Jarqo'rg'on tumani Yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti X.Saodatov tomonidan tumani davlat soliq inspeksiyasida huquqiy targ'bot tadbiri o'tkazildi
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 martdagi PQ -173-son “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori mazmun mohiyatini joylarga yetkazish bo‘yicha targ‘ibotlar o‘tkazish Reja-grafik asosida 2022 yilning 29 aprel kuni Jarqo‘rg‘on tuman Davlat soliq inspeksiyasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Targ‘ibotda Targ‘ibotda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5168-sonli qaroriga asosan Adliya boshqarmalari huzurida Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tashkil etilganligi va 2021 yil 1 oktyabrdan boshlab davlat tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq barcha ma’lumot va jarayonlarni to‘liq elektron ravishda yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish va amalga oshirish imkonini beruvchi “E-huquqshunos” elektron tizimini orqali amalga oshirilib kelinayotganligi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 martdagi PQ -173-son “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori qabul qilinganligi, qarorga ko‘ra yuridik xizmati mavjud bo‘lmagan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini, ayniqsa, o‘rta va quyi bo‘g‘inda huquqiy jihatdan ta’minlash hamda ularga sifatli va professional yuridik xizmat ko‘rsatish maqsadida 2022 yil 1 avgustdan boshlab bosqichma-bosqich Markazlar tomonidan respublikaning barcha tuman va shaharlarida yuridik xizmat bilan ta’minlanmagan davlat organlari va tashkilotlarining quyidagi (mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi; qishloq xo‘jaligi bo‘limi; turizm va madaniy meros bo‘limi; sportni rivojlantirish bo‘limi; oila va xotin-qizlar bo‘limi; davlat soliq inspeksiyasi; aholi bandligiga ko‘maklashish markazi; davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablari; davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari; davlat ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalar) tuman shahar) bo‘linmalariga yuridik xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash belgilanganligi va ushbu tizim bilan ishlar tartibi tushuntirildi.
Shuningdek, 2017 yil 3 yanvarda qabul qilingan “karrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi” qonuni,joriy yilning aprel oyida yuridik va jismoniy shaxslarning, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlarning to‘lovga qobiliyatsizligi sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi 763-sonli “to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘rsida”gi qonun, kiberxavfsizlik sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi 764-sonli “Kiberxavfsizlik to‘g‘rsida” gi qonunlar qabul qilinganligi va ushbu qonunlarning mazmun-mo‘hiyati xaqida tushuntirishlar berildi