Jarqo‘rg‘on tumani YUXKM bosh yuristkonsulti X.Saodatov tomonidan 2022 yil 13 may kuni Byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasi Jarqo’rg’on tuman bo’limida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Targ‘ibotda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 29 aprel kuni PF-128-sonli “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun va mohiyati tushuntirildi.
Aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar izchilligini ta’minlash, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy qo‘llab-quvvatlash, ularning daromadlarini inflyatsiya darajasiga qarab indeksatsiyalab borish hamda tegishli ijtimoiy to‘lovlarni minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan kam bo‘lmasligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra 2022 yil 1 maydan boshlab yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari miqdori 1,12 barobarga oshirilishi belgilandi.
2022 yil 1 maydanboshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida:
pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 324 000 so‘m;
yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 633 000 so‘m;
nogironlik pensiyalari, ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – oyiga 698 000 so‘m;
mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa miqdori – oyiga 698 000 so‘m etib belgilanishi ko‘rsatilgan.
2022 yil 1 maydan boshlab zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori – oyiga 500 000 so‘m, ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – oyiga 500 000 so‘m, boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun nafaqa miqdori – oyiga 500 000 so‘m etib belgilandi.
Shuningdek ushbu farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda O‘zbekiston Respublikasi Xukumatining ayrim xujjatlariga 2022 yil 1 maydan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi ma’lui qilindi.