April 15, 2022

Jarqo`rg`on tumani YUXKM bosh yuristkonsulti X.Saodatov tomonidan 2022 yil 15 aprel kuni tumanning 24-sonli maktabgacha ta'lim muassasasida targ`ibot tadbiri o`tkazildi.

Targ`ibot davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 martdagi PQ-173-son “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 31.03.2022 yildagi 50-um sonli buyrug`i bo`yicha targibot o`tkazildi.

Qarorga muvofiq, 2022 yil 1 avgustdan bosqichma-bosqich Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari (Markazlar) tomonidan tuman darajasidagi quyidagi idoralarga yuridik xizmat ko‘rsatiladi:

▫️ mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi;

▫️ qishloq xo‘jaligi bo‘limi;

▫️ turizm va madaniy meros bo‘limi;

▫️ sportni rivojlantirish bo‘limi;

▫️ oila va xotin-qizlar bo‘limi;

▫️ davlat soliq inspeksiyasi;

▫️ aholi bandligiga ko‘maklashish markazi;

▫️ davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablari;

▫️ davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari;

▫️ davlat ko’p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalari;

Targibotda tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq barcha ma’lumot va jarayonlarni to‘liq elektron ravishda yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish va amalga oshirish imkonini beruvchi “E-huquqshunos” elektron tizimi orqali amalga oshirishi “E-huquqshunos” elektron tizimdan foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan Markazlardan ijobiy xulosa olinganidan so‘ng takrorlanmaydigan maxsus raqam berish va elektron tarzda qabul qilish hamda ushbu hujjatlarni avtomatik tarzda izchil ketma-ketlikda raqamlash orqali qog’ozbozlikka barxam berilishi? Bundan tashqari aholiga va bevosita ijrochilarga qonunchilik xujjatlarining mazmun-mohiyatini doimiy ravishda yetqazish va tushuntirib borib, sifatli va professional yuridik xizmat ko‘rsatish maqsadida Adliya organlari tazimida Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tashkil etilganligi, markazning ish faoliyati xaqida tushunchalar berildi

Targ`ibot davomida qatnashchilar tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.