Jarqo‘rg‘on tumani YUXKM boshlig‘i S.Allanazarov, bosh yuristkonsulti X.Saodatovlar tomonidan 2022 yil 21 aprel kuni tuman tibbiyot birlashmasi va uning tarkibiy tuzilmalarida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi mehnat shartnomasini rasmiylashtirish tartibi, xodimlar va ish beruvchilarning huquq va majburiyatlari belgilab qo‘yilgan.
Bugungi kunda xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish, kuchli ijtimoiy muhofaza amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy tamoyillaridan biriga aylanib ulgurdi.
Adliya vazirligi tomonidan 2022 yilning 15 martidan 15 mayiga “Sog‘liqni saqlash va ta’dim tizimi xodimlarining xuquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi o‘tkazilmoqda. Shu munosabat sababli Adliya bo’limi hodimlari B.Maqsumov. T.Ismatillayev Jarqo‘rg‘on tuman Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig’I S.Allanazarob, bosh yuriskonsulti X.Saodatovlar tomonidan tuman tibbiyot birlashmasi va uning tarkibiy tuzilmalarida Ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi mehnat munosabatlari” mavzusida uchrashuvlar o‘tkazildi.
Uchrashuvda qonunchilikda ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi mehnat shartnomasini rasmiylashtirish tartibi hamda ish beruvchi va xodimning mehnat huquqlari bo‘yicha tushuntirildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida mehnat munosabatlarining takomillashuvi, jumladan, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksini ishlab chiqish zarurati, unda bozor iqtisodiyoti talablarini hisobga olgan holda xodim va ish beruvchi manfaatlarining muvozanatini ta’minlovchi hamda fuqarolarni ish bilan ta’minlash, individual mehnat munosabatlari, ishchilarning mehnat huquqlarini himoya qilish hamda mehnatga oid nizolarni ko‘rib chiqishga oid qoidalar kiritilish haqida ma’lumot berildi.
Jumladan, mehnat shartnomasida xodimning ish joyi, mehnat vazifasi, ishning boshlanish kuni, mehnat haqi miqdori va mehnatning boshqa shartlari belgilanishi, mehnat shartnomasi bir xil kuchga ega bo‘lgan kamida 2 nusxada yozma shaklda tuzilishi va har bir tarafga saqlash uchun topshirilishi, ishga qabul qilish ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtirilishi, shuningdek, xodimni ish vaqtida tashqari ishga jalb qilish, tungi vaqtdagi ish yoki tungi navbatchilik uchun haq to‘lash hamda mehnat ta’tiliga chiqish tartibi bo‘yicha tushuntirishlar berildi.