October 6

#Sevgi

— 16_episode —

Hozirgi vaqt

(𝗧𝘂𝘀𝗵𝘂𝗻𝘁𝗶𝗿𝗶𝘀𝗵: otgan qismda 3 soat oldingi vaqt oraligida bolgan voqealar tasvirlangan edi : )

- Tae Hyung - xonaga shiddat bilna kirib kelgan Mingyu nafas rostlardi . Xona balkonida asabiy sigareta chekayotgan Taehyung u tomon qaradi va yurib kela boshladi .

- nima boʻldi Mingyu - Taehyung

- ha..aligi , aa..anavi - aytadigan xabari boshligʻiga xush kelmasligini anglayotgan yigit endi dovdiray boshladi .

- chaynalma - Taehyung asabiy koʻzlarini yumib

- oʻoʻ..shaa qiz y..yani Park Sarang ....- ʼyigit gapini tugatmasdan yoqasidan qarshisidagi gavda tomon qattiq tortilishi tufayli toʻxtab qoldi

- NIMA PARK SARANG , GAPIR LANATI - baqirib yoqasidan tortqilab

- uni jamoasini Namjoon va Huseokni qarorgohida qoʻlga olishgan - bir nafasda aytilgan soʻzlar va qoʻrquv bilan uning soʻzlarini eshitgan insonga qaragan Mingyu . Taehyung kula boshladi . Shunday kular ediki , u kulgu ichida quvonchdan boshqa hamma narsa bordek , ayniqsa , gʻazab . "Yana quturyapti " hayol qildi Mingyu . Kulgudan toʻxtagan Taehyung asta yurgancha xona burchgidagi shkaf yoniga bordi

- siz meni aytganimni qilmang, hopmi , qilmang meni aytganimni . - shkaf eshigini ichgancha ichiga qol soldi - . Men nima dedim . Borma dedim . Yana nima dedim, jabrlanasan dedim , nima qildi bordi . Endi nima ahvolda , hah - qoʻliga oʻzining oltindan yasalgandek tilla rang yaltirab turgan ikkita toʻpponchasini olib kamariga qistirdi .

- nma qilamiz - Mingyu unga teskari qarab turgan boshligʻiga qarab

- nima qilamiz - istehzo va hali ham soʻnmagan gʻazab bilan ortiga oʻgirilib - nima qilardik , boramiz . Seningcha uni chiyaboʻrilar yonida qoldiraman mi - yurish mobaynida gapirib eshik yonida turgan ukasiga qaragancha oʻtib ketdi - meniki boʻlganlarga hechkim tegina olmaydi - oʻzi eshitadigan qilib shivirlab . Xoʻrsinib ikki qoshi orasini silab turgan yigit ortiga oʻgirilib akasi ortidan chiqdi

- bularga nima bolgan-a , olgisi kelsa ana ozini ossin , otib tashlasin . Uxlayotgan sherni uygotib , yoq yoq tepib uygotib balo bormi . Endi suyagini ham qoldirmaydi bularni . - Mingyu shivirlab zinalardan tusharkan

Katta katta qadamlar bilan uyning chiqish eshigi tomon odimlab borayotgan yigit gʻazabdan qizargan koʻzlari bilan hech narsa koʻrmasdi, huddiki, koʻzlari gʻazabdan kor boʻlgandek. Uy tashqarisida allaqachon terilib turgan mashinalar va qoʻrqchilar tomon odimladi .

- 15 tangiz men bilan qolganlar ham tayyor turishsin - mashina eshigini ochib turgan qoʻriqchiga qarab gapirib mashinaga oʻtirdi . U haydovchiga tezroq haydashni buyurdi , hech narsaga etibor bermas hatto uni chaqirayotgan ukasi Jungkookni ham eshitmas edi . Uydan yugurib chiqqan Mingyu Jungkookni korib unga qol silkib mashinasi tomon yurdi . Jungkook asta yurib uning mashinasi yoniga o'z mashinasi bln yaqinlashdi .

- nma boʻldi qayerga ketyapsiz - Jungkook va Suga Mingyuga savol berdi

- anavi politsiya boshqarmasi boshligʻi bor ediqu . Anavi qiz , ismi nima edi ya Sara .. Yoq Sarang oʻshani hamkasbi bilan Namjoon va Huseok qolga olishibdi . Akang eshitib quturib ketdi - Mingyu tez tez bir nafasda gapirarkan kamarini taqib mashinani ot oldirdi . Jungkook uchun ..hamkasbi.. degan soz uni yuragiga gʻulgʻula solishga sabab boʻldi .

- men kettim - Mingyu javob ketmay mashinani haydab ketdi .

Mashina darvozadan chiqib ketarkan Jungkook ham mashinani Mingyu ortidan burdi .

- heyy Jeon men tushib qolaman - Suga nima boʻlayotgani endi tushunib

- Hyung , iltimos , kech qolamiz .

- senga nima , ozi sizlarga nima a , osha politsiyachi bilan nima ishingiz bor sizlarni - Suga asabiylashib . Ammo Jungkook javob qaytarmadi . uning hayolida 1 oy oldin uchratgan , u " ohukoʻz " deb nom qoygan qiz osha yerda bolmasligi muhimroq edi .

.......

Qandaydir koʻrimsiz joyga kelib toʻxtagan mashinalar va ularning bittasidan tushgan Kim Taehyung . U mashinadan tushib kastyumini old tugmalarini qadarkan oʻzidagi gʻazabni sovuqqon yuz bilan yashirishga urinardi . Endi oldidagi haroba tomon qadam bosgan on ortida toʻxtagan ikkita mashina uning etiborini tortdi . Mashinaning biridan Mingyu uning ortidagidan Jungkook va Suga tushib kelardi

- siz bu yerda nima qilyapsiz - Taehyung qoshlarini chimirib akasi va ukasiga savol berdi . Suga labini burib Jungkookga ishora qilarkan Taehyung nigohini ukasiga qaratdi

- men siz bilan kiraman

- Jungkook bu se...

- MEN SIZ BILAN KIRAMAN - Jungkook har bir sozini ovoz tonini koʻtargancha dona dona qilib aytarkan , uning bu qiligʻi akasiga yoqmadi ammo hozir tortishish vaqti emas .

- keyin gaplashamiz hali sen bilan - Taehyung unga yaqin kelib . ,,Yur,, ishorasini qildi

- men shu yerda qolaman - Yoongi mashinaga suyanib . Hech bir so'zsiz bino tomon yurgan Taehyung ichkaridagi vaziyatga qarab qanday ish tutishni oylardi

...............

Yuziga tushgan tarsakidan yuzlari ot bolib yona boshlagan qiz lab chetidagi qonni tili bilan yaladi . Oldida unga xuddi quturgan hayvondek qarab turgan erkakga jirkangandek qaradi . Erkak unga yana tarsaki tortaman deganda boshqa burchakdan eshitilgan ovoz uni toxtatdi

- toʻxta - kursiga suyanib ularni tomosha qilayotgan erkaklardan biri ornidan asta turib ular tomon odimladi . Qizni qarshisiga kelib u tomon egildi , qizning yuzidagi qonagan joylariga asta teginmoqchi bolganida Sarang yuzini burdi . Uning bu qiligidan kulgan yigit qayta tiklandi .

- haqiqiy yovviyi ekansan , "Yovvoyi mushuk" - erkak ogzidan chiqqan ogirgi jumlalardan qiz jirkandi . Ammo avval bunday bolmasdi yani "u"ndan eshitganda , quloqlari "u"ndan boshqasidan bu gaplarni eshitishni xohlamayotgandek edi . Ammo hech soʻz aytmadi .

- bilasanmi goʻzalim - yigit qiz bogʻlangan kursi atrofida aylanib - menga ham sendek janonni qiynash yoqmayapti , sendek goʻzallarni boshqachasiga , yotoqda qiynash kk aslida - jirkanch kulib - menga bu yerni kim aytganini ayt . Qaysi it AYTDI SENGA BU MANZILNI - oʻshqirib qizni yuzlaridan siqdi . Oʻgʻriqdan koʻzlariga yosh kelgan qiz ularni chiqarmaslikka urinardi .

#16_episode tugadi.