Hope 13-qism
Parij ularni bag‘riga olgan bo‘lsa-da, Kira o‘zini doim tashqaridan qarayotgan mehmondek his qilardi.
Har tong uyg‘onib, quyosh tushayotgan derazani ko‘rar, hovlida o‘sayotgan gullarni sug‘orar, ammo yuzida nur bo‘lmasdi.
U so‘zlamasdi. Endi u mehrni, muhabbatni, hatto go‘zallikni ham his qilolmasdi.
Chunki uning yuragi har kuni birgina so‘zni takrorlardi:
> "Agar bolam bo‘lmagan bo‘lsa... men nima uchun yashayapman?"
Jungkook esa... har kuni uni tirik saqlashga urinardi.
U doim yonida edi. Har kuni:
– “Kira, hayot hali tugamadi,”
– “Kira, sen o‘zingsan, faqat ona emas,”
– “Men seni hozirgi holatingda ham sevaman,”
Lekin Kira bu gaplarga bosh irg‘amasdi ham. Go‘yo u eshitmasdi. Go‘yo so‘zlar havoga aytilar, lekin yuragiga yetib bormasdi.
U kechalari Jungkookdan yuz o‘girib yotardi.
Ba’zida faqat yostiqqa yuzini bosib, past ovozda yig‘lardi. Shunday sekinki, Jungkook sezmasligi mumkin edi… ammo u sezardi. U har kecha o‘zini yutib, qattiq bag‘rida yig‘lab yotgan ayolini eshitardi.
Ammo u hech nima demasdi. Chunki endi so‘zlar hech narsa anglatmasdi.
Bir kuni kechqurun Jungkook unga Parijdagi bolalar uyi haqida so‘z ochdi.
– “Men o‘ylayapmanki… agar sen xohlasang… bir bolaga uy bera olamiz. Balki…”
Kira unga to‘g‘ri tikildi. Bu qarash – sovuq edi. Yig‘i, achchiqlik va umidsizlik aralashgan qarash.
– “Sen uni mening o‘rniga bermoqchisanmi?”
– “Yo‘q. Men… faqat seni baxtli ko‘rmoqchiman.”
Kira o‘rnidan turdi. Orqasi bilan deraza oldiga bordi. Shahar chiroqlari aks etayotgan oynaga qarab turdi.
– “Sen hech tushunmayapsan… Men ona bo‘lishim kerak edi. O‘sha bola meniki edi. Men uni yo‘qotdim. Qanday qilib yuragimda joy bo‘lsa ham, o‘sha joyni boshqasi egallaydi deb o‘ylayapsan?”
– “Men seni yo‘qotishdan qo‘rqyapman, Kira,” – dedi Jungkook, asta.
– “Men esa o‘zimni allaqachon yo‘qotib bo‘lganman,” – dedi Kira.
Ularning orasida sukunat cho‘kdi. Endi bu uy muhabbat joyi emas – bu, ikki sinayotgan insonning jimjit jang maydoniga aylangan edi.
Kira kunlar, haftalar davomida uy ichidan chiqmay qo‘ydi.
U har tong stulga o‘tirib, bolalar rasmlarini chizardi. Ba’zida bola o‘rniga qora dog‘lar, bo‘sh yelkalar, qop-qora ko‘zlar chizilardi.
Bir kuni Jungkook eshikni ohangsiz ochib, unga choy olib kirdi. Kira unga qarab dedi:
– “Sen mendan voz kechsang ham bo‘ladi. Men senga endi hech narsa bera olmayman. Men hatto o‘zimga ham hech narsa bera olmayapman.”
– “Men senga farzand so‘ramayapman, Kira. Men senga muhabbat so‘rayapman. Muhabbatimni qabul qilishingni so‘rayapman. Faqat shuni.”
Kira bo‘sh qaradi. Uning ko‘zlarida o‘zini jazolovchi ona, ichidan cho‘kayotgan ayol yashardi.
– “Sen meni endi sevmasang, men senga hech narsa demayman. Ammo agar meni sevsang ham... men bunga javob bera olmayman. Chunki men hali o‘zimni ham kechira olmadim.”
Jungkook o‘rnidan turdi. Ovozida chuqur dard bor edi:
– “Men seni hali ham kutaman. Har kuni. Hatto sen o‘zingni unutganingda ham, men seni eslab yashayman.”
U chiqib ketdi. Deraza oldida esa... Kira, faqat o‘zi bilan, o‘tmishi bilan va yo‘qotilgan yuragi bilan yolg‘iz qoldi.