May 7, 2022

Jarqo'rg'on tumani Yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti X.Saodatov tomonidan tumani shoshilinch va tez tibbiy yordam bo‘limida huquqiy targ'bot tadbiri o'tkazildi.

So‘nggi ikki yilda sog‘liqni saqlash tizimiga alohida e’tibor qaratilmoqda, jumladan shoshilinch va tez tibbiy yordam sifatini yaxshilash masalasida ishlari olib borilmoqda.

Shu bilan birga, sohada korrupsiyaning oldini olish ham diqqat markazida bo‘lmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan bu illatga qarshi faol sa’y-harakatlar, targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

2022 yilning 07 may kuni Jarqo‘rg‘on tuman tez tibbiy yordam bo‘limida tuman Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti X.Saodatov, tibbiyot birlashmasi kadrlar bo‘limi boshlig‘i Sh.Amirov, xamda tez tibbiyoy yordam bo‘limi xodimlari ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tqazildi. Targ‘ibotda 2017 yil 3 yanvarda qabul qilingan “karrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi” qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi
PQ-5168-son “Davlat organlari va tashiklotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan tashkil etilgan Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi ish faoliyati va vazifalari xaqida, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 martdagi PQ -173-son “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori, joriy yilning aprel oyida yuridik va jismoniy shaxslarning, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlarning to‘lovga qobiliyatsizligi sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi 763-sonli “to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘rsida”gi qonun, kiberxavfsizlik sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi 764-sonli “Kiberxavfsizlik to‘g‘rsida” gi qonunlar qabul qilinganligi va ushbu qonunlarning mazmun-mo‘hiyati xaqida tushuntirishlar berildi