June 21, 2025

Ikki dunyo bitta yurak 8-qism


Bir haftadan so‘ng, Kira asta-sekin o‘ziga kela boshladi. Ko‘zlari o‘ziga keldi, nutqi qayta tiklana boshladi, lekin… oyoqlari hali ham harakatga kela olmasdi. Shifokorlar buni vaqtinchalik falaj holat deyishdi. Ehtimol, tiklanar. Ehtimol, hech qachon…

Jungkook esa uni shifoxonadan olib chiqayotganda qattiq mahkam quchoqladi, so‘ng aravachaga ehtiyotlab o‘tqazdi. Mashinada esa o‘sha gapni aytdi:

– Men endi seni yolg‘iz qo‘ymayman.

Uyni kirgach, birinchi qilgan ishi — onasi bilan gaplashish bo‘ldi.

Onasi yuqori qavatdagi xonasida choy ichayotgan edi. Jungkook qat’iy yurib kirdi.

– Oyi, men uylanmoqchiman.

Ayol choyni stolga qo‘ydi. Ko‘zoynagini tushirib, qattiq tikildi.

– Nima? Kimga?

– Kira. U menga kerak.

Ayol kulib yubordi, ammo bu kulgi sovuq edi.

– Sen ahmoqmisan? Qayerdagi zoti tagi past qizga uylanmoqchimisan?

Jungkook yoniga borib, endi past ovozda, lekin g‘azab aralash gapirdi:

– Oyi… qachondir men sizning aytganingizni qilganmanmi?

Suk...
– Gap tamom. Men unga uylanaman.

Ayol hech narsa demadi. Faqat o‘rnidan turdi, va pastga tushdi. Lekin shu kundan keyin Kira uchun bu uy — yanada sovuq joyga aylandi. Ayol unga biror narsa demasa ham, nigohi, muomalasi bilan har kuni yanchdi, kamsitdi.

Bunga chidolmagan Kira, endi Jkning xonasidan chiqmay qo‘ydi.

Har kuni, har kecha… u oynaga qarab yig‘lardi. Oyoqlari ishlamaydi. U endi ishga chiqolmaydi. Ishlamasa — pul yo‘q. Pul bo‘lmasa, otasining qarzlari nima bo‘ladi? Inisini topishi kerak, uylarini saqlab qolishi kerak… lekin u faqat yotib, ko‘z yosh to‘kardi.

Bir kuni kechqurun, Jungkook xonaga kirdi. Kira o‘sha eski joyida oynaga qarab, yelkasi titrab yig‘layotgandi.

Jungkook sekin yoniga o‘tirib, uning qo‘lini ushladi.

– Kira…

Kira ko‘z yoshlarini artmadi. Shunchaki:
– Men nima qilay? Bu oyoqlar… endi ishlamaydi. Pulim yo‘q. Otamning qarzlari... ular juda ko‘p...

Jungkook jimgina unga qaradi. So‘ng chuqur nafas olib, qat’iylik bilan aytdi:

– Qo‘rqma. Otangning bor qarzini men to‘layman.

Kira boshini chayqadi.

– Yo‘q… bu juda ko‘p. Bu mening muammoim. Seni bu baloga aralashtira olmayman…

Jungkook uning iyagidan ohista tutdi va ko‘zlariga tikildi.

– Sen endi yolg‘iz emassan. Sening muammoing – endi mening muammoim. Oyoqlaring yurmaydimi? Men seni ko‘tarib yuraman. Qarz bo‘lsa, men to‘layman. Sen faqat tirik bo‘l… men uchun.

Kira unga tik qaradi. O‘sha sovuq ko‘zlar endi ko‘z yoshlarga to‘la edi.

– Nega bunday qilyapsan?

Jungkook jilmaydi, ko‘zida yosh bilan:

– Chunki seni sevaman, Kira. Sening yuragingdagi og‘riq meni ham ezadi. Men sening yuragingni o‘zimda ko‘raman.

.

.

.
8-qism tugadi