𝙎𝙄𝙍𝙀𝙉𝙉𝙄𝙉𝙂 𝙌𝘼𝙔𝙂ʻ𝙐𝙎𝙄
- 7-kitob -
𝐻𝑖𝑘𝑜𝑦𝑎𝑚𝑖𝑧 𝑏𝑎𝑥𝑡𝑙𝑖 𝑦𝑎𝑘𝑢𝑛 𝑡𝑜𝑝𝑚𝑎𝑠𝑙𝑖𝑔𝑖𝑛𝑖 𝑏𝑖𝑙𝑎𝑚𝑎𝑛 . 𝐵𝑖𝑟𝑜𝑞 ...𝑏𝑢 𝑚𝑒𝑛 𝑦𝑎𝑠ℎ𝑎𝑚𝑜𝑞𝑐ℎ𝑖 𝑏𝑜ʻ𝑙𝑔𝑎𝑛 𝑦𝑎𝑔𝑜𝑛𝑎 ℎ𝑖𝑘𝑜𝑦𝑎 ...
Koʻnglidagi shodlikni yuzidagi tabassum bilan ifodalagan qiz bugun biroz kechikkaniga qaramasdan buni hech kim sezmagani uchun bundan koʻngli choʻkmadi .
Allaqachon nonushta stoldan yigʻishtirilib undan qolgan idishlar bilan ovora boʻlayotgan Rani xonimning yoniga kirgan qiz kelgani sezdirishni lozim deb topmadi chogʻi indamay yuqori chiqib ketdi .
Biroq bugungi nonushta dasturxoni atrofida toʻliq yigʻilish yoʻq . Yani faqat bir oʻzi .
Oshpazdan buni sababini soʻrab bilishga ulgurgan qiz ishga nega kelganligi haqida oʻylayotgandi koʻproq .
– Tanish , bu mehmonimiz Park Jimin .
Qarshisida turgan yigitga ishora qilgancha tanishtirgan koʻyi tushuntirdi .
Alohida urgʻu berilgan mehmonimiz soʻzi esa bu yerda turgan uch shaxsdan ikkitasi uchun yaxshigina maʼno anglatib turibdi .
Keskin koʻz qarashlar sababini tushunmayotgan Zuha ikkala yigitga ham savol nazari bilan boqardi .
Qoʻli bilan oʻtirishga taklif etgan Jungkook koʻz qarashlar poygasini buzdi .
– Chindan biz ajoyib uchlik boʻlamiz shekilli , Jungkook .
Koʻzlar poygasi endi oʻz oʻrnini soʻzlar poygasiga boʻshatib bergandek suhbat boshlandi .
Boʻlayotgan voqealarni hech biridan habari yoʻqligi tufayli toqatsizlana boshlagan Zuha tinmay atrofga yoki mehmonni harakatlariga etiborini qaratardi .
Toʻsatdan bel qismida sezilgan iliqlik tufayli seskangan qiz bu issiqlikni sababi Jungkookni qoʻllari ekanligini anglagach biroz noqulay nigohlar bilan mehmon tarafga qarab qoʻydi .
Ularning har bir harakatini hech qanday reaksiya yasamagan koʻzlari bilan kuzatib turgan yigit Jungkook navbatdagi oʻyinini boshlaganini sezib turardi .
Tobora qisqarib borayotgan masofa tufayli vujudida shoshqaloq hislar oʻynayotgan Zuha uni bu harakatlaridan mano qidrgan koʻyi Jungkookga qaradi .
Javobni olishdan avval boshqa tarafdan kelgan ovoz tufayli bu jarayon barbod boʻldi .
– Biz yolgʻiz suhbatlashishga kelishgandik ?
Bir qarashda tundlikdan boshqa barcha hissiyotlardan mahrum boʻlgan deya baholash mumkin boʻlgan bu koʻzlar qarama qarshi tomonda oʻtirgan ikki shaxs uchun ikki xil mano kasb etdi .
– Biroq uni uyda ekanligini bilsang ham oʻzing kelding ?
Bir necha vaqtdan beri davom etayotgan soʻz poygasi huddi endi avj pallasiga yetgandek .
– Menga sevgilim bilan yaxshi .
Kutilmaganda nutqiga kichik qoʻshimcha kiritgan Jungkook ayni damdagi ustunlik u tarafda ekanini sezib jilmaydi .
– Meni maqsadim hamon oʼzgarmagan. Seni keyingi harakating asosiy yechim .
Gap nimaga ishora qilayotganini osongina tushungan Jungkook bir lahza jim qoldi . Toki xonaga qoʻlida qahva koʻtargan qiz kirib kelmaguncha .
Ikki yigitning ham etibori unga qaratilgani bilan ikkovining hayolida ikki xil tugʻyon urardi .
Biri unga oʻz istagi uchun egalik qilishni niyat qilgan boʻlsa , ikkinchisi uni shu iflos istak iskanjasidan qutqarish edi .
– Haligacha bir qarorga kelishga urunib koʻrmadim Jimin . Shuning uchun ham hozir dam olmoqchiman , eshikni tashqaridan yopa olasanmi ?
Kutilmagan soʻzlardan yuziga noodatiy kulgu yugurgan yigit qoshlarini chimirgancha doʻstiga qaradi :
Ishonqiramagan koʻyi soʻradi .
– Qanday tushunishga bogʻliq bu . Lekin men jiddiy aytdim .
Suhbat mavzusi jiddiylikdan biroz yanglishib yengil kinoyalarga qarab ketayotganini Jungkook ham sezmay qolmadi .
Oʻzi ham sababini tushunmayotgan notinchlik bilan mashina boshqaruviga oʻtirgan yigit yoʻldan koʻzini uzmayotgan boʻlsa ham hayollari yoʻlga jalb eta olmayotgandi negadr .
Goʻyo osmon teshilib suv toʻkila boshlagandek butun koʻchani yomgʻir tomchilari erinmay yuva boshladi...
Yogʻayotgan yomgʻir tufayli qiyinlashgan mashinalar qatnovida u ham qisqa tirbandlikka duch kelishi allaqachon yomonlashib boʻlgan kayfiyatni yana ham buzishga hizmat qildi .
Toʻxtab turgani bois koʻzini mashina rulidan uzishni istagan yigit atrofga alangladi .
Oʻzi kabi shoshayotgan bir qancha mashinalar va uning ichidagi haydovchilar .
Asfaltning ikki tarafida manzara bir xil . Unga hamrohlik qiladigan piyodalar uchun yoʻlak ham oʻzi bilan oʻzi ovora olomon bilan toʻla .
Shiddatli yomgʻir tufayli barchaning avzoyi buzuqdek .
Ammo bu yoʻlakdan ham uzoqroqda joylashgan bir necha binolar yonidagi kutish joyidagi ikki kishi Jiminning etiborini tortdi .
Shunchaki ikki kishi ?
Tirbandlik tufayli mashinani toʻxtatish ham unchalik qiyin boʻlmadi . Tahminlariga ishongan ongi uni oʻsha ikki kishi taraf yetaklamoqda .
Tashlangan har bir qadam ostida qanchadir savollar qolmoqda va oyoqlar bu savollar javobi oʻsha bino yaqinidagi bekatda deb oʻylagandek shoshyapti .
Keyingi bir qancha soniyalar qanday oʻtganini bilmaydi ammo u yetib kelgan manzildagi vaziyat u tahmin qilgandan ham koʻra mujmalroq edi .
Uydan otilib chiqib ketgan qiz tashqaridagi havoga yoki egnidagi kiyimlarga qiziqish uchun juda ojiz holatda edi . Ish joyiga yaqin boʻlgan bu bekat qizni harakatdan toʻxtatgan yomgʻirdan himoya vazifasini oʻtamoqda .
Hali toʻliq kuz kirib kelmagani bilan Ispaniya havosi anchagina salqinlashib qolgandi .
Hayolida tinmay aylanayotgan qoʻngʻiroqdagi suhbat qizni yurishga ham madori qolmaydigan darajaga solib qoʻygandek goʻyo .
Hamma joy yomgʻirdan panaga shoshayotgan odamlar bilan toʻlgan .
Biroq koʻrinishidan u taraf harakatlanyotgan sharpani anglagach Miyukining hayoli chalgʻidi .
Bir qarashda haqiqiy Ispaniyaliklarni eslatadigan bu odam hech bir ogohlantirish yoki salomlashishlarsiz qizning yoniga kelib oʻtirdi .
Miyuki ham ayni damda yangi doʻstlar orttiradigan ahvolda boʻlmaganidanmi unga keraklicha eʼtibor bermadi . U hozir oʻylayapti... bir necha kundan soʻng bu yerga yetib keladigan va oʻzi bazoʻr erishgan shu moʻjaz hayotidan mahrum qilishi mumkin boʻlgan shaxs bu yerga yetib kelmoqda .
Tasodifiy jaranglagan bu ovoz qizning toʻzgʻigan hayollarini real vaqtga qaytishiga hizmat qildi .
– Bu yerda boʻlishim qandaydir muammo tugʻdiryaptimi , janob ?
Tilyogʻlamalik ila hafsalasiz javob berdi qiz .
Keyingi kutilmagan harakatdan qiz soʻz topish uchun ham ikkilanib qoldi .
Egnidagini qizning ustiga tashlagan notanishga endigina toʻliq burilib ahamiyat bergan qiz eng birinchi undagi boʻrtib turgan qoʻl va koʻkrak mushaklari yupqa yozgi erkaklar koʻylagidan yaqqol sezilib turganini koʻrdi .
Hijolat va minnatdorlik hislari oʻrtasida qolib ketgan qiz hamon savolli nigohlar bilan qarshisidagi odamga boqib turardi .
– Ismim Jahid , men azerman ...
Unga qaratilgan koʻzlarno payqagan boʻlsada etiborini sharros quyayotgan yomgʻirdan uzmagan holda oʻzini tanishtirgan boʻldi .
– Tanishganimdan hursandman , janob men ...
Ikkinchi tarafdan eshitilgan bu ovoz hozrgi notanishnikiga qaraganda ancha tanish tuyuldi . Ongida allaqachon bu ovoz egasini tahmin qilib boʻlgan qiz hech bir ikkilanishsiz ortiga oʻgirildi .
Ha...bu u . Bir paytning oʻzida uning boshligʻi , shifokori va taqibchisi shu yerda .
Sodir boʻlayotgan voqealar tezligini ongini egallagan boshqa bir fikrlar toʻplami bilan band boʻlgani uchun qabul qilishi ancha qiyin boʻlyapti .
Huddiki borliq bir necha soatga tezlashib ketgandek...
– Bu yerdan ketamiz Miyuki , men bilan yur .
Iltimos yoki marhamat ohanglari aks etmagan bu muomalada faqatgina buyruq hissi aks etib turardi .
– Demak isming shunday ? Miyuki ?
Allaqachon anglab boʻlgani bilan ohangida hayrlashuvni ifodalashga uringan boʻldi yigit .
Javoban shunchaki tabassum qilish bilan kifoyalangan qizning xotirasida negadir huddi biror yaqin insoni bilan suhbat bolgandek tasurot qoldira oldi u .
FLASHBACK END | HOZIRGI PAYT | MASHINADA :
– Bunday oʻtirishdan va senga begona qoʻllar tegayotgani uchun ruhsat berayotganinga arzirli sabab bor degan umiddaman?
Har bir talaffuzidan zahar tomayotgandek tuyulgan bu ohang qizni battar gʻashiga tegardi .
– Qayerda va kim bilan boʻlishim sizni nega qiziqtiradi ?
Savolga savol bilan javob bermaslik u imzolagan oʻsha shartnomada alohida qizil rangda yozib qoʻyilgan qoida boʻlgani esida boʻlsa ham soʻradi qiz .
– Savolimga javob ber ? Chunki sen ayni bu paytda mening uyimda yani sening ish joyingda onamning yonida boʻlishing kerak ? Buni unutmagandirsan har holda ?
Orqa tarafni kuzatish uchun moʻljallangan mashina oynasidan jimgina derazadan termulib ketayotgan qizga termuldi .
– Xizmatchingiz bugun u yerda boʻlishim shart emasligini aytdi ?
Bu safar chindan ham hayron qolgan qiz tushuntirgan boʻldi .
– Qoidalar har qanday holatda ham amal qilishini shu kichkina miyang tushunishi uchun nima qilishim kerak ?
Rulni asabiy siqgancha davom etayotgan Jiminning ham nerv tolalari borgan sari taranglashib borardi .
Chindan ham shu orqali butun jadvalni yodlab oladigandek javob berdi qiz .
– Ruhshunosga yoki mening uyimga borish bizdagi yagona variant . Chunki saot hali sen boʻshaydigan paytni koʻrsatmayapti .
Qizning ahvolini oʻz koʻzlari bilan koʻrib turgan boʻlsada oʻzida hech qanday reaksiya sezmagan yigit yoʻlga qaratdi koʻzlarini .
– Men ayni damda uyda boʻlishni istayman !
Nafasi ostida ruldagi odamni soʻkgancha soʻzladi qiz .
Yoʻq... jimlik . Hatto savoliga javob berishni ham lozim deb topmagan bu odamni bisotida bor bemaza soʻzlar bilan koyiy boshladi :
Kulgisini arang ushlab turgan yigit buni sezdirmaslik uchun nigohini unga emas rulga qaratib davom etdi .
– Oʻzim haqimda aytilgan istalgan tariflar menga yoqadi .
Dahanaki janjalni ortiq davom ettirishni istamagan qiz oʻzidan arazlagan qiyofa yasab deraza taraf oʻgirilib oldi .
Qizning koʻproq yosh bolalarni eslatadigan bu harakatni koʻrgan Jiminning bir paytning oʻzida jahli chiqdi ammo lablari chetidagi tabassumdan oʻzi ham hayrondek.
Shamol bilan kim oʻzarga oʻynayotgandek tuyulgan mashina ichkarisiga tashqaridagi yomgʻir sababli yengil suv tomchilari urilib yana ham yengil vaziyat yaratishga hizmat qilmoqda .
Keng asfaltda sokin ketib
borayotgan avtomobilda oʻtirib keyingi boʻladigan voqealarni tahmin qilish qiyin albatta.
Bir ehtiyotsizlik tufayli va chalgʻigan koʻzlar tufayli yoʻl chetiga chiqib ketishgacha borgan mashina halokatidan atrofga odamlar asta sekin yigʻila boshladi .
Odamlar yigʻilyaptimi ? Ammo yoʻlovchi va haydovchi oʻsha odamlar ichida bormi ?
Tanasini butkul his qilmayotgan qiz bir necha daqiqalar ilgari nima sodir boʻlganini qanday qilib bu ahvolga tushib qolganini hamon toʻliq anglagani yoʻq .
Biroq soʻnggi ilgʻagan manzarasi bir qancha odamlar gʻoʻngʻirlashi va yaqinida yotgan qora kiyimli odam tanasi boʻldi...