Hope 21-qism
Seaun endi 11 oylik edi. U o‘tirar, emaklar, o‘zicha nimadir deb guvillardi. Ammo hali aniq, tushunarli so‘z aytmagandi. Shu sababli Kira bilan Jungkook o‘rtasida shirin bir raqobat boshlangan edi — Seaun kimni birinchi chaqiradi?
Kira har kuni unga “Oyi” so‘zini o‘rgatardi. Qizi bilan yuzma-yuz o‘tirib, sekin takrorlardi:
— “Oyyi… Oy-yi… De, jonim, oyyi!”
Seaun unga qarab jilmayar, so‘ng og‘zini ochib:
Jungkook buni eshitib orqa tarafdan kulib yuborardi:
— “U ‘dada’ deyishga tayyorgarlik ko‘ryapti.”
Kira labini tishlab, uni turtardi:
— “Yo‘q! Oyi deydi u birinchi. Men u bilan butun kunman, sen kechasi kelib erkalatib ketasan xolos.”
Jungkook esa qizchasini quchoqqa olib:
— “Men unga yetarlicha muhabbatni kechasi ham bersam, u baribir meni chaqiradi.”
Shu bahslar har kuni kechki ovqat vaqtida ham davom etardi. Har ikkalasi o‘zcha “dars” berardi Seaunga.
Bir kuni Seaun mehmonxonada turib o‘ynayotgan edi. Jungkook esa polga yotib, uni kuzatardi. Kira oshxonada band bo‘lsa-da, qulog‘i ularning suhbatida edi.
— “Qani, dada desang-chi? Daaa-daaa?”
Seaun uni kuzatdi, sekin labini ochdi… va…
Kira oshxonadagi likopcha qo‘lidan tushib ketdi.
Jungkook esa hayajondan sakrab o‘rnidan turdi:
— “Sen aytdingmi?! Sen aytdingmi, Seaun?! U menga dedi! Menga! Dada dedi!”
Kira mehmonxonaga yugurib chiqdi, Seaun esa yana:
Jungkook ho‘ngrab kulib yubordi. Kira esa labini tishlab, qo‘llarini beliga qo‘yib turdi.
— “Sen uni yollaganmisan?! Bu adolatli emas!”
Jungkook esa Seaunni ko‘tarib aylantirdi:
— “Seni birinchi so‘zinga haykal qo‘yaman, dengizim!”
Kira jilmaydi, lekin ichida biroz "ko‘ngli cho‘kdi".
— “Voy, birinchi bo‘lish muhimmi endi…”
— “Hayotimda ilk bor kimdandir ‘dada’ eshitdim. Men buni bir umr unutmayman.”
Bir necha hafta o‘tib, Seaun endi mustahkam turib, sekin emaklamasdan turishga harakat qilar edi. Har ikki ota-ona bu bosqichga yetgani uchun hayajonda edi.
Bir kuni kechqurun Kira Seaunni gilamga qo‘yib:
— “Qani, onang tomon yur-chi! Kelsang, yangi o‘yinchoq olib beraman!”
— “Meni tanlasa, har oy yangi o‘yinchoq, plyus kartoshka frisi.”
Seaun biroz labini qimtib turdi, so‘ng muvozanatini topib, birinchi qadamini tashladi.
Uning ikki qo‘li havoda edi, birinchi qadam — noaniq, ikkinchisi esa ancha aniq.
— “Mana, onang tomonga, Seaun!”
Ammo Seaun to‘g‘ridan-to‘g‘ri…
Jungkook tomonga yura boshladi.
Jungkook hayratda edi. Ko‘zlari chaqnardi. U polga cho‘kkalab, qo‘lini cho‘zdi:
— “Kelsang, seni osmonga olib chiqaman, qizim!”
Seaun unga yetib bordi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri dadasining bag‘riga sakradi. Jungkook uni mahkam quchib oldi, ikki aylantirdi.
— “U o‘z yo‘lini tanladi!” — deb baqirdi u kulib.
Kira esa devorga suyanib turdi. Ko‘zlarida kulgu bor edi, lekin ichida yengil hafa bo‘lgan edi. Soxta jiddiylik bilan dedi:
— “Albatta, ikki so‘zining ikkalasi ham ‘dada’ edi, endi yurish ham o‘sha tomonga…”
Ammo Seaun kichkina boshini ko‘tardi, onasiga qaradi, sekin qo‘lini uzatdi.
Kiraning yuragi titrab ketdi. U yugurib bordi, Seaunni o‘pdi, quchdi. So‘ng Jungkook bilan ko‘zlari to‘qnashdi.
— “Ko‘rdingmi? Baribir oyi deydi. Va menga ham yuradi.”
— “Bo‘ldi, bo‘ldi… bu urush yoqimli edi, lekin endi tinchlik sulhi e’lon qilaylik.”
Ular ikkalasi qizlarini o‘rtaga olib, peshonasidan o‘pishdi.
Uchovi gilam ustida o‘tirishardi — bir-biridan ustun chiqishga intilmagan, balki muhabbatda teng bo‘lgan haqiqiy oila sifatida.