Jarqo`rg`on tumani YUXKM bosh yuristkonsulti X.Saodatov tomonidan 2022 yil 15 aprel kuni tuman Sportni rivojlantirish bo'limida targ`ibot tadbiri o`tkazildi.
Jarqo‘rg‘on tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti X.Saodatov hamda Jarqo‘rg‘on tuman Sportni rivojlantirish bo’limi boshlig'i A.Abduraimov ishtirok etdi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 martdagi “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ-173-sonli qarori va O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2022 yil 31 martdagi 50 um-sonli buyrug`i ijrosi yuzasidan, Jarqo‘rg‘on tuman Mahalla va nuroniylarni qullab-quvvatlash bo‘limida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarining ijrosini o`z vaqtida va sifatli ta`minlash maqsadida tashkilotni zamonaviy kompyuter qurilmalari bilan ta`minlash va optik tolali internet tarmog`iga bog`lash hamda mazkur internet orqali “Ijro.gov.uz” tizimiga ulash shuningdek, tumanda tashkil etilgan Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bilan “E-HUQUQSHUNOS” tizimi orqali ishlovchi mas`ul xodimni tegishli buyruq asosida tayinlash choralarini ko`rish yuzasidan xatlovdan o`tkazildi.
Qarorga muvofiq, 2022 yil 1 avgustdan bosqichma-bosqich Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari (Markazlar) tomonidan tuman darajasidagi quyidagi idoralarga yuridik xizmat ko‘rsatiladi:
▫️ mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi;
▫️ turizm va madaniy meros bo‘limi;
▫️ sportni rivojlantirish bo‘limi;
▫️ oila va xotin-qizlar bo‘limi;
▫️ aholi bandligiga ko‘maklashish markazi;
▫️ davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablari;
▫️ davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari;
▫️ davlat ko’p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalari;
Targibotda tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq barcha ma’lumot va jarayonlarni to‘liq elektron ravishda yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish va amalga oshirish imkonini beruvchi “E-huquqshunos” elektron tizimi orqali amalga oshirishi “E-huquqshunos” elektron tizimdan foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan Markazlardan ijobiy xulosa olinganidan so‘ng takrorlanmaydigan maxsus raqam berish va elektron tarzda qabul qilish hamda ushbu hujjatlarni avtomatik tarzda izchil ketma-ketlikda raqamlash orqali qog’ozbozlikka barxam berilishi? Bundan tashqari aholiga va bevosita ijrochilarga qonunchilik xujjatlarining mazmun-mohiyatini doimiy ravishda yetqazish va tushuntirib borib, sifatli va professional yuridik xizmat ko‘rsatish maqsadida Adliya organlari tazimida Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tashkil etilganligi, markazning ish faoliyati xaqida tushunchalar berildi