BEGONA
Chamasi tonggi 5lar orasida uyg'onib shundan beri yotoq ustida cho'zilgancha yotardim. Kalondimog' tunda aytgan gapiga bittayam izoh kiritmay yumilib borayotgan ko'zlarini birlashtirib uyquga ketgani bo'yicha qimirlamay yotardi. Inson shuncha vaqt davomida ham o'zgarishsiz uxlashi mumkinmi? Belimdan o'ralgan qo'lidan chiqa olmagan bo'lsam-da yelkamga bosilgan lablardan arang xalos bo'lib karavot boshiga suyangancha deyarli yarim soatdan beri bir nimalarni o'ylab o'tiribman. Bu yerga kelganimga 3 kun bo'ldi. Shuncha kundan beri bir marta ham rasm chizmay yura olganimdan o'zimga qoyil qolib miyamni band qilayotgan eskizlar va dizaynlarni kompyuter papkalariday ongim bo'shliqchalariga joylashtirib o'tiribman. Kalondimog' aytganidek da Vinchi ning sohasida ham balki o'zimni sinab ko'rishim kerakdir?! 6 yarim yildan beri rasm chizaman. Lekin biror marta ham insonning rasmini chizmagan ekanman. Shularni o'ylashim bilan xayolimda ajoyib eskiz gavdalandi. Lekin tiniq emas. Chalkash chizmalar bilan ko'z oldimda paydo bo'lgan tasvirni aniqlashtirishga urinardim. Ammo yo'q, bu hech qachon o'xshamagan.
Sekin pichirlab qo'ydim. Qachon-ki miyamda yangi eskiz paydo bo'lsa, doim xira tasavvur qilganman. Aniqlikda birdan ko'ra olmasdim. Shu sababli oppoq varoqqa mo'yqalam bilan uzilishsiz chiziqlar chizardim yoki avvaldan chizilganlari ustidan barmog'i yurgizib chiqardim. Mana shu paytda sezgim ongimdagi tasvirni tiniq ochib berardi.
Belimda turgan og'ir va qattiq qo'l tanamni siqimlab o'ziga tortganida joyimdan siljib ketdim. Hatto uyqusida ham shunday kuch bilan harakat qiladigan erkak uyg'onganida qolgan erkaklarga nisbatan qay tusga kirib qolishini o'ylab yuragim qalqib ketdi. Belimdan aylangan baquvvat qo'lga ko'z yugurtirgancha muskullarini nishonga olardim. Ular shunchalik tiniq va silliqligi aqlimni shoshirgandi. Hech qachon inson tanasi yuzasida rasm chizish xohishi paydo bo'ladi deb o'ylamagandim. Shu payt daraxt ildizidek qo'llariga yoyilib oppoq teri yozasida bo'rtiq hosil qilgan qon tomirlarini ko'rib miyamda bomba portlagandek bo'ldi. Yillar davomida men chizgan chiziqchalarni inson tanasida paydo qilingandek edi bu. Yo'nalishi har tomonga tarqagan tomirlar yuzasiga qo'limni olib borib barmog'im bilan biroz bosgancha ustida yurgizib ko'zimni yumganimda miyamda paydo bo'lgan tasvir aql bovar qilmas darajada tiniqlasha boshladi.
Yana-da chuqurroq silay boshlaganimda esa tasvir aniqlashib erkak kishining muskulli tanasi paydo bo'ldi ko'z oldimda. Behayolikning oliy darajasiga chiqqan tasavvurimdan qo'rqib ko'zimni ochganimda barmoqlar harakatga kelganini payqadim.
U uyg'onyapdimi? Sekin qo'limni qo'lidan tortib olib kalondimog'ning pirpirayotgan kipriklariga qarar ekanman boshini biroz men tomlnga ko'targan yigit ko'zlarini ochib menga qaradi.
Jungkook: davom et, nega to'xtading?
U qo'liga imlab belimni qisib qo'ydi.
Jungkook: ishingni davom ettir!
Kayla: y.y.o'q.. b.alki .. sh.shartmasdir?
Javobimdan tabassum qilib qo'ygan yigit yana belimga egildi-da tunggi ko'ylak ( pijama ) imni biroz ko'tarib belimga labini bosdi. Kutilmagan harakatdan esankirab zudlik bilan kiyimimni pastga tortarkanman, u yana kulimsirab ko'zlarimga tikildi.
Kayla: men bilan juda ham yaqin bo'lmayapsizmi? Iltimos bunday harakatlarni qilmang, shilqimlik qilmang menga!
Jungkook: shilqimlik? Aytaylik, 1 haftadan keyin nikohimga olishim mumkin bo'lgan qizga qilayotgan yaqinligim shilqimlik bo'lsa mayli shilqim bo'laqolay!
Kayla: qanaqa nikoh? Tushunmadim nimalar deyapsiz?
Qaddimni ko'tarib jiddiylashar ekanman qarshimdagi yigitning kulimsirashi yo'qolmayotgandi. Undan farqli chimirilgan qoshlarim hech yoyilmas, kalondimog' esa pastki labini tishlab dam ko'zimga, dam lablarimga nigohini ko'chirardi.
Jungkook: bunga o'zing ham shunchalik tayyorsan-ki, uyg'onishimdan biroz ilgari hislarim bilan o'ynading.
Gaplarini qo'liga ishora qilib gapirgach dadillikni qo'lga olib ko'zlariga yaqinlashdim. Hozir na undan qo'rqishim, na kalovlanishim menga xalaqit bermay qayerdandir paydo bo'lgan jasurlikni ko'zlarimda namoyon qilgancha boqardim unga.
Kayla: bu bir narsa uchun kerak edi. Rasmlar borasida ilhom kelsa chiziqlar kerak bo'ladi menga. Afsuski kecha tundan beri meni qopqondek qisib yotgan bir erkak tufayli zo'rg'a nafas oldim va tomirlaringizni chiziq o'rnida ko'rishga majbur bo'ldim janob Kalondimog'!
Biroz muddat qizga so'zsiz labini qimtib boqib turgan yigit bir tirsagiga suyandi-da qizning belidan quchib turgan qo'lini yoyib biroz siqdi. Daraxtning yo'g'on ildizidek qo'l terisida bo'rtib chiqqan katta-kichik uzun-uzun tomirlar Kaylani anchagina shoshirib qo'ydi. Ko'zlari kattalashib nigohini tomirlardan uza olmay qoldi u.
Jungkook: marhamat fleur (gul) - sof fransuz aksentida qo'shimcha qildi Jungkook - istaganingcha silab ilhomlanishing mumkin!
Quloqlarini chertib o'tgan qaynoq chorlov Kaylaga yuqori bosim kabi ta'sir qilar ekan tanasida chumoli o'rmalagandek seskanib Jungkookka yer osti bilan qaradi. Bu tong qiz uchun yetarlicha maynavozlikka kon bo'lgani haqiqat. So'zlarini qayta ta'kidlagandek bag'ridagi qizga qosh uchirgan Jungkook navbatida labi chetidagi temirni o'ynab qo'ydi.
Kayla: ustimdan miriqib kulib xursand bo'lgan bo'lsangiz menga ruxsat, janob kalondimog'! Shundog'am juda ko'p suhbatlashib yubordik!
Jizzakilik bilan o'rnidan amallab turgan qiz Jungkookning quchog'idan chiqib ketdi. Chiqdi-yu xayoli hali ham o'sha yo'g'on tomirlarda qolaverd. Yotoqdan 1-2 qadam nari ketganida Jungkookning so'xlari uni joyiga mixlab qo'ydi.
Jungkook: Jungkook! - yotoqdan pastga qadam qo'ygan yigit shortigi cho'ntagiga qo'l solib Kaylaga yaqinlashdi - ismim bor mening!
Kayla: bir necha kundan buyon shu haqida gaplashishni istadim. Lekin har safar hayosizlik bilan buni rad etdingiz. Har kuni o'limimni kutib yashadim, tirik uxlaganimda esa bu yana bir ortga surilish deb o'yladim. Men bu uyga kelganimdan buyon tayyor murdadek yuribman!
Kuchsiz harakatlar bilan qizni yelkasidan tutib o'ziga qaratgan yigit sevgilisining nigohlaridagi namlik sababini bilsa-da biroz taajjublandi. Uning g'ururi toptaldi, 18 yoshida o'zgasiga sotildi, har tong begona xonadonda begona quchoqda xohlamay uyg'onyapdi. Sirg'alib tushgan ko'zyosh tomchilarini barmog'i bilan artib ko'zlari bilan baravar egildi.
Jungkook: seni o'ldirmayman! Nega o'ldirishim kerak? O'ldirgim kelganida buni kelgan kuningdayoq amalga oshirgan bo'lardim.
Yana bir bor ko'zyoshi yuzini silagan qiz o'ziga boqib turgan yigitga nigohini qadab so'zsiz qotib qoldi. Teshuvchi nigohlar sokinlashib qolibdi. Bir qo'lini cho'ntagidan chiqarib so'lg'in chehrani ohista silagan yigit qizga o'zi yetkazgan jarohat o'rniga o'zi dalda bo'lardi. Mayinlik bilan amalga oshayotgan munosabat ta'sirida asl mehrni izlayotgan Kayla esa nigohini qarshi nigohlardan olib lablarga tikdi. Balki yo'q, bu asl mehr emasdir. Bu yetkazilgan zarar o'rnini to'ldirishga bo'lgan harakatmi?
Jungkook: ismim Jungkook! Xohlasang kalondimog' deyishda davom etishing mumkin. Ammo sen berayotgan ta'rif menga mos emas, Kayla!
Kayla: nima ahamiyati bor? Muhimi kimligingiz emas, meni qay maqsadda bu yerga bu yoshimdan olib kelganingizda!
Qizning aytgan gaplaridan keyin yigitning ko'zida uchqun paydo bo'lgandek Kayladan qo'lini sekin tortib oldi. Hislar va haqiqat o'rtasida arosatda qolib ketgan yigitga ham ayni dam bu juda qiziq edi. Nega olib keldi? Sinalmagan jinsiy aloqa*ni sinalmagan qizda ta'tib ko'rish uchunmi, yo Floy aytganidek rostan ham sevib qoldimi? Bularni bilish yigit uchun ham kerak. Ammo nima ham qilsin, hali hammasi oydinlashmagan, go'yo xira tasvir. Buni tiniqlashtirish uchun esa Jungkookka Kayla singari oddiy chiziqlar kifoya qilmaydi.
Jungkook: birozdan so'ng hammasi haqida bilib olasan!
Javobdan o'zini forig' qilishga uringan yigit Kaylaniny yonida o'tdi-yu karavot yonidan egilib futbolkasini olgancha kiydi.
Kayla: qochmang! O'zim haqimda men bilmagan barcha ma'lumotlarni aytishga majbursiz!
Jungkook: adashding, hech nimaga majbur emasman! Senga sabr qil dedim.
Kayla: nega? Qaysi sababga ko'ra sabr qilishim kerak? Bu uyda kim bo'lib yuribman, ruhim o'zimda emas lekin harakatlanayapman. Kimman endi?🗣
Jungkook: indinga nikoh! O'shanda bilasan kimligingni!
Kayla: men sizga turmushga chiqmayman deyapman!🗣
Jungkook: MEN ESA INDINGA TO'Y DEDIM!🗣
Jungkook: UNDA HURMATINGNI SAQLA! MEN BILAN TENG QILMA O'ZINGNI. OVOZ TONINGNI MENGA BALANDLATMA! 🗣
Qizga o'shqirgancha telefonini olib xonadan chiqib ketgan yigit eshikni qattiq yopishi bilan Kaylaning ichida bir nima uzilgandek bo'ldi. Oyoq-qo'li muzlab ko'ziga to'lgan ko'zyoshni na chiqarishni na qaytarishni bilmay chuqur yutinib lablarini qimtidi.
Taehyung📞: eshitaman! ( fransuzcha muloqot qilishmoqda )
📞: eng yaxshi tilaklarim sizga, janob Montague de Floy
Taehyung📞: minnatdorman, janob Romaine Leo!
📞: belgilangan tashrif nuqtasini vataningizdagi boshqa clubga ko'chirishga to'g'ri keldi. Bundan sizni kech xabardor qilmadik degan umiddaman!
Bo'yinbog'ini tuzatish davomida ovoz kuchaytirishga qo'yilgan telefonidan eshitilgan gap tufayli qoshlari chimirilgan Taehyung telefonni qo'liga oldi.
Taehyung📞: yo'q mr Romaine , ayni vaqtida xabar qildingiz. Xo'sh, uchrashuv qaysi clubda ?
📞: fransiya patron'ining "Chèrie" nomli tunggi clubini bilasizmi, mr Montague ?
Eshitgan tanish nomdan ko'zlarini hafsala bilan yumgan Taehyung tishlari orasidan koreys tilida ovozsiz so'kinib labini tishladi. Fransuz bilan hamkor bo'la boshlaganiga mana endi afsuslandi u.
📞: o'sha yer bizga ma'qul keldi agar qarshi bo'lmasangiz albatta!
Taehyung📞: ... qarshi bo'lish odobdan bo'lmasa kerak!
📞: tarbiyangizga balli mr Montague! O'ylayman-ki, u yerning ustuvor qonun-qoidalaridan chuqur xabardorsiz!
Taehyung📞: hammasidan xabarim bor, kelishilgan paytda ko'rishguncha janob Romaine Leo!
📞: ko'rishguncha Montague de Floy!
Go'shakni qo'ygach telefonni qattiq siqimlab qosh ustini sidirgan yigitning hozir qilishni xohlayotgan yagona ishi atrofidagi hamma narsani chil-chil qilib alamni olish edi. Ammo bunday qilib bo'lmaydi. Bunday qilish hech qaysi muammoni hal qilmaydi. Hozir qilishi kerak bo'lgan yagona ish bu Jungkookka qo'ng'iroq qilish. Ko'p o'ylanmay tishini bir-biriga bosib g'azabini nazoratga olgancha Jungkookka chaqiruv yo'naltirdi.
Jungkook📞: Je t'entends ! (Eshitaman)
Taehyung📞: menga "Chèrie" tunggi clubi haqida, ichki tartibi haqida ma‘lumot kerak!
Jungkook📞: ... Pourquoi as-tu besoin d'un bordel ? (senga foxishaxona nega kerak bo‘lib qoldi?)
Taehyung📞: shunchaki ma‘lumot kerak menga o‘sha club haqida Shramm!🗣
Ovozi zal bo‘ylab yangragan yigit stolga mushtlab o‘shqirib yubordi. Har qalay hozirgi tig‘iz vaziyatda yarim soatdan keyin boshlanishi kerak bo‘lgan yig‘ilishga bunday ahvolda bora olmasdi.
Narigi tomonda uydan to‘laqonli ko‘chaga chiqqan Jungkook Kaylaning xonasiga qarab qo'ygancha gap boshladi.
Jungkook📞: Chèrie" clubi Aloès Joèl ismli fransuz patron tomonidan asos solingan. Joèl axloqsizlik bo‘yicha har qanday patronni ortda qoldiradi. Cho‘zmayman, u yerning birinchi ichki intizomi: sen qanchalik vip mehmon bo‘lsang senga tavsiya qilingan foxisha bilan vaqt o‘tkazish*ing shunchalik muhim! Seni shu orqali ham sevganing bor yoki yo‘qligini sinashadi.
Jungkook📞: Sohiga xiyonat qilishga tayyormisan?
Taehyung📞: men sevgiga senchalik mukkasidan ketmaganman, janob Conrad Shramm! Qolaversa bu ham uning xavfsizligi uchun ishlaydi.
Jungkook📞: har ehtimolga qarshi o'zing bilan prezervativ* olib bor! U yerga yordamchilarsiz va qurollarsiz kirasizlar!
Jungkook📞: ha. Ammo, Floy! Bundan Sohi xabar topganidan keyin nima bo'lishini ham o'ylab ko'r!
Taehyung📞: u buni bilmaydi. Hammasi joyida!
Suv dunyoda dardlardan forig' bo‘lish uchun eng yaxshi narsa. Deyarli 20 daqiqadan beri to'ldirilgan vanna ichida ko'zlarim yumuq holda yotganim sabab hatto oyoqlarimning uchi uvisha boshladi. Ko'pik ostida qolib ko'rinmayotgan tanam iliq suvda o'zgacha tinchlik bag'shlardi menga. Miyam tinchlanayotgan bir paytda Jungkookning gaplarini o'ylar ekanman, shu kunga qadar o'lim haqida bekorga o'ylaganimni fahmladim. Nikoh haqida aytgan mujmal gaplarini o'ylasam yuragim qalqib ketadi. Indinga deydimi? Bunga tayyor bo'lishim uchun kamida 4 yil kerak-ku!
Sokinlik ichida shubhali sukut uyga tarqab xonaga eshikni ochib kirgan yigitni bezovta qildi. O'ziga kerakli odamni yotoqxonadan topa olmagach yuvinish xonasiga quloq tutdi. Suvning ovozi eshitilmaydi. Qizni xonada yolg'iz qoldirib ketganiga 40 daqiqadan oshdi. Lekin uning bu yerdan chiqqanini hech kim ko'rmagan. O'zida turadigan ikkinchi kalit orqali yuvinish xonasi eshigini qulfdan ochar ekan, ichkariga kirib dong qotib qoldi. Kayla vannaning bo'sh joyiga boshini qo'ygancha tiniqib uxlar edi. Bir maromda olayotgan nafasidan ko'tarilib tushayotgan ko'ksi bunga yaqqol isbot bo'la olardi.
Jungkook: nega bunchalik uyquchisan a?
Yuvinish xonasi ichkarisidagi javonga bir tekis taxlab qo'yilgan xalatlar orasidan birini olib yoniga sochiqni ham qo'shgan yigit ko'pikdan tubi ko'rinmaydigan vannaga yaqinlashdi. Kecha u tushgan vaziyatga bugun Kayla ro'para keldi. Ehtiyotkorlik bilan qizning boshini tutib ko'tarar ekan ko'piklar chetlashib qizning orqa kuragi suv tagidan ko'rinish berdi. Silliq oppoq teriga ko'zi tushgan yigit labi cheti bilan quyuq tabassum qilgancha ishida davom etdi. Qayta o'z holiga qo'yayotganida old tomon ko'ksi ochila boshlaganida ko'zini yumib boshini keslin chetga burgan Jungkook labini qattiq ezg'iladi.
Jungkook: jin ursin* qanday qilib har qanday vaziyatda meni qo'zg'ata olasan-a?
O'zi doim nafratlanadigan tabassumini xohlamay labiga siqib chiqarga yigit qizning jussasini vannadan ko'zlarini yumgancha ko'tardi-yu xonaga amallab sekin-sekin yurgancha olib kirdi. Kaylaning tanasiga tegayotgan qo'llarida elektr toki harakatlangandek ko'ksida qo'nishib yotgan qizni yotoqqa qo'ydi. Ko'zlarini ochmagan holatda amallab ko'rpani ustiga yopdi. Tanasi o'zidan to'liq himoyalanganiga ishonch hosil qilib ko'zlarini ochgan Jungkook ko'rpa ichida erkin yotgan qizning butun tanasiga ko'z tashladi
Jungkook: inestimable (bebaho)
O‘zi odatlanib qolgan fransuz tilida qizni maqtagan bo‘ldi Jungkook. Kayla va shu bilan birga o‘z xirsi ham uyg‘onmasligi uchun tanani silashdan o‘zini zo‘rg‘a tiyayotgandi.
Jungkook: Tu vois, je te charmerai tellement dès la première nuit que le rapport sexuel restera gravé dans ton cerveau non pas comme une horreur qui t'a pris ta virginité, mais comme un plaisir sans fin ! ( ko‘rasan, seni birinchi tundayoq shunday maftun qilay-ki Jinsiy aloqa miyanga bokiraligingni olgan daxshat bo‘lib emas, cheksiz rohat bo‘lib muhrlansin! )
Har qanday holatda bo‘lishi mumkin bo‘lgan vaziyatni inobatga olgan holda Kayla va atrofdagilar tushunmaydigan ona tilida gapirdi yigit. U bular haqida ochiq gapira olmasdi. Shundog‘am tishlari orasidan sirg‘alib chiqayotgan bu gaplar yigitning qoniga qo‘shilib oqadigan testosteron hujayralarini uyg‘otgandi go‘yo. Buni jinsiy aloqa*ga bo‘lgan qaramlik deyish qiyin. Bu qarshi tomon jins vakilining tanasiga bo‘lgan chegaradan ortiq xohish!
Kamtarona tashkillashtirilgan club boshqalarnikiga qaraganda nufuzi bilan ajralib turardi. Kompaniyaning hamkorlik masalalarini o‘rtaga ko‘ndalang qo‘ygan ikki tomon ham o‘z molining qanchalik ustalik bilan ishlab chiqarilishi va ommaga tadbig'ini aytib keng talablar qo‘yishni istar edi.
Leo: illuziyaga qo‘yilgan ustuvor talab tufayli mehmonxonalar o‘z konsepsiyasini zamonaviy loyihalar asosida o‘zgartirishmoqda. Sizga qiladigan eng katta tavsiyam shu janob Montague!
Taehyung: taklifingiz o‘rinli, ammo men oqim kabi bo‘la olmayman. O‘z konsepsiyam va loyiham ustida muntazam bosh qotirgan odamman. O‘zgalar zamonaviy deb biladigan, talablar ko‘rib chiqiladigan zamonda ildizdek yoyilgan loyihani mehmonxonamga olib kira olmayman.
Leo: o‘ta yuqori did egasi ekanligingizdan kelib chiqqan holda sizga tavsiya berdim. Qabul qilish yoki qilmaslik o‘zingizga bog'liq qadrdonim Montague.
Boshidan oxirigacha sof Fransuz tilida olib borilayotgan suhbat ikki tomonning ovqat tanovulliga diqqatlarini qaratishlari bilan biroz tin oldi. O‘ta mulozamat bilan o‘z o‘rnini saqlayotgan Fransuz perrain'i va illuziya ishqibozi bo‘lgan Romaine Leo faqat ayollarga bo‘lgan qaramligi bilangina obro‘yini yerga urardi xolos. Ammo o‘zi bunga erkakning hayoti davomidagi yuz berishi kerak bo‘lgan holat deb qaraydi afsuski!
Taehyung: konsepsiya to‘g‘risida qilingan shartnoma uzoq muddat hamkorligimizni mustahkamlaydi degan umiddaman. Shunday emasmi mr Romaine?
Hamkorlikni taklif qilgan taraf sifatida xushmuomalalikni saqlayotgan Taehyung iloji boricha vazmin bo‘lishga, bo‘lishi kutilayotgan ishlarni o‘ylamaslikka harakat qilardi.
Leo: bu borada ishonchingiz komil bo‘lsin janob Montague! Qarshi bo‘lmasangiz ishimizning keyingi bo‘limizga o‘tsak! - yoshi Taehyung bilan deyarli teng erkak ovqat tanovvul qilishni to‘xtatib tabassum qildi.
Taehyung: xo‘sh, qulog'im sizda!
Leo: keyingi yil necha bahorni qarshilaysiz janob Montague?
Sekin-astalik bilan o‘zgarib borayotgan mavzu shartnomalarning papkaga solinishi va chetga surilishidan ham dalolat edi. Hafsala bilan viskini stol bilan yuzlashtirgan yigit shartnoma imzolash vaqtini uzaytirmaganidan pushaymon edi ayni damda.
Taehyung: 29 yoshni, mr Romaine!
Taehyung: ayollar hayotimdagi asosiy maqsad emas sizga aytsam!
Leo: ahah~ bu qanday maqsadligiga bog'liq qadrdonim Montague! Demak, menimcha janob Aloès Joèl ning didlarini hurmat qilgan holda club ixtiyoriga o‘tish vaqti keldi. Nima deysiz bir ko‘ngil yozmaymizmi?
Taehyung: bunga qarshilik bo‘lishi mumkinmi?
Yuzaki soxta mulozamat bilan tabassumimni yuzimga siqib chiqardim. Kap-katta erkakning ayollarga o‘chligiga ensam qotib ortidan ergashar ekanman, bizlarga tayyorlangan xonalar bir-biridan ikkita xona uzoqlikda edi. Tashqari hali yorug' bo‘lsa-da bu yer zulmatga cho‘mib nurdan butkul forig‘ bo‘lgandi. Qizil ko‘k chiroqlar bir tekislikda yuqoridan o‘rin egallab polgacha yetib kelmayotgan nuri bilan shunchaki effect berib turardi xolos. Mamnun jilmayib o‘ziga tuhfa qilingan foxisha yoniga kirib ketgan fransuz erkak ortidan qarar ekanman yo‘lak boshidagi kameraga ham ko‘z tashlab qo‘ydim.
Taehyung: jin ursin bunday kunni ham tunni ham!
Nima bo‘lsa bo‘lar deb eshikni ochib ichkariga kirdim. Viski endi-endi ta‘sir qila boshlagandi. Dimog‘imga hirs uyg‘otuvchi feramonning o‘tkir hidi o‘rnashib tomoq qirdim. Xona qizil rangga shunchalik to‘yintirilgan-ki, kirgan odam aqldan ozib qolishi hech gap emas. O‘zgacha dizayn bilan joylashtirilgan yotoqqa qahrli ko‘z tashlar ekanman go‘yo katta dozali narkotik qabul qilgandek joyida buralib sochini siqimlayotgan qiz tepaga o‘girilib yotganida uyilgan qoshlarim hayratdan yoyildi.
Yuragimda uvushish, ongimda esa qahr namoyon bo‘lib yotoqda men ko‘rgan qizdan bir vaqtning o‘zida nafratlanib uni taniganimdan pushaymon bo‘layotgandim. Hech qanday sabab uning bu yerdaligini boshqachasiga izohlay olmasdi.
Lablarim titrab chuqur yutindim-u yana g‘azabdan uyilgan qoshlarim ostidan qahr bilan boqdim.