August 18, 2025

BEGONA

My stranger

BEGONA | #EP7 | [ 18 + ]

Vannadan otilib chiqishim bilan nafasim qaytgandek bo'lib ko'ksimni ushlagancha chuqur-chuqur nafas olib chiqara boshladim. Yuvinish xonasida yuz bergan voqea sabab hali ham oyoqlarimdagi titroq yo'qolmagandi. Bu nima ahvol? Bunga qanday qo'li bordi? Nega menga bunday qiladi axir?

Kayla: ahmoqmi?

Uni sudga berishim uchun tayinli sababim bor. Nega menga xohishimga qarshi tegajog'lik qiladi? Uyatsiz surbet! Xonaga kirib o'zimni qayerga urishni bilmay kaftimni siqmlar ekanman uning so'nggi so'zlari yodimga tushib tipirchilagancha garderopga qaradim. U tayyorlanishimni va meni bir joyga olib borishini aytdi. Demak, jiddiy nimadir bor. Bir bor qilgan xunrezligim sabab undan olgan javobim yana qaytalanmasligi uchun indamay kiyim talay boshladim. Sanoqli ko'cha kiyimlari orasidan shim va futbolka olib o'sha yerning o'zida egnimdagi kiyimlarni qo'limdagilarga alishtirdim. Uning yonida har gal pand berayotgan g'ururimni koyigancha garderopdan chiqayotganimda xizmatkorlar pastki ilgichlarga ilib ketgan g'alati liboslarga ko'zim tushdi. Angrayib bularni ko'zdan kechirar ekanman ularning har biri deyarli ichki kiyimning o'zidan iborat bo'lgan tunggi kiyinlar edi. Bularni kim nima maqsadda tanlab olganini yaxshi tushunib tilim uchida do'kinib qo'ydim. Ming la'nat* senga kalondimog'!

~

Ishim faqat qahva tayyorlab berishdan iborat bo'lganligi sababli kiyimlarimni alishtirdim-u Taehyungning gaplari qanchalik rost yoki yolg'onligini tekshirib ko'rish uchun ko'chaga otlandim. Aslida bu uyda soat tongi 10dan keyin qiladigan ishim umuman yo'q. Shuning uchun ham bu vaqtda uydan ketgan bo'laman. Taehyung bilan bo'lib o'tgan ishni yodga olib ketar ekanman bugun u menga har kungidan ko'ra yaqin bo'ldi va biz chegaradan o'tgan holda suhbatlashdik. Unda men bilmaydigan nimadir bor. Men uni shunchaki to'lovlarimni qoplab beruvchi sifatida taniganim to'g'ri lekin u meni shunchaki qahva tayyorlovchi kabi ko'rmasligini mana bugun isbotladi. Dimog'imda qolib ketgan atirining hidi mening bir oylik harajatlarimni qoplab berishiga ishonchim komil.

Sohi: nimalarni o'ylayapsan, Sohi?

O'zimga o'zim g'o'ldirab daraxtlarga makon bo'lgan jonajon istiroxat bog'imga - o'zimning deyarli ishxonam bo'lib qolgan joyga keldim. O'zimga tanish maydonchaga yaqinlashar ekanman shuncha kundan buyon bu yer hech bo'lmasa jimitdek bo'lsa ham o'zgarmaganligiga ishongandim. To o'zim doim qahva sotadigan joyga kelmagunimcha.

Sohi: Jin ursin* furgonim qani?

Yuragim qalqib ketdi. 3 yildan beri bir marta ham o'rnidan siljimagan furgon 3 kunda qayerga yo'qolib qolishi mumkin? Tilim aylanmay furgonim doimiy turgani sabab o'zidan qoldirib ketgan izlar ustida bir bir qadam bosar ekanman bu qandaydir hazil ekanligi haqida tahmin qila boshladim. Ammo hazil kelib-kelib men bilan bo'lishi mumkin emas. Yana kim ham bunday hazil qilishi mumkin? Furgon egasiga ijara pulini vaqtida to'laganman, qolaversa u bu yerdan olib ketishi ham mumkin emas. Shoshma-chi..! Ertalab qahvaxo'r bilan ayni shu masalada gaplashamagandikmi? Yana u singlim haqida ham gapirdi.

Sohi: y.yo'q...

Miyamga urilgan qo'rqinchli fikr tufayli oyoqlarim qanday qilib o'zimdan avval yugurib ketganiga hayron qoldim. Aqldan ozib qolishim aniq.

Sohi

Chamasi 15 daqiqa to'xtamay yugurganim sababli oyoqlarimda oyoq qolmay hansirab kasalxonaga yetib keldim. Agar hozir Semini bu yerdan topa olmasam o'sha boyvachchaning umrini jahannamga aylantiraman. Zinalardan shoshgancha chiqib Saratonga chalinganlar bo'limiga yugurdim. O'zimga tanish xonaga kirib chiqib yurgan hamshiralar tufayli biroz xotirjam bo'ldim. Lekin xonaga to'liq ko'z tashlaganimda o'sha yerda qotib qoldim. Xonadagi barcha narsalar o'zgarib qolgan, singlim yotadigan karavotda esa boshqa bir bolakay uxlab yotgandi. Unga ulangan turli xil asboblar ham o'zgargan, atrofida 2-3 ta hamshira pildirab yurgandi. Singlimga mas'ul hamshira xonadan chiqib ketayotganda qo'lidan tutib yosh qoplayotgan ko'zlarimni unga tikdim.

Sohi: b.bu yerda.. Chxve Semi ismli qizcha bor edi.. u qani? Qayerda u? Nega xonasiga boshqa bemorni olib kirishdi?

O'sha qo'rs, mansabga qarab muomala qiluvchi qo'pol hamshira qoshlarini chimirgancha qo'llarimdan qo'lini tortib oldi.

- esingiz joyidami? Kecha turmush o'rtog'ingiz kelib singlingizni Germaniyaga ko'chirish haqida doktor bilan gaplashganidan keyin hujjatlarni imzolab Semini olib ketdi-ku!

Sohi: n.nima? T.turmush.. o'rto...

- nima bo'lgan sizga, yo tavba~!

Yonimdan shoshib o'tib ketgan hamshira qayta-qayta chaqirganimga ham e'tibor bermay allaqayerga ketib qoldi. Chuqur uf tortib telefonimni chiqardim-u tanish raqamga qo'ng'iroq qildim. Chaqiruv yo'naltirilmasdan avval telefonning o'chirilgani haqida xabar berar ekan smartfonimni siqimlab qulog'imdan yulib oldim.

Sohi: JIN URSIN SENI KIM TAEHYUNGG!🗣

~

Yo'lda kelguncha ham mashinada bir-biriga bir og'zi ham gapirmay kelgan juftlikning sukutini haydovchi buzib yetib kelganliklarini ma'lum qildi. Mashinadan tushib aylanib o'tgancha Kayla tomon eshikni ochgan Jungkook qizning tushmayotganidan taajjublanib biroz egildi-da, mashina ichiga ko'z tashladi. Hech nimaga tushunmay atrofni kuzatayotgan Kaylaning nigohi Jungkookning ko'zlari bilan to'qnashib qoshini chimirdi.

Kayla: meni qayerga olib keldingiz?

Jungkook: qayerni ko'ryapdi ko'zing?

Kayla: o.ochiq.. maydon!

Jungkook: ha, barakalla! Allaqachon so'qir bo'lgansan deb o'ylagandim adashibman. Qani endi tush!

Kayla: bu yerda nima qilamiz?

Tushish davomida savol berishni ham unutmagan qiz mashinadan tushganidan keyin ham atrofdan ko'zini uzmadi. Katta-katta maydonlar bir-biridan uzoq masofalarga ajralib turgan daraxtlar bilangina band edi.

Soat kechgi 5dan oshgan bo'lsa ham osmonda quyosh biroz quyiroqdan o'rin egallagan, kun ham ancha salqin. Shu sababdan yengil kiyinib olgan yigit Kaylaga ham shuni tayinlagandi. Kalta shim va futbolka kiyishni afzal bilgan Kayla esa mana endi Jungkookning ko'ziga rosmana ochiq kiyingan bo'lib ko'rinyapdi. Oldinda yurib ketayotgan qizning oppoq sonlarini yopa olmagan kalta shim sabab Jungkook onda-sonda ortidan biror odami qarab turmaganiga ishonch hosil qilish uchun o'sha tomonga qarab qo'yardi. Jon shirin emasmi, Jungkookning qo'l ostidagilarning bari mutlaqo boshqa tomonga qarab turishgandi.

Jungkook: sening boshqa kiyiming yo'qmi?

Kayla: kiyiminga ham xo'jayinman demang faqat!

Pov.Jungkook- Oz qoldi, hatto yashashinga xo'jayin bo'laman!

Jungkook: hammani o'zingga qaratmoqchimisan?

Yigitning g'azab bilan aytilgan gapidan keyin joyida to'xtab qolgan qiz ortiga burilganida Jungkookka yaqin turib qoldi. Qoshlarini chimirib nigohini Jungkookdan uzmagan holda yana bir qadam yaqinlashib qo'lini bigiz qildi.

Kayla: men atrofingizdagi qilardan emasman!

Jungkook: o'ylab gapir - yigit ham asabiylasha boshladi - atrofimda faqat sen borsan.

Kayla: ... bunga shubham bor!

Jungkook: shubhalar doim xato bo'lgan. Bundan keyin yopiqroq kiyinishni o'rgan. Orting* qay shaklda ekanligini hamma bilishi shart emas!

Kutilmagan javobdan uyilgan qoshlari yoyilgan qizga gap bilan shapaloq tushirilgandek bo'ldi. Kalondimog'ning nega asabiylashayotganini endi tushungan Kayla o'zidan oldinlab ketgan Jungkookka tushunqiramay qaradi-yu ikkilangan qadamlarini uning ortidan tashladi.

Kayla: kalondimog'!

Keng va yam-yashil golf o'ynashga mo'ljallangan ochiq maydonda Taehyungni topgan Jungkook odamlariga o'sha yerga o'rindiqlarni joylashtirishni aytdi-yu golf tayoqlarini tayyorlayotgan Floyning yoniga bordi.

Taehyung: fleuringni olib kelibsanmi?!

Jungkook: telefonda bu yerda kechgacha qolishimizni ayting, uyda yolg'iz qoldirolmasdim.

Taehyung: bu Jungkook bizning keyingi maqsadlarimiz uchun yaramaydi janob Shramm! - tayoqlardan ko'z uzib ta'kidladi - bizga avvalgi Jungkook asqotadi.

Jungkook: so'qirmisan? Avvalgi Jungkook kim, men kim?

Taehyung: sen sevib qolgan Jungkooksan, avvalgi Jungkook haqiqiy consiellere josus edi.

Jungkook lab burib qosh chimirgancha ulardan ancha narida o'rindiqlarda quyoshda toblanayotgan qizga ko'z tashladi.

Kayla

Hech qachon ko'cha o'yinlari menga yoqmagan. Ayniqsa Golf. Chunki hech qachon to'pni tayinli ura olmaganman. Hozir esa quyoshda ko'zoynak taqqancha quyosh nuri ostida o'rindiqqa cho'zilib yotar ekanman, ora-sira kalondimog'ning do'sti bo'lgan yigit kelib suv ho'plagancha menga 32 tishini ko'rsatib iljayib ketardi. Kalondimog' ham golf o'ynashda chakki emasga o'xshaydi. U ham do'stidan kam to'p urayotgani yo'q. Lekin tan olish kerak-ki, uzun bo'yli yigit kalondimog'dan ancha zo'r o'ynar ekan. Badanimga quyoshdan himoyalovchi krem olib kelmaganim alam qilib yarim soatlik tomoshadan zerikib ko'zimni yumgancha o'zimni quyosh nuriga topshirib qo'ygandim. To qarshimda yana o'sha kalondimog' paydo bo'lib yuzimga tushayotgan issiqlikdan meni pana qilmaguncha.

Kayla: bu yerga tez-tez kelib tursak bo'ladimi?

Suv ichish davomida menga yaqinlashgan yigit suv tufayli nafas tanqisligiga uchrab atrofga qaragancha yengil-yengil nafas ola boshladi.

Jungkook: anavining qistovi bilan keldim. Aslida golf yoqmaydi menga.

Kalondimog' ortidagi golf tayog'iga yopishib qolgandek uni qo'ldan qo'ymayotgan do'stini ko'rsatar ekan bunga sira shubham yo'q edi. Demak u bilan sport noroziliklari borasida o'xshash ekanmiz.

Jungkook: bir marta ham o'ynamading-ku hali, nega yana kelish haqida so'rayapsan?

Kayla: quyosh tagida shunday yotish zavqli ekan.

Yana ko'zlarimni yumib u chetroqqa o'tgani tufayli yana yuzimga tushayotgan nurdan zavq ola boshladim. Ammo bu ko'pga cho'zilmadi. O'rindig'imda bosim sezib ko'zimni ochganimda u bir oyog'ini o'rindiqqa bosgancha tirsagini tirab menga nim tabassum bilan qarab turardi.

Jungkook: mushuk ham tekinga oftobga chiqmaydi, degan gapni eshitganmisan?

Kayla: menga shart qo'yyapsizmi?

Jungkook: mm~ balki. - dedi yuzini yaqinroq olib kelib. - hammasi haqida tunda gaplashib olamiz, fleur!

"Fleur"? Nima degani u? So'zlarini biroz labi cho'zilib aytganidan ham ma'lum-ki u nimanidir ko'zlayapdi. Jim bo'lib yana ortidan qarab qoldim. Rosti uning kelishgan bo'y-basti mening yoshimdagi ko'pchilik qizlarning orzusi. Lekin negadir unga bo'lgan neytral munosabatim teskarisiga aylanib ketdi. Uni yomon ko'ra boshlagandim. Ammo bunga hojat yo'q, chunki dadamdan meni u so'radi va bunga dadam osonlikcha rozi bo'ldi. Menga alam qiladigan yagona narsa qadrimning pul bilan qiyoslangani. Ishonaman-ki, endi dadam bo'lmish biometrik otani qayta ko'rmayman!

~

Kech bo'lganda yana o'zim xizmat qiluvchi uy qarshisida turibman. Kun davomida yig'laganim uchun ko'zlarimda og'riq zo'rayib zo'rg'a ochib turardim. Yagona dardim furgon emas, singlim edi. Butun xayolim Semida. Hozir qayerda, qay ahvolda, nimalar qilishdi unga, hech biridan xabarsiz holatda qo'limdan shunchaki yig'lash keldi xolos. O'zim umuman tanimaydigan bir yigit unga yaxshilik qila olishiga ishonmayman. Balki singlimni garovga olib mendan foydalanar?! Xayolimni chertib o'tayotgan ming xil gumonlarga aaniqlik kiritishning yagona yo'li ichkariga kirib u bilan yuzma-yuz gaplashib barchasini so'rash. Chuqur nafas olib qilayotgan ishimning to'g'riligiga ishonch hosil qilgancha uyga kirdim. Tashqaridagi qo'riqchilar meni ko'rishganda o'z-o'zlaridan ta'zim qilib qo'yishlari bugun ham takrorlandi. Tun cho'kkan mahalda ko'chada mendan boshqasi ko'rinmaydigan bir paytda shahdam qadamlar bilan o'zim biladigan xonaga - Taehyungning ishlaydigan xonasiga yo'l oldim. Soat 21:34. Hali uning uchun uxlaydigan payt emas bu. Tahminlarim to'g'riligiga ishonch hosil qilib o'sha tomonga yurar ekanman xona eshigiga yetganda taqillatib o'tirmay ochib kirish fikri miyamni chulg'ab oldi. Lekin bu unchalik to'g'ri ish emas, bunday paytda yigit kishi har nima qilayotgan bo'lishi mumkin. Garchi bu ishlaydigan xonasi bo'lsa-da! Eshikni ikki marta chertganimda bir necha soniyadan so'ng kirishim mumkinligini eshitib tiniqib nafas oldim. Eshikni ochib ichkariga kirar ekanman qandaydir qog'ozlarga ko'milib ishlayotgan yigitni ko'raman deb o'ylagandim. Lekin unday bo'lmadi. Taehyung ish stoliga kostyumini ilib orqasidan bo'yinbog'ini bo'shatayotgandi. Meni ko'rib hayron qolishini ham kutgandim, bu ham bo'lmadi. Menga bir ko'z tashladi-da sekin kulib ishida davom etdi.

Sohi: gaplashib olishimiz kerak!

Sohi

Taehyung: muammo emas! Aynan nima haqida?

Sohi: Semi, u qayerda?

Savolimdan hayron bo'lmaganini ko'rib yana yig'lagim kela boshladi. Negadir o'zimni xo'rlangandek his qilyapman. Singlimni hayotini asrab qolish uchun o'zligimdan kechib uning gaplariga ishongancha ortidan ergashdim. Endi esa uning yorug'lik yo'q bo'lgan zulmat ko'chasidaman. Jin ursin!

Taehyung: adashmasamm~ hozir Germaniyaga yetib borishdi. Agar soat kechgi 10ga yaqinlashgan bo'lsa demak atel ( mehmonxona ) ga ham joylashib ulgurishgan.

Sohi: yer yutsin, Germaniyangizni! Qanday qilib opasi bilan xayrlashmay turib singlimni o'zga davlatga yubordingiz? Sizga pul tufayli xizmat qilyapman, nega tushunmaysiz singlim mening hayotim, borim, budim! Buni tushunish shunchalik qiyinmi, nahotki menga raxmingiz kelmasaa~🗣

Yig'i aralash baqirib qichqirarkanman yuragim og'rib halqumimdagi achishish bilan birga zo'rayib borardi. Ko'zlarimdagi og'riqni-ku ta'riflab bera olmayman. Menga qarab qoshlari chimirila boshlagan yigitdan ko'zimni uzmay o'ksib-o'ksib yig'lagancha gapimda davom etdim.

Sohi: u qay ahvolda, kim bilan, sog'ligi qanday, hech biri, aqalli biror birini bilmayman. Maqsadingiz nimaligini, meni bu yerda nega ushlab turganingizni, hech birini bilmayman.. bilmayman. BILMAYMAN! QANDAY QILIB SIZGA ISHONAAY🗣

Sumkamni bir burchakka uloqtirgancha yoniga yaqinlashib nim ichiq turgan ko'ylagidan tutgancha uni siltalarkanman joyidan santimetr masofaga ham siljimagan yigit bilagimdan tutgancha meni tinchlantirishga urinardi

Jim bo'la olmayapman, o'zimni tinchlantira olmayapman. U esa meni ko'rib batar jazavaga tushmasligim uchun ham sukut saqlardi. Bilagimda turgan qo'llari kutilmaganda belimni siqimlashi bilan jimib qoldim. Ko'zlarimni katta - katta ochgancha unga qarab turarkanman qarshimdagi yigit egilib kutilmaganda lablarimga labini bosdi. Keskin yuz bergan holatdan ko'zlarim kosasidan chiqadigan darajada katta ochilib umuman harakatsiz qoldim. Taehyung katta - katta qadamlar bilan meni ortga itargancha o'zim ochib kirgan eshikka o'zimni tirab lablarimni tishlagancha bo'sa ola boshladi. Ruxsatsiz og'iz bo'shlig'imga kirib borarkan belimdan tutgan barmoqlari o'rmalab ortim*ga tusha boshlaganida uni o'zimdan itarishga tushdim. Labim orasiga kirgan pastgi labini qattiq tishlaganimda ingroq bilan peshonalarimizni birlashtirdi.

Taehyung: ahh~ yomon qizaloq!

Qayta egilib labimdan so'rib tortdi. Xonaga o'pich ovozi yoyilishi bilan o'zimni tutib uning yuziga tarsaki tushirdim. Barmoqlarim titrab yuzi chetga burilgan yigitga bir muddat harakatsiz hansirab tikilarkanman u lab cheti bilan tabassum qilib allaqachon ortimga tushib bo'lgan ulkan kafti bilan dumbam*ga tarsaki tushirdi. Qichqirib o'tirgan joyimdan qalqib ketdim-u Taehyunga urildim. Tushunarsizlik ichra qosh chimirib ko'zlariga tikilar ekanman lablaridagi tabassum haligacha o'chmadi.

Taehyung: men hech nimani javobsiz qoldirmayman, Chxve Sohi !

Sohi: y.yuzsiz... t tegm.mang m.menga!

Taehyung: tt~ jim! Qimirlab meni qo'zg'atayotganingni bilasanmi?

Nima deyayotganini aniq tushundim-u harakatsiz qoldim. Ilk bor nimanidir tushunganimdan qattiq afsuslanyapman.

Sohi: qo'yib yuboring meni!

Taehyung: avval bir insonni ko'rishing kerak!

Gapini gapirish davomida cho'ntagini kavlashtirib telefonini chiqargan yigitning bag'rida uning qilayotgan ishiga angraygancha qarab qoldim. Chiroqlar tufayli ko'zimda og'riq uyg'onib tez-tez yumib ochar ekanman Taehyung kimdandir video chaqiruv qabul qildi-da mendan biroz uzoqlashdi.

Semi: Pochchaa~

Telefon ortidan eshitilgan qo'ng'iroqdek ovoz tufayli yana u tomonga ko'zlarimni tikdim. Bu Semi ekanligiga ishonchim komil edi. Ammo uning Taehyungga qilgan murojaatini qanday tushunish mumkin?

Taehyung: gulim, ahvoling yaxshimi?

Semi: men yaxshiman pochcha~ opam injiqliklari bilan sizni xafa qilmayapdilarmi?

Sohi: nima? - katta-katta qadamlar bilan telefonga yaqinlashib uni o'zimga burdim - Semi?

Semi: voy, xol qo'ydim! Salom opajon!

Sohi: s.sen... q.qayer.larga ketib qolding meni tashlab a?

Yana yig'lay boshladim. Nega yig'layapman axir u soppa-sog'. Xavfsiz va sog'ligi joyida. Ko'z qirim bilan Taehyungga qarab qo'ydim.

Semi: men yaxshiman, bu yerda ancha yaxshi opalar menga g'amxo'rlik qilishyapdi. Kelishim bilan dorilarimni vaqtida berishdi.

Sohi: quloqsiz bo'lma. Senga biror nima qilishga urinishsa men bilan bog'lan. Hammaga ishonma, men tez orada boraman!

Taehyung: senga o'zim qo'ng'iroq qilaman Semi!

Singlim javob qaytarmasdan avval go'shakni qo'yib qo'ygan Sohiga tushunarsiz qaradim. Nega bunday qiladi?

Taehyung: yosh bolaga shunday gaplar gapiryapsanmi? Ularga ortig'i bilan to'layapman buning uchun! Undan xavotirlanadigan bo'lsa menga aytishing kerak, bolada qo'rquv uyg'otasan!

Sohi: qayta ulab bering!

Taehyung: bir kunda bir marta!

Sohi: bu qanday maynavozchilik? Singlim bo'lsa-yu uni har kuni atigi bir marta ko'raman xolosmi?

Taehyung: deyarli shunday! O'zing aytganingday oddiy qahva evaziga millionlar va inson hayotini taklif qilish g'irt ahmoqlik Chxve xonim! Shunday ekan Semi bilan gaplashish muddatingni uzaytirishni istasang qolgan shartlarimni ham bajarishinga to'g'ri keladi.

U nima haqida gapirayotganini tushunmasdim. Shartlar? Yana qanday shart? Ustimdan kulishning yangi usulimi bu?

Davom etishini kutgandek jim turdim. Hech bo'lmaganda shular orqali singlim bilan gaplashish umidi bor menda. Toki Semi Taehyungning qaramog'ida ekan u bilan janjallashib vaziyatni chigallashtirishdan foyda yo'q.

Taehyum: demak, quyidagilar! - u ko'rinishini o'zgartirib ish kursisiga o'tirdi-yu menga qarab burdi.

Taehyung: qahvadan tashqari taomlar, mening uyimda yashash, sport bilan shug'ullanish jarayonimda meni suv va sochiq bilan ta'minlash, ishlash jarayonimda sharbat tayyorlab xizmatkorlarsiz olib kelish kabi juda oddiy mashg'ulotlar Semi ikkingizning aloqa muddatingizni uzaytiradi.

Oddiy shartlarmish! U menga qo'ygan shartlarini bajarishim uchun uning xotini bo'lishim kerak..! Undan o'ylab ko'rishim uchun 1 kun muhlat berishini so'radim-u uydan juftak rostlashga kirishdim. Sumkamni olib ilojsizlarcha eshik tutqichidan tutganimda uning chorlovi bilan yana ortimga o'girildim.

Taehyung: darvoqe, singlingga bo'lgan sog'inch tufayli yana bir bonus shartni qabul qilishing mumkin!

Sohi: ... xo'sh ?

Taehyung: ... bokira*lik evaziga Germaniyani taklif qilaman!

.

.

.

Ishlaydigan xonasidan kechgi dorilarni qabul qilib yotoqxonaga qaytgan Jungkook bugungi golfdan oldin bo'lib o'tgan voqeani eslab kichik tabassum qildi. Kaylaning hozir qay holatda ekanligiga qiziqqonlik bilan eshikni ochar ekan yotoq yonidagi chiroqlarning nurida qandaydir kitob o'qish bilan band bo'lgan qizni ko'rib taajjublangancha jilmaydi. Sekin u tomonga qadam tashlab kelar ekan kim kelganini bilib turib yotoqqa tobora kirib ketayotgandek edi Kayla.

Jungkook: sevgilim nimalar bilan band ekan?

Tobora chuqurlashib borayotgan munosabatlar bir xil ritmda o'ynab borayotgandek edi. Avvaliga uzoqdan namoyon bo'lgan so'zlar keyinchalik juda yaqinlashib hatto bugun qisqa yaqinlik*ka ham bordi. Javoban kitobga imlab qo'ygan qiz ortidan emaklab kelib belidan quchgan bo'lajak turmush o'rtog'ini sezishi bilan nafasi ichiga tushib bo'g'ziga kislorod tiqilgandek jim qoldi.

Jungkook: bugun xarid qilgan kitobingmi?

Jungkook yotoqqa yaxshiroq o'rnashgach Kaylaning belidan tortib o'z tanasiga yopishtirdi-da ikkisining ustiga pastel yopdi.

Kayla: hmm~ - zo'rg'a javob qildi qiz.

Jungkook: qiziq, kim haqida!

Kayla: Leonardo da vinchi ning asarlari h.haqida. ..

Jungkook: rassommi?

Kayla: Italyalik!

Jungkook: so'nggi yillari Fransiyada o'tgan.

Pov Kayla .

Hayron qoldim. U qayerdan biladi? Nima u ham san'atga qiziqadimi?

Jungkook: qiziq, uning nimasini o'qiyapsan?

Avval o'qib tugatgan kitobimning o'zim kelib qolgan joyiga tikilar ekanman uning gapiga obdon javob berdim.

Kayla: u uyg'onish davrining atoqli rassomi bo'lgan. Tibbiyotda ilk bor inson tanasini rasmlar orqali tushuntirib bergan. Organlar, organlar sistemasi, umuman olganda inson tanasiga tegishli bo'lgan har qanday joyni rasmlar orqali ifodalagan ilk rassom hisoblanadi. ( shunisi bilan hurmat qilaman Leonardo da vinchi ni🥹 )

Jungkook: demak, meni ham chiza olasan. Shundaymi? Tanamni suratda ifodalashingni istayman Kayla!

Kayla: nima?

.

.

.

.

7 - qism tugadi.

.

.

Keyingi qismda

Kayla: biz Titanik da emasmiz! Men Jack emasman sizning yalang'och rasmingizni chizadigan!

.

.

Sohi: barchasiga roziman! Faqat yagona shartim bor!

Taehyung: menikini qabul qilgan ekansan, men ham seni eshitishga tayyorman!

.

.

.