz!

Jungkook: hatto hozir mening bo'sam bilan uyg'onishingni ham men xohladim va bu ro'y berdi! Endi tushungandirsan mening qarorlarim hayotingni qay tarzda va qay darajada belgilashini?!

O'rnidan vazmin qo'zg'algan yigit ko'zini o'ziga qadalgan bir juft qorachiqlardan uzmay orqaga 1-2 qadam tashladi. O'ziga yuqori darajadagi ishonchini saqlab gapirgan yigitga qarab ensasi qotgan Kayla ko'zlarini chuqur yumib boshqa tarafga qaradi.

Kayla: yaramas! - shivirladi o'zicha.

Jungkook: 15 daqiqada nonushta stoli atrofida bo'l!

Kayla: menga buyruq berolmaysiz!

Jungkook: tez bo'l!

Qizning gapini ham eshitib o'tirmay eshikni yopib ketgan basavlat yigitning ortidan qarab qolgan Kayla oshqozonidan eshitilgan ovoz tufayli qorniga qaradi. Ha, bu ochlik belgisi. G'azab qorinni to'ydirmaydi.

Kayla

Jungkook aytgan vaqt oralig'ida tayyor bo'lib pastga tushgan qiz asabiylik bilan sochlarini to'g'irlab asosiy zalga o'tdi. Jungkookning kechagi gapi mutlaqo yodidan ko'tarilgani pand berib bugun ham har doimkidek uyda o'zlari yolg'iz deb o'yladi-yu hech ikkilanishsiz kattakon xonaga qadam qo'ydi. Uzun stol atrofida o'tirgan Jungkook va notanish juftlik qizga bir vaqtning o'zida qarashar ekan Jungkook Kaylaning bunchalik bemalol kirib kelganidan taajjublandi. Aftidan u kechagi gaplarni unutgan.

Jungkook: Kayla?

Esnab kelayotgan qiz birdan avvalgi holatiga qaytib Jungkookka qarar ekan qisilib ketgan ko'zlari kattalashib mana endi zaldagi odamlarni aniq ko'ra oldi.

Dong Jun: ooo, bu xonim bilan meni tanishtirmaysanmi jiyan?

Kattalarga xos kulgu bilan jiyanining yelkasiga qoqib qo'ygan erkak qiz haqida kecha eshitgan bo'lsa-da Jungkookka gap tashladi.

Jungkook: h.ha... albatta!

Kaylaga bir qarab qo'ygan yigit Jiwonga ham ko'z tashlab qo'yishni unutmadi.

Jungkook: Kayla yaqinroq kel!

Ostonada turib qolgan qizga qo'l cho'zgancha yoniga chaqirgan Jungkookning ishorasini biroz bo'lsa-da tushungan qiz sekin-sekin odimlab uning yonidagi stulga joylashdi.

Jungkook: Kayla bu amakim Jeon Dong Jun! Dadamning ukasi. Bu kelinoyimiz - yigit zimdan Jiwonga ko'z tashladi - Jeon Jiwon!

Kayla nim tabassum bilan hurmat yuzasidan tanishganidan xursand ekanligini bildirgach navbat Kaylani tanishtirishga yetib keldi. Shu tobda hammasini eslagan Kayla og'ir yutinib bir Jungkookka, bir uning qarindoshlariga ko'z tashladi.

Jungkook: amaki, kelinoyi! Tanishing, Kayla! Mening bo'lajak qallig'im! Ertaga nikohdan o'tamiz!

~

Dong Jun: demak, ketish haqidagi niyating o'zgarishi ham mumkin, shundaymi?

Jungkook: gap nima haqida amaki, ochiqroq gapirsangiz vaziyatga qarab ish ko'raman!

Qizlar toza havodan nafas olish uchun chiqqanidan foydalanib o'z maqsadlarini o'rtaga tashlayotgan ikki fransuz mafiyasi yillik sarhisobni ham amalga oshirardi.

Dong Jun: Fransiya kelinoying uchun biroz to'g'ri kelmayapdi, Shramm! Bolaligidan Koreyada katta bo'lgani sabablimi, to'yimizdan beri hech bo'lmasa bir marta bo'lsa ham uni Koreyaga olib kelishim haqida ko'p iltimos qildi. Rad qila olmadim. Olib keldim.

PovJungkook. Koshki muammosi faqatgina Koreya bo'lganida...

Jungkook: yaxshi, buni tushundim. Ammo men kelinoyimga qanday yordam berishim mumkin, shunga tushunmayapman!

Dong Jun: xotinim homiladorligini hisobga olib uning istaklarini so'zsiz bajaryapman. Farzandim sog'lom va xavfsiz rivojlanishi uchun ham kerak bu. Sendan yagona iltimosim, kelinoyingga 15 kun uyingdan boshpana berishingni istardim.

Kutilmagan taklif va iltimosdan hayron bo'lgancha biror so'z deya olmay qolgan yigit bir muddat indamadi. Nima deyishni, bu taklifni qanday qabul qilishni bilmay labini qimtigancha jimib qoldi. O'tmishdagi sevgilisi va uni unutish uchun munosabat o'rnatishga majbur bo'layotgan qizni bitta tom ostida yashashini tasavvur ham qila olmasdi. Bu yog'iga nima qiladi?...

.

.

.
11 qism tugadi

.

.

Keyingi qismni tezroqqqq chiqarishga harakat qilamannnn kam bogan bosa uzur😭
.

.