March 27, 2025

𝙎𝙄𝙍𝙀𝙉𝙉𝙄𝙉𝙂 𝙌𝘼𝙔𝙂ʻ𝙐𝙎𝙄

- 6-kitob -

𝐻𝑖𝑘𝑜𝑦𝑎𝑚𝑖𝑧 𝑏𝑎𝑥𝑡𝑙𝑖 𝑦𝑎𝑘𝑢𝑛 𝑡𝑜𝑝𝑚𝑎𝑠𝑙𝑖𝑔𝑖𝑛𝑖 𝑏𝑖𝑙𝑎𝑚𝑎𝑛 . 𝐵𝑖𝑟𝑜𝑞 ...𝑏𝑢 𝑚𝑒𝑛 𝑦𝑎𝑠ℎ𝑎𝑚𝑜𝑞𝑐ℎ𝑖 𝑏𝑜ʻ𝑙𝑔𝑎𝑛 𝑦𝑎𝑔𝑜𝑛𝑎 ℎ𝑖𝑘𝑜𝑦𝑎 ...

- - -

Hayolida aylanyotgan oʻylarni barchasini bir chetdan tahlil qilib chiqishga urunyotgan qiz yarim tun boʻlganiga qaramay hamon ikki koʻzi shiftga termulgancha yotardi . Eshikga yetib ulgurmasdan tingan suhbat mavzusi sodir boʻlishi mumkin boʻlmagan bir qancha voqealarni aks ettirishi qiz uchun yangilik boʻlgani koʻrinib turibdi .

– Kampirni kuni bitdi xonim . Biroq avval rasmiylashtirish kerak boʻlgan ayrim hujjatlar bor bilasiz , mana shularni ham tinchitsak tender ham ofis ham bizniki deyavering .
Yoʻlakdan telefon orqali kim bilandir nimanidir rejalashtiryotgan xizmatchining ovozidan tanish qiyin emas. Biroq u reja qilgan nomalum ishni oqibatini tahmin qilish mushkul masaladek goʻyo .

Bir necha soat oldin sodir boʻlgan ushbu voqeani hayolidan chiqarib yuborishi qiyin boʻlayotgan qiz oʻsha vaziyatni qayta ongida gavdalantirdi .
"Telefon ortida kim ?" degan savolni oʻzining hozrgi holatini battar chalkashtirardi .
Soat allaqachon yarim tundan ham oʻtganini sezgan Miyuki ertangi kun uni yana bugungidek uzoq ish kuni kutayotganini eslagancha uy xizmatchisining nomalum suhbati haqidagi oʻylarni unutishi kerakligini anglagancha uyquga yotdi .

-

-

-

-

-

Ertangi ish kuni | soat tushlikka yaqin .

Yangi tongni va ish kuning yana bir yangi qismini boshlab olgan qiz ayni paytda qanday qilib haligacha bu yerda ishlay olayotganidan oʻziga qoyil qolib oʻtirardi .

– Shunchaki ahmoqlik ...

Nafasi ostida soʻkingan qiz oʻzini oʻzi koyirdi .
Kun tushlikka yaqinlashgani bois oshxonada tinmay ovora boʻlayotgan Rani xonimga esa iloji boricha ahamiyat bermaslikka urunyotgan Miyukining hayollarini kechagi kun voqeasi atay qilgandek tumandek egallab olaverdi .

Koʻrinishidan mutlaqo oddiy tuyuladigan bu qorasoch ayol berkityotgan nimadir borligini sezish mushkul emasdi .

– bugun janob Jungkook ham tashrif buyurar ekan .

Toʻsatdan malum qilingan habaridan oʻzi hech qanday munosabat sezmagan ayol qizga jimgina tikilib turardi .

– Ohh, qanday yaxshi menimcha faqat shu kam edi ayni damda.

Oradan bir qancha vaqt oʻtganiga qaramasdan hamon otasining shartini unutolmayotgan qizning oʻylari ayni damda ham shu bilan band edi .
Kutilmaganda yagona yaqin doʻstining tashrifidan habar topgan qizga bu unchalik muhim voqea emasligi aniq . Chunki u oʻzi istagan paytda ham u bilan koʻrisha olishi mumkin .

Xizmatchining iltimosi bilan mevalarni tozalash uchun oldiga olgan qiz olma bilan band edi .
Mevani yupqa poʻstidan tozalayotgan qiz oʻz ishini nafis bajarardi . Qoʻlida yengil harakat qilayotganin pichoq uning terisini kesib oʻtmaguncha oshxonaga deyarli tirik ovoz oʻrmalagani yoʻq.
Toʻsatdan temir tigʻi tufayli tanasida sezilgan ogʻriq pichoqni qoʻlidan tashlashiga va darhol barmogʻini suv ostida tutib turishiga sabab boʻldi .

– Ahvolingiz yaxshimi xonim ? Biror yordam kerakmi?

Tinmay uning atrofida aylanyotgan ayol qizning qoʻli uchun tashvishlanyotgandek oʻzini tutishi qizni battar asabiylashtirardi :

– Meni tinch qoʻying !

Jahl ustida ayolni oʻzidan itargancha xonadan chiqib ketgan Miyuki bisotidagi bor achchiq soʻzlarni toʻkib solgancha zinalardan yuqori koʻtarilardi .
Uning fikru hayoli shunchalik asabiy ediki qarshisida kelayotgan odamni payqashni ham ortiqcha deb topgandek goʻyo .
Zinalardan u taraf tushib borayotgan figura bilan toʻqnashib ketishidan bir necha soniyalar avval koʻzu ilgʻagan oyoq kiyim sharpasidan harakatini arang toʻxtatgan qiz qoʻlini achishishini ham unutib hali anglab yetishga ulgurmagan harakati bilan ovora boʻldi .

Biror sado chiqarish uchun tilini majburlayotgan qizning tiliga atay qilgandek hech bir manoli ibora ham kelmasdi .

– Qoʻlingga nima qildi?

Allaqachon qizning qoʻlidagi qon izini payqagan yigit unga savol ohangida termulib turardi .
Keyingi harakat esa toʻsatdan boʻlishi mumkin boʻlgan har qanday chegaralarni ham kesib oʻtgani aniq .

Shimi choʻntagidan ipak matosidan tikilgan chiroyli qora dastroʻmolni bir qoʻliga joylagan yigit ikkinchi qoʻli bilan qizning koʻkarish alomatlari sezilyotgan barmoqlarini kaftiga oldi .
Doʻstroʻmolni ustalik bilan barmoqli ustida yengil yurgizgancha uni bogʻlagan Jiminga tikilib turarkan uning yuzida paydo boʻlgan tashvishli soya va kafti ustida harakatlanayotgan iliqlik unga turli xil hislarni berardi .
Kutilmaganda qilingan bu yordam va u tufayli yuzaga kelgan havotirli nigohlar qiz uchun chindan tushunarsiz ammo yoqimli hislar toʻlqinini baxsh etdi .

Oʻz ishini berilib bajarayotgan yigit bogʻichni bejirim tugun oʻrash bilan tugatgach, qizga yuzida yoʻqolmayotgan havotirli soya ohangida soʻradi :

– Qayerda kesding ? Ehtiyot boʻlishing kerak edi . Har holda bu yer senga kasalxona emas istalgan jarohatingni bir zumda davolab qoʻyadigan .

Soʻzlarini tugatish barobarida yana huddi hech narsa boʻlmagandek pastga tomon harakatlanib ketayotgan yigitni ortidan asabiy ammo minnatdorchilikga oʻxshash qandaydir hislar toʻplami bilan zinalar oʻrtasida jim qoldi .

Yana sukunat.... goʻyo bu uy devorlari shu vositaga qurulgandek jimlik...

Bir oz avval bogʻlangan bogʻich uzra termularkan mato rangidek fikrlari ham borgan sari xiralashib borardi .

Otasining jahl ustida qoʻygan sharti , Jungkookning yordami bilan bu yerga ishga joylashgani , ishga...? Yoʻq sukunat ustiga qurilgan bu uyni ish deyish biroz murakkab.

Katta xonimning haddan ortiq sokinligi , uy egasining ob havodan ham tezroq oʻzgaruvchi feʼl -atvori va bu yerda yuziga tabassum ola oladigan yagona odamning ham tushunib boʻlmas darajada shubhali shivir-shivirlari bu uy kayfiyatiga yana ham sirli munosabat qoʻshgandek hamohang .

Pastki qavatda paydo boʻlgan tanish ovoz tepada oʻzi uchun ajratilgan shinam oʻlchamdagi xona devorlarini muammosiz kesib oʻta olgani tufayli qulogʻiga chalinishi bilan oʻrnidan qoʻzgʻalgan qiz eshikdan chiqishdan avval devor yoniga mustahkam joylashtirilgan oynaga zumda nazar tashladi .

Yana oʻsha zinalardan pastga tomon borar ekan qarshisidagi tushlik dasturxoni tuzalgan xona taraf harakatlanyotgan uch tanish figurani koʻrdi .
Sezilar-sezilmas jilmaygan qiz bugungi kunda bu ilk bor ekanini payqamadi chogʻi .

Did bilan yasatilgan tushlik stoli tamaddixoʻrlarni kutib turgandek oʻziga chorlardi .
Hali qoʻl tekkizilmagan lahm goʻshtdan tayyorlangan hwachoonok ishtaxa ochar darajada sergoʻsht qilingan .

– Raniega qancha maosh toʻlayapsan ? Bu taomlar tami menga har doim moʻjizadek tuyuladi .

Yuzida kulyu oʻynagan Jungkook xizmatchiga qarab hazil ila koʻz qisgancha uzunasiga yasalgan stolning boshroq qismidan joy egalladi .

– Rani xonim boshqa oshpazlardan koʻra yaxshiroq haq oladi , bundan tashvish qilishning xojati yoʻq .

Ikki doʻstning suhbati davom etarkan eshik yonida ikkilanib turgan Miyukiga hozircha hech qanday etibor berilgan yoʻq .
Endigina bu yerni tark etish haqida hayol surgan qiz ortiga oʻgirilshga ham ulgurmasdan oʻziga qaratilgan chaqiriqdan taajjubga tushdi .

– Bu yerda tushlik uchun har kimga alohida taklifnomalar tayyorlanmaydi .

Tarkibiga buyruq va yengil hazil qoʻshilgan ushbu jumlalar qizni eshik yonida qayta ushlab turdi .

Toʻsatdan yangragan bu soʻzlar orqali doʻsti nimaga shaʼma qilganini bilish uchun eshikka qaragan Jungkook qizni koʻrgach beehtiyor tabassum qildi .

– Ajoyib uchlik boʻlamiz ekanda ?

– Salom Jungkook .

Miyuki bilan salomlashgancha uni koʻrgani tufayli kayfiyati yana ham koʻtarilganini yashirmagan Jungkook stolga qayta oʻtirdi .

Doʻstining qistovi bilan bu yerda qolishga istak topgan qiz qaror qilgancha dasturxonga oʻtirdi .

Ikki yigit suhbatlashayotgan mavzuga unchalik ham ahamiyat bermagan Miyuki jimgina ovqatlanardi .
Toki eshitgan gapini hazm qilolmay boʻgʻziga nimadir tiqilmaguncha .

Qizning toʻsatdan bunday qilishi Jungkookning eʼtiborini tortdi . U taraf xavotirli qaradi :

– Ahvoling yaxshimi ? Nimadir kerakmi?

Sharbat toʻldirilgan qadahni u tomon uzatgancha hamon Jungkook unga tikilib turardi .

– Meni ahvolim joyida , ahamiyatsiz shunchaki hwachoonok biroz achchiq edi shekilli . Siz davom etavering .

Vaziyatni oʻnglashga urungan qiz biroz oldin eshitgan gaplarini unutishga harakat qilib chuqur nafas oldi .

– Bir vaqtni oʻzida ham ogʻiz ham quloqlar ishlashini oqibati bu .

Yuzida jindek boʻlsa ham oʻzgarish sezilmagan Jimin qizga magʻrurona tundlashgan nigohlari bilan boqardi .

– U huddi mana shu sharbat kabi mazali va hali qoʻl tekkizilmagan .

Gapirayotgan mavzusi odam emas biror buyimdek muomalada boʻlayotgan yigit Jungkookga davom ettirayotgan suhbatlarini eslatdi .

– Qoʻl tekkizilmaganini qayerdan bilasan ?

Ikkilanish ammo evaziga taklif etilgan variant haqidagi oʻylar Jungkookning qiyofasida sezildi .

– U bilan birga yashab buni aniqlashga urunmaganingga hayronman .

Allaqachon oʻz mavqeiga va oson savdosiga erishgan kosmetika boʻlimi va tanishganiga hali bir oy ham boʻlmagan qiz oʻrtasidagi tanlov yigit uchun ogʻirlik qilardi .

– Men sen emasman Jimin

Salkam bir oy ilgari qizga bergan vaʼdasini eslarkan uning oʻsha kundagi nigohlari oldida har nima oʻz qiymatini yoʻqotadigandek tuyulardi .
Ammo toʻliq hajmdagi kosmetika markasining egasi boʻlish istagi taroziga koʻproq tosh bosayotgandek goʻyo .

– Takliflar qatorini oʻzgartirishingni istayman.

Asabiylashyotganini yashirishga chirangan Jungkook qarshisida oʻtirgan yigitga qaradi .

– Biz doʻkonda emasmiz istalgancha variantlar qoʻya oladigan . Oʻsha qizni bitta tuni evaziga bir umrlik tashvishsiz hayot . Har holda sen pullab yurgan qora shaytonlardan bu ish ancha tinchroq Jungkook . Oʻylash uchun esa senda vaqt koʻp . Nima boʻlgandayam doʻstimsan .

Eʼtiborini yana ovqatga qaratgan Jimin oʻrnatgan boshqaruv hissidan yuzi magʻrurona jilmaydi . Yigitning feʼlini besh qoʻlidek bilgani tufayli ushbu garovda gʻolib boʻlishiga ongida hech qanday shubha boʻlmasada oʻzini ozroq boʻlsa ham oʻylantirayotgandek koʻrsatdi .

– Jin ursin seni shaytonni oʻzisan .

Changitib soʻkingancha dasturxondan turib ketgan Jungkook taomini ham tugatmasdan ketdi .

– Sen aytgan ish sodir boʻlmaydi hech qachon.

Vujudida uygʻongan qandaydir his Jungkookga tinchlik bermayapti . Qizigan pol ustida qolgan mushukdek joyida tura olmayotgan vijdoni ayni damda oʻzini borligini eslatyotgandek goʻyo .

-

-

Stol atrofida qolgan ikki shaxsda shu kungacha hech qanday oʻzaro munosabatlar boʻlmaganligi tufayli xona yana jimib qoldi .
Toki qizning jim turishga qoʻymayotgan yuragi uni tiliga achchiq jumlalar yubormaguncha:

– Insonlarga ularning yaqin kishilari bilan tanlov qildirish bu qabihlik .

Ushlab qolishga urungani bilan behos lablaridan otilgan soʻzlar vaziyatni keskin burishi tabiiy hol .

Toʻsatdan yangragan soʻzlar xotirjam tushlik qilayotgan Jiminni qoshlari yengil chimirilishiga turtki boʻldi .

– Menga qabihlik chegaralarini sen oʻrgatasanmi? Qabihligi tufayli oʻz uyidan ketgan qizaloq ?

Aynan eng nozik nuqtasiga borib urilgan soʻzlar qizni jim qoldirdi .
U nimaniyam kutgandi ? Vujudida insoniylik tushunchasini butunlay oʻchirib tashlagan mahluqdan doʻsti uchun fikrini oʻzgartirishinimi ?
Yoʻq . U qilmaydi .
Hali u haqida toʻliq maʼlumotga ham ega boʻlmay turib qaysarligi tufayligina aytgan bu gaplari uchun undan chiroyli muomala kutish mumkin emas .

– Shaxsiy hayot chegaralarini kesib oʻtish uchun sizdagi qabiihlikdan oʻzga vosita kerak emas .

Deyarli shivirlab talaffuz etgan soʻzlari ortidan oʻrnidan qoʻzgʻalgancha boyagina doʻsti chiqib ketgan eshik taraf harakatlandi .

Shu kungacha bu yerda borligi ham deyarli sezmaydigan qizdan bunday munosabat olishi uning qonida oqayotgan Park familiyasiga tegishli daxshatli hislar uchun haddan ziyod yerga urilishni ifodalardi .

– Sen bilan qabihlik toʻgʻrisida bir kun albatta dars oʻtamiz cariño .

Oʻziga oʻzi vada bergancha ishtaxasi buzilganini sezgan yigit hafsalasiz dasturxonni tark etdi .

-

-

-

-

-

Mashinani uyning garajiga olib kirishga ahd qilgan Jungkook oʻzida sezayotgan noqulaylik tufayli uyga kelishga majbur boʻldi .
Parolni kiritish orqali kirish eshigini ochishga muvaffaq boʻlgan yigit uyda uni kutayotgan inson haqida ham unutib toʻgʻri yotoqxonasiga yoʻl oldi .

Eshik ochilganini sezib oʻrnidan qoʻzgʻalgan Zuha kelgan odam Jungkook ekanini bilgani uchun ham unchalik tez boʻlmagan harakat bilan eshik taraf yurdi .
Yoʻq . Hech kimsa yoʻq , zal ham oshxona ham boʻsh.
Hayoliga kelgan keyingi oʻy tufayli zinalarga burilgan qiz salomlashmasdan ham oʻtib ketgani uchun hayron boʻldi .
Odatda bunday qoʻpollik qilmasdi .

Yotoqxonasi eshigini taqillatgan qiz ichkaridan hech qanday javob boʻlmagach eshikni ochishga majbur boʻldi.
Kiyimlarini ham alishtirmasdan uhlayotgan yigit tepasiga kelgan Zuha uni bu holatini koʻrib havotirga tushdi .

– Senga nima boʻldi ? Bu nima yotish ?

Jungkookning tiniq ammo charchashdan siniqqan yuzlariga termulgancha savol berar ekan savollariga faqat sukunat bilan javob olardi .

Shunga oʻxshash yana bir necha soʻroqlar ketma ketligidan soʻnggina jonlangandek tilga kirgan Jungkook qisqagina javob berdi :

– Yolgʻiz qolishni istayman , iltimos .

Koʻzlarini ochmasdan turib ezilganlgi bilinib turgan yigit Zuhadan jimlik soʻragancha yana jim qoldi .
Vaziyatni tushungandek mayus jilmaygan qiz xonani tark etishga shaylandi.
Biroq soniyalar ichida oʻzgargan holat uni hayratda qoldirdi .
Orqasidan chaqirgan chorlov uni toʻxtalishga majbur etdi :

– Shu yerda qol ...

Kutilmaganda yangragan bu soʻzlar qizni holatini keskin oʻzgartirdi .
Javob usulini anglay olmasdan hamon joyida turgan qiz yana bor uni iltimosini eshitdi .

– Gapimni ikki qilishlarini yoqtirmayman , iltimos bu yerga kel Zuha

Yoʻq, bu xohish u oʻylagan nafsdan emas, balki butun vujudidan singib kelayotgan bir oʻtinchdan sodir boʻlayotganini anglash qiyin emasdi .
Yotoq yoniga yaqinlashgan qiz yana jim qoldi.

– Jungkook... ahvoling yaxshimi ?

Tashvishlangan koʻyi soʻradi qiz shunchaki faqat nafas olayotgan doʻstining siniqqan yuzi uzra qarab .
Javob tariqasida qoʻlini yotoq uzra qimirlatgan yigit hafsalasiz harakat qilgan boʻldi .

– Men kutyapman
Qisqagina ammo battar asabiylashgani sezilyotgan ohang qizni oʻziga tortdi .

– Havotir olma men seni yeb qoʻymayman .

Oʻzicha tushuntirgan boʻldi Jungkook .

– Hatto shu holatingda ham hazil qilasan-a? Sen uchun butun hayot goʻyoki oʻyin .

– Suhbatimizni boshlanib ulgurmasdan tugashiga sabab boʻlma iltimos . Bilasanmi men hayotni qanday belgilayman ? U goʻyo bir oʻyin va unda hamma oʻyinchi faqat har kimni oʻz leveli bor va hammada bittadan koʻp jon . Bittasini sindirishsa boshqasini ishlataverasan . Jeon Jungkookni hayot formulasi shunday Zuha .

Kutilmaganda muloqot bu mavzuga burilgani tufayli ikkisi oʻrtasidagi vaziyat taranglashdi .

– Jeon Jungkookni hayot saboqlaridan bahra oling . Qoyil miyangda sotish va sotib olishdan boshqa aqlli fikrlar ham bor ekan . Ochigʻi hayron qoldirding .

Hayratlanganini yashirmagan qiz yonida beozorgina nafas olayotgan yigitga qarab qoʻydi .

– Sotish va sotib olishga qurilgan miyamda sen bilmagan burchaklar hali koʻp . Bu haqida ham gaplashamiz ammo hozir uhlamoqchiman .

Koʻzlarini shart yumgan yigit oʻzidan qotib "uhlab qolgan odam" qiyofasini yasadi .
Ammo hayollari ham tanasiga qoʻshilib dam olish oʻrniga butun daqiqalardagi ustunlikni qoʻlga olgancha yana ham toʻzgʻiy boshladi .
Qoʻllari yonida jimgina shiftga termulib yotgan qizga sezdirmay koʻz qirini tashlar ekan uni yuziga har doim hamroh boʻladigan yoqimli tabassumi eʼtiborini tortdi .
Ammo oʻzining iblis nafsi tufayli bu tabassumni oʻldirishi mumkinligi haqidagi oʻylar... Yoʻq , u qila olmaydi . Qandaydir kosmetika markasi uchun bu goʻzallikni qurbon qila olishi amri mahol .

– Seni oʻzing har qanday savdo foydasidan ham qimmatliroqsan Min Zuha .

Deyarli pichirlab talaffuz etilgan bu soʻzlar sukunat qoplagani sabab jim qolgan bu xonada baribir oʻzi va qalbidan boshqa hech kim eshitmadi .

-

-

-

Allaqachon ish kunini yakuniga yetkazgan Miyuki ketish uchun shaylanarkan gʻamginlik goʻyo yuziga yopishib qolgandek mayus .
Shu kungacha eshitgan eng ogʻriqli soʻzlaridan birini bugun olgan qiz uchun bu safargisi ortiqcha edi .
Oyoqlari uni arang koʻtarib yurgandek horgʻin qadamlar uni yetakladi .
Bu uyni tezroq tark etishga chirangani bilan ayni damdagi kayfiyati bunga yoʻl qoʻymasdi .

Chiqish eshigi oldiga yetar ekan toʻsatdan hayoliga kelgan jumladan koʻproq asabiylashdi .
– Shunchaki lanatlangan ... Oʻziga oʻzi soʻz qotgan qiz uynii tark etdi .

-

-

-

-

Shosha pisha kiyimlarini egniga ilgan qiz koʻcha eshigi taraf shoshar ekan sal qolsa ostonada paydo boʻlib qolgan guldastani sezmay oʻtiib ketardi .
Zinada qoldirilgan bu gullar uni eng sevimlisi ekanini hisobga olsak tongi kayfiyatni yaxshilash uchun eng yaxshi vosita boʻlganini takidlab oʻtish kerak .

Gullarni asta qoʻliga olgan qiz ularga qaraganda yuzida beehtiyor tabassum paydo boʻldi .
Bu tabbasum paydo boʻlishiga sabab boʻlgan insonni topish uchun atrofga alanglagan qiz koʻchada oʻz yumushlari bilan har qaysi tarafga harakatlanyotgan figuralardan boshqa narsa topa olmadi .

Ammo bu guldasta uni hadya qilgan inson nomalum boʻlgani bilan oʻta goʻzal edi .

Lekin hamon bu X odamni topish istagi qizni tark etmagani bois shunchaki gullarni ichkariga qoʻyish uchun qayta uyga kirib ketdi .

-

-

-

-

-
𝐼 ℎ𝑜𝑝𝑒 𝑡ℎ𝑒𝑟𝑒 𝑤𝑖𝑙𝑙 𝑏𝑒 𝑚𝑎𝑛𝑦 𝑝𝑒𝑜𝑝𝑙𝑒 𝑤ℎ𝑜 𝑟𝑒𝑡𝑒𝑙𝑙 𝑡ℎ𝑖𝑠 𝑠𝑡𝑜𝑟𝑦 ♡

Miyuki Jewel

Guldasta

Park Jimin

Miyuki Jewel

Jeon Jungkook

Min Zuha

Home