June 12, 2025

𝙎𝙄𝙍𝙀𝙉𝙉𝙄𝙉𝙂 𝙌𝘼𝙔𝙂ʻ𝙐𝙎𝙄

𝗦𝗢ʻ𝗡𝗚𝗚𝗜 𝗞𝗜𝗧𝗢𝗕 ~
𝐻𝑖𝑘𝑜𝑦𝑎𝑚𝑖𝑧 𝑏𝑎𝑥𝑡𝑙𝑖 𝑦𝑎𝑘𝑢𝑛 𝑡𝑜𝑝𝑚𝑎𝑠𝑙𝑖𝑔𝑖𝑛𝑖 𝑏𝑖𝑙𝑎𝑚𝑎𝑛 . 𝐵𝑖𝑟𝑜𝑞 ...𝑏𝑢 𝑚𝑒𝑛 𝑦𝑎𝑠ℎ𝑎𝑚𝑜𝑞𝑐ℎ𝑖 𝑏𝑜ʻ𝑙𝑔𝑎𝑛 𝑦𝑎𝑔𝑜𝑛𝑎 ℎ𝑖𝑘𝑜𝑦𝑎 ...

POV | MIYUKI | KASALXONADA :

Nima boʻlganini, qanday boʻlganini, qanday bu yerga kelib qolganimni eslolmayman, ammo shunisi aniqki men xato qilgandim...

Kutilmaganda ochilgan eshik orqali kirib kelgan shifokor qizning borr hayollarini buzib , eʼtiborini tortdi.
Xonadan dori xidi anqib turganligi sababli ongi biroz xiralashgan qiz shifokor bilan suhbatlashishni istamagandek goʻyo.

– Omadingiz kelibdi xonim, siz omon qoldingiz .

Tutundek aylanayotgan oʻylari bir soniyada tarqalib ketgan qiz qarshisidagi oq xalatli odamga yalt etib qaradi .

– Bu nima deganingiz? Men omon qoldim? Unga nima qildi?

Zumda savollar yomgʻirini yogʻdirgan qiz koʻnglida gʻashlik paydo boʻlganini oʻzi ham sezmay qoldi.

– Unga? Janob Parkning ahvoli haqida axborot berish taqiqlangan, kechirasiz .

Eshitgan soʻzlaridan reaksiyalangan qiz garchi bekor boʻlsa ham oʻrnidan qoʻzgʻalishga harakat qildi .

"Uni koʻrishim kerak..."

Hayolini nogoh egallagan bu maqsadni avtohalokat tufayli jarohatlangan oyoqlari yoʻqga chiqarishga urungandek qattiq ogʻriq bera boshladi.

– Xonim , sizga mumkin emas . Bir necha kun ortiqcha harakatlar sizga taqiqlanadi. Oyoq mushaklaringizda yengil pay choʻzilishlar bor xonim...

Istagiga ayni damda erisholmasligini anglab yetgan qiz "uh" tortgancha joyiga qayta oʻzini tashlaganda xoʻrsindi :

– Ozroq yolgʻiz qolsam degandim...agar ishingizni tugatgan boʻlsangiz albatta.

Bemorning talabi shifokorga maʼqul kelgandek Miyukiga soʻnggi bor tashvishli nazar tashlagancha xonani tark etdi .

-

-

-

Kasalxonaning boshqa palatasida tomirlariga sistema ulangan , xona yorugʻida sargʻish sochlari tovlanyotgan yigit xushsiz yotardi .
Ahvoli yomonligi tufayli qoʻshimcha nafas olish aparatiga ulangan tanasi kechagi avtohalokatdan soʻng qoniqarli ahvolda emasdi .

-

-

-

POV | JUNGKOOK :

– Park bu safar dugonasini qutqarish uchun yugurib kela olmasa kerak? Axir oʻziga yordam kerak bugun ...

Yuzidan iblisona iljayish tushmayotgan erkak qamoqxona panjaralari orqali unga qadalib turgan qahrli nigohlarga qarab battar huzurlangandek goʻyo.

– U senga oʻxshaganlar bilan ovora ham boʻlmaydi!

Qafasga majburan qamalgan yirtqichdek olayib turgan yigit atrofidagi barchani bir kunda barbod qila olganidan oʻzi ham hayronligini yashirishga chirangancha davom etdi.

– Albatta ovora boʻlmaydi. Axir oʻzi bilan shifokorlar ovora boʻlyotgan bir paytda bu yerdaligingni hayol ham qila olmaydi . Balki hayol qilar...ammo boshqa hayotda!

Oʻzini gaplaridan oʻzi kulgan Jahidning kulgusidan doimiy sokin boʻlgan qorongʻu panjara jaranglab ketdi .

– Men Jeon Jungkookni panjara ortiga olib kirdim ...huddi u mening otamga qilganidek !
Qiziq endi uyingda yurgan raqqosani qanday yoʻq qilsam ekan-a? Balki u ham huddi akasidek tasodifiy* avtohalokat bilan oʻlim topar? Yaxshi variantmi, nima deysan?

Atay Jungkookning jigʻiga tegish uchun oʻzini hotirjam tutayotgan yigitdan koʻra rasvoroq odam dunyoda yoʻqdek.

Kutilmaganda ochilgan eshik ayni damda temir toʻsiqlarni ham buzib oʻtib qarshisidagi telbaga tashlanishga tayyor boʻlib turgan Jungkook va oʻzining bemani gaplari bilan battar vaziyatni yomonlatish uchun sabab boʻlib turgan Jahidning orasidagi keskinlikka chek qoʻydi.

– Vaqtingiz tugadi janob, ketishingiz kerak.

Qorovulning gaplaridan soʻng tutqun sherga yana bir qaragancha panjarani tark etgan Jahidning yuzida misli yoʻq qabihlik toʻplangandek.

– Sen bilan hali yana koʻrishamiz, Jungkookie...

Telbanamo koʻz qisgancha ketayotgan erkakga qayrilib qarashni ham ep koʻrmagan Jungkook oʻzini bosish uchun koʻzini olib qochgancha qoldi.

-

-

POV | BIR NECHA KUNDAN KEYIN |

Allaqachon kech kuz yaqinlashib qolgani tufayli sovuq shamol esayotgan ochiq maydonda bugun qora kiyimli odamlar toʻlgan.
Ularning barchasi bir maqsad uchun bu yerga yigʻilgandek kiyimlaridan tortib yuz ifodalarigacha bir xil...

Ammo ularning orasida faqat bir vujudda his tuygʻular oqimi butkul tugagandek jim.

Faqat bir nuqtaga qora tund nigohlari bilan termulib turardi .

Nigohlari qadalgan oʻsha bir nuqta esa kulrang marmar toshligi vaziyatni yana ham chalkashtirardi .

Marmar toshga oʻyib yozilgan ism ...bu ism Miyukiga qachon bunchalar qadrli boʻlishga ulgurdi ?
Hoshiyali naqshlar bilan bezatilgan bu yozuvdagi ism egasi uning hayotiga qachon qay tarzda kirib bunchalar yaqin boʻlganini eslay olmaydi . Ammo hozir yuragi ogʻriyapti...yagona sezayotgan narsasi shu ...

PARK JIMIN. (1995-2025)

Atrof yopiq kiyingan yuzlari nam odamlarning faryodlari bilan toʻlayotgandek...
Goʻyoki butun borliqni shu yigʻi tovushlari egallab olgandek~

– Seni sevaman , Park Jimin... seni sevdim ...

Ustiga qulab tushayotgan dunyo shovqini ichra lablari pichirlab aytgan soʻzlari kimningdir quvonchiga sabab boʻlishni oʻrniga faqatgina oʻz yuragini ogʻritgani qizni oyoqlaridagi kuchni tortib olgandek yiqitdi....

-

-

Ushbu hikoya shu joyida shunday tugashi uchun yaratilgan ekan shunday boʻldi...
Hoʻsh yagona savol ? Siren kim?
Xulosa qilish har bir oʻquvchining oʻzidan ~
Ketkazgan vaqtingizga rozi boʻlasiz degan umiddaman ~

Park Jimin

Miyuki Jewel

Jeon Jungkook

Min Zuha