𝘼𝙉𝙊𝙏𝙃𝙀𝙍 𝙇𝙊𝙑𝙀 ...
𝓦𝓮 𝓬𝓸𝓾𝓵𝓭 𝓫𝓮 𝓱𝓪𝓹𝓹𝔂...𝓫𝓾𝓽 𝓶𝓪𝔂𝓫𝓮 𝓲𝓷 𝓪𝓷𝓸𝓽𝓱𝓮𝓻 𝓵𝓲𝓯𝓮
Keng koʻcha... Arang bosilayotgan qadamlari sekinligidanmi yoki qolgan barcha juda tez harakat qilayotganidanmi Nayulga bugungi oqshom yoqmayapti .
Allaqachon osmon koʻkimtir tusga kirishga ulgurgani tufayli atrofdagilar oʻz uylariga shoshmoqda .
Birovni qoʻlida gul koʻtarib oʻz uyiga kirib ketmoqda birov esa quruq qoʻl bilan boʻlsada chogʻ kayfiyat bilan hamroh .
Ammo negadir Nayulning bugun kayfiyati koʻtarilish niyati yoʻqdek goʻyo .
Balki uni uyida shunday kutib turgan kimdir boʻlmagani sababli hech qanday gullar yoki sovgʻalar ham olishi shart emas ?
Bugungi ishdagi voqea ayni damda uni hayolini band qilayotgan yagona narsa :
– Men shunchaki bularning hech biriga loyiq emasdim...
Oʻziga oʻzi pichirlagan qizning ovozini oʻzidan boshqa hech kim eshitmadi. Ammo bu soʻzlarni haddan ortiq bosim bilan koʻtargan vujudi ushbu bosimdan dod solgudek qiynalyapti .
Qoʻlida bir necha qandaydir hujjatlar toʻplami bilan shoshib ketayotgan qiz shoshilyotgani tufaylimi xona eshigini taqillatishni ham unutdi .
Chiroyli dizayn bilan ishlangan eshik hech bir muammosiz ochilgani ham u bugun yuzlashgan... nafaqat bugun balki butun hayoti davomida yuzlashgan eng mudhish haqiqatga ochilgan eshik boʻlgandek goʻyo ...
Koʻrinishidan klassik uslubda yasatilgan ushbu xona kunchiqar tarafga qaragani bois ancha yorugʻ .
Bezak uchun oʻrnatikgan kichik devor javonchasi ustida esa bejirim estetik buyumlar terib qoʻyilgan .
Eshik qarshisida esa ish stoli va ...ish stoli ustida butun borligʻni unutgancha bir biri qoʻyniga ohista joylashib boʻsa olayotgan ikki tana .
Ish kostyumini stol ustida turgan yigit mushakdor koʻksi keng ochiq turgan koʻylakda va unga hamohang tarzda kaltaligi tufayli son qismini ham arang berkityotgan yengil qizil koʻylak kiygan qiz Jungkookning oʻsha yalang koʻksi ustida uzun barmoqlari oʻynayapti .
Lablar esa huddi bir biridan uzulsa kislorodsiz qoladigandek yopishgan .
Nogoh eshitilayotgan ehtirosli shivirlashlar xonadagi muhitni yanada unutilmas boʻlishini taʼminlashga xizmat qilmoqda .
Ammo koʻproq kim uchun unutilmas boʻladi ? Eshik yonida hech bir harakatsiz sevgilisini boshqa birdan boʻsa olayotganini jimgina kuzatib turgan Nayul uchunmi yoki qayerda va atrofida nimalar sodir boʻlayotganini ham ikkinchi darajaga qoʻyib qoʻygan Jungkook uchunmi ? Balki butunlay notanish boʻlgan ammo ayni damda Nayulning qoʻlidan sogʻ chiqmasligi allaqachon kafolatlangan qiz uchunmi ?
– Bezovta qilmadim degan umiddaman ?
Eshikni bor kuchi bilan itargan qiz birr necha daqiqa butun borliq ichida yoʻqolib qolgan ruhini qayta topgandan soʻng soʻradi .
Toʻsatdan kelgan bu choʻchituvchi ovoz va ovoz kelib chiqishiga sabab boʻlgan eshik yonida qoʻllarini chalishtirgancha turgan qizni endigina payqagan ikkovi ham hayratda qolganini yuz qiyofalari yashirmasdi .
Qilayotgan ishidan boʻshab oʻzini tartibga keltirishga uringan Jungkook soʻradi .
– Kutmaganding toʻgʻrimi? Sevgiling seni hursand qilish uchun mana bu lanati qogʻozlarni muddatidan oldin yozib tugatishini kutmaganding !
Qoʻlidagilarni hech bir ikkilanishsiz xonaning duch kelgan tarafiga otgan qizning koʻzlarida allaqachon kichik yoshlar qalqigandi .
– Oʻzingni oqlash uchun birgina soʻz ayta olasanmi ?
Butun vujudidan hapqirib kelayotgan alam ummonini bosishga urunyotgan qiz oʻzi bilan oʻzi kurashib soʻradi .
Javob oʻrniga nikoh tuzilganligi haqida guvohnomani qoʻllariga tutqazilgan qiz bir soniya tanasida sinib ketgan nimanidir his qildi .
Lablari arang ushbu ikki ogʻiz soʻzga aylangan Nayul ayni damda bu joydan shunchaki yoʻq boʻlib qolishga tilanyotgandi .
– Senga bu haqida ilgariroq aytmoqchi edim ammo oʻzing hadeb bemani istaklaringni aytaverib vaqt bermading . Biz allaqachon turmush qurdik Nayul... Menimcha bu yerda va hayotimdagi oʻrninga ham kichik nuqtani qoʻyish vaqti keldi .
Aytayotgan soʻzlari huddi "mehribon boshliq" libosini kiydiryotgandek qiyofa yasagan Jungkook qizga biroz asabiy koʻzlar bilan boqardi .
Qarshisidagi qizning chiroyli yuzi ichidagilarni yashiryotgani sababli kutganidek toʻs-toʻpolon yoki baqirishlar bilan javob olmayotgan Jungkook shunchaki jim turardi .
Jimlik... goʻyoki butun dunyo oʻz ishidan bir qancha vaqtga voz kechib bu uchovining vaziyatini tomosha qilishga ahd qilgandek sokinlik .
Vujudida dunyolar qulayotgan qizaloq qoʻlida turgan qalin muqovali nikoh guvohnomasiga yana bir bor nazar tashladi .
Titrayotgan lablari aytmoqchi boʻlgan gaplariga toʻsiq boʻlib hizmat qilmoqda huddi .
Majburan kulgu qiyofasini yasash uchun yoyilishiga urunyotgan yanoqlari keyingi jumlalardan soʻng butunlay jim qoldi :
– Sen baxtli boʻl...men bilan yoki mensiz , men uchun muhimrogʻi shu ...
Soʻng soʻzlarini aytayotgandek qaltirayotgan Nayul Jungkookning ortida telbalarcha iljayib turgan qizga zimdan qiyo boqib qoʻydi .
Soʻng ortiga biir marta ham oʻgirilishga jurʼat etmagan qiz qanday salkam yarim soat ilgari bu xonaga qanday shoshib kirgan boʻlsa shunday tark etdi .
Boyagina shu eshikni shunchaki ochish ortidan guvohi boʻlgan voqeasi qizni xonadan chiqishi bilan qaddini bukishga sabab boʻldi .
Oʻzini arang tutib turgan xiyonat yoshlari xonadan uzoqlashishi bilan durdek toʻkilishni boshladi .
Tayyor boʻlmagan holda olgan bu ruhiy travmani koʻtara olmagan qiz bino devoriga suyanib qolishdan boshqa chora topmadi .
U yigʻlayaptimi yoki yoʻq bilmaydi ammo koʻksida nimadir juda qattiq ogʻriyotganini his qilayapti .
Goʻyoki butun dunyo oʻz maromida davom etyaptiyu faqat u yoʻqolib qolgandek .
Oʻsha yerda qancha vaqt davomida oʻtirganini eslolmaydi ammo oyoqqa turadigan holatga kelganda allaqachon quyosh oʻz oʻrnini oyga boʻshatib berayotgan payt edi .
FLASHBACK END | HOZIRGI PAYT | UYDA :
Stol ustidagi chiroyli vazaga solingan qizil atirgullarga horgʻin termulib oʻtirarkan hamon boʻshab qolgan vujudi uyga qanday yetib kelganini ham nega bu yerda bunday oʻtirganini ham his qilayotgani yoʻq .
Ammo haligacha koʻksini qattiq tirnayotgan qaysidir notanish ammo oʻta ogʻriqli tuygʻuni his qilyapti holos.
– Sen bilan hikoyamiz ham shu gullar kabi chiroyli boshlangandi , seni shu gullar kabi chiroyli sevgandim to boshqa gulni oyoqlarini yoyguningga qadar...
Yolgʻiz oʻzi gullar bilan suhbatlashib oʻtirganini anglagan qiz oʻzidan yana ham nafratlanib ketdi .
Ortiqcha boʻlish , keraksizlik hissi...unutilish ...Ayni damda Nayulni ich etini yemirib borayotgan va oxiri yoʻqdek tuyulyotgan tuygʻular...
U chindan sevdi , butun vujudi bor yuragi bilan mehr berdi . U yondi oʻzi uchun ham shunday yonishlarini istadi holos! Naxot shu qadar ilojsiz hislar boʻlsa bu ...
Yana oldida turgan gullarga nazar solgan qiz bir necha kun oldingi sayrlarida unga sovgʻa qilingandi bugun shu gulni tikanlaridek qalbini tilgan inson tomonidan ...
Oxiri koʻrinmayotgan javobsiz savollar , bir biri bilan kim oʻzarga oʻynayotgandek tuyulgan ogʻriqli hislar Nayulning boshida ogʻriq vujudga kelishiga sabab boʻldi .
Shunchaki bu oʻylardan charchagan boshini qachon stolga qoʻyganiniyu qachon uyquga ketganini ham sezmadi .
Shu tarzda qancha vaqt oʻtganini anglagani yoʻq ammo toʻsatdan qulogʻiga chalingan eshik qoʻngʻirogʻi ovozi tufayli choʻchib uygʻongan qiz andak atrofga koʻz tashladi . Hech kim yoʻq .
Kirish eshigi taraf yurgan qiz yigʻlamoqdan qizargan koʻzlari bilan eshikni ochdi .
Ochishga ochdiyu duch kelgan manzarasi tufayli ongidagi zarracha uyqu ham tarqab ketgan qiz birdan qoʻrqib ketdi .
Buyurtma eltuvchi koʻrsatgan qogʻozga imzo chekib joʻnatmani qabul qilgan qiz ichida nima boʻlishi mumkinligiga qiziqqani uchun hech bir ikkilanishsiz qutini ochdi .
Ammo ...ammo quti ichidagi buyumni joʻnatishdan maqsadni tushunolmagan qizning koʻzlari buyum ostidagi kichik maktubni ilgʻadi :
– Hayotimda sen bilan oʻtkazgan har bir xotira uchun...har bir tabassuming har bitta goʻzalliging uchun tashakkur Kim Nayul . Shuni unutma sen aldadi deb oʻylayotgan mittivoy seni har doim hammadan koʻproq sevgandi... kechirim soʻrashga haqqim yoʻq bilaman ammo barchasidan toʻygan istagan payting kelib men qoʻrqoqni qoʻlingdagi bilan yoʻq qilishing mumkin...
𝘛𝘩𝘢𝘯𝘬 𝘺𝘰𝘶 𝘧𝘰𝘳 𝘳𝘦𝘢𝘥𝘪𝘯𝘨 .
𝘐 𝘩𝘰𝘱𝘦 𝘺𝘰𝘶 𝘴𝘩𝘢𝘳𝘦 𝘺𝘰𝘶𝘳 𝘧𝘦𝘦𝘭𝘪𝘯𝘨𝘴 𝘸𝘪𝘵𝘩 𝘮𝘦...