June 4, 2025

Shadowed hearts

Mening qalbim seni tanladi, hatto ongim bunga qarshi bulsa ham...

Episode ~ 2

Ichkarida havo biroz salqin edi. Milena o‘zini bu xonada juda yolg‘iz, lekin bir tomondan g‘alati tarzda ko‘z ostida turgandek his qilardi.

Yigit ( u hanuz o'zini tanishtirmagan ) orqasini derazaga berib, sukunat ichida bir daqiqa unga tikildi.

Shu payt eshik ochildi. Ichkariga jingalak, quvnoq nigohli bir qiz kirdi. Uning sochlari och jigarrang bo‘lib, orqasiga osilgan edi. U

Milenaga qarab jilmaydi.
— Demak, bu sen ekansan, Milena. Men Sarangman. Biz senga yordam beramiz, xavotir olma.

Uning ortidan yana bir qiz — baland bo‘yli, jingalak qora sochli va ko‘zlarida qandaydir qattiqlik bor edi — kirib keldi. Qo‘lida planshet ushlab olgandi.

— Liana. Men xavfsizlik tizimlari va tahlil bilan shug‘ullanaman, — dedi u quruq ohangda.

Milena ularning har biriga birma-bir qaradi. Bu odamlar nimaga tayyor edi? Ular kim edi aslida?

Sokinlikni yigitlardan biri — qorong‘i charm kurtkali, kalta sochli va jiddiy chehrali yigit — buzdi. U devorga suyanib turgancha, sal narsani pichirlab gapirdi:

— Biz bu yerda ko‘p vaqt o‘tkazolmaymiz. Umbra Cor harakatga o‘tmoqda. Qizni himoya qilishimiz kerak.
— Suga, sen doim shunaqasan, — dedi Sarang yengil jilmayib. — Milena hali endi hammasini tushunadi. Juda tez.

Yigit ohangsiz yurib Milenaning qarshisidagi stulga o‘tirdi.
— Biz senga yordam beramiz. Ammo shartlar bor. Bu o‘yin emas. Endi sen oddiy inson emassan.

— Qanday shartlar? — dedi Milena darrov, yuragi yana tez ura boshladi.

Jungkook, hozirgacha sukunatda bo‘lgan, orqa tomondan salom berdi. U binoga endi kirgan, sport sumkasi ko‘tarib kelayotgan edi.

— Shartlardan biri: bizga ishonishing kerak. Yoki... bu shahardan hech qachon chiqib keta olmaysan.

Milena chuqur nafas oldi. Shubha, xavotir va qiziqish uni qamalgan edi. Ammo yuragi... yuragi ularning orasida faqat biriga tortilardi.
Yigit...

U unga qarab turar ekan, yuragida bir nido jaranglayotgandek edi: bu yigit unga avvaldan tanish, avvaldan yaqin edi. Ammo qanday?

Va aynan shu paytda u ohangsiz, ammo chuqur bir ovozda dedi:
— Bu dunyoda har kimning vazifasi bor. Sening vazifang — yashirin haqiqatni topish. Ammo bu yo‘lda birinchi qadam... menga ishonishing.

Jungkook va Suga
Sarang va Liana

Milena uning so‘zlarini eshitgach, yuragi yana bir bor qattiq urib ketdi. “Ishonishim kerakmi?” degan savol miyasida qichqirib turardi. Ammo bu yigitga qaraganida, ko‘zlaridagi og‘riq va samimiyat uni mag‘lub etdi.

— Yaxshi, — dedi u past ovozda. — Ammo men haqiqatni bilishni xohlayman, sen kimsan va isming nima? Dedi u yigitga qarab

— men Kim Taehyungmang seni himoya qilish meni burchim - dedi yigit

— hop endi hammasini uncha tushuntiringlar - dedi Sarangga qarab Taehyung

Sarang yengil bosh silkidi.
— To‘g‘ri qaror. Endi boshlaymiz.

Liana planshetini ishga tushirdi. Ekranda Parij xaritasi, va unda bir necha qizil nuqtalar paydo bo‘ldi.

— Umbra Cor agentlari harakatda, — dedi u.

— Bu yerga atigi o‘n daqiqada yetib kelishlari mumkin. Ular seni qo‘lga olmoqchi emas — o‘ldirishmoqchi. Chunki sen... "Kod-09" siymosisan.

— Kod-09? — dedi Milena, bir qadam ortga tisarilib. — Bu nima?

Suga so‘zga kirdi, ohangida jiddiylik baland edi:
— Bu... senga ham aytishimiz kerak bo‘lmagan narsa. Lekin agar sen haqiqatni istasang, tayyor bo‘l. Kod-09 — Umbra Cor’ning asosiy siri. Ular o‘ylaganidek, sen oddiy qiz emassan.

— Unda men kimman? — deb so‘radi Milena, ovozi larzali.
Taehyung unga qadam tashladi, asta, xuddi yillar davomida tutib turgan og‘ir sirni aytishga tayyorlangandek:

— Sen... haqiqiy Umbra Cor asoschilaridan birining avlodisan. Ular seni o‘lik deb hisoblashgan, lekin sen yashab qolgansan. Va senga meros bo‘lib qoldirilgan narsa... ularning halokatini boshlab beradi.

Milena qattiq titradi. Hamma narsa go‘yoki tepasida qulab tushgandek edi. U bu shaharni yangi hayot boshlash uchun tanlagandi. Ammo aslida bu shahar — uning o‘tmishiga ochiladigan eshik edi.
Suyanchiq qidirgandek, nigohini Taehyungdan uzmay dedi:

— Nega... sen bu yerda yuribsan? Nega aynan sen meni himoya qilyapsan?
Taehyung chuqur nafas oldi. Ko‘zlarida og‘riq va halollik yaltirab turardi.

— Chunki... bu men uchun ham so‘nggi imkoniyat. Sen — meni o‘tmishim, men unutgan haqiqatimsan. Va endi... men seni yo‘qotishni istamayman.
Uning so‘zlari xonada taralgan sukunatni buzdi.

Lekin bu sukunat uzoqqa cho‘zilmadi. To‘satdan binoning tepa qavatida portlash tovushi eshitildi. Yorug‘lik o‘chdi, xona zulmatga cho‘mdi.

Liana darhol qo‘l harakati bilan oynavand klaviaturani ochdi.
— Ular shu yerda! — deb qichqirdi u. — Evakuatsiya rejasi ishga tushdi!
Sarang Milenaning qo‘lini ushladi:
— Endi sen faqat biz bilan birga harakat qilishing kerak. Yuguramiz. Orqaga qarama!
Taehyung pistoletini oldi, ko‘zlarida jiddiylik uchqunlari porladi.

— Men oldindan boraman. Hech kim unga tegmaydi.
Jungkook deraza tomon yugurdi va signalni yoqdi.
— 7-sonli marshrut tayyor. Harakatlanamiz!
Portlashlar yaqinlasha boshladi. Milena o‘zining yangi hayotiga qadam qo‘yayotganini his qildi. U endi o‘tmishning oddiy qizi emasdi. U Umbra Cor uchun xavfli, ammo haqiqat uchun muhim bo‘lgan yagona odamga aylangandi.

Taehyung

FLASHBACK
Joy: London, Umbra Cor maxfiy bazasi
Vaqt: 7 yil avval
Qorong‘i tun. Ichkarida yomg‘ir tomchilari derazalarni urmoqda. Bir yigit – hali yosh, lekin ko‘zlarida befarqlik aks etgan. Uning qo‘lida qizil niqob, belida qotil uchun ishlatiladigan pichoq. Bu Kim Taehyung, hali “sodiq qotil” maqomidagi yosh agent.

Jangovar mashg‘ulotdan chiqayotganida uni kuchli ayol kutib turardi — Umbra Cor yetakchilaridan biri, Isidora. U Taehyungni muzdek nigoh bilan qarshi oldi.

— Kod-09 loyihasi bo‘yicha sen tanlanding, Taehyung, — dedi u.
— Bu oson vazifa emas. Qizni topasan, unga yaqinlashasan, kerak bo‘lsa sevdirasan. So‘ng… uni yo‘q qilasan.
Taehyung hech narsa demadi. Bu tashkilot unga hamma narsani bergan, ammo… hammasini ham olgan edi.
Onasi o‘limidan so‘ng Umbra Cor unga boshpana bo‘lgan. U o‘zini shu yerda topgan. Va u his qilmaslikni o‘rganib bo‘lgandi.

Ammo kod-09 haqida so‘z ketganda, yuragining chekkasida bir noaniq g‘ashlik uyg‘onardi. Milena. U haqida biror surat ham yo‘q edi. Faqatgina ta’riflar: “qimmatbaho genetik kalit”, “Umbra Cor’ni buzishi mumkin bo‘lgan yagona tahdid”.
Va keyin... birinchi uchrashuv.
Taehyung u qizni ko‘rganida, u kutganidek dushman ko‘rinmaydi. Milena — atrofga mehr tarqatadigan, beg‘ubor va... xavfli ko‘rinmasdi. Uni yo‘q qilish kerakmi? Ha. Ammo yuragi "yo‘q" deyotgandek tuyulardi.

U o‘zini ogohlantirdi: "Bu faqat topshiriq. U senga emas, sen unga yovvaysan. Bu tuyg‘u emas — bu nazorat."
Ammo vaqt o‘tgan sayin, bu nazorat sinib bordi. Milena har gal unga tabassum qilganda, u o‘zini inson kabi his qilar, qotil emas. Va bu — Umbra Cor’da eng katta xatolik edi.

Bir tunda, maxfiy kuzatuv payti, Taehyung Isidoraga xabar yo‘lladi:
Kod-09 ni yoq qilishdan bosh tortaman. Qiz o'tmishimizni bilmaydi, uni o'ldirish sizlardan ham kattaroq jinoyat.

Shundan keyin… Taehyung g‘oyib bo‘ldi. Umbra Cor uni xoin deb e’lon qildi.
U yashirinib yashadi, lekin har doim Milenani kuzatdi, himoya qildi. U bu qizning unga bergan yagona tuyg‘usi — insoniylikni saqlab qoldi.
U Milenaga aytmagan sir:
U qizni o‘ldirish uchun yuborilgan, ammo u o‘z yuragini unga topshirgan.
Hozirgi vaqt
Deraza ortidan portlash tovushlari yana yangradi. Milena yugurayotganda, ortiga qaradi. Taehyung — orqada, uning himoyachisi sifatida yelib bormoqda.

Portlashlardan so‘ng, guruh yerosti metro yo‘lagiga tushib ketdi. Yorug‘lik zaif, havoda chang va tutun muallaq. Milena Taehyung orqasidan yugurardi, yuragi og‘ir urardi – xavotirdanmi yoki... boshqa tuyg‘udanmi, bilmasdi.

Liana orqaga qarab chaqirdi:
— Chapga! Orqa eshik ochiq! Ular ortimizdan quvlayapti!

Jungkook orqada qolib, orqani tozalayotgandi. Har lahzada miltiq ovozlari eshitilar, ammo u mukammal jangchi edi.

Liana signal berdi:
— Vaqt yo‘q! Agar biz 9-raqamli zonaga yetmasak, ular hammani o‘ldiradi!

Jamoa yugurishda davom etdi. Yerosti bazasining orqa qismlarida sirli eshik ochildi.

Liana ularni yashirin laboratoriyaga olib bordi. Bu yerda har narsa: biokodlar, DNK parchalar, eski arxivlar. Milena devordagi eski fotosuratlarga ko‘zi tushdi.
U bir suratga yaqinlashdi. Ko‘zlari kattalashdi.

— Bu... bu mening onam! — deb pichirladi u.

Liana yoniga keldi, bosh irg‘adi:
— Bu surat 25 yil avvalgi. Onang Umbra Cor’dan qochgan ilk odam bo‘lgan. U seni qutqarish uchun o‘z hayotini qurbon qilgan.
Milena beliga qadalgan xatni ko‘rdi. Qo‘llari titrab ochdi. Unda yozilgan edi:
Milena, agar sen buni o‘qiyotgan bo‘lsang, demak tirik ekansan. Senga Umbra Cor emas, yuraging yo‘l ko‘rsatadi. Taehyungga ishon — u senga qasd emas, qalb bergan yagona insondir. ~Onang.

Sukunat cho‘kdi. Va aynan shu paytda, Suga eshikni ochib yubordi:
— Ular topishdi. Bu yer endi xavfsiz emas. Biz ketamiz — yoki o‘lamiz...