Tibbiyot birlashmasida huquqiy targ`ibot tadbirlari o`tkazildi...
2022 yil 1-aprel kuni Jarqorg’on tuman Yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuristkonsulti X.Saodatov tomonidan tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari bilan navbatdagi manzilli targ'ibot tadbirlari o'tkazildi.
2022 yil 31 mart kuni tibbiyot birlashmasi shartnomalar bo’limida Markazlardan ijobiy xulosa olinganidan keying harakat yuzasidan otkazilgan manitoringda aniqlangan kamchlklar va ularni bartaraf qilish boyicha targ’ibot o’tkazildi.
Targ’botda Jarqo’rg’on tuman tibbiyot birlashmasi bosh hisobchisi F.Boboqulov va hisob bo’limning boshqa hisobchilari ishtirok etdi. targibotda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5168-sonli qarorining maqsad va vazifalari haqida tushuntirish berildi.
Shu bilan birga mazkur qarorning 4-bandi 5-hatboshida elektron tizimdan foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan Markazlardan ijobiy xulosa olinganidan so‘ng takrorlanmaydigan maxsus raqam berish va elektron tarzda qabul qilish hamda ushbu hujjatlarni avtomatik tarzda izchil ketma-ketlikda raqamlash bo’yich amaliy tushuntirildi.