May 28, 2025

Shadowed hearts

Mening qalbim seni tanladi, hatto ongim bunga qarshi bo‘lsa ham...

Chapter 1 | Qorong'ulik ichidagi chaqiriq

Ko'chaning mayin shamollari ostida kofesini ichib ketayotgan qiz o'zining yangi topshirig'ini qanday qilib bajarishni o'ylardi. Milena hatto o'zining kofesi qanday qilib sovib qolganini ham sezmasdi uning fikr-u hayoli yangi topshiriqda edi. Bunga ko'ra u ertaga Fransiya yani Parijga ketishi kerak, biroq uning hali bitmagan ishlari bor. Milena shularni hayol qilgancha ishxonasiga yetib keldi, eshikdan kirar ekan hamma uni hurmat bilan kutib oldi. Chunki kimsanki u — tajribali jurnalist, har doim haqiqat izidan boruvchi va eng murakkab ishlarni ham bemalol uddalay oladigan professional edi.

Milena ortiqcha e’tiborni yoqtirmasdi, lekin bu safargi topshiriq yuragini allaqanday g‘alati hissiyot bilan to‘ldirardi.

Milena Allison

Milena xonasiga yetib kelib, doimiy odatiga ko‘ra daftarini ochdi. Har bir topshiriq, har bir suhbat, har bir detaldan xabardor bo‘lish — bu uning kasbiy odatlari edi. Biroq bu safar hammasi boshqacharoq edi.

Stol ustida hech qanday muhim hujjat yoki maqola ko‘chirmasi yo‘q edi — faqatgina oq konvert. Manzilsiz, imzosiz.
Milena uni ohista ochdi. Ichkaridan yozuvlari chiroyli, ammo yurakka qo‘rquv soluvchi soddalikda yozilgan bir varaqqa ko‘zi tushdi:

— Agar haqiqatni istasang, seni Parij kutmoqda. Bu safar sen faqat kuzatuvchi emassan, Milena. Bu safar sen voqealarning ichidasan.
Bizning so‘zimizni top — “Umbra Cor”.

Milena "Umbra Cor" so‘zlarini bir necha bor takrorladi. Lotinchaga o‘xshardi... “Soyali yurak” degani bo‘lishi mumkin. Ammo bu nima degani? Kim yubordi? Bu oddiy jurnalistik topshiriq emasdi.

Bu nimadandir ogohlantiruvchi yoki biror narsaga tayyorlantiruvchi xabardek edi.
Telefoniga qo‘ng‘iroq tushdi. Ekranda taniqli tahririyat rahbari — Monsieur Laroche nomi paydo bo‘ldi. Milena suhbatni qabul qildi.

— Bonjour, Madmuazel sizga maktub yetib bordimi?

Milena chuqur nafas oldi. Demak, bu hazil emas.
— Ha bordi. 'Umbra Cor' haqida ayta olasizmi?
Laroche bir lahza sukut saqladi.

— Bu so'zlar sizni haqiqatga olib boradi. Ammo ehtiyot bo'ling, haqiqat doim ham yorug'lik emas.

Milena bundan hayrat bilan nazar tashladi u qo'rqmayotgandi balki yuragi, shittat bilan urardi. Parijda kim bor, nega u bunchaki havfli va sirli

— 21 – Sentabr 2025 yil 2-reys bilan samalyotimiz Fransiyaning Parij shahriga qo'ndi, yuklaringizni asta olib navbat bilan chiqishingizni so'raymiz sayohatingiz matoqlu o'tsin

Pov Milena
— Stuardessaning gapini eshitishim bilan birdan uyg'onibman, bir deganda Parijga ham yetib keldim endi ishimni bajarishim kerak eng qizig'i "Umbra Cor" kim ekan

Milena shularni o'ylagancha yuklarini olib asta samalyotga tushayotgan vaqt uni kimdur pastda kutib turganiga ko'zi tushdi. Sochlar tim qora yigit qaddi qomati kelishgan yengil futbolkasidan mushaklari bilinib turardi, Milena unga diqqat bilan qaradi u meni kutyabdimi yoki boshqani lekin samalyotda mendan boshqa hech kim qolmadi.

O'sha yigit

Milena chamadonini sudrab sekinlik bilan zinadan pastga tusharkan, ko‘zlari hanuz shu yigitdan uzilmasdi. U esa xuddi Milenani kutayotgandek qo‘llarini orqaga qilgancha, beparvo, ammo hushyor nigoh bilan unga tikilardi. Sochi shamolda yengil tebranar, qoshlarining ostidagi qora ko‘zlar esa g‘alati va sovuq edi.

Milena yuragini siqib kelayotgan savollar bilan unga yaqinlashdi. Qadam tovushlari ohangsiz aeroport fonida aniq eshitilib borardi. U yigit ham ohista bir qadam oldinga chiqdi.

— Milena Allison? — dedi u past ovozda

Qiz bir lahzalik shokka tushdi. Uning ismini bilishi… bu nimani anglatadi?
— Ha... bu menman. Siz... siz kimsiz?

Yigit og‘ir nafas olib, qoshlarini bir oz jiddiy chimirdi. U ko‘zi bilan aeroport ichkarisida ko‘zga tashlanmagan joyga ishora qildi.
— Bu yerda ko‘p gapira olmaymiz. Mashinada tushuntiraman. Men... sizni himoya qilish uchun tayinlanganman.

Milena yuzidagi noaniqlikni yashira olmadi. Ammo uning yuragi... qandaydir g‘alati tarzda osoyishta urmoqda edi. Yigitning ovozida yolg‘on yo‘q edi. Va balki shuning uchun ham, Milena hech nima demay, unga ergashdi.

Ular qora rangdagi, oynalari qoraytirilgan avtomobilga o'tirishdi. Milena orqa o‘rindiqqa joylasharkan, yigit haydovchi o‘rniga o‘tib, mashinani ishga tushirdi.
— Siz hali ham aytmadingiz... ismingiz kim? — dedi Milena jimlikni buzib.

Yigit ko‘zoynagini bir oz tushirib, orqaga qaradi. Lab burchagida chizilgan yengil tabassum, ammo ko‘zlarida... og‘riq va yashirin sir.
— Meni Jungkook yoki Jk deb chaqirishadi.
— Faqat shunchaki Jungkookmi?

Yigit bir zum jim turdi. So‘ng mashinani yo‘lga qo‘yarkan, ohangida g‘am va qorong‘ilik aralashgan ohista javob berdi:
— Xa faqatgina shu...

Milena bundan hayratga tushdi va chuqur o'yga to'ldi bu odam asli kim va nega menga yordam berish uchun jo'natishdi....

Yo‘l jimjit edi. Mashina faralari tun bag‘rini yorib, Parij ko‘chalarini kesib o‘tardi. Milena o‘ziga-o‘zi savollar berardi:
U kim? Qanday qilib meni biladi? Nega aynan men?

Jungkook esa mashinani sokinlik bilan boshqarardi. Go‘yo u har bir burilish, har bir chorrahani yod bilardi. Uning ovozi hali ham Milenaning qulog‘ida jaranglardi – sovuq, ammo sirli.
— Bu topshiriq nimadan iborat? — dedi Milena nihoyat jimlikni buzib.

Jungkook bir oz sukut saqladi. So‘ng orqaga qaramay javob berdi:
— Hozircha faqat shuni bilishingiz kerakki... siz yolg‘iz emassiz.

— Men doim yolg‘iz bo‘lganman, — dedi Milena yengil kulimsirab. — Menga hech kim himoyachi yubormagan.

Jungkook bir zum mashinani to‘xtatdi. U ko‘chadagi bir eski, ammo ko‘rkam binoning oldida edi. U eshikni ochib, Milenaga qaradi.
— Ichkariga kiring. Qolganini tushuntiraman.

Milena ikkilanib qaradi. Bu notanish shahar, bu g‘alati yigit... ammo yuragi hali ham hayajonlanmasdi. Bu g‘alati xotirjamlik uni qiziqtirardi. U sekin mashinadan tushdi va u bilan birga binoga yo‘l oldi.

Ichkari juda ham sirli va go‘zal joy edi. Milena xuddi o‘zini tarix ichida yurgandek his qildi.
Ular ichkaridagi yengil yoritilgan xonaga o‘tishdi. Jungkook unga stul ko‘rsatdi va o‘zi deraza yoniga bordi. Ko‘chani kuzatarkan, ohangida ehtiyotkorlik bilan so‘zladi:
— Umbra Cor haqida eshitganmisiz?
Milena bosh chayqadi.

— Bu tashkilot. Dunyoning eng qorong‘u sirlari bilan ishlovchi, yolg‘onlar ichidan haqiqatni tortib oluvchi guruh. Sizni aynan shuning uchun kuzatishmoqda. Siz... o‘zingiz bilmagan haqiqatga juda yaqin turibsiz.

Milena yuragidagi bezovtalikni bosolmay unga tikildi:
— Xo‘sh, siz ham shu tashkilotdansizmi?

Jungkook unga tik qaradi. Ko‘zlarida chuqur sir yotardi. So‘ng yengil bosh egib javob berdi:
— Men... ko‘p narsani yo‘qotgan odamman. Shu yo‘lda yurib, haqiqatni unutgan odamman. Ammo siz... menga o‘sha haqiqatni eslatyapsiz...

Milena stulda sokin o‘tirarkan, yelkasidagi paltochasini yechmagan holda. Uning ko‘zlari deraza yonidagi yigit — Jungkookka qadalgandi.

— Demak, meni kuzatishadi... — dedi u sekin, o‘ziga-o‘zi gapirgandek. — Nega aynan men?

Jungkook javob bermadi. U deraza ortidan tashqariga bir oz qaradi.
Uning lablari orasidan ohangsiz, ammo chuqur bir so‘z chiqdi:
— Ba’zida odam o‘zi tanlamaydi. Uni haqiqat tanlaydi.

Milena bu so‘zlarni eshitib, beixtiyor yuragini ushlab qo‘ydi. Nimalardandir xavfsiz emasligini sezardi, lekin bu xavf unga tanishdek tuyulardi. Go‘yoki bu — allaqachon qalbiga singib bo‘lgan qorong‘ulik edi.

— Siz... meni ilgari tanigansizmi? — dedi Milena birdan, savolga o‘xshamagan savolda yurak titrashi sezilardi.

Jungkook bu gal unga yuzlanmadi. Faqat lab burchagida noaniq tabassum paydo bo‘ldi.

— Sizni kuzatmaganman... faqat sizni kutganman....

Author || Ryomen Ryuna
Channel || @minsuficc