April 27, 2022

Jarqoʻrgʻon tuman sportni rivojlantirish bo‘limi hamda bolalar va o‘smirlar sport maktab (BO‘SM)ida Jarqo'rg'on tumani YXKM bosh yuriskonsultlari X.K.Saodatov va M.Mamayusupov tomonidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Jarqo‘rg‘on tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti X.Saodatov va M.Mamayusupovlar tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 martdagi PQ -173-son “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori mazmun-mohiyatini joylarga yetkazish bo‘yicha targ‘ibotlar o‘tkazish Reja grafigiga asosan 2022 yil 27 aprel kuni Jarqo‘rg‘on tuman sportni rivojlantirish bo‘limi xodimlari ishtirokida tuman bolalar va o‘smirlar sport maktab (BO‘SM)ida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

2022 yil 2 fevral kuni Vazirlar Mahkamasining «Yosh gvardiyachilar» bolalar va o‘smirlar sport maktablari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi 50-sonli qarori qabul qilinganligi, sport maktablarining faoliyati Vazirlar Maxkamasining “sport maktablari faoliyatini hamda sport maktablari trenerlari va mutaxassislari mehnatini moddiy rag‘batlantirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi 2010 yil 23 sentyabrdagi 211-son qaroriga muvofiq amalga oshirilishi. Qarorning 1-ilovasi bilan O‘zbekiston Respublikasidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan sport maktablari to‘g‘risida, 2-ilovasi bilan O‘zbekiston Respublikasidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan sport maktablari xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularning mehnatini moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlanganligi, Vazirlar Maxkamasining 2020 yil 17 fevraldagi “sport-ta’lim muassasalari faoliyatini yanada iakomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori qabul qilinganligini unga ko‘ra 2020 — 2024 yillarda bosqichma-bosqich tashkil etiladigan bolalar va o‘smirlar sport maktablari hamda bolalar va o‘smirlar sport maktablarining filiallari ruyxae asosida tashkil etilganligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 fevraldagi PQ 136-sonli “Sportni rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaror qabul qilinganligi va ushbu qarorlarning mazmun-mo‘hiyati xaqida tushuntirishlar berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5168-sonli qaroriga asosan 2021 yil 1 oktyabrdan boshlab davlat tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq barcha ma’lumot va jarayonlarni to‘liq elektron ravishda yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish va amalga oshirish imkonini beruvchi “E-huquqshunos” elektron tizimini orqali amalga oshirilib kelinmoqda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 martdagi PQ -173-son “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori mazmun-mohiyati tushuntirildi