Jarqo`rg`on tumani YUXKM bosh yuristkonsulti X.Saodatov tomonidan 2022 yil 15 aprel kuni tuman tibbiyot birlashmasida targ`ibot tadbiri o`tkazildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 martdagi “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ-173-sonli qarori va O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2022 yil 31 martdagi 50 um-sonli buyrug`i ijrosi yuzasidan, Jarqo‘rg‘on tuman Mahalla va nuroniylarni qullab-quvvatlash bo‘limida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarining ijrosini o`z vaqtida va sifatli ta`minlash maqsadida tashkilotni zamonaviy kompyuter qurilmalari bilan ta`minlash va optik tolali internet tarmog`iga bog`lash hamda mazkur internet orqali “Ijro.gov.uz” tizimiga ulash shuningdek, tumanda tashkil etilgan Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bilan “E-HUQUQSHUNOS” tizimi orqali ishlovchi mas`ul xodimni tegishli buyruq asosida tayinlash choralarini ko`rish yuzasidan xatlovdan o`tkazildi.
Qarorga muvofiq, 2022 yil 1 avgustdan bosqichma-bosqich Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari (Markazlar) tomonidan tuman darajasidagi quyidagi idoralarga yuridik xizmat ko‘rsatiladi:
▫️ mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi;
▫️ turizm va madaniy meros bo‘limi;
▫️ sportni rivojlantirish bo‘limi;
▫️ oila va xotin-qizlar bo‘limi;
▫️ aholi bandligiga ko‘maklashish markazi;
▫️ davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablari;
▫️ davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari;
▫️ davlat ko’p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalari;
Targibotda tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq barcha ma’lumot va jarayonlarni to‘liq elektron ravishda yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish va amalga oshirish imkonini beruvchi “E-huquqshunos” elektron tizimi orqali amalga oshirishi “E-huquqshunos” elektron tizimdan foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan Markazlardan ijobiy xulosa olinganidan so‘ng takrorlanmaydigan maxsus raqam berish va elektron tarzda qabul qilish hamda ushbu hujjatlarni avtomatik tarzda izchil ketma-ketlikda raqamlash orqali qog’ozbozlikka barxam berilishi? Bundan tashqari aholiga va bevosita ijrochilarga qonunchilik xujjatlarining mazmun-mohiyatini doimiy ravishda yetqazish va tushuntirib borib, sifatli va professional yuridik xizmat ko‘rsatish maqsadida Adliya organlari tazimida Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tashkil etilganligi, markazning ish faoliyati xaqida tushunchalar berildi
Targ`ibot davomida qatnashchilar tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.