May 31, 2025

Shadowed hearts

Mening qalbim seni tanladi, hatto ongim bunga qarshi bo‘lsa ham...

Chapter 1 | Qorong'ulik ichidagi chaqiriq

Ko'chaning mayin shamollari ostida kofesini ichib ketayotgan qiz o'zining yangi topshirig'ini qanday qilib bajarishni o'ylardi. Milena hatto o'zining kofesi qanday qilib sovib qolganini ham sezmasdi uning fikr-u hayoli yangi topshiriqda edi. Bunga ko'ra u ertaga Fransiya yani Parijga ketishi kerak, biroq uning hali bitmagan ishlari bor. Milena shularni hayol qilgancha ishxonasiga yetib keldi, eshikdan kirar ekan hamma uni hurmat bilan kutib oldi. Chunki kimsanki u — tajribali jurnalist, har doim haqiqat izidan boruvchi va eng murakkab ishlarni ham bemalol uddalay oladigan professional edi.

Milena ortiqcha e’tiborni yoqtirmasdi, lekin bu safargi topshiriq yuragini allaqanday g‘alati hissiyot bilan to‘ldirardi.

Milena Allison

Milena xonasiga yetib kelib, doimiy odatiga ko‘ra daftarini ochdi. Har bir topshiriq, har bir suhbat, har bir detaldan xabardor bo‘lish — bu uning kasbiy odatlari edi. Biroq bu safar hammasi boshqacharoq edi.

Stol ustida hech qanday muhim hujjat yoki maqola ko‘chirmasi yo‘q edi — faqatgina oq konvert. Manzilsiz, imzosiz.
Milena uni ohista ochdi. Ichkaridan yozuvlari chiroyli, ammo yurakka qo‘rquv soluvchi soddalikda yozilgan bir varaqqa ko‘zi tushdi:

— Agar haqiqatni istasang, seni Parij kutmoqda. Bu safar sen faqat kuzatuvchi emassan, Milena. Bu safar sen voqealarning ichidasan.
Bizning so‘zimizni top — “Umbra Cor”.

Milena "Umbra Cor" so‘zlarini bir necha bor takrorladi. Lotinchaga o‘xshardi... “Soyali yurak” degani bo‘lishi mumkin. Ammo bu nima degani? Kim yubordi? Bu oddiy jurnalistik topshiriq emasdi.

Bu nimadandir ogohlantiruvchi yoki biror narsaga tayyorlantiruvchi xabardek edi.
Telefoniga qo‘ng‘iroq tushdi. Ekranda taniqli tahririyat rahbari — Monsieur Laroche nomi paydo bo‘ldi. Milena suhbatni qabul qildi.

— Bonjour, Madmuazel sizga maktub yetib bordimi?

Milena chuqur nafas oldi. Demak, bu hazil emas.
— Ha bordi. 'Umbra Cor' haqida ayta olasizmi?
Laroche bir lahza sukut saqladi.

— Bu so'zlar sizni haqiqatga olib boradi. Ammo ehtiyot bo'ling, haqiqat doim ham yorug'lik emas.

Milena bundan hayrat bilan nazar tashladi u qo'rqmayotgandi balki yuragi, shittat bilan urardi. Parijda kim bor, nega u bunchaki havfli va sirli

Pov Milena
— Stuardessaning gapini eshitishim bilan birdan uyg'onibman, bir deganda Parijga ham yetib keldim endi ishimni bajarishim kerak eng qizig'i "Umbra Cor" kim ekan
Men aeroport zinalaridan tushar ekanman, kimningdir menga qaratilgan nigohlarini darhol sezdim. U uzoqdan ham ajralib turardi — yelkalari keng, qaddi-qomati to‘g‘ri. Keng futbolkasi mushaklarini to‘liq ko‘rsatmasa-da, harakati va qaddi shundoq ham kuchli ekanini bildirardi. Ammo eng ajablanarlisi — soch turmagi edi.

Jingalak, biroz betartib tuyulgan qora sochlari yuziga tushib turar, bu esa unga g‘alati bir joziba bag‘ishlardi. Qovoqlari biroz tushgan, bu esa ko‘zlarini yanada o‘tkir ko‘rsatardi. Uning nigohi... qattiq, sovuq edi.

Yuragim tez uryapti. Unga yaqinlashganim sayin, ichimda qandaydir g‘alati tuyg‘u uyg‘onmoqda. U esa qimirlamay, o‘sha nigohi bilan menga tikilgancha turardi. Xuddi... meni ancha oldin kutgandek.

Men chuqur nafas oldim. Ko‘zlarimni bir lahzaga yumdim. Bu yigit... kim bo‘lishidan qat’i nazar, u men uchun Parijdagi birinchi sir edi.
Yigit menga yaqinlashdi. Uning yurishi — sokin, lekin qat’iyatli edi. Har bir qadami ataylab bosilgandek, sukunatni bo‘lib yuragimga shivirlayotgandek tuyuldi. U bir qarich narida to‘xtadi.

— Milena Allison? — uning ovozi sokin, ammo buyruq ohangida edi.

Men boshimni irg‘adim. Ovozim biroz titradi:

— Ha... bu menman. Siz-chi?
U atrofga ko‘z yugurtirdi, so‘ng sekin, ammo qat’iy ohangda dedi

— Bu yerda qolish xavfli. Mashinada gaplashamiz. Yuklaringizni menga bering.

Men ikkilanib chamadonimni uzatdim. U osongina uni olib, ortga — qora, oynalari qoraytirilgan mashina tomon yurdi. Uning harakati — qattiq nazorat ostida edi. Go‘yoki har daqiqa, har qarichda xavfni his qilardi.

Mashinaga o‘tirdik. Ichkarida salqin havo taralgan, hamma narsa mukammal darajada toza va tartibli edi. U haydovchi o‘rindig‘iga joylashdi, men esa orqaga.

— Nima uchun menga yordam beryapsiz? Siz kim bo‘lasiz? — dedim men.

Yigit jim bo‘ldi. U oynadan tashqariga bir qaradi, mashinani harakatga keltirdi. Sokinlikni faqat motor ovozi buzardi.

Nihoyat, u so‘zladi:
— Menga sizni himoya qilish topshirig‘i berilgan. Hozircha shuni bilishingiz kifoya.

— Kim topshirdi? Nima uchun aynan siz?
U nigohini yo‘ldan uzmadi.Faqat sekin ohangda javob berdi:

— Savollar ko‘p. Javoblar esa xavfli. Va hozircha siz ularni eshitishga tayyor emassiz.

Men ichimda yana shubha va xavotirni his qildim. Ammo nimagadir... unga ishonishni xohlayotgandek edim. Balki bu ko‘zlari, balki ovozidagi g‘am yoki sir edi.

— Hech bo‘lmasa... ismingizni ayting. Bilmayman, bu g‘alati, lekin... tanishlarim ro‘yxatiga noma’lum himoyachi qo‘shish niyatim yo‘q.

U jim qoldi. Lab burchagida yengil tabassum qildi. Ammo bu tabassum yurakni iliq qiladigan emasdi — ko‘proq og‘riq bilan boyitilgan bir kulgu edi.

— Ismim? — dedi u ohangida kinoya aralashgan sokinlik bilan.

— Sizga kerakli paytda aytaman. Ammo shuni biling... men sizni allaqachon bilaman, Milena.

Men beixtiyor og‘zimni ochdim, so‘ng yopdim. U nima demoqchi edi? Qaerdan bilar edi meni?

Yana jimlik choʻkdi u esa mashinani sokinlik bilan boshqarardi. Go‘yo u har bir burilish, har bir chorrahani yod bilardi. Uning ovozi hali ham Milenaning qulog‘ida jaranglardi – sovuq, ammo sirli.

U bir zum mashinani to‘xtatdi. U ko‘chadagi bir eski, ammo ko‘rkam binoning oldida edi. U eshikni ochib, Milenaga qaradi.

— Ichkariga kiring. Qolganini tushuntiraman.Milena ikkilanib qaradi. Bu notanish shahar, bu g‘alati yigit... ammo yuragi hali ham hayajonlanmasdi. Bu g‘alati xotirjamlik uni qiziqtirardi.

U sekin mashinadan tushdi va u bilan birga binoga yo‘l oldi.Ichkari juda ham sirli va go‘zal joy edi. Milena xuddi o‘zini qasr ichida yurgandek his qildi.Ular ichkaridagi yengil yoritilgan xonaga o‘tishdi. Yigit unga stul ko‘rsatdi va o‘zi deraza yoniga bordi.
Ko‘chani kuzatarkan, ohangida ehtiyotkorlik bilan so‘zladi:

— Umbra Cor haqida eshitganmisiz?Milena bosh chayqadi.

— Bu tashkilot. Dunyoning eng qorong‘u sirlari bilan ishlovchi, yolg‘onlar ichidan haqiqatni tortib oluvchi guruh. Sizni aynan shuning uchun kuzatishmoqda. Siz... o‘zingiz bilmagan haqiqatga juda yaqin turibsiz.
Milena yuragidagi bezovtalikni bosolmay unga tikildi:

— Xo‘sh, siz ham shu tashkilotdansizmi?
Yigit unga tik qaradi. Ko‘zlarida chuqur sir yotardi. So‘ng yengil bosh egib javob berdi

— Men... ko‘p narsani yo‘qotgan odamman. Shu yo‘lda yurib, haqiqatni unutgan odamman. Ammo siz... menga o‘sha haqiqatni eslatyapsiz...

Milena stulda sokin o‘tirarkan, yelkasidagi paltochasini yechmagan holda. Uning ko‘zlari deraza yonidagi yigitga qadalgandi.

— Demak, meni kuzatishadi...— dedi u sekin, o‘ziga-o‘zi gapirgandek.

— Nega aynan men? Yigit javob bermadi. U deraza ortidan tashqariga bir oz qaradi. Uning lablari orasidan ohangsiz, ammo chuqur bir so‘z chiqdi

— Ba’zida odam o‘zi tanlamaydi. Uni haqiqat tanlaydi.

Milena bu so‘zlarni eshitib, beixtiyor yuragini ushlab qo‘ydi. Nimalardandir xavfsiz emasligini sezardi, lekin bu xavf unga tanishdek tuyulardi. Go‘yoki bu — allaqachon qalbiga singib bo‘lgan qorong‘ulik edi.

— Siz... meni ilgari tanigansizmi? — dedi Milena birdan, savolga o‘xshamagan savolda yurak titrashi sezilardi.
U bu gal unga yuzlanmadi. Faqat lab burchagida noaniq tabassum paydo bo‘ldi.

— Sizni kuzatmaganman... faqat sizni kutganman....

Author — Ryuna Sakurai
Kanal — @minsuficc