Jarqo’rg’on tuman byudjetdan tashqari pensiya jamgarmasi hamda tibbiyot birlashmasida huquqiy targibot tadbirlari o‘tkazildi
Tadbirda birlashmaning aksariyat xodimlari ishtirok etdi, targ‘ibotda 2022 yil 1 aprel sanasidan qanday o’garishlar sodir bo’lganligi haqida ishtirokchilarga tushunchalar berildi, hususan
Prezidentning 17 fevraldagi nogironligi bo‘lgan shaxslarni hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora tadbirlari to‘g‘risidagi PF-74-son farmoniga ko‘ra, mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi hamda ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda — 440 ming so‘mdan 622 ming so‘mgacha oshiriladi.
O‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga har oyda 500 ming so‘m miqdorida parvarishlash nafaqasi joriy etiladi.
parvarishlash nafaqasi fuqarolarning Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga qilgan murojaatlari asosida budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan tayinlanadi va to‘lanadi.
Prezidentning 7 martdagi Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PF-87-son farmoniga asosan, tadbirkorlikni yangi boshlayotgan xotin-qizlarga ajratilayotgan subsidiya miqdori 7 mln so‘mdan 10 mln so‘mga oshiriladi.
«Hunarmand» uyushmasi qoshidagi hunarmandchilik markazlarida kamida 40 foiz tadbirkor xotin-qizlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar joylashtiriladi. 2022 yilda subsidiyalarning kamida 40 foizi xotin-qizlarga yo‘naltiriladi.
Ijarada turgan «Ayollar daftari»ga kiritilgan ehtiyojmand xotin-qizlarga ijara to‘lovining 50 foizi, ko‘pi bilan 500 ming so‘mgacha kompensatsiya beriladi.