Jarqo'rg'on tumani Yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti X.Saodatov tomonidan tumani tibbiyot birlashmasi tarkibidagi 28-OP da huquqiy targ'bot tadbiri o'tkazildi
2022 yilning 29 aprel kuni Jarqo‘rg‘on tibbiyot birlashmasi tarkibidagi 28-Oilaviy Poliklinikada tuman Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti X.Saodatov, tibbiyot birlashmasi kasaba uyushmasi rasi B.Xamraeva, kadrlar bo‘limi boshlig‘i Sh.Amirov, xisobchi O.Xazratkulovlar ishtirokida kengaytirilgan navbatdagi targ‘ibot tadbiri o‘tqazildi.
Targ‘ibotda 2017 yil 3 yanvarda qabul qilingan “karrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi” qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 martdagi PQ -173-son “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori, joriy yilning aprel oyida yuridik va jismoniy shaxslarning, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlarning to‘lovga qobiliyatsizligi sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi 763-sonli “to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘rsida”gi qonun, kiberxavfsizlik sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi 764-sonli “Kiberxavfsizlik to‘g‘rsida” gi qonunlar qabul qilinganligi va ushbu qonunlarning mazmun-mo‘hiyati xaqida tushuntirishlar berildi
So‘nggi ikki yilda sog‘liqni saqlash tizimiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Joylarda har bir tibbiyot muassasasi so‘nggi, zamonaviy moddiy-texnika jihozlari bilan ta’minlanmoqda, ularda bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda.
Shu bilan birga, sohada korrupsiyaning oldini olish ham diqqat markazida bo‘lmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan bu illatga qarshi faol sa’y-harakatlar, targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 noyabrdagi PF -6110-sonli Farmoniga muvofiq, 2021 yil 1 yanvardan boshlab qishloq vrachlik punkti oilaviy shifokor punki deb, qishloq va shahar oilaviy poliklinikasi esa oilaviy poliklinika deb qayta nomlanganligi Unda poliklinikalarda tuni-kun navbatchi tibbiyot xodimi xizmat ko‘rsatishi yo‘lga qo‘yilib mahallada aholining salomatligi, hududdagi kasalliklarning o‘sishi, aholining shifoxonalarga yotishi, shoshilinch tibbiy yordam xizmatiga murojaat qilishi va boshqalar oilaviy shifokorning faoliyati natijadorligini baholash ko‘rsatgichlari etib belgilanganligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tizimdagi tibbiyot muassasalaridagi vaziyatni nazorat qilib borish, korrupsiyaning oldini olish, tamagirlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida aniq vazifalar belgilab berilgan.
2018 yil noyabr oyida imzolangan “Davlat tibbiyot muassasalari va sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror ham mazkur sohaga doir yana bir muhim hujjat bo‘ldi. Shu bilan birga, har bir shifokorni ishiga qarab baholash, muassasalarni davolanganlik holatlari bo‘yicha moliyalashtirish, audit va ichki tekshiruv tizimini yanada takomillashtirish, eng muhimi, jamoatchilik va deputatlarning tizimli nazorati yo‘lga qo‘yilmoqda. Ishonch telefoni, turli murojaatlar va shikoyatlar uchun fikr bildirish qutisi, xodimlar va bemorlar o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazish, videokuzatuv moslamalarini o‘rnatish kabi qator choralarning ko‘rilayotganligi ham sohada korrupsiya va turli salbiy illatlarga chek qo‘yilishiga xizmat qilib kelayotganligi Har bir tibbiyot xodimi sohada korrupsiyaga yo‘l qo‘yilmasligi uchun tibbiy xizmatning sifatli ta’minlanishiga e’tibor berishi lozimligi ta’kidlanmoqda
Prezidentimizning “Xalq tibbiyot sohasiga qanchalik ishonsa, davlatga ham shunchalik ishonadi. Xalq ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlardan rozi bo‘lsa — davlatdan, bugungi yuritilayotgan siyosatdan ham rozi bo‘ladi”, degan so‘zlari har bir tibbiyot xodimi uchun amaliy shiorga aylanishi lozimligi yana bir bor ishtirokchilarga uqtirib o‘tildi.
Targ‘ibot davomida xodimlardan tushgan ish xaqi, qo‘shimcha tulovlar, mukofot va moddiy yordam pullari olish va boshqa turdagi savollarga shu yerning o‘zida tushuntirishlar berildi.