July 8, 2022

Jarqoʻrgʻon tumanidagi 34-umumta’lim maktabida va 31-oilaviy poliklinikada Jarqo'rg'on tumani Adliya bo`limi etakchi maslaxatchisi T.Ismatullaev va yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuristkonsulti X.Saodatov ishtirokida 07.07.2022 yilda тарғибот

Targ‘ibotda Konstitutsiyaviy isloxotlarni umumhalq referendumi orqali amalga oshirilishida aholining huquqiy va siyosiy savodxonligini oshirish bo‘yicha Jarqo‘rg‘on tuman xududidagi maxallalarda, tashkilotlarida Referendumning xalq hayotidagi o‘rni va uni o‘tkazish jarayonlarining ahamiyati to‘g‘risida davra suxbatlari va targ‘ibot tadbirlari olib borildi

Referendum to‘g‘risidagi qonunga saylov komissiyalari vakolatlarini o‘zgartirish, kuzatuvchilar huquqlarini kengaytirish va boshqalarni nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritildi. Shuningdek, referendumda qabul qilingan qarorlarni faqat referendumda bekor qilish talabiga istisno kiritilayotganligi, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 iyun kuni referendum to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirishlar kiritishni tasdiqlandi xujjat Qonunchilik palatasida 11 iyun kuni qabul qilinib, 13 iyun kuni Senat tomonidan ma’qullangan edi.

Qonunning 1-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, endilikda referendumda qabul qilingan qarorlar, agar referendumda qabul qilingan qarorlarda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa (bundan oldin faqat referendum yo‘li bilan edi) bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkinligi haqida hamda 8-moddaga kiritilgan o‘zgartirishlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarda siyosiy partiyalar, fuqarolar tashabbuskor guruhlaridan kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalarining vakillari, boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar bilan bir qatorda qatnashish huquqini berishi haqida tushunchalar berildi.