BEGONA
Ko'zlarim chaqchayib olmos ko'zlariga tikilgancha kipriklarimni pirpiratdim. Tushunmadim, u qayerdan biladi buni? Mendan bir og'iz ham rozi rizolik so'ramay sekinlik bilan yotoqqa qayta yotqizgan Taehyungga tushunarsizlik bilan qarab qoldim. Nimalar qilmoqchi bo'lyapsan Kim Taehyung?!
Muloyimlik bilan lablarimga egilib pastki va yuqori lablarimni o'ta ehtiyotkorlik bilan so'rib olayotgan yigitga tushunmay qarshilik qilishni ham qilmaslikni ham bilmay jim qotib turgandim. Bo'salariga javob berish haqida o'ylash esa men uchun g'irt ahmoqona ishdek tuyilardi. Borgan sari chuqurlashib borayotgan yigit noodatiy ravishda mendan ko'rpani yulib oldi. Tanam titrab uni o'zimdan uzoqlashtirishga uringanim befoyda ketdi. Yengsiz tunggi kiyimning kalta qismi ostidan tanamga qo'l solganida bilinar-bilinmas qiziy boshladim. Haroratim ko'tarilib ketganday nafasim qaynoqlashdi. Taehyung tanamni silash barobarida lablarimdan uzilib bo'ynimga yo'naldi. Ichimda elektr toki misol harakatlangan hislarga bosh egib chuqur yutindim. Belimda sayr qilib yurgan qo'llari ichki kiyim*im ostiga suqilib kirganida ko'zimni yumib oldim. Klitor*im atrofini mayin silab so'ng qo'lini qayta chiqarganida boshini biroz ko'tarib o'sha tomonga qaradi. Qon! Jin ursin* men la'nati hayz davridaman. Mendan umuman boshqa tarafga - qon yuqidan alvon tusga kirgan barmoqlari uchiga qarab turgan yigitning yuzida tabassumni ko'rdim. U kulyaptimi? Mening ustimdan kulishmi bu?
Taehyung: senda bu davr juda og'riqli keladimi?
Dab-durustdan berilgan savol tufayli o'ng'aysizlanib boshimni ko'targanimda u yuzini ochiq belimga bosib qornimni yalay boshladi. Chuqur namlik tufayli yana qorachiqlarim yuqoriga yo'nalib aqldan ozishimga bir bahya qolganida u qorin bo'shlig'imda barmoqlari yordamida aylanma harakatni amalga oshirdi. Hozir esdan og'aman. Bu nimasi? Tan olish kerak-ki ichki organlarimni yorib yuborgudek toblanayotgan og'riq sekin-asta pasayib o'z ta'sirini yo'qota boshladi. Qo'lini qornimdan uzmagan holda boshini ko'tarib menga yaqinlashganida istar-istamas lablarimni uniki bilan birlashtirdim. Kutilmagan harakatdan tabassum qilgancha bo'salarimga yutib yuborgudek javob qaytarar ekan lablarim uning dudoqlari orasida yo'qolib ketayotgandek bo'lardi.
Og'riqlar yo'qoldi. Shu bilan birga miyamga qandaydir fikr urilib sekin-asta bo'salarni to'xtata boshladim. Buni fahmlagan Taehyung so'nggi bora labimni qattiq so'rib tortgancha mendan uzoqlashdi.
Sohi: og'riqlar yo'qoldi ... raxmat !
Taehyung: men senga qahva uchun raxmat aytmadim shekilli, bunday ishlar o'rtamizda bo'lishi kerak bo'lgan odatiy masalalar, shunday emasmi?
Jim bo'lib qoldim. Rostanmi? Nahotki uni kechirdim deb o'ylayapdi?! O'zidan-o'zi qaror chiqarib faqat o'zi tasdiqlayapdimi hozir? Indamay gapiga javob reaksiya bildirmay labimni qimtigancha ko'zimni mutlaqo boshqa joyga qadagancha turaverdim. Borgan sari nimanidir o'zgartirishiga ishonchi komil bo'ldi shekilli tabassum qilgancha peshonamga labini mayingina bosib qo'ydi. Shoshilmay o'rnidan turganida undan qutildim, boshqa xonada yotadi deb o'ylay boshlaganimda kostyumini yechdi-da tumba ustidagi qahva finjonini qo'liga olib undan ho'pladi. Anchasini ichib lablarini keng yoyar ekan egilib qo'limdan tutdi-da meni lol qoldirgancha kaftim ustidan o'pib qo'ydi.
Taehyung: lekin sening qahvang raxmatdan ko'piga arziydi, sevgilim!
Anchadan beri men eshitmagan so'zni lablari orasidan talaffuz qilinganini ko'rib g'alati bo'lib ketdim. Qahvani oxirigacha simirib finjonni yana joyiga qaytargan yigit oq ko'ylak tugamalarini yechgancha ustimdan oshib o'tib yonginamga joylashganini ko'rishim bilan iloji boricha yalang tanasiga qaramaslikka harakat qildim. Go'yo yonga burilib yotmoqchi bo'lgandek sekin harakatlar bilan amallab undan teskari tomonga burildim. Ko'rpani ikkimiz uchun ham yaxshiroq tortib belimdan quchgan yigit ta'sirida noqulay joylashar ekanman ortimda menga ikkita keladigan tanaga ega erkakning yotganiga ishongim kelmasdi.
Erkaklarga xos dag'al ovozda ingrangan yigitning javobi meni qo'zg'atgani rost
Sohi: menga... ayrim narsalar kerak!
Unga himoya paketlarini nima deb tushuntirishni bilmay uyalgancha zo'rg'a bidirladim. O'zi tomondagi tumba ustidan telefonini olib menga tutqazdi-da yana belimdan tutib o'ziga tortgancha gapirdi.
Taehyung: Aruga qo'ng'iroq qil, nima kerak bo'lsa unga ayt.
Jin ursin* men shoxida yursam u bargida yuradi-ya! Indamay telefonni yoqqanimda qop-qora sovuq ekran fon rasmidan junjikib ketdim negadir. Parol?
Taehyung: 1805 keyin "ok" tugmachasini bos.
1805? Bu mening tug'ilgan kunim! Iloji boricha hech qanday reaksiya bildirmay telefonni ochdim. Ichki ekranda o'zimning qahva furgonida tayyorlab bergan qahvalarim yuzidagi rasmlardan birini ko'rib yuragim qalqib ketdi. Qandaydir faxrlanish tuyg'usini sezib tabassum qildim. Meni shunchalik qadrlaysanmi Kim Taehyung? Nahotki hayotingdagi asosiy lahzalaringning bo'g'iniga aylangan bo'lsam?
Jiwon bilan bo'lgan bir daqiqalik ishdan keyin bu yog'iga nima qilish haqida o'ylab zinalardan yuqoriga ko'tarilgan Jungkook bugun qayerda tunash haqida o'ylab boshi qotardi. Kaylaning yoniga kirsinmi, yoki o'zining ishlaydigan xonasida qolgani ma'qulmi? Kechgi dorilarni qabul qilish maqsadida o'zining qadrdon xonasi tomon yo'nalar ekan xonaga kirishi bilan har doimgidek eshikni ichkaridan qulfladi. Kompyuter qarshisiga joylashib hech narsaga qaramay birinchi bo'lib Kaylaning xonasidagi kamera yozuvlarini ochdi.
Jungkook: xo'sh, men uchun qanday tayyorgarlik ko'rmoqdasan, fleur ( gul )?
Dorilarini oldi-da bittadan icha boshlaganida kompyuter Kaylaning xonasini ko'rsata boshladi. Bo'm-bo'sh xonaning bir chetidagi ko'zgu qarshisida labini Jungkook sevadigan olcha rangiga bo'yayotgan qizni ko'rgan yigit ichayotgan suvini yuta olmay tiqilib qoldi. Labini artib ekranga yaqinroq joylashar ekan qizning egnidagi tunggi ko'ylak uning tanasini deyarli yopa olmagandi. Bu nimasi? Shu kungacha kichik qizaloqlardek erkaliklarga ega bo'lgan qiz bugun "sexy women" tomoshasida bosh rolni egallamoqchimi?
Kayladagi bu o'zgarjsh bejizga emasligini, unga nimadir bo'lganini biroz fahmlagan Jungkook bugungi kun davomidagi kamera yozuvlarini shoshgancha ochdi. Unda Kayla o'ychan ahvolda yotoqda yolg'iz o'tirgan tasvir Jungkookning yuragiga g'ulg'ula sola boshlar ekan keyingi soniyalarda eshik hech qanday ruxsatsiz ochilgan tasvir namoyon bo'ldi. Ichkariga kirib kelgan odam esa yigitning aqlini lol qilgani rost.
Jungkook: bu yana nimasi jin ursin*
Qo'lidagi shisha dori idishini stol bilan yuzlashtirgan Jungkook sochlarini asabiy siqimladi. Bu unga kelgan yana qanday sinovligiga aqli yetmay o'tmishi va kelajagini bitta tom ostida saqlayotganiga chinakamiga afsuslana boshlanadi.
Jungkook: seni deb Kayla yomon tarafga o'zgarib qolsa teringni shilib olaman Jiwon!
Ancha paytlik suhbatni jim kuzatib qaynab borayotgan qonini sovutishga urinar ekan Jiwon chiqib ketgach munkayib qolgan Kaylani ko'rib Jungkook ham g'alati bo'lib qoldi.
Jungkook: jin ursin* nega ovozlar eshitilmaydi?!
Shiddat bilan o'rnidan turib hamma dorini ham ichib bo'lmay xonadan chiqdi. Qo'li asabiy titrab borarkan o'zini fosh qilmaslim uchun iloji boricha vazmin bo'lishga urindi. Eshikni sekingina ochib kirarkan yotoqda o'tirgancha uni kutayotgan qizni ko'rib xuddi bu manzarani ilk bor ko'rayotgandek tutdi o'zini. Qoshlari tushunarsizlik bilan chimirilib Kaylaning qarshisiga kelar ekan biroz egilib qo'rquvdan ko'zlari pirpirayotgan qizga sinchkovlik bilan tikildi.
Jungkook: mast emasliginga ishonching komilmi?
Kayla: ... men spirtli ichimlik iste'mol qilmaganman!
Dadillik bilan javob bergan qizga nima deyishni bilmay qotib qolgan yigit undagi bu jiddiylik va bu tayyorgarlik sababini bilmasdan nima deyishga ham hayron bo'lardi.
Jungkook: bu tayyorgarlikka munosib javob bera olasan degan umiddaman!
Qahrli va zardali gaplari bilan g'ururimni toptashga jon-jahdi bilan kirishayotgan yigitning gaplariga umuman e'tibor bermadim. Jiwonning gaplarida qaysidir ma'noda jon bor edi. Ilgari sevgan qizini unutishiga biroz bo'lsa-da ko'maklashsam uning uchun ham men uchun yaxshi bo'lishiga negadir ishongim kelardi. Bularning hammasi Jiwonning gapidan keyin paydo bo'lgan o'ylar. Menga orqa o'girib qarshimdagi yumshoq divanga yoyilib o'tirib olgan yigitni ko'rib rejalarim birma-bir amalga oshayotganiga amin bo'layotgandim. Shundog'am bir bor ko'rgan odamning esini og'diradigan tunggi kiyimda ekanimni ham inobatga olmay o'rnimdan turdim. Bir qoshini ko'targancha har bir qadamimga hayrat bilan tikilib turgan Jungkook keyingi harakatimni umuman kutmagani bois yana qoshini chimirib oldi. Erkin turgan oyoqlaridan foydalanib ularning ustiga o'tirib olar ekanman yechib tashlagan kostyumi ostidagi oq ko'ylagining tugmalarini birin-ketin bo'shata boshladim. Harakatlarimni bir daqiqaga ham uzilishsiz kuzatgan yigitcha bjr menga, bir yarim ochiq ko'kraklarimga nigoh solib labi chetidagi temir bo'lagini asabiy o'ynab qo'yardi.
Kayla: javob bera olmaganimda, bunday kiyinmagan va buncha tayyorgarlik ko'rmagan bo'lardim shunday emasmi?
Ishimni qilish barobarida gapiga munosib javob qaytarar ekanman mendan bunday gaplarni kutmaganligi kundek ravshan edi. Oldi ochilib qolgan ko'ylakni butunlay yechib tashlar ekan sochlarimni bir tomonga tashlab ochiq ko'kraklarining mayda sharchalarini yalab oldim. Chuqur oh tortgancha sochlarimni mushtiga yig'ib olarkan bo'ynimga labini bosdi. Tishlab olganida esa unga qanchalik ta'sir o'tkazayotganimni his qildim. U harakatlarimdan aqldan ozishga tayyor edi. Xuddi shuni kutgandek boshimni ko'tardim-u uning qilayotgan ishiga xalaqit berdim.
Jungkook: sabrim bilan o'yin qilyapsanmi, azizam?
Kayla: afsuski, bu nom bilan atalishi mumkin bo'lgan yana bir inson bor hayotingizda.
Zaxarxanda gaplarimni aynan qaysi maqsadda gapirganimni bittada anglab yetgan Jungkookning yuzidagi shahvoniy tabassum soniyalar ichida yo'qqa chiqdi. Nima demoqchi bo'layotganimni aniq tushuntirish maqsadida quloqlariga yaqin kelib tashqi quloq suprasini chuqur yalab oldim-u ohista pichirladim.
Kayla: bu tanaga egalik qilishingiz uchun sizda hech qanday sabab yo'q janob Jungkook. O'tmish bilan yashaydigan yigit uchun kelajakda o'rin yo'q. Agar o'tmishingiz hozir sizni qabul qilsa marhamat, uning oldiga borishingiz mumkin!
O'tkir xanjar kabi sanchilgan gaplarim og'ir botdi shekilli qaddimni ko'targanimda menga g'azab bilan qarab turgan yigitning nigohlariga duch keldim. Bularga chidash azobning o'zginasi. Bu xonadonga kelganimdan beri mana shu ikkala zulmatlardsan qo'rqaman. Ular Jungkookda shundog'am bor bo'lgan g'azabni bo'rttirib ko'rsatayotgandek tuyiladi menga. Gaplarimga hech qanday javob olmagach shuning o'zi unga yetarli bo'ldi degan Xulosaga kelgan holda tizzalaridan turdim. Qanday yoniga borgan bo'lsam xuddi shunday shahvoniy qadamlar bilan yotoqqa yaqinlashib pastelni ustimga tortgan holatda majburan uxlashga harakat qildim. Jungkookning bag'rida bo'lganimda shuni ko'rdim-ki, u hali ham nikoh uzugini barmog'ida taqib yuribdi. Men esa uni kelgan paytimdayoq barmog'imdan sug'urib tashlagandim. Aslida kim adolatsizlik qilyapdi? O'tmishini unuta olmay uning alamini har lahzada mendan olayotgan Jungkookmi? Yoki uni unuttirishga yordam bermay vaziyatni chigallashtirayotgan menmi? Asl aybdor kim? Aslida kim jazolanishi kerak: menmi, Jungkookmi, yoki O'tmishning qora nuqtasidagi o'sha ayolmi?
Tongdan kuchli bosh og'rig'iga qarshi kurashib ofisda aqldan ozayotgan Patron tezroq consiellere kelishini kutib xunobi oshardi. Paytini poylagandek qo'lida bir talay papkalar bilan qog'ozlarni ko'targan kotibaning ortidan u bilan baravar kirib kelgan Jungkook kotibani diqqat bilan kuzatganca yumshoq o'rindiqqa asabiy joylashdi. Taehyung bilmaydigan qandaydir sabab bilan oyoqlari titrab barcha qog'ozlarni stol ustiga qo'ygan kotiba amallab xonadan chiqib ketdi. Qizning yurishida noqulaylik sezgan Taehyung qiz chiqib ketishi bilan uning ortidan yeb yuborgudek qarab turgan Jungkookka gap soldi.
Jungkook: aqlini kirgizib qo'ydim. Yurishidan ham sezmadingmi?
Taehyung: faqat ruchka tiqib qo'ydim dema la'nati!
Jungkook: ha shu joyida biroz xato qildim. Xonadan undan og'riqliroq buyum topmadim ochig'i, xavotir olma yo'otilgan ruchkaning o'rniga yangisini olib kelib beraman.
Taehyung: galvars seni deb necha bor kotiba almashtirishimga to'g'ri kelganini bilasanmi?
Jungkook: yo'q, bilishni ham istamagan bo'lardim! Chunki kotiba bu ruchka emas, men senga ruchka olib kelib berishim mumkin, lekin kotiba topib bera olmayman. Uning ustiga u menga tegajog'lik qildi, men unga emas.
Asabiy burun ko'priginni siqqan Taehyung bir necha soniya ilgari stoli ustida qoldirilgan qog'ozlarga diqqatini qaratib ularni qo'liga oldi.
Jungkook: bularmi qadrdonim patron Floy Montague,n
Sekin o'rnidan qo'zg'aldi Jungkook, ish stoliga yaqinroq kelar ekan yuqorisi shifrlangan qog'ozlarni olib Taehyungning yoniga tashladi.
Jungkook: ikki kun avval dushmaning Frade Patensonning o'g'li borligini elchisini so'roq qilayotib bilib qoldim. O'zi istamagan holda gullab qo'ydi. 2 kundan beri uning isini olish uchun tinmay qidirdim.
Taehyung: xo'sh natija qanday?
Maslahatchisining bildirgisiz qilgan ishidan asbiylashib turgan bo'lsa-da gapini oxirigacha tugatishini kutib jim turdi. Barmog'ini qirsillatib ko'zini chuqur yumib Jungkookka o'tkir nigohlarini qadadi.
Taehyung: Shramm, senga mafiaga farzand degan so'zni aralashtirmaymiz demaganmidim?
Jungkook: lekin Floy, bu orqali ko'p muammolaringni hal qilsang bo'ladi.
Taeehyung: aksincha sen menga muammo yaratayotganingdan xabaring bormi?
Jungkook: men senga oson bo'lsin deyapman.
Taehyung: jim bo'l, hoziroq majburiy ta'tilga chiqasan. 1-2 hafta yonimda bo''lmasang ancha o'zinga kelib qolasan. Uning ustiga amakingdan xabar bor!
O'z amakisining xabarini Taehyungdan eshitayotgan Jungkook ham hayratdan, ham qiziqishdan qoshlarini chimirgancha Tasehyungning gaplariga quloq tutdi.
Taehyung; Jiwonga aytmay turganing ma'qul menimcha... Janob Dong Jun yaralanibdi!
bu qismni notboukda yozganim un pzds asabiylashdim. assssaaab nimaga bu buncha qiyin. agar kam bogan bosayam mana shu iplas aybdor.