#Vaqt_va_taqdir
POV_JUNGKOOK: Men juda xursand bo'lgandim. Qarshimda mening malikamga juda o'xshagan ayolni ko'rib, lablarimdan mamnun tabassum paydo bo'ldi.
U asabiylashib o'sha maraz Jaewookning qo'liga yopishdi. Men tushundimki, u mening ayolim emas, u nazarda tutayotgan sevgilisi edi. Chunki meni malikam hech qachon bu ishni qilmasdi.
Yoki o‘zimnikiga tegganida qo‘llarini yorib tashlagan bo‘lardim.
Olmosdek porlab turgan zumrad ko‘zli meni malikamga oʻxshab ketadigan, lekin meni malikamni yarmi halik goʻzal boʻlmagan oʻsha orqadagi sirli ayolga tikilib qoldim.
Men uni uch yil oldin balda ko'rganimni esladim!
Shuning uchun men malikamni birinchi martada ko'rganimda, men boshqacha, yangi, tushuna olmaydigan tuygʻuni his qilgandim.
Men doimo uning atrofida bo'lish, uni himoya qilish, teginish, uning har qanday xohish-istaklarini bajarish va uni meniki deb da'vo qilish uchun g'ayrioddiy ehtiyojni his qilardim. Uning ovozini eshitganimda yoki jilmayganini ko'rganimda quvonch uchqunlarini his qilardim.
Men e'tiborimni endi yuzida qo'rquv ifodasi paydo bo'lgan malikamga qaratdim.
Ha, malika haqiqatni mendan yashirgan. Agar men bundan xabar topmaganimda edi, u o'sha marazni asirlikdan qutqargan bo'lardi.
Menga qarshi chiqqani uchun undan baribir g‘azablandim.
— Anavini sud zaliga olib bor va men bormagunimcha uyerdan qimirlama, – deb buyruq berdim ChonUga.
ChonWooni ham boplab adabini beraman, faqat keyinroq.
— Jihyun, qol. Qolgan hamma ChonWoo bilan ketsin!
Meni dahshatga solib, yashilkoʻzli mening malikam, ketish uchun oʻgirildi. Orqadagi moviykoʻz malika esa qoldi.
[Yashilkoʻz malika – Jihye, Moviykoʻzi Kan Jihyun]
Shunday qilib, oʻsha ayolni ismi Jihyun.
— Kutib turinglar!!! – dedim jahl bilan va ular joyida to‘xtashdi.
Men malikamga qarab yurdim va bilagidan mahkam ushlab oldim.
U menga qo'rquv bilan to'lgan ko'zlari bilan qaradi. Qoyil, men uni dunyoolarcha sevaman, lekin ismini bilmayman!
— Ketishimga ruxsat bering, – deb pichirladi u bilagini bo'shatishga urinib.
— Hech qachon. – deb javob berdim va unga qarshilik ko'rsatishni to'xtatish uchun ogohlantiruvchi nigoh bilan qaradim. Malika kurashishni to'xtatdi va menga qaradi.
— Sen katta muammoga duch kelding. Men haqiqatni bilmagunimcha toʻxtamayman! – dedim ohangda jiddiylik bilan.
— Buni ahamiyati yoʻq. Chunki haqiqatni bilsang, meni ayamasliging aniq, – javob qildi u ko'zlarini mendan olib.
Men hayron bo'ldim, lekin men uni qoʻlimdan chiqib ketishiga yoʻl qoʻymadim.
— Biz gaplashib olishimiz kerak va sen men bilan ketasan!! – dedim men malikani o'zim bilan sudrab.
— Meni qayoqqa olib ketyapsiz? — asabiy so'radi u.
Men uning savollariga e'tibor bermadim va yurishda davom etdim. Men uni xonalarimga sudrab bordim.
Va eshikni ochdim. Ichkariga kirganimizdan keyin eshikni ichkaridan qulfladim.
Keyin, men malikanga yuz o'girdim, faqat u orqaga sekin qadam tashlab, qoʻlimdan chiqib ketishga harakat qilardi.
Oramizdagi masofani uzoqlashtirishni istardi.. Bu meni g'azablantirdi, lekin men o'zimni gʻazabdan to'xtatdim. men xohlamadim, uni yana qoʻrqitishni xohlamadim.
Men uni qoʻyib yubordim va oʻrindiqqa oʼtirdim.
Malika ham ikkilanib boshqa oʻrindiqqa o'tirdi va menga qaramaslikka harakat qildi.
— Gapir. – dedim men xotirjam, chuqur ovozda.
Malika asabiylashib, boshlashdan oldin pastki labini tishladi.
— Kechirasiz, men hech qachon bunday bo'lishini xohlamagandim. Men.. m-malika emasman.... Men hatto bu olamga ham tegishli boʻlmagan bir oddiy qizman. Men bu olamda qolib ketdim va men faqat bir narsani xohlayman. Uyga qaytishni... U yerda koʻrgan ayolingiz haqiqiy malika. Meni kechiring, menda boshqa tanlov yoʻq edi. Siz oxir oqibat oʻzingiz xohlagan ayolga erishasiz! Iltimos, meni oʻldirmang, men boshqa sizni koʻzingizga koʻrinmayman. Men oʻz olamimga qaytib ketaman va boshqa sizga muammo tugʻdirmayman.... iltimos... menga ruxsat bering. – u menga koʻzlari yoshga toʻlgancha qaradi.
G'azab kuchli daryo kabi ichimdan o'tdi.
Malika rostdan ham uni oʻldiraman yoki... QOʻYIB YUBORAMAN deb oʻyladimi?!
Men uni devorga tirab[блять🗿], agar u yana mendan qochish haqida oʻylasa, nima bo'lishini ko'rsatmoqchi edim.
Ammo uning ko'z yoshlarini ko'rish meni zaiflashtirdi.
Men stuldan turdim va malika tomon yurdim. Men kaftlarimni uning ikki qo‘liga qo‘yib, oldinga egilib, uni stulga mahkam bog‘ladim.
Yolg'iz ko'z yoshlari yonoqlariga sirg'alib tusharkan, u menga xavotir bilan qaradi. Men uning yuzidagi yoshni artish uchun qo'limni oldinga ko'tardim, lekin u men uni xafa qilaman, deb o'ylab etim jimirlab ketdi. Bu meni aqldan ozdiradi.
Barmoqlarim bilan koʻzlarini artib, yonoqlarini silab qo‘ydim. U menga sarosimali ko‘zlari bilan qaradi.
— Men haqimda shunday deb o'ylaysanmi? Yuraksiz yirtqich hayvon?
Yana gapirishdan oldin xo‘rsindim.
— Balki rostan shunaqadirman. Lekin men senga boshqa hech qachon seni xafa qilmayman deb soʻz bermadimmi? Men har doim soʻzimda turganman, – dedim barmog'imni uning yonoq suyagidan pastga tushirib va davom etdim.
— Men seni hech qachon qo'yib yubormayman... HECH QACHON! Men bitta gapni yana takrorlashni yoqtirmayman.
— Ammo... men oʻyladimki... Siz... Siz... – dedi u asabiylashib.
— Nima deb o‘ylading? — so‘radim uning maftunkor yashil ko‘zlariga chuqur tikilib.
— Men siz doimo haqiqiy malika bilan birga bo'lishni xohlaysiz deb o'yladim, chunki siz uni balda birinchi marta ko'rganingizda sevib qolgansiz. Chunki u mendan ancha goʻzalroq.. – dedi u past ovozda.
Men zarb bilan devorni mushtladim. Bu malikaning qoʻrqib ketishiga sabab boʻldi.
— Boshqa hech qachon bu takrorlay koʻrma, malika. Men sendan koʻra chiroyliroq qiz boʻlishiga ishonmayman.
Men chuqur nafas olib, davom etdim.
— Tan olaman, u balda koʻzimga tushdi, lekin men bu bilan uni sevib qolmaganman. Men seni koʻrganimdagi tuygʻu bu butunlay boshqacha... Umrimning qolgan har bir uyg'ongan lahzasini sen bilan o'tkazishni xohlayman.
— Seni rafiqam va bolalarimning onasi sifatida koʻrishni xohlayman. Men har doim seni tanlayman! Sen uchun nimani his qilishimni bilamyman, lekin bu aniq sevgidan koʻra koʻproq narsa!Uning yonoqlari asta-sekin qizarib ketdi va lablari mening so'zlarimni eshitib, tabassum qildi. Bu holatda u har qachongidan ham go'zalroq ko'rinardi.
POV_JUNGKOOK: Odamlar hatto meni ismimni tilga olishdan qoʻrqishardi. Men dushmanlarimning ongiga singdirilgan qo'rquvni ko'rish uchun yashadim.
Lekin endi menga faqat u kerak edi... Endi hayotimni maʼnosi qarshimdagi oddiy bir qizga aylangandi.
Uning yonoqlari asta-sekin qizarib ketdi va lablari mening so'zlarimni eshitib, tabassum qildi. Bu holatda u har qachongidan ham go'zalroq ko'rinardi.
POV_JUNGKOOK: Odamlar hatto meni ismimni tilga olishdan qoʻrqishardi. Men dushmanlarimning ongiga singdirilgan qo'rquvni ko'rish uchun yashadim.
Lekin endi menga faqat u kerak edi... Endi hayotimni maʼnosi qarshimdagi oddiy bir qizga aylangandi.
Uning meni qabul qilishdan boshqa iloji yo'q, chunki men uni hech qachon qo'yib yubormasdim.
— Jungkook.... Men sizga aytdim, men malika emasman. Men oddiy qizman. Men malika emasligim sizni havotirga solmaydimi?
— Bu hech narsani o'zgartirmaydi. Men senga malika bo'lganing uchun emas, men seni yaxshi koʻrganim uchun uylanaman.
Men buni ayta olmayman! Bu mening zaiflashib borayotganimni isbotlaydi. Qolaversa, u hech qachon men uchun xuddi shunday hisni his qilmaydi. Lekin men buni baribir aytaman.
— Chunki sen menikisan. – men uning ko'zlariga chuqur tikilib, gapni tugatdim.
— Shunday bo'lsa ham, siz meni hali ham malika deysiz, – deb javob berdi u ko'zimga tikilib.
— Agar menga ismingni aytsang, ehtimol seni malika deyishni to'xtataman. Shunga qaramay, men senga doim malikaga boʻlgan munosabatda bo'laman. – deb jilmayib qo'ydim.
— Jihye... Meni ismim Choi Jihye, – dedi u jilmayib.
— Bu menga yoqdi, malika. Isming menga juda yoqdi.
— Ayt-chi, Jihye... Oʻsha uying qayerda, qaysi qirollikdansan? – men unga yaqinlashib so'radim va u yana lablarini tishladi.
Men uning shirin lablaridan nigohimni uzolmadim va hamma narsani unutib, uni hech qachon bo'lmagandek o'pmoqchi edim. [Блять 2🗿]
To'yimizga besh hafta qoldi va men intiqlik bilan kutdim. Hech narsa meni uning tanasining har bir dyuymiga da'vo qilishimga to'sqinlik qila olmaydi va hech narsa meni uning yuragi va ruhiga ega bo'lishdan to'xtata olmaydi.
[ Bir gap aytib oʻtsam🗿.. Aytgim ham kelmayabdi.. men xato qilganman chunki bu mani 1-fanfigim, tem bolee tarjima. Jk bilan jihyeni oʻrtasida hech narsa boʻlmagan. Umuman. Hech narsa. Men axmoq bundan bir nechta qism keyingi hot sahnani kesib qirqib yamab 19 qismdan keyinga 20 qism qilib tiqib yuboribman. Nima qilaylik xullas hech qanaqa 18+ boʻlmagandaaa tushunsela tushundila🗿]
Men diqqatimni unga qaratishim kerak edi.
— Keyingi safar menga bildirmay nimadir qilishga urinma! Aks xolda ChonWoo jazolanadi.
Malika ham, ChonWoo ham menga qarshi chiqishdi!..
ChonWoo kuydirgankalla axmoq meni bilmaydi deb oʻylagan. Agar bu ishni ChonUdan boshqasi qilganda ikkilanmay oʻldirgan boʻlardim. Baxtiga men uni oʻldirmayman, lekin jazo sifatida 1 hafta otxona tozalataman va butun saroydan chiqqan barcha idishlarni yuvdiraman.
Malika menga katta ko‘zlari bilan qaradi va bosh chayqadi.
— Men senga hammasini aytib beraman! Iltimos, faqat ChonWooni jazolama... – dedi u menga iltijo bilan qarab.
Men uning ChonWooga nisbatan qayg'urishidan nafratlanardim. Men malikaning boshqa odamga g'amxo'rlik qilishini juda yomon ko'rardim.
Bu shunchaki ChonWoo bo'lsa ham. Lekin, men ChonWooni juda yaxshi bilardim, u hech qachon ishonchimga xiyonat qilmaydi.
Bir kun oldin ChonUga malika qanday qilib menga boʻsamga javob qaytarganini aytib berganimdan keyingi suhbatimizni esladim.
— Birodar, bilasanmi, unga qiyin boʻlyapti, meni sevib qolish qiyin ish, tushunyapsanmi..? – ChonWoo boshimni ogʻritgancha 2 yildan beri oʻziga qaratib ola olmayotgan sevgan qizi haqida gapirardi.
— U aslida sevadi, lekin tan olamyapti, bilasanmi.. Yillar oʻtsa ham bir kun kelib mening Chonam sevgimni anglab yetadi..
ChonWooning so'zlarini eslab ichimdan kulib yubordim. U oʻsha poytaxtdan 30 chaqirim yerga sevgilisini deb har 3 kunda otlanishi biram asabimga oʻynaydiki.
— Men qo'shni qirolliklardan emasman. Men uzoqdan kelganman. Mening keyingi soʻzlarim sizni hayratga solishi mumkin...
— Men kelajakdanman! Besh yuz yil keyingi kelajakdan! – dedi u baland ovozda.
Qanday beʼmanilik! U yana shu gaplarni qaytardi. Malika yolg'on hikoya uydiryaptimi?
— Yolg'on gapirma, malika. – dedim qattiq va u inkor qilib bosh chayqadi.
— Iltimos, bu safar yolg'on gapirmayapman. Men ota-onam xaqqi qasam ichaman, – dedi u umidsizlikda.
Uning aytganlari haqiqat bo'lishi mumkin emas. Ammo men uning ota-onaga bo'lgan mehrini va hurmatini ko'rganman va u hech qachon ularning nomiga yolg'on qasam icha olmasligini bilardim.
— Davom et. – deb ko'p o'ylamay buyurdim. U boshini qimirlatib, gapini davom ettirdi.
— Men vaqt sayohati oʻylab topgan oddiy bir olim edim. Va qora tuynuk mashinasi bu haqiqat. Wormhole teshiklari bu fazoviy vaqtning kichik niqtalari boʻlib, bu ikki dunyoni bogʻlaydigan koʻprikdir. Men yillar davomida qora tuynukka bogʻliq maʼlumotlarni oʻrgandim va bu haqiqatni isbotlagancha, oʻtmishga tushib qoldim. – dedi u ishonch bilan.
Uning so'zlari hech qanday ma'noga ega emas edi, lekin u haqiqatni isbotlashga intilganga o'xshardi. Uning ko'zlarida haqiqat va og'riq bor edi va men unga ishonmaslik uchun hech qanday sabab yo'q edi.
— Unda buni menga isbotla. – deb uni dalda berdim, bundan keyin nima qilishini bilishga qiziqib.
— Menga ergashing, – dedi u va meni xonasining shkafi ichiga boshlab bordi. Malika yukxonadagi narsalarni agʻdar toʻntar qilardi.
Keyin u g'alati ko'rinadigan narsalarni oldi. Yaxshilab ko‘rish uchun yaqinroq bordim. Shkaf g'alati ko'rinishdagi metall buyumlar bilan to'ldirilgan edi.
— Bu rulman, bu esa string. – dedi u ikkitasini qo'lida ushlab.
— Bu motor, bu dinamo, bu ikkisi stabilizatorlar va uzatma. Men sizga asboblar qutim va boshqa ko'p narsalarni ko'rsatgan bo'lardim, lekin hozir u yonimda yo'q, – dedi u, men tikilib turib.
Men bu noyob koʻrinishli narsalarni umrimda koʻrmagan edim.
— Siz ilgari hech qachon bunday narsalarni ko'rmagan edingiz, to'g'rimi? — so‘radi u qoshini koʻtarib.
Men ilgari bunday narsalarni ko'rmagan edim. Men uning rost gapirayotganini bilardim. U bo'lgan hamma narsani aytolmaydigandek, lekin bor yoʻgʻi koʻzlari bilan isbotlay oladigandek tuyulardi.
Men ko'rgan narsamga ishonishga majbur bo'ldim. Men uzoq vaqt javob bermasam, u yana asabiylashadi.
— Jungkook, bilaman, sizda menga ishonish uchun hech qanday sabab yo'q... – u g'o'ldiradi va narsalarini pastga tushirdi.
Koʻrsatkich barmogʻim bilan iyagini koʻtarib, koʻzlariga chuqur tikildim.
— Men senga ishonaman, shubhasiz, – dedim va uning yuzi baxtdan porladi.
U meni sakrab, quchoqlab oldi. Bu meni hayratda qoldirdi va yoqimli.... hayratlanarli holat edi.
— Yo xudoyim! Rahmat, Jungkook! Va avvalroq haqiqatni aytmaganim uchun uzr. Siz menga vaqt mashinasini qayta yasashga ruxsat bermagan boʻlardingiz!
Men uning mast holatda kechasidagi so'zlarini esladim. Tomirlarimdan g'azab yugurayotganini his qildim.
Shunda u mendan qochib ketishni rejalashtirganmi?
— Nima hozir senga shu narsangni yasashga ruxsat beraman deb oʻylaysanmi? Qancha urinsang ham mendan qocha olmaysan!i hozir qurishga ruxsat beraman deb o'ylaysan? — deb baqirdim malikaga mushtlarimni siqib.
Malika ovozimning ohangidan qoʻrqdi va quchoqlashdan orqaga chekindi, lekin men bunga ahamiyat bermadim. U meni tashlab ketmoqchi edi va men bunga hech qachon yo'l qo'ymayman.
— Jungkook, unday emas... – demoqchi bo'ldi u.
— Bo'ldi, malika! Ertalab hamma narsangni musrga tashlayman! – dedim sovuq ovozda.
— Siz to'liq eshitmayapsiz! Jungkook, men sizga va'da berganman, men va sizni hech qachon tark etmayman.
Uning so‘zlarini eshitib, o‘zimni to‘xtadim.
— Men ahmoq emasman, sen meni tashlab ketishing uchun koʻplab sabablar bor. Men iblisman, seni cheksiz marotaba hafa qilganman, sek butun qalbing bilan mendan nafratlanasan!
— Jungkook, men sizdan nafratlanmayman va sizni Iblis deb bilmayman. Sizdan nafratlanishga oʻzimni doimo majbur qildim, ammo bu qoʻlimdan kelmadi! – dedi u aybdor ohangda.
— Negaligini bilmayman, lekin men ham sendan uzoqlashgim, tashlab ketgim kelmaydi, – deb tan oldi u menga uzoq tikilib.
O'zimni boshqa ushlab turishning iloji yo'q edi.
Men hech qanday ogohlantirishsiz uning bo'ynidan ushlab, o'zimga tortdim va lablarimni lablariga urdim. Men hayotimda hech qachon bunday tuygʻuni his qilmaganman.
Malika mendan nafratlanmaydi va hatto meni tashlab ketmoqchi ham emasdi!
I roughly kissed her, exploring her sweet mouth in detail. She clutched onto my shirt for support as I wrapped my arm around her waist and pulled her closer, covering the distance between us. She let out a moan in my mouth and I instinctively tightened my grip around her waist. I pulled back and cupped the side of her face with my other hand and stroked her soft skin with my thumb.
[Oʻzbek tilini tanlash uchun 1 ni bosing🗿]
— Men hammasini unutishim uchun mendan boʻsa ol. – dedim men uning ko'zlariga tik qarab.
Ko‘zlari katta-katta ochilib, qizarib ketdi. U bosh irg'adi va qo'llarini bo'ynimga o'rab, lablarimga yaqinlashdi. U oyoq uchida turdi va mendan ohista boʻsa olardi.
Malikaning mayin harakatlari ichimda bir narsani, umid tuyg'usini yondirdi.... Bizning sevgimiz abadiy davom etishiga umid qilardim.
U meni o'ylagandan ham ko'proq narsani anglatardi va men u uchun hech o'ylamasdan jonimni berishga tayyorman. U mening baxtimning yagona sababi va zulmatimning nuriga aylandi.
— Men senga hech qachon to'yolmayman, sevgilim.
[Savol: bu sahnalarni kesib tashlamaslikka Kyonsoni nima majbur qildi,🗿]
Orqaga, va harakatlarni nazorat qilish.
To'g'ri edi, men bunga hech qachon ko'nika olmasdim.... Men har doim ko'proq narsani xohlardim, men ko'proq narsani xohlardim, lekin men...
Kerakli vaqtgacha kutish kerakligini bilar edim. Har bir irodani yig'ib, boʻsani to'xtatdim.
Yana davom etsak, o'zimni tuta olmayman, deb qo'rqardim.
— Nima bo‘ldi? — deb pichirladi u yuzini chimirib.
Ular menga nima qilishini bilmaydi, shunday emasmi?
Malikaning ajoyib yashil ko'zlari menga sarosimada va sof ma'sumlik bilan tikildi.
— Hech narsa, – deb nafasim ostida so'kinib, unga qaradim.
— Menga shunday qarashni bas qil, malika, aks holda hammasini rasvo qilishimga* hech narsa to‘sqinlik qila olmaydi.
— Hatto sening aybsizliging ham. – deb tahdid qildim.
U zudlik bilan orqaga chekindi va o'xshab ko'zlarini pastga tushirdi.
Hmm, men oʻzim shunday deb o'ylagandim!
— Siz aqldan ozgansiz! — deb qichqirdi u menga qaragancha.
— Haqiqatan ham sevgim, men sen uchun aqldan ozganman! – men unga jilmayib qo'ydim.
Uning yuzi yana qizarib ketdi va u menga soxta g'azab bilan qaradi.
— Baribir! Endi hamma haqiqat oshkor bo'ldi, men sizdan bir narsa haqida so'ramoqchi edim, – dedi u menga asabiy qarab.
— Nimani, sevgilim? — deb so‘radim.
— Ertaga ertalab meni shaharga olib borasizmi?
Uning gaplari ham meni aqldan ozdirardi!
Faqat malikamgina buyuk Hukmdordan shuncha ishi turganda shahar boʻylab sayr qilishni bemalol soʻrashi mumkin edi.
Men u nimanidir sotib olishni xohlaydimi, deb o'yladim, chunki u hech qachon men bilan borishni so'ramagan edi.
Men unga hayron bo‘lib qoshimni ko‘tardim.
— Nega, sevgilim? Hech qanday kiyim yoki taqinchoqlar kerakmi? Men hodimlarga nima kerak bo'lsa, olib kelishlarini buyuraman.
Keyingi so'zlarni aytishdan oldin u norozilik bilan boshini chayqab qo'ydi.
— Meni haqiqiy ota-onam bilan uchrashishingizni xohlayman.
📌 @cruel_fanfic uchun @kyoonso tarjima qildi.
📌 Men 7-osmonda uchyapman. Kayfiyatim shu qadar koʻtarildi-ki! Ha albatta, kayfiyatimni bir pul qilmaysizlar degan umiddaman)🗿. Hatto keyingi qismdagi malika Kan Jihyun bilan mojaro! 2 qismdan keyingi yongʻin! Bir nechta qismdan keyin boshlaganadigan urush! Hwch qaysisini oʻylamay shunchaki shu qismni sevib yozdim. Keyingi qismi tez orada tashlayman.