April 13, 2022

Tibbiyot birlashmasida huquqiy targibot tadbirlari o’tkazildi

2022 yil 13-aprel kuni Jarqorg’on tuman Yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuristkonsulti X.Saodatov tomonidan tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari bilan navbatdagi manzilli targ'ibot tadbirlari o'tkazildi.

Targ‘ibotda bo‘lim tomonidan Ye-huquqshunos elektron tizimi orqali markazga yuborilayotgan buyruq loyixalarida kamchiliklar yuzaga kelayotganligi, lo‘yixa yuzasidan haqqoniy ma’lumlotlar yetarli emasligi natijasida kelgusida qabul qilingan xujjatlarga nisbatan e’tirozlar yuzaga kelishi mumkinligi , shuning uchuen eng avvala kadrlar bo‘limi xodimlari o‘zlarining asosiy vazifalari va majburiyatlarini nimalardan iborat ekanligini haqida suxbat o‘tkazildi, jumladan kadrlar bo‘limi boshlig‘i doimiy ravishda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda takliflar berish, xodimlarning kasb malakasini oshirish choralarini ko‘rish, birlashmaning kadrlar zaxirasini shakllantishi, yuqori turuvchi rahbariyatning buyruqlari, farmoyishlari va topshiriqlarining o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash hamda bo‘linmalar rahbarlari tomonidan bajarilishini nazoratga olashi; Kadrlar sohasida ish yuritishni tashkil qilish, mehnat munosabatlarini belgilovchi – ishga qabul qilish, boshqa ishga o‘tkazish, mehnat shartnomasini bekor qilish, mehnat ta’tili, xizmat safariga oid buyruqlarni tayyorlash, rasmiylashtirish, xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya etishini nazorat qilish; “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq birlashma korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rishi, shuningdek huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlashi, tahlil qilishi, bartaraf etish chorasini ko‘rishi, rahbariyatiga xodimlarni rag‘batlantirish, intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida takliflar kiritadi; Mehnatni muhofaza qilish qoidalari va normalariga barcha xodimlar tomonidan rioya etilishini nazoratqiladi; xodimlarning vakillik organlari hamda yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bilan ishlarni tashkil etadi.