Jarqo`rg`on tumani YUXKM bosh yuriskonsulti X.Saodatov tomonidan 2022 yil 29 aprel kuni Sog’liqni saqlash boshqarmasining tarkibiy tuzilmalarida ishlovchi xodimlar bilan targ’ibot ishlari olib borildi.
Adliya vazirligi tomonidan 2022 yilning 15 martidan 15 mayiga “Sog‘liqni saqlash va ta’dim tizimi xodimlarining xuquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi o‘tkazilmoqda. Shu munosabat Jarqo‘rg‘on tuman Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti X.Saodatov? tuman tibbiyot birlashmasi kadrlar bo'limi boshlig'i Sh.Amirob. kasaba uyushmasi raisi B.Xamrayeva ishtirokida viloyat SSB tarkibidagi Jarqo'rg'on tumanida joylashgan Bolalar sil dispanserida mehnat munosabatlari” mavzusida davra suxbati o‘tkazildi.
Uchrashuvda qonunchilikda ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi mehnat shartnomasini rasmiylashtirish tartibi hamda ish beruvchi va xodimning mehnat huquqlari bo‘yicha tushuntirildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida mehnat munosabatlarining takomillashuvi, jumladan, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksini ishlab chiqish zarurati, unda bozor iqtisodiyoti talablarini hisobga olgan holda xodim va ish beruvchi manfaatlarining muvozanatini ta’minlovchi hamda fuqarolarni ish bilan ta’minlash, individual mehnat munosabatlari, ishchilarning mehnat huquqlarini himoya qilish hamda mehnatga oid nizolarni ko‘rib chiqishga oid qoidalar kiritilish haqida ma’lumot berildi.
Jumladan, mehnat shartnomasida xodimning ish joyi, mehnat vazifasi, ishning boshlanish kuni, mehnat haqi miqdori va mehnatning boshqa shartlari belgilanishi, mehnat shartnomasi bir xil kuchga ega bo‘lgan kamida 2 nusxada yozma shaklda tuzilishi va har bir tarafga saqlash uchun topshirilishi, ishga qabul qilish ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtirilishi, shuningdek, xodimni ish vaqtida tashqari ishga jalb qilish, tungi vaqtdagi ish yoki tungi navbatchilik uchun haq to‘lash hamda mehnat ta’tiliga chiqish tartibi bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Bundan tashqari, 06.12.2019 yilda qabul qilingan "Kasaba uyushmalari to‘g‘risida"gi qonun mazmun- moxiyati tushuntirildi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kasaba uyushmalari umumiy konfederatsiyasi a’zosi sifatida mehnatni muhofaza qilish, mehnatkashlarning huquq va erkinligini ta’minlash masalalarida hukumatning mustaqil va teng huquqli ijtimoiy sherigi sifatida faoliyat yuritib kelayotganligi xaqida ma’lumotlar berildi.