Joriy yilning 15-iyul kuni Jarqo`rg`on tuman adliya bo`limi YXKM xodimlari tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida targ`ibot tadbiri o`tkazildi...
Targibot tadbirda tibbiyot birlashmasi boshlig’I P.X.Sagizov va barcha bo’lim raxbarlari. KTMP va OP lar raxbarlari ishtirok etdi.
ishtirokchilarga qabul qilingan qonunchilik hujjatlari, shu jumladan, “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi, “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonuni, 29.06.2022-yildagi O‘RQ-781-son “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.02.2022-yildagi PQ-138-son “Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, 30.05.2022-yildagi PQ–263-son “Advokatura faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 16.05.2022-yildagi 259-son “2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlari mazmun-mohiyati haqida tanishtirib o‘tildi.
Bundan tashqari tibbiyot birlashmasida aksariyat hollarda xodimlarga yillik mexnat ta’tiliga chiqishiga ruxsat etish to‘g‘risidagi buyruqlar, xodimlar mexnat ta’tiliga chiqib ketganidan so‘ng ishlab chiqilayotganligi ta’til uchun xaq to‘lash ta’tilning o‘rtasida yoki oxirida to‘lanayotganligi Mexnat qonunchiligi talablariga mos emasligi, ushbu xolatlarni mexnat qonunchiligiga moslashtirish zarurligi to‘g‘risida gapildi jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Mexnat kodeksi talabiga ko‘ra, mexnat ta’tili, xodim dam olishi va mexnat qobiliyatini tiklashi (133-m) maqsadida beriladi, shu sababli ham xodim mexnat ta’tiliga chiqishidan 15 kun oldin xabardor (144-m) qilinadi va Ta’til uchun haq to‘lash ta’til boshlanmasidan oldingi oxirgi ish kunidan kechikmay (148-m) amalga oshirilishi mexnat kodeksida belgilab qo‘yilganligi kodeks talablariga amal qilmaslik oqibatlari xaqida gapirildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 18.03.2022 yildagi PQ-173-sonli qarorining xamda Adliya vazirligining 2022-yil 1-avgustdan boshlab bosqichma-bosqich Markazlar tomonidan respublikaning barcha tuman va shaharlarida yuridik xizmat bilan ta’minlanmagan davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar) xususan KTMP va OP lariga ta’minlash to‘g‘risidagi taklifi idrosini ta’minlash maqsadida “E-huquqshunos” elektron tizimi orqali qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazishlik uchun mavjud modiy texnika bazasini yaxshilash va “E-huquqshunos” elektron tizimi ulanish choralari yuzasidan tushuntirishlar berildi.