Shadowed hearts
Mening qalbim seni tanladi, hatto ongim bunga qarshi bulsa ham...
Ichkarida havo biroz salqin edi. Milena o‘zini bu xonada juda yolg‘iz, lekin bir tomondan g‘alati tarzda ko‘z ostida turgandek his qilardi.
Yigit ( u hanuz o'zini tanishtirmagan ) orqasini derazaga berib, sukunat ichida bir daqiqa unga tikildi.
Shu payt eshik ochildi. Ichkariga jingalak, quvnoq nigohli bir qiz kirdi. Uning sochlari och jigarrang bo‘lib, orqasiga osilgan edi. U
Milenaga qarab jilmaydi.
— Demak, bu sen ekansan, Milena. Men Sarangman. Biz senga yordam beramiz, xavotir olma.
Uning ortidan yana bir qiz — baland bo‘yli, jingalak qora sochli va ko‘zlarida qandaydir qattiqlik bor edi — kirib keldi. Qo‘lida planshet ushlab olgandi.
— Liana. Men xavfsizlik tizimlari va tahlil bilan shug‘ullanaman, — dedi u quruq ohangda.
Milena ularning har biriga birma-bir qaradi. Bu odamlar nimaga tayyor edi? Ular kim edi aslida?
Sokinlikni yigitlardan biri — qorong‘i charm kurtkali, kalta sochli va jiddiy chehrali yigit — buzdi. U devorga suyanib turgancha, sal narsani pichirlab gapirdi:
— Biz bu yerda ko‘p vaqt o‘tkazolmaymiz. Umbra Cor harakatga o‘tmoqda. Qizni himoya qilishimiz kerak.
— Suga, sen doim shunaqasan, — dedi Sarang yengil jilmayib. — Milena hali endi hammasini tushunadi. Juda tez.
Yigit ohangsiz yurib Milenaning qarshisidagi stulga o‘tirdi.
— Biz senga yordam beramiz. Ammo shartlar bor. Bu o‘yin emas. Endi sen oddiy inson emassan.
— Qanday shartlar? — dedi Milena darrov, yuragi yana tez ura boshladi.
Jungkook, hozirgacha sukunatda bo‘lgan, orqa tomondan salom berdi. U binoga endi kirgan, sport sumkasi ko‘tarib kelayotgan edi.
— Shartlardan biri: bizga ishonishing kerak. Yoki... bu shahardan hech qachon chiqib keta olmaysan.
Milena chuqur nafas oldi. Shubha, xavotir va qiziqish uni qamalgan edi. Ammo yuragi... yuragi ularning orasida faqat biriga tortilardi.
Yigit...
U unga qarab turar ekan, yuragida bir nido jaranglayotgandek edi: bu yigit unga avvaldan tanish, avvaldan yaqin edi. Ammo qanday?
Va aynan shu paytda u ohangsiz, ammo chuqur bir ovozda dedi:
— Bu dunyoda har kimning vazifasi bor. Sening vazifang — yashirin haqiqatni topish. Ammo bu yo‘lda birinchi qadam... menga ishonishing.